ILOVA
“ | ||||
T/r | Ustuvor vazifalar | Amalga oshiriladigan ishlar | Bajarish muddati | Masʼullar |
121. | Vazirlar va hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid rejasini parlament Kengashida himoya qilishning huquqiy asosini yaratish. | 1. Vazirlar va hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid rejasini parlament Kengashida himoya qilishini qonunlarda belgilashga oid qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
122. | Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini hamda ularni tegishli vazirliklar boʻysunuvidan chiqarish va ularning mustaqil faoliyat koʻrsatishini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 1. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini hamda ularni tegishli vazirliklar boʻysunuvidan chiqarish va ularning mustaqil faoliyat koʻrsatishini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash. 2. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish. | 2025-yil oktabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
123. | Mamlakatimizda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vakillik organlarining ishtirokini yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Hududlarda tanlov asosida tumanlarni (shaharlarni) korrupsiyadan xoli hududga aylantirish boʻyicha taklif ishlab chiqish. 2. Korrupsiyaning oldini olish borasida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yanada jadallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. 3. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish. | 2025-yil oktabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
124. | Korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga qarab davlat organlari ishini baholaydigan tizim yuzasidan, shu jumladan korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etishning mezonlarini nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish. | 1. Oliy Majlis Senatining masʼul qoʻmitasi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga qarab davlat organlari ishini baholaydigan tizim yuzasidan, shu jumladan korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etishning mezonlarini aniq belgilash masalasini oʻrganib chiqqan holda takliflar tayyorlash. 2. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish. | 2025-yil noyabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
”. |