04.08.2025 yildagi 1170-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan qator fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi. Xususan, mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhitni yaratish, hokimliklarda, kadastr, bank va soliq idoralarida byurokratiya, korrupsiyaviy omillarni butkul yoʻqotish, vazirliklardagi komplayens nazorat boʻlimlari faoliyati samaradorligini oshirish, yer ajratish boʻyicha shaffof tizimni yaratish borasida zarur choralar koʻrish lozimligi alohida qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan va uning organlaridan mamlakatimizda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarda yanada faolroq ishtirok etishni, belgilangan vazifalarni ushbu yoʻnalishda qoʻshimcha choralar koʻrgan holda, aniq rejaga muvofiq, oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan hududlarda, muhim sohalar va tarmoqlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini chuqur oʻrganish, mazkur yoʻnalishda taʼsirchan parlament nazoratini olib borish, qonun loyihalarida korrupsiya uchun sharoit yaratadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda Chora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan nazorat-tahlil tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi Chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatib, har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati Chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1170-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 4-avgustdagi 1170-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor vazifalar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati

Masʼullar

1.

2025-yil 29-iyul kuni boʻlib oʻtgan maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasining organlari tomonidan oʻtkaziladigan tashkiliy-amaliy tadbirlar.

1. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining taqdimotda koʻrib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatiga hamda ulardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan majlislarini oʻtkazish. Bunda joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida har bir siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni hamda fraksiyaning nuqtai nazarini belgilash.

2025-yil 4-avgust

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari,

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari,

Qonunchilik palatasi Devoni

2. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining taqdimotda koʻrib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatiga hamda ulardan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan majlislarini oʻtkazish.

3. Taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, quyi palata tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni Qonunchilik palatasi Kengashining majlisida koʻrib chiqish.

4. Ushbu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.

2025-yil 6-7-avgust

2.

Saylovchilarga mamlakatimizda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish boʻyicha targʻibot tadbirlarini yanada kuchaytirish.

1. Deputatlarning har oyda saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha 29-iyulda oʻtkazilgan taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ahamiyatini, shu jumladan korrupsiyaviy holatlarning 75 foizi maishiy darajada sodir etilayotganligini, shu bois davlat tomonidan korrupsiyaning oqibatlarini emas, balki uning sabablarini bartaraf etishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilayotganligini saylovchilarga tushuntirish;

korrupsiyaga nisbatan murosasiz boʻlish hamda mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini hamda ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;

hokimliklardagi, kadastr, bank va soliq idoralaridagi byurokratiya, “korrupsiyaviy tuynuklar”ni, joylarda yer ajratish boʻyicha qonunga zid xatti-harakatlarni bartaraf etish borasidagi ishlarni tahlil qilish;

aholi bilan muloqotlar mobaynida sohalar va tarmoqlarda maʼmuriy va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, korrupsiyaga imkon beruvchi shart-sharoitlarning oldini olish yuzasidan fuqarolarning fikr-mulohazalarini eshitish hamda takliflarini olish;

mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlar holatini oʻrganish;

“mahalla yettiligi” bilan muloqot qilish hamda ularning faoliyati bilan bogʻliq korrupsiya omillarini oʻrganish;

qurilish boʻlayotgan obyektlarga tashrif buyurgan holda pudratchi, loyihachi, buyurtma beruvchi bilan suhbat oʻtkazish hamda sohadagi maʼmuriy-byurokratik toʻsiqlarni va korrupsiyaga imkon beruvchi sabablarni bartaraf etish boʻyicha ularning fikrlarini eshitish hamda takliflarini olish.

har oyda

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari

2. Saylov okruglarida mazkur yoʻnalishlarda olib borilgan ishlarning holati va natijalarini siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida muhokama qilib borish.

saylov okrugiga chiqish yakunlari asosida

3.

Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish borasidagi ishlar ustidan taʼsirchan deputat nazoratini taʼminlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish.

1. Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi faoliyati davomida korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni oʻrganish hamda bartaraf etish boʻyicha olib boriladigan ishlarga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini ham partiyaviyligidan kelib chiqib jalb qilish.

har oyda

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari

2. Mahalliy Kengashlar sessiyalarining kun tartibiga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi masalalarni kiritish boʻyicha takliflar berish.

3. Viloyat, tuman, shahar hokimlarining hamda mutasaddi vazirlik va idoralar hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlari yuzasidan hisobotlarini mahalliy Kengashlarda eshitishda hududdan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokini taʼminlash.

doimiy ravishda

4.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ishtirokini yanada kengaytirish.

Bunda qoʻmitalar oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirishi nazarda tutiladi:

qonunlarda korrupsiyaga imkon beruvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;

korrupsiyaga qarshi kurashish borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni, qonunlarning ijro etilish holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish, shuningdek mavjud huquqiy boʻshliqlarni va korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilishga qaratilgan takliflarni kiritib borish;

Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilganligini tahlil qilib borish;

qonun loyihalarida korrupsiyaga imkon beruvchi normalar hamda raqobat muhitini rivojlantirishga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;

yangi qabul qilingan qonunlarning ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;

vazirliklar va idoralar rahbarlarining sohada korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotini eshitib borish.

doimiy ravishda

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari

5.

Har oyning 1 — 5-sanasida “jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish.

1. Joylarga chiqqan holda, har bir mahalla darajasigacha tushib, jinoyatlarning hamda korrupsiyaviy omillarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, ayniqsa, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda ijtimoiy profilaktikaning toʻgʻri tashkil etilganligini tanqidiy jihatdan oʻrganib borish.

2. Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, qonunchilikka takliflar tayyorlash.

har oy

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

6.

Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimida huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi tadbirlarini amalga oshirish samaradorligi yuzasidan olib borilgan ishlar boʻyicha qoʻmita eshituvini oʻtkazish.

2025-yil sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

7.

Korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni sohalar kesimida oʻrganish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash.

2025-yil avgust

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

2. Aholiga kadastr xizmatlarini koʻrsatish tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, Kadastr agentligining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

2025-yil avgust

3. Har yili budjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan uchta vazirlikda korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish.

2025-yil sentabr — noyabr

Fuqarolarni xorijga ishga yuborishda ularning xavfsiz, kafolatli tarzda ishlashi uchun korrupsiyaviy holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash.

2025-yil avgust

Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda oʻrganish yakunlari yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

2025-yil sentabr

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

Davlat xizmatlarini raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish borasida Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish.

Oʻrganish natijalarini qoʻmitaning yigʻilishida koʻrib chiqish.

2025-yil sentabr

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

Fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida korrupsiya omillarining oldini olish, shuningdek “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kambagʻal oilalarga berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanilishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash.

2025-yil oktabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va aholi salomatligini saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish.

Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining axborotini qoʻmita majlisida koʻrib chiqish.

2025-yil noyabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

Aholiga davlat yongʻin xavfsizligi xizmatini koʻrsatish tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash.

2025-yil dekabr

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

8.

Mahalliy budjetlarni shakllantirish va sarflash borasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan olib borilayotgan deputatlar nazoratining natijadorligini va tashabbusli budjet jarayonlaridagi holatlarni tahlil qilish.

Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

viloyatlar va tumanlarda (shaharlarda) mahalliy budjetlarning shakllanishi va sarflanishini Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida oʻrganishga;

oʻrganish natijalarini tegishli vazirliklar ishtirokida qoʻmitada muhokama qilish va takliflar ishlab chiqishga.

2025-yil sentabr

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida shu yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlab, vazirlik va idoralar xodimlari, muhim tarmoq va sohalar vakillari ishtirokida uchrashuv va tadbirlar oʻtkazish.

Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, shuningdek yoʻl qurish va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil 7-avgust

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

Meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi fermer va dehqon xoʻjaliklari, Oʻzbekiston fermerlari kengashi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil 14-avgust

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika sohalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil 14-avgust

Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda pedagog-oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil 19-avgust

Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Investitsiya sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari, eksportchi kichik tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil 22-avgust

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

Jinoyat ishlarini yuritishda shaxsning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishda advokatlarning rolini oshirish borasida advokatlar bilan ochiq muloqot oʻtkazish.

2025-yil 14-avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi hamda tijorat banklari vakillari, shuningdek Iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Budjet-soliq ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil 18-sentabr

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

Aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda korrupsiya va byurokratiyaning oldini olish borasida notariatning oʻrni, shu jumladan sohani raqamlashtirish, notarial idoralarning boshqa davlat xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan integratsiyalashuvi darajasini yaxshilash yuzasidan notariuslar bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil 18-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashishga bagʻishlab, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari ishtirokida seminar-trening oʻtkazish.

2025-yil avgust

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

“Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazoratini kuchaytirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

2025-yil dekabr

“Adolat” SDP fraksiyasi,

“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

10.

Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga, jinoyatchilikni barvaqt profilaktika qilishga, maishiy korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qonuni loyihasini ishlab chiqish.

1. “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi hamda jamoat tartibini saqlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

3. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari aʼzolari bilan muhokama qilish.

4. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish.

2025-yil sentabr

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

11.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzasini Oliy Majlis palatalariga taqdim etishning aniq muddatini qonunchilikda belgilash yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza taqdim etilishining aniq muddatini qonunda belgilash nazarda tutiladi.

2025-yil avgust sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti

12.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini takomiliga yetkazish va parlament tomonidan qabul qilinishi choralarini koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqish.

Loyiha bilan korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish bilan bir qatorda:

“korrupsiyaga oid jinoyatlar”, “korrupsiyaviy jinoyatlar” roʻyxati shakllantiriladi;

korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazodan ozod qilish institutlarining qoʻllanilishiga oid talablar kuchaytiriladi;

davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan zararlarning oʻrni aybdor shaxslardan toʻliq qoplanishi mexanizmlari takomillashtiriladi;

yoshlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish vazifasi yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilanadi.

2025-yil sentabr-oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti

121.

Vazirlar va hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid rejasini parlament Kengashida himoya qilishning huquqiy asosini yaratish.

1. Vazirlar va hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid rejasini parlament Kengashida himoya qilishini qonunlarda belgilashga oid qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritish.

 

2025-yil sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

122.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini hamda ularni tegishli vazirliklar boʻysunuvidan chiqarish va ularning mustaqil faoliyat koʻrsatishini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini hamda ularni tegishli vazirliklar boʻysunuvidan chiqarish va ularning mustaqil faoliyat koʻrsatishini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish.

 

2025-yil oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

123.

Mamlakatimizda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vakillik organlarining ishtirokini yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Hududlarda tanlov asosida tumanlarni (shaharlarni) korrupsiyadan xoli hududga aylantirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2. Korrupsiyaning oldini olish borasida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yanada jadallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

3. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish.

 

2025-yil oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

124.

Korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga qarab davlat organlari ishini baholaydigan tizim yuzasidan, shu jumladan korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etishning mezonlarini nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish.

1. Oliy Majlis Senatining masʼul qoʻmitasi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga qarab davlat organlari ishini baholaydigan tizim yuzasidan, shu jumladan korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etishning mezonlarini aniq belgilash masalasini oʻrganib chiqqan holda takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish.

2025-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

13.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilayotgan izchil saʼy-harakatlar hamda sohadagi muammolarni parlament darajasida muhokama qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish.

2025-yil dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzasini Qonunchilik palatasining majlisida eshitish.

Milliy maʼruza taqdim etilishiga qarab

14.

Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi rolini oshirish ishlarini Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya bilan birgalikda samarali yoʻlga qoʻyish.

1. Yoshlar parlamenti aʼzolarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik takliflarini ishlab chiqishga hamda mahalliy davlat organlarida korrupsiyaga qarshi monitoring ishlariga jalb etish.

2025-yil sentabr

Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi

2. Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish.

2025-yil avgust — oktabr

15.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Qonunchilik palatasining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

1. Deputatlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar, korrupsiya omillarini bartaraf etishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash yoʻnalishidagi ishlar haqida chiqishlar qilish.

2. Muhim sohalar va tarmoqlarda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkazilayotgan parlament nazorati tadbirlari hamda ularning yakunlari boʻyicha erishilgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish choralarini koʻrish.

3. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng ochib berishga qaratilgan deputatlar ishtirokidagi chellenjlarni tashkil etish.

4. Davlat va nodavlat teleradiokanallarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tashkil etiladigan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokini taʼminlash.

5. Qonunchilik palatasi deputatlarining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning va erishilgan natijalarning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan chiqishlarni tashkil etish.

doimiy ravishda

Qonunchilik palatasi deputatlari,

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 22-sentabrdagi 1312-V-sonlili qarori tahririda)