08.10.2025 yildagi PQ-298-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay muhit yaratish va infratuzilmani yaxshilash orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga katta turtki berish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, qishloq mahallalariga shahar muhiti va yashash sharoitlarini olib kirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Alohida tuman (shahar) va mahallalarni namunali hududga aylantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taklifiga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larga “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomini berib, ularni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq tumanlarida 2 tadan mahallaga “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomini berib, ularga shahar muhiti va yashash sharoitlarini olib kirish bo‘yicha yangi yondashuvlar amaliyotga joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Islohotlar shtablari” bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2-ilovaga muvofiq shartlar asosida qishloq tumanlaridagi 2 tadan Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalarni tanlab olib, ularning ro‘yxatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Islohotlar shtablari” bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda har bir Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar) va Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallani kompleks rivojlantirish bo‘yicha 3-ilovada belgilangan yo‘nalishlar asosida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur)ni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 15-dekabrga qadar aholi va tadbirkorlarning takliflari va loyihalari asosida Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla markazi uchun master rejani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-fevralga qadar Dasturga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2026-yil 1-martdan boshlab tasdiqlangan loyihalarga muvofiq qurilish ishlarini boshlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2026-yil 1-dekabrga qadar Dasturga kiritilgan obyektlarni ishga tushirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, master rejalar va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahalliy budjetda iqtisod qilingan mablag‘lar hamda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Dasturga kiritilgan obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-fevralga qadar Jahon bankining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi mablag‘lari hisobidan xorijiy kompaniyalarni jalb qilib, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larni rivojlantirish bo‘yicha “fazoviy reja”larni ishlab chiqishni boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sanoat rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” loyihasi doirasida har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mavjud xomashyo zaxiralaridan to‘liq foydalangan holda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va sanoat zonalari quvvatlarini kengaytirish hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi sanoatning o‘sish sur’atidan kamida 2-3 foiz yuqori o‘sish ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kamida 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida investitsiyalarni jalb qilgan holda oziq-ovqat, mebelchilik, qurilish materiallari, tikuvchilik va boshqa ixtisoslashgan yo‘nalishlarda kamida 10 tadan yirik investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ilgari o‘z mahsuloti bilan tashqi bozorlarga chiqmagan kamida 3 — 5 tadan korxona eksport faoliyatiga jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xorijiy davlatlardan texnolog, marketolog, brend-menejer kabi mutaxassislarni jalb qilgan holda kamida 1 ta korxonada milliy brend mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 10 nafardan tadbirkorlar xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ixtisoslashgan sanoat ko‘rgazmalariga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 7-bandini inobatga olgan holda har bir Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar) bo‘yicha sanoatni jadal rivojlantirish “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla va unga tutash bo‘lgan mahallalardagi bo‘sh yer maydonlarida mikrosanoat, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sanoat zonalaridagi bo‘sh yer maydonlarida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish hamda muhandislik infratuzilmasi mavjud hududlarda yangi sanoat zonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) energiya samaradorligi yuqori texnologiyalar asosida atrof-muhitga zarar yetkazishni kamaytirishga qaratilgan “yashil” sanoat loyihalarini amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qishloq xo‘jaligida yangi yondashuvlar orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2026-yil 1-fevralga qadar “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” maqomi berilgan tumanlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga muvofiq tuman hokimliklari zaxirasida mavjud bo‘sh turgan yer maydonlari hajmidan kelib chiqqan holda kamida 200 gektardan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar har bir Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tumanda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kamida 50 gektar yer maydonlarida sanoatlashgan bog‘ plantatsiyalari tashkil etish bo‘yicha dastur loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi tomorqalarida yomg‘ir va texnik suvlardan foydalanish, tomchilatib sug‘orish hamda eski bog‘larni bosqichma-bosqich yangilash bo‘yicha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Uzagrostar xolding” kompaniyasi har bir Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman va Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-yanvarga qadar aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarida tuproq va suv tahlilini o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-fevralga qadar iqlim sharoitiga mos, yuqori hosildorlikka ega urug‘ va ko‘chatlar sotuvini yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aholi va dehqonlarning agrar sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida xorijiy va mahalliy agronomlarni jalb qilgan holda amaliy seminarlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Yashil” va energiya samarador hududlarni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat idoralari va ijtimoiy soha muassasalari binolari faqat energiya samaradorlik tamoyillari asosida quriladi va modernizatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2027-yil 1-yanvarga qadar davlat idoralari, davlat ishtirokidagi korxonalar va ijtimoiy soha muassasalari energiya samarador uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-martdan boshlab bittadan ijtimoiy soha muassasasi binolarini “Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha pilot loyihalar boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Energiya samaradorligi milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larni energiya samarador hududlarga aylantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) energiya iste’moli yuqori bo‘lgan aholi uy-joylariga energiya samarador qurilmalar o‘rnatishni rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tungi yoritish tizimlarini energiya tejamkor yoritish tizimlariga o‘tkazish va modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) energiya auditi xizmatini va energiya samarador qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatishni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2026-yilda 7 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-ilovaga muvofiq “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larning har birini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 100 milliard so‘mdan jami 2,3 trillion so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har bir Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallani rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 5 milliard so‘mdan jami 1,7 trillion so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Islom taraqqiyot bankining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” hamda Jahon bankining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larni rivojlantirish uchun 100 million AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) hududlarda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Islohotlar shtablari” bilan kelishilgan takliflari asosida Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar) va Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larning tegishli xarajat yo‘nalishlarini belgilash va qayta taqsimlash hamda loyihalarga o‘zgartirish kiritish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil yakuniga qadar Jahon bankidan natijaga asoslangan moliyalashtirish mexanizmi asosida O‘zbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar dasturi doirasida 250 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha qarz bitimini imzolash choralarini ko‘rsin. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Jahon banki ko‘magida jalb qilingan mablag‘lar va grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar dasturini muvofiqlashtirish ofisi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil davomida mazkur yo‘nalishda xalqaro moliya institutlaridan qo‘shimcha 250 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-iyulga qadar xalqaro moliya institutlari ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish maqsadida kamida 300 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Belgilansinki, 2025-yil 10-oktabrdan boshlab quyidagi mablag‘lar faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hamda har chorak yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan maqbullashtirilgan mablag‘lar va qo‘shimcha aniqlangan daromadlardan undirilgan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar mazkur bandda keltirilgan mablag‘larning shakllangan miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yildan boshlab kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda ushbu axborot tizimi Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi va Hisob palatasining axborot tizimlariga integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2027 moliya yili va undan keyingi yillar uchun Davlat budjeti daromadlari prognozini choraklar, hududlar va daromad manbalari kesimida taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PQ-397-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 07/26/397/0015-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Davlat budjeti daromadlari prognozini hisoblash metodologiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har oyda ikki marta tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har oyda bir marta Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har ikki oyda bir marta Vazirlar Mahkamasida vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi samarali tashkil etilishiga hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishiga shaxsan mas’ul etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan hududlarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-298-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi beriladigan tuman (shahar)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qo‘ng‘irot tumani*

Chimboy tumani*

Andijon viloyati

Asaka tumani*

Shahrixon tumani

Buxoro viloyati

Shofirkon tumani

G‘ijduvon tumani*

Jizzax viloyati

Zafarobod tumani

G‘allaorol tumani*

Qashqadaryo viloyati

Qamashi tumani

Yakkabog‘ tumani*

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani*

Nurota tumani

Namangan viloyati

Norin tumani**

Kosonsoy tumani

Samarqand viloyati

Bulung‘ur tumani*

Ishtixon tumani

Kattaqo‘rg‘on tumani

Payariq tumani

Surxondaryo viloyati

Qiziriq tumani

Muzrabot tumani

Denov tumani*

Sirdaryo viloyati

Sardoba tumani

Sirdaryo tumani*

Farg‘ona viloyati

Quva tumani*

Yozyovon tumani

O‘zbekiston tumani

Marg‘ilon shahri*

Xorazm viloyati

Yangiariq tumani

Shovot tumani*

Toshkent viloyati

Bo‘ka tumani

Chirchiq shahri

Chinoz tumani

Yangiyo‘l shahri*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu 14 ta tuman (shahar)ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga asosan ajratilgan 70 mlrd so‘mga qo‘shimcha 2026-yilda 30 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur ro‘yxatdagi qolgan barcha tuman (shahar)larga 100 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Norin tumani Sho‘rariq mahallasiga 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla sifatida tanlab olinadigan mahallalar uchun qo‘yiladigan shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tutash mahallalarni bog‘lovchi markaz vazifasini bajarishi, yirik avtomobil yo‘llariga yoki chegara hududlariga yaqin joylashganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tutash mahallalarni hisobga olgan holda aholi soni ko‘p va zich bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun zarur infratuzilmani yaxshilashga ehtiyojning yuqoriligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik loyihalarini o‘zaro uyg‘un va master reja asosida tartibli joylashtirishga sharoit mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududida faoliyat ko‘rsatayotgan savdo, servis va kichik ishlab chiqarish obyektlari, bo‘sh turgan yer maydonlari yoki davlat mulki obyektlari mavjud bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini kengaytirish, hunarmandchilik va mikrosanoat markazlarini tashkil etish imkoniyatining mavjud bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tuman markazida joylashgan mahallalar Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla sifatida tanlab olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” va “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan tuman (shahar) va mahallalarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturining asosiy yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar) bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi uy-joylari hamda ijtimoiy soha obyektlarini yashil tamoyillar asosida qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ichimlik suv va issiqlik ta’minotida resurs tejovchi infratuzilmani jadal rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari va veloyo‘laklar hamda aholi gavjum maskanlarni obod qilish yoki tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahallaning markazini shakllantirish, shu jumladan, bolalar va sport maydonchalari, yashil xiyobon, piyodalar yo‘lagi va avtoshohbekat barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mikrosanoat, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish markazlari, kichik bozor, kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) eski bog‘lar va uzumzorlarni yangilash, aholi tomorqalarida yuqori daromadli ekinlar ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mahalladagi maktab yoki boshqa ijtimoiy soha obyektlaridan foydalanib, kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ishsizlik va kambag‘allikdan xoli mahallaga aylantirish.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 07/25/298/0917-son; 06.01.2026-y., 07/26/397/0015-son)