Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 29-sentabr,
KQ-239-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 29-sentabrdagi KQ-239-V-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston qismi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-87-V-sonli qarori 1-bandining 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||
1. | Agzamxodjayev Alisher Anvarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston qismidan hamrais |
”. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Polsha Respublikasi Milliy majlisi Senati bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-90-V-sonli qarori ilovasining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||
1. | Agzamxodjayev Alisher Anvarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, parlamentlararo guruh rahbari |
”. |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Ruminiya Respublikasi Parlamenti Senati bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-91-V-sonli qarori 1-bandining 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||
1. | Agzamxodjayev Alisher Anvarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, parlamentlararo guruh rahbari |
”. |