1-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Elektrotexnika sanoati korxonalari eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash | ||||
1. | Mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish mexanizmini takomillashtirish. | 1. “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan mis katodini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxini qoʻshilgan qiymat soligʻisiz London metall birjasi narxidan 4 foiz chegirma bilan belgilash. | 2030-yil 31-dekabrga qadar | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (A. Qayumov) |
2. Mis xomashyosi uchun toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash tartibini bekor qilish. | 2026-yil 1-yanvardan | |||
2. | Birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosini yetkazib berish shartnomasi shartlariga rioya etilishi boʻyicha nazoratni kuchaytirish. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mis xomashyosini xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ortib berish muddatlariga rioya etilishini har chorakda oʻrganib borish. Mis xomashyosini ortib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari buzilganligi aniqlangan hollarda raqobat qonunchiligida belgilangan choralarni qoʻllash. | Doimiy | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (X. Toʻraxoʻjayev) |
3. | Elektrotexnika, shu jumladan, mis xomashyosidan tayyorlanadigan mahsulotlarga nisbatan bojxona bojlarini tahlil qilish va zarur hollarda qayta koʻrib chiqish. | Yarim tayyor mis simlar va mis mahsulotlari eksportini hamda TIF TN kodi 8504, 8541 va 8544 boʻlgan tovar pozitsiyalari boʻyicha importni chuqur tahlil qilgan holda, zarur hollarda, tegishli bojxona boji stavkalariga vaqtinchalik oʻzgartirish kiritish. Mazkur bojxona bojlari bojxona hududida qayta ishlash rejimida qayta ishlangan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmasligini inobatga olish. | 2025-yil oktabr | Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) |
4. | Elektrotexnika sanoati korxonalarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlashni ragʻbatlantirish. | “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hisobidan elektrotexnika sanoati korxonalari boʻlgan barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan aylanma mablagʻ uchun kreditlarning: (a) foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan milliy valyutadagi kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismini, lekin 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda; (b) xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkasining 6 foizdan yuqori qismini, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda tadbirkorlik subyektining barqarorlik reytingidan qatʼi nazar kreditning toʻliq muddatiga kompensatsiya qilib berish tartibini joriy qilish. | 2026-yil 1-yanvar | “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (A. Maxamatov) |
5. | Mis mahsulotlari eksporti tartibotlarini takomillashtirish. | Misdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda ularning bojxona yuk deklaratsiyasida mahsulotlarning texnik parametrlariga qoʻshimcha ravishda diametri, qalinligi, uzunligi, qoplamasi, tarkibidagi mis hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishini nazoratga olish. | 2026-yil 1-yanvar | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
6. | Faktoring xizmatlari xarajatlarini qoplab berish. | Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan banklarning faktoring xizmatlari boʻyicha diskont yoki hisoblangan foiz summasining 50 foizi, biroq yillik 4 foiz stavkadan oshmagan miqdorda qoplab berish tartibini joriy qilish. | 2025-yil 1-noyabr | Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev), “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” (X. Boboyev) |
7. | Eksportda xalqaro moliya instrumentlaridan foydalanishni kengaytirish. | 1. Tashqi savdo operatsiyalarida xalqaro faktoring amaliyotlarini joriy qilish maqsadida elektron faktoring platformalarini tashqi savdo axborot tizimiga ulash. | 2025-yil dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Markaziy bank (T. Ishmetov), tijorat banklari |
2. “Aziya-Invest Bank” AJ orqali mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga 50 mln dollarlik tashqi faktoring liniyasini imtiyozli shartlar asosida yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. | 2026-yil yanvar | “Oʻzmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) | ||
II. Sohaga innovatsiyalarni jalb qilish va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish | ||||
8. | Elektrotexnika sanoatiga innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish. | 1. Elektrotexnika sohasida aniq natijalarga qaratilgan (patent yoki yangi mahsulot sertifikati) yangi ishlanmalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqa shu kabi innovatsion loyihalar roʻyxatini shakllantirish va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga taqdim qilish. | 2026-yildan boshlab har chorak yakuni bilan | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan zarur boʻlgan mablagʻlarni belgilangan tartibda ajratish. | Loyihalar maʼqullangandan keyin 5 kun ichida | |||
9. | 2026 — 2035-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasida mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga xalqaro konsultantlarni jalb etish yuzasidan xalqaro tender eʼlon qilish. 2. Belgilangan tartibda tender oʻtkazish va gʻolibni aniqlash. 3. Strategiyani ishlab chiqish. | 2026-yil 1-yarim yillikda | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umurzakov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
III. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni quvvatlaridan samarali foydalanish | ||||
10. | Elektrotexnika sanoati korxonalariga aylanma mablagʻlar uchun resurs ajratish. | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni 2025-2026-yillarda teng miqdorda mutanosib ravishda ajratish. | 2025-2026-yillarda | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafayev) |
11. | Davlat xaridlari doirasida axborot almashinuvini kengaytirish. | Davlat xaridlari maxsus axborot portalini “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning tegishli axborot tizimi bilan integratsiya qilish. | 2026-yil 1-yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova), “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (M. Allabergenov) |
12. | Mahalliy maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar quvvatlaridan samarali foydalanish. | 1. Mahalliy maishiy texnika ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar bilan uchrashib, ularning faoliyatida vujudga kelayotgan muammo va takliflarni oʻrganish. | 2025-yil noyabr | Bosh vazir oʻrinbosarlari (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafoyev), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2025-yil dekabr | |||
13. | Respublikada texnologik asbob-uskunalar, ularning ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish. | 2025-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Respublikada ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilgan texnologik asbob-uskunalarni ushbu roʻyxatdan chiqarib tashlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
14. | Elektrotexnika sanoati korxonalari maʼlumotlarini yagona raqamli platformaga jamlash hamda mahsulotlarning onlayn savdosini tashkil etish boʻyicha yagona tizim yaratish. | 1. Elektrotexnika sanoati uchun integratsiyalashgan raqamli ekotizim va marketpleys platformasini ishlab chiqish. Bunda ushbu ekotizim va platformani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan toʻliq moliyalashtirish. | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Elektrotexnika sanoati uchun integratsiyalashgan raqamli ekotizim va marketpleys platformasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari (maʼlumotlar bazalari)ni belgilangan tartibda oʻzaro integratsiyasini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kutbiyev), Milliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (A. Qayumov), “Oʻzbekekspertiza” AJ (U. Murodov), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (S. Annaklichev), “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM (R. Kichkilov) | ||
15. | Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari doirasidagi loyihalarda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratish. | Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va importyorlar uchun teng sharoit yaratish maqsadida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarda importdan yetkazib beriladigan va mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash tartibini birxillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil 1-yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Haydarov) |
IV. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish | ||||
16. | Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish. | Davlat xaridlarida quyidagilarni joriy qilish: (a) budjet buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan “mahalliy auksion” savdolarini; (b) budjet buyurtmachilari tomonidan xarid rejalari eʼlon qilinishi bilan bir vaqtda ushbu maʼlumotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avtomatik ravishda elektron-xabarnoma orqali yuborish tizimini; (v) mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan yuqori boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan budjet buyurtmachilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan tovarning mahalliylashtirish darajasiga mutanosib miqdorda avans toʻlovlarini toʻlab berish tizimini. | 2026-yil 1-yanvardan boshlab | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova) |
17. | Mahalliy elektrotexnika korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Yuqori kuchlanishli transformator va podstansiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sertifikatning amal qilish muddatini 36 oy etib belgilash. 2. Bitta ishlab chiqaruvchi bir yil mobaynida sertifikatlarni rasmiylashtirish uchun 10 ta va (yoki) undan ortiq ariza bergan taqdirda, keyingi har bir sertifikat uchun BHMning 0,5 barobari miqdorida toʻlovlarni amalga oshirish. | 2025-yil 31-dekabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), “Oʻzbekekspertiza” AJ (U. Murodov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2-ILOVA
T/r | Indikator (subindikator) nomi | Oʻlchov birligi | Joriy holat | Maqsadli koʻrsatkichlar | Maʼlumot berishga masʼul idoralar | ||
2025 y | 2026 y | 2030 y | |||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
MAQSAD: elektrotexnika sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish | |||||||
I. Resurs koʻrsatkichlari | |||||||
1. | Qarorda nazarda tutilgan normativ-huquqiy bazani yaratish. | son | - | 2 | - | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
II. Amaliyot koʻrsatkichlari | |||||||
2.1. | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ buyurtmanomalari asosida bosqichma-bosqich 100 mln dollar mablagʻ ajratish. | mln | - | 50 | 50 | - | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2.2. | Elektrotexnika sanoati korxonalariga aylanma mablagʻlar, shu jumladan, mis xomashyosi xaridi uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi bank kreditlarining bir qismini kompensatsiya qilish. | mln soʻm | - | - | - | - | “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ |
2.3. | Elektrotexnika sanoati korxonalariga faktoring xizmatlari boʻyicha diskont yoki hisoblangan foiz summasining 50 foizini, biroq yillik 4 foiz stavkadan oshmagan miqdorda qoplab berish. | mln soʻm | - | - | - | - | “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Savdo-sanoat palatasi |
2.4. | Sohadagi yangi ishlanmalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish. | mlrd soʻm | - | 10 | 10 | 10 | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
III. Natijadorlik koʻrsatkichlari | |||||||
3.1. | Mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish. | ming tonna | 73,6 | 110 | 125 | 225 | “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ |
3.2. | Eksport hajmini oshirish. | mln | 970 | 1700 | 3000 | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi |
3-ILOVA
6.2 | “Navoiy KMK” AJ | Har xil turdagi izolyatorlar | 1 | 0,3 | 0,4 | 0,4 |
Kabel va sim mahsulotlari | 171,5 | 55,5 | 57,2 | 58,9 | ||
Mahkamlash boʻgʻinlari (kabellar uchun muftalar) | 1,6 | 0,5 | 0,5 | 0,6 | ||
Kuchlanish va oʻlchov transformatorlari | 2,9 | 0,9 | 1,0 | 1,0 | ||
Elektrotexnik qurilmalar (podstansiyalar, taqsimlash punktlari, chastota oʻzgartirgichlar va boshqalar) | 774,3 | 246,6 | 258,9 | 268,8 | ||
Elektromontaj mahsulotlari (rozetkalar, oʻchirgichlar (viklyuchatel), vilkalar va boshqalar) | 1,9 | 0,6 | 0,6 | 0,7 | ||
Yoritish uskunalari (lampalar, svetilniklar,shaxtyorlar yoritgichlari) | 8,0 | 2,6 | 2,7 | 2,8 | ||
Elektrodvigatellar (sinxron, asinxron dvigatellar) | 309,1 | 100,0 | 103,0 | 106,1 | ||
Boshqaruv shkaflari, avtomatlashtirish mahsulotlari | 92,7 | 30,0 | 30,9 | 31,8 | ||
Nasoslar | 92,7 | 30,0 | 30,9 | 31,8 | ||
Kompyuterlar va AKT butlovchi qismlari | 5,6 | 1,7 | 1,9 | 2,1 | ||
Maishiy texnika | 15,5 | 5,0 | 5,2 | 5,3 | ||
JAMI | 1 477,0 | 473,7 | 493,2 | 510,1 | ||
6.3 | “Navoiyuran” davlat korxonasi | Usti ochiq simlar (AS markali) | 17,7 | 5,3 | 6,0 | 6,4 |
Kabel-armatura mahsulotlari (LSA) | 207,7 | 63,8 | 70,2 | 73,7 | ||
Kabel ulagichlar (nakonechnik) | 1,8 | 0,6 | 0,6 | 0,6 | ||
Avtomatik elektr oʻchirgichlar | 14,4 | 4,6 | 4,8 | 5,0 | ||
Izolyatorlar | 2,6 | 0,8 | 0,9 | 0,9 | ||
TEN (elektr isitkichlar) | 1,3 | 0,4 | 0,4 | 0,5 | ||
Ajratkichlar (Razyedinitel) | 1,8 | 0,6 | 0,6 | 0,6 | ||
Elektr ajratkichlar (Rubilnik) | 2,7 | 0,9 | 0,9 | 0,9 | ||
Boshqaruv shkaflari (Shkaf upravleniya s UCHR 0,4) | 32,8 | 10,4 | 10,9 | 11,5 | ||
Kuchlanish transformatorlari | 2,6 | 0,8 | 0,9 | 0,9 | ||
Yoritgichlar (Svetilnik) | 11,7 | 3,7 | 3,9 | 4,1 | ||
Svetodiod lampalar | 1,5 | 0,5 | 0,5 | 0,5 | ||
Transformator punktlari (KTPN) | 322,2 | 92,6 | 107,0 | 122,6 | ||
Kondensator qurilmalari (6 kV kuchlanishli) | 76,2 | 23,3 | 25,7 | 27,2 | ||
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish moslamalari (YAKNO) | 45,4 | 14,0 | 15,5 | 15,9 | ||
Kuch transformatorlari (35/6 kV kuchlanishli) | 141,5 | 37,0 | 48,5 | 56,0 | ||
Vakuum oʻchirgichlar (6 — 10 kuchlanishli) | 17,5 | 2,2 | 7,0 | 8,3 | ||
Elektr magnit oʻtkazgichlar | 33,8 | 10,7 | 11,2 | 11,8 | ||
Oʻrash uchun simlar (provod obmotochniy) | 4,6 | 1,5 | 1,5 | 1,6 | ||
Elektrodvigatellar | 55,7 | 18,9 | 22,8 | 14,0 | ||
Nasoslar | 581,5 | 250,7 | 330,8 | |||
JAMI | 1 577,2 | 543,3 | 670,7 | 363,2 |