08.10.2025 yildagi PQ-298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun qulay muhit yaratish va infratuzilmani yaxshilash orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga katta turtki berish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, qishloq mahallalariga shahar muhiti va yashash sharoitlarini olib kirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Alohida tuman (shahar) va mahallalarni namunali hududga aylantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taklifiga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larga “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomini berib, ularni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq tumanlarida 2 tadan mahallaga “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomini berib, ularga shahar muhiti va yashash sharoitlarini olib kirish boʻyicha yangi yondashuvlar amaliyotga joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Islohotlar shtablari” bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2-ilovaga muvofiq shartlar asosida qishloq tumanlaridagi 2 tadan Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahallalarni tanlab olib, ularning roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Islohotlar shtablari” bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda har bir Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar) va Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahallani kompleks rivojlantirish boʻyicha 3-ilovada belgilangan yoʻnalishlar asosida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur)ni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 15-dekabrga qadar aholi va tadbirkorlarning takliflari va loyihalari asosida Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla markazi uchun master rejani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-fevralga qadar Dasturga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2026-yil 1-martdan boshlab tasdiqlangan loyihalarga muvofiq qurilish ishlarini boshlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2026-yil 1-dekabrga qadar Dasturga kiritilgan obyektlarni ishga tushirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, master rejalar va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahalliy budjetda iqtisod qilingan mablagʻlar hamda mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Dasturga kiritilgan obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-fevralga qadar Jahon bankining “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi mablagʻlari hisobidan xorijiy kompaniyalarni jalb qilib, “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larni rivojlantirish boʻyicha “fazoviy reja”larni ishlab chiqishni boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sanoat rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” loyihasi doirasida har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mavjud xomashyo zaxiralaridan toʻliq foydalangan holda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va sanoat zonalari quvvatlarini kengaytirish hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sanoatning oʻsish surʼatidan kamida 2-3 foiz yuqori oʻsish taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kamida 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida investitsiyalarni jalb qilgan holda oziq-ovqat, mebelchilik, qurilish materiallari, tikuvchilik va boshqa ixtisoslashgan yoʻnalishlarda kamida 10 tadan yirik investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ilgari oʻz mahsuloti bilan tashqi bozorlarga chiqmagan kamida 3 — 5 tadan korxona eksport faoliyatiga jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xorijiy davlatlardan texnolog, marketolog, brend-menejer kabi mutaxassislarni jalb qilgan holda kamida 1 ta korxonada milliy brend mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 10 nafardan tadbirkorlar xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan ixtisoslashgan sanoat koʻrgazmalariga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 7-bandini inobatga olgan holda har bir Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar) boʻyicha sanoatni jadal rivojlantirish “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla va unga tutash boʻlgan mahallalardagi boʻsh yer maydonlarida mikrosanoat, hunarmandchilik va xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlarida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish hamda muhandislik infratuzilmasi mavjud hududlarda yangi sanoat zonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) energiya samaradorligi yuqori texnologiyalar asosida atrof-muhitga zarar yetkazishni kamaytirishga qaratilgan “yashil” sanoat loyihalarini amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qishloq xoʻjaligida yangi yondashuvlar orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2026-yil 1-fevralga qadar “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman” maqomi berilgan tumanlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga muvofiq tuman hokimliklari zaxirasida mavjud boʻsh turgan yer maydonlari hajmidan kelib chiqqan holda kamida 200 gektardan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar har bir Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tumanda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kamida 50 gektar yer maydonlarida sanoatlashgan bogʻ plantatsiyalari tashkil etish boʻyicha dastur loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi tomorqalarida yomgʻir va texnik suvlardan foydalanish, tomchilatib sugʻorish hamda eski bogʻlarni bosqichma-bosqich yangilash boʻyicha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Uzagrostar xolding” kompaniyasi har bir Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman va Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahallada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-yanvarga qadar aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarida tuproq va suv tahlilini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-fevralga qadar iqlim sharoitiga mos, yuqori hosildorlikka ega urugʻ va koʻchatlar sotuvini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aholi va dehqonlarning agrar sohadagi bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida xorijiy va mahalliy agronomlarni jalb qilgan holda amaliy seminarlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Yashil” va energiya samarador hududlarni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat idoralari va ijtimoiy soha muassasalari binolari faqat energiya samaradorlik tamoyillari asosida quriladi va modernizatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2027-yil 1-yanvarga qadar davlat idoralari, davlat ishtirokidagi korxonalar va ijtimoiy soha muassasalari energiya samarador uskunalar bilan toʻliq jihozlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-martdan boshlab bittadan ijtimoiy soha muassasasi binolarini “Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilish boʻyicha pilot loyihalar boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Energiya samaradorligi milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larni energiya samarador hududlarga aylantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) energiya isteʼmoli yuqori boʻlgan aholi uy-joylariga energiya samarador qurilmalar oʻrnatishni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tungi yoritish tizimlarini energiya tejamkor yoritish tizimlariga oʻtkazish va modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) energiya auditi xizmatini va energiya samarador qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatishni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2026-yilda 7 trillion soʻmdan ortiq mablagʻlar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-ilovaga muvofiq “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larning har birini rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 100 milliard soʻmdan jami 2,3 trillion soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har bir Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahallani rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 5 milliard soʻmdan jami 1,7 trillion soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Islom taraqqiyot bankining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” hamda Jahon bankining “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larni rivojlantirish uchun 100 million AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) hududlarda iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi drayver loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Islohotlar shtablari” bilan kelishilgan takliflari asosida Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar) va Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarning tegishli xarajat yoʻnalishlarini belgilash va qayta taqsimlash hamda loyihalarga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil yakuniga qadar Jahon bankidan natijaga asoslangan moliyalashtirish mexanizmi asosida Oʻzbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar dasturi doirasida 250 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha qarz bitimini imzolash choralarini koʻrsin. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Jahon banki koʻmagida jalb qilingan mablagʻlar va grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar dasturini muvofiqlashtirish ofisi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil davomida mazkur yoʻnalishda xalqaro moliya institutlaridan qoʻshimcha 250 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-iyulga qadar xalqaro moliya institutlari ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish maqsadida kamida 300 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Belgilansinki, 2025-yil 10-oktabrdan boshlab quyidagi mablagʻlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining erkin qoldiq mablagʻlari hamda har chorak yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan maqbullashtirilgan mablagʻlar va qoʻshimcha aniqlangan daromadlardan undirilgan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar mazkur bandda keltirilgan mablagʻlarning shakllangan miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026 moliya yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Davlat budjeti daromadlari prognozini choraklar va hududlar kesimida taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Davlat budjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda ushbu axborot tizimi Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi va Hisob palatasining axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Davlat budjeti daromadlari prognozini hisoblash metodologiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har oyda ikki marta tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har oyda bir marta Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har ikki oyda bir marta Vazirlar Mahkamasida vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi samarali tashkil etilishiga hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishiga shaxsan masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan hududlarga biriktirilgan masʼul rahbarlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-298-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi beriladigan tuman (shahar)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoʻngʻirot tumani*

Chimboy tumani*

Andijon viloyati

Asaka tumani*

Shahrixon tumani

Buxoro viloyati

Shofirkon tumani

Gʻijduvon tumani*

Jizzax viloyati

Zafarobod tumani

Gʻallaorol tumani*

Qashqadaryo viloyati

Qamashi tumani

Yakkabogʻ tumani*

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani*

Nurota tumani

Namangan viloyati

Norin tumani**

Kosonsoy tumani

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani*

Ishtixon tumani

Kattaqoʻrgʻon tumani

Payariq tumani

Surxondaryo viloyati

Qiziriq tumani

Muzrabot tumani

Denov tumani*

Sirdaryo viloyati

Sardoba tumani

Sirdaryo tumani*

Fargʻona viloyati

Quva tumani*

Yozyovon tumani

Oʻzbekiston tumani

Margʻilon shahri*

Xorazm viloyati

Yangiariq tumani

Shovot tumani*

Toshkent viloyati

Boʻka tumani

Chirchiq shahri

Chinoz tumani

Yangiyoʻl shahri*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu 14 ta tuman (shahar)ga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga asosan ajratilgan 70 mlrd soʻmga qoʻshimcha 2026-yilda 30 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur roʻyxatdagi qolgan barcha tuman (shahar)larga 100 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Norin tumani Shoʻrariq mahallasiga 10 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla sifatida tanlab olinadigan mahallalar uchun qoʻyiladigan shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tutash mahallalarni bogʻlovchi markaz vazifasini bajarishi, yirik avtomobil yoʻllariga yoki chegara hududlariga yaqin joylashganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tutash mahallalarni hisobga olgan holda aholi soni koʻp va zich boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun zarur infratuzilmani yaxshilashga ehtiyojning yuqoriligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik loyihalarini oʻzaro uygʻun va master reja asosida tartibli joylashtirishga sharoit mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududida faoliyat koʻrsatayotgan savdo, servis va kichik ishlab chiqarish obyektlari, boʻsh turgan yer maydonlari yoki davlat mulki obyektlari mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini kengaytirish, hunarmandchilik va mikrosanoat markazlarini tashkil etish imkoniyatining mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tuman markazida joylashgan mahallalar Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla sifatida tanlab olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” va “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan tuman (shahar) va mahallalarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar) boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi korxonalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi uy-joylari hamda ijtimoiy soha obyektlarini yashil tamoyillar asosida qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ichimlik suv va issiqlik taʼminotida resurs tejovchi infratuzilmani jadal rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari va veloyoʻlaklar hamda aholi gavjum maskanlarni obod qilish yoki tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahallaning markazini shakllantirish, shu jumladan, bolalar va sport maydonchalari, yashil xiyobon, piyodalar yoʻlagi va avtoshohbekat barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mikrosanoat, hunarmandchilik va xizmat koʻrsatish markazlari, kichik bozor, kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) eski bogʻlar va uzumzorlarni yangilash, aholi tomorqalarida yuqori daromadli ekinlar ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mahalladagi maktab yoki boshqa ijtimoiy soha obyektlaridan foydalanib, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ishsizlik va kambagʻallikdan xoli mahallaga aylantirish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 07/25/298/0917-son; 06.01.2026-y., 07/26/397/0015-son)