Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Yoʻriqnomasi, 21.09.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 971
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLANDI” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi R. Azimov 2000-yil 18-sentabr № 102
“TASDIQLANDI” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi B. Xoʻjayev 2000-yil 18-sentabr № 2000-119
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOZORLARDA SAVDO QILISh JOYI BERILGANLIGI VA KOʻRSATILGAN XIZMATLAR UChUN BIR MARTALIK YIGʻIM TOʻLANGANLIGI TOʻGʻRISIDAGI QATʼI HISOBDAGI PATTALARNI TAYYORLASh, IShLATISh VA HISOBINI YuRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 21-sentabrda 971-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 27-dekabrdagi 108, 2010-52-sonli “Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga (roʻyxat raqami 2185, 27.01.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi “Bozorlar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi 315-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bozorlarni tuzish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ular faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan bozorlarda bir martalik yigʻim toʻlanganligi uchun beriladigan pattalarni (bundan keyin — pattalar) tayyorlanishi davlat soliq inspeksiyasida qayd qilinishi, ishlatilishi va uning hisobini olib borishini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Ushbu Yoʻriqnoma Nizomning 24 bandiga asosan savdo oʻrinlari 500 tadan kam boʻlgan bozorlarda, asosiy bozorlarning shoxobchalarida hamda uzoq tumanlardagi va aholi punktlaridagi bozorlarda nazorat kassa mashinasi oʻrnatilmasdan bir martalik yigʻim undiriladigan bozorlarga taalluqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Pattalarning tayyorlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Pattalar maxsus himoyalangan qatʼiy hisobot blankalari sifatida tayyorlanadi va unda quyidagi majburiy rekvizitlar boʻlishi shart (1-ilova ):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seriyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatʼiy tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir martalik yigʻim” soʻzlari yozilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyohda toʻldirilishi lozim boʻlgan va savdo qilinadigan mahsulotning nomi, yoki koʻrsatilgan xizmat turi va shuningdek, bir martalik yigʻimning soʻmdagi miqdori koʻrsatiladigan alohida joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan sana yozish uchun alohida joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Patta bilan uning koreshogi oraligʻidagi qirqish chizigʻi ustida (pattaning pastki qismida) bozorning dumaloq muhri bosilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik yigʻim toʻlanganligi uchun nazoratchi tomonidan sotuvchiga patta berilganda qoʻyilgan muhrning yarmi pattada va yarmi koreshogda qolishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Pattalar kvitansiya va koreshok holatda tayyorlanib, va kitobcha tarzida tikiladi. Har bir kitobchada 500 tadan patta boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Pattalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bozorsavdo” uyushmalari tomonidan buyurtma tarzida tayyorlanadi va har bir bozorning ehtiyojiga qarab (oldindan berilgan buyurtmaga asosan) tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Pattalarni tayyorlash jarayonida uning seriyasida har bir hududning indeks raqami 2-ilovaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Pattalarning tayyorlanishi toʻgʻrisida bosmaxonaga buyurtma berishdan bir oy oldin “Bozorsavdo” uyushmasi har bir bozorning oldindan bergan buyurtmasiga asosan pattaga boʻlgan ehtiyojni oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pattalarning savdo qilinadigan mahsulotning nomi va shuningdek, shu mahsulot bilan savdo qilinganligi uchun undiriladigan bir martalik yigʻimning soʻmdagi miqdori koʻrsatiladigan alohida joylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlangan bir martalik yigʻim stavkasiga asosan sotuvchiga beriladigan vaqtda siyohda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Pattalarning hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. “Bozorsavdo” uyushmasi qaysi bozorga qanchalik patta berganligi toʻgʻrisida davlat soliq boshqarmasiga har oyda bir marotaba (keyingi oyning 3 sanasigacha) maʼlumot taqdim etadi. Maʼlumotda Pattalarning seriyasi, tartib raqami va soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bozorlari uchun “Bozorsavdo” uyushmasi tomonidan maxsus tayyorlangan pattalar tegishli hisob-fakturalari asosida bozorlar maʼmuriyati tomonidan belgilangan tartibda kassaga qabul qilinadi va tegishli balansdan tashqari schyotda seriyasi va qatʼiy tartib raqami asosida hisobga olinadi. Bozorsavdo uyushmasidan olingan qatʼiy hisobdagi pattalar bozorning kassasida seyfda (temir shkafda) saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Har bir bozorning “Bozorsavdo” uyushmasidan olgan pattalari shu hududdagi davlat soliq inspeksiyasining maxsus kitobida qayd qilinib roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Pattalar nazoratchining talabnomasi asosida bozor maʼmuriyati rahbarining yozma topshirigʻiga binoan kassir tomonidan unga hisobot berish sharti bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Nazoratchi sotuvchiga har bir savdo qilish joyi uchun alohida pattani, uning sotadigan mahsulot turiga qarab yozib beradi va shu pattada koʻrsatilgan bir martalik yigʻim summasini qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol bozorlarida bir martalik yigʻim uy hayvonlarining turiga qarab har bir bosh uchun alohida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilangan stavkada undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi, pattaning nazoratchiga qoladigan qismiga imzo qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Nazoratchi patta tarqatishdan tushgan pul mablagʻini nazorat kassa apparati orqali (Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hollarda kirim kassa orderi asosida) har kuni kassaga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Foydalanilgan pattalarni hisobdan chiqarish uchun nazoratchi 3-ilovada keltirilgan shaklda hisobotni bozor buxgalteriyasiga har kuni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Pattalardan foydalanishni nazorat qilish va foydalanishga yaroqsiz deb topilgan pattalarning hisobdan chiqarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari oʻz hududidagi bozorlarda amaldagi qonunchilikka muvofiq hujjatli tekshirishlar oʻtkazishi davomida pattalarning hisobi, ishlatilishi va saqlanishini inventarizatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Yangi pattalar amalga kiritilishi bilan eski pattalarning qoldigʻi haqida tuman (shahar) moliya boʻlimi, davlat soliq inspeksiyasi hamda bozor maʼmuriyati xodimlaridan iborat komissiya tuzilib qoldiq pattalarning seriyasi va tartib raqami koʻrsatilgan holda 4 nusxada dalolatnoma tuziladi va komissiya tomonidan qolgan pattalar amaldagi tartib asosida yoʻq qilinadi. Shuningdek, bu tartib foydalanishga yaroqsiz boʻlgan pattalarga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasi “Bozorsavdo” uyushmasida, bir nusxasi bozor maʼmuriyatida, bir nusxasi davlat soliq inspeksiyasida, bir nusxasi moliya boʻlimida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ushbu Tartibni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Ushbu Tartibni buzgan shaxslar amaldagi qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seriya OʻzTN — 10 000000 — sonli bir martalik yigʻim kvitansiyasining koreshogi 2000-y.“___” ______da _________soʻm miqdorida bir martalik yigʻim olindi ______________________________ (sotilgan mahsulot turi) ______________________________ (koʻrsatilgan xizmat turi) ____________________________M.Oʻ.
Seriya OʻzTN — 10
000000
BIR MARTALIK YIGʻIM _____________________savdosi uchun (mahsulot turi koʻrsatilsin) “___” _______2000-y
NARXI______soʻm
Berilgan kunga haqiqiy ___________________________M.Oʻ. Boshqa kishiga berilishi mumkin emas.
Seriya OʻzTN—10 000000 — sonli bir martalik yigʻim kvitansiyasining koreshogi
2000-y. “_____” ______da __________soʻm miqdorida bir martalik yigʻim olindi
_______________________________ (sotiladigan mahsulot turi)
_______________________________(koʻrsatilgan xizmat turi) ___________________________ M.Oʻ.
Seriya OʻzTN—10
000000 BIR MARTALIK YIGʻIM _____________________savdosi uchun (mahsulot turi koʻrsatilsin) “_____” _________________2000-y.
NARXI_____________soʻm
Berilgan kuniga haqiqiy
M.Oʻ.___________________________
Boshqa kishiga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik yigʻim toʻlanganligi uchun berilgan chiptalarning seriyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri
— seriya UzTN-10
2. Toshkent viloyati
— seriya UzTSh-11
3. Sirdaryo viloyati
— seriya UzSR-12
4. Jizzax viloyati
— seriya UzJV-13
5. Samarqand viloyati
— seriya UzSM-14
6. Fargʻona viloyati
— seriya UzFV-15
7. Namangan viloyati
— seriya UzNM-16
8. Andijon viloyati
— seriya UzAV-17
9. Qashqadaryo viloyati
— seriya UzKV-18
10. Surxondaryo viloyati
— seriya UzSU-19
11. Buxoro viloyati
— seriya UzBV-20
12. Navoiy viloyati
— seriya UzNV-21
13. Xorazm viloyati
— seriya UzXV-22
14. Qoraqolpogʻiston Respublikasi
— seriya UzKK-23
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______________________dehqon (buyum) bozori nazoratchisi _____________ning 2000-yil ____________________________ kuni bozor kssasidan olingan, ishlatilgan, yigʻilgan bir martalik yigʻimi summasi va qoldiq pattalari toʻgʻrisidagi kundalik HISOBOTI
1. Bozor kassasidan olingan pattalar:
Seriya
dan
gacha
Soni
Jami:
2. Ishlatilgan pattalar va yigʻilgan yigʻimlar toʻgʻrisida
Seriya
dan
gacha
soni
Yigʻim summasi
Jami:
3. Ish kuni yakuniga ishlatilmagan pattalar toʻgʻrisida
Seriya
dan
gacha
Soni
Jami:
4. Bozor kassasiga topshirilgan yigʻim summasi____________________________ ___________________________________________________________________
(soʻz bilan yoziladi)
5. Kassaga topshirilgan kundalik yigʻim toʻgʻrisidagi nazorat kassa mashinasining cheki yoki kassa kirim orderi ___________________________________________________________________
6. Bozor kassasiga topshirilgan ishlatilmagan pattalar soni __________________ ___________________________________________________________________
(soʻz bilan yoziladi)
7. Bozor kassasiga topshirilgan ishlatilgan pattalar koreshogi ___________________________________________________________________