03.10.2025 yildagi 621-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qaroriga muvofiq tibbiyot sohasida yuqori malakali oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash, aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifati va koʻlamini yanada oshirish, tibbiy amaliyotning taʼlim va ilm-fan bilan oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, sohadagi ilgʻor yutuq va innovatsiyalarni davolash-tashxis jarayoniga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qaroriga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasini Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasi (keyingi oʻrinlarda — Institut klinikasi) etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali akademik litseyini Urganch davlat tibbiyot instituti akademik litseyi (keyingi oʻrinlarda — Institut litseyi) etib qayta nomlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va innovatsion oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, klinika va oʻquv bazasi faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʻunligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar uchun qoʻshma taʼlim va akademik mobillik dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ilgʻor va masofaviy taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish, yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish, elektron taʼlim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot taʼlimi va ilm-fanining amaliyot bilan integratsiya qilinishini taʼminlash hamda tibbiy yordam koʻrsatish darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli innovatsion, amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularning natijalarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut klinikasining faoliyatiga xorijiy tajribalar asosida zamonaviy davolash-profilaktika va reabilitatsiya usullarini keng tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari dasturlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlash, ular faoliyatini samarali tashkil qilish, ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning yetakchi tibbiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan taʼlim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Institut Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida tahsil olayotgan talabalar Institutda mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida oʻqishini davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi Institut diplomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Institut klinikasi va Institut litseyi muassisi Institut hisoblanadi hamda ularning faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Institut, Institut klinikasi, Institut litseyi davlat muassasalari hisoblanadi va shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Institut klinikasi bosh shifokori va Institut litseyi direktori Institut Kengashining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Xorazm viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (keyingi oʻrinlarda — texnikumlar) Institutga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumlar taʼlim va amaliyot sifati uchun bevosita masʼul boʻlib, ularda zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratadi va oʻquv jarayoniga tajribali mutaxassislarni jalb etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumlarda faoliyat yurituvchi oʻqituvchilarga ilmiy-metodik jihatdan koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinikalari texnikumlar uchun klinik baza boʻlib xizmat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafedralari oʻz yoʻnalishida texnikumlarga zamonaviy oʻqitish metodikasi va texnologiyalarini oʻrgatadi, oʻqituvchilar va oʻquvchilarning bilimini baholab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-2026-yillarda Urganch davlat tibbiyot institutini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch davlat tibbiyot institutini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlar tomonidan oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha ishlarning bajarilishiga qarab ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllay oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, Institut tomonidan Institut litseyining oʻquv-uslubiy jarayonlarini muvofiqlashtirish va uning taʼlim yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni shartnoma asosida koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Institutda tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut simulyatsion markazi, vivariy va morglarning jihozlanishi Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishidan, shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Institut litseyi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Institut klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan va koʻrsatilgan tibbiy xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
621-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-oktabrdagi 621-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-2026-yillarda Urganch davlat tibbiyot institutini kompleks rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish

1.

Urganch davlat tibbiyot institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) taʼlim jarayonini xalqaro oliy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish.

1. Institutning amaldagi oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish, ularni tanqidiy baholash asosida tibbiyot sohasidagi xalqaro oliy taʼlim standartlariga moslashtirish choralarini koʻrish.

Bunda talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish, taʼlim jarayonini kredit-modul tizimida olib borilishini toʻliq taʼminlash.

2025/2026 oʻquv yili

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Institutning taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan (Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME), QS, THE standartlari va boshqalar) oʻtkazish uchun tayyorlash. Jumladan:

xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzish;

xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish;

xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish uchun belgilangan talablarni bajarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-2026-yillar

2.

Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida yangi taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti bilan bakalavriatning “Davolash ishi” yoʻnalishida 3+3 formatida, “Stomatologiya” yoʻnalishida 3+2 formatida qoʻshma taʼlim dasturi tashkil qilish va 2025-2026 oʻquv yilidan talabalar qabulini amalga oshirish.

2. Rossiyaning Qozon Federal Universiteti bilan 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab “Davolash ishi” yoʻnalishida 3+3 formatida qoʻshma taʼlim dasturini tashkil qilish.

2026-yil

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3.

Klinik ordinatura boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilish.

1. Rossiyaning Qozon Federal Universiteti bilan ularning ilgʻor tajribalaridan foydalangan holda, dastur yakunida 2 ta mutaxassislik beradigan shaklda klinik ordinaturaning tanlangan mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini tashkil qilish.

2. Qozogʻistonning Ostona va Qaragʻanda shaharlarining yirik tibbiyot markazlarida Urganch davlat tibbiyot institutining tanlangan mutaxassisliklar boʻyicha klinik ordinatura mutaxassisliklarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2026/2027 oʻquv yili

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

4.

Institut va uning Ilmiy-tadqiqot instituti professor-oʻqituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun masofaviy taʼlim, oʻquv kurslari, malaka oshirish va seminarlar koʻlamini oshirish.

Professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ingliz tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilar ulushini 85 foizga yetkazish.

2025/2026 oʻquv yili

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5.

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalarning Springer, Web of Science kabi ilmiy nashriyotlar maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlarini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

6.

Davlat tibbiyot muassasalarini Institut talabalarining dars mashgʻulotlari va amaliyot oʻtashlari uchun klinik baza qilib belgilash.

Talabalarning dars mashgʻulotlari va amaliyot oʻtashlari uchun xonalarni jihozlash.

2025-yil noyabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

7.

Institutga biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bilan Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti (Urumchi), Turkiyaning Ege (Izmir), Inyonyu (Malatya) va Balikesir (Balikesir) universitetlarining tibbiyot kollejlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti (Urumchi), Turkiyaning Ege (Izmir), Inyonyu (Malatya) va Balikesir (Balikesir) universitetlarining tibbiyot kollejlari bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari oʻrtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash.

2. Universitetlar bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, simpoziumlar va seminarlarni tashkil qilish.

3. Universitetlarning tibbiyot kollejlariga texnikumlarning professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

2026-yil davomida

Institut va texnikumlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

II. Ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini oshirish

8.

Sogʻliqni saqlash sohasida ilmiy va texnikaviy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni bajarish va amaliyotga tatbiq etish.

1. Institutning ilmiy faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va maqsadli koʻrsatkichlarini belgilab olish.

2025-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Institut talabalari, doktorant va yosh olimlarning muntazam ravishda startap-loyihalar tanlovlarida ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

9.

Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga tatbiq etish.

Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari asosida olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish, bunda:

2025-yilda — 35 ta;

2026-yilda — 45 ta.

2025-2026-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

10.

Yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish.

1. 2025-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 15 nafar tadqiqotchilarni qabul qilish.

2025-yil

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. 2 ta fan doktori (DSc) va 12 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyasini amalga oshirish.

2025-2026-yillar

11.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning axborot taʼminoti tizimini joriy etish, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning oʻquv-uslubiy va nashriy faolligini oshirish.

1. Xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida (Scopus, Web of Science va boshqalar) indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar sonini:

2025-yilda 70 taga;

2026-yilda 80 taga yetkazish.

2025-2026-yillar

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Institut professor-oʻqituvchilari tomonidan chop etiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalar sonini 5 taga, monografiyalar sonini 12 taga, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar sonini 30 taga yetkazish.

3. Institut tomonidan “Orol boʻyi tibbiyot jurnali”, “Meditsinskiy jurnal Priaralya” jurnalini taʼsis etish.

2025-yil sentabr

III. Institut va uning tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan tashkilotlarning kadrlar salohiyatini oshirish

12.

Institutni ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

2. Iqtidorli yoshlarning xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli doktoranturaga yuborish boʻyicha tanlovlarda ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

13.

Oʻquv yili natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilarning reytingini baholash tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻquv yili yakuni boʻyicha kafedralar oʻqituvchilarining reytingini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Reyting natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilarning sifat tarkibini aniqlash va yaxshilash.

har yili 1-dekabr

3. Professor-oʻqituvchilarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish hamda ustama haq belgilashda reyting natijalarini hisobga olish.

Doimiy

IV. Institut va uning tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish

14.

Institut simulyatsiya markazini Rossiya, Turkiya, Xitoy va Hindiston davlatlarining nufuzli universitetlari tajribalari asosida modernizatsiya qilish.

1. Rossiya, Turkiya, Xitoy va Hindiston davlatlarining nufuzli universitetlari simulyatsion markazlarining faoliyatini oʻrganish.

2. Institut simulyatsiya markazi faoliyatiga nufuzli universitetlarning ish tajribalarini tatbiq qilish.

3. Yangi simulyatsiya jihozlarini xarid qilish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

15.

Institut klinikasini Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti klinikalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

1. Institut klinikasi va Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti klinikalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.

2. Ilgʻor davolash va tashxislash usullarini institut klinikasi faoliyatiga tatbiq qilish.

3. Institut klinikasi shifokorlarini Shinjon universiteti klinikalarida malaka oshirish va stajirovka oʻtashlarini yoʻlga qoʻyish.

4. Universitet klinikalari shifokorlari tomonidan institut klinikasida mahorat darslarini oʻtish, davolash va tashxislash ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2025/2026 oʻquv yili

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

16.

Turkiyaning Pamukkale universiteti klinikasi bilan hamkorlikda Institut klinikasida yuqori texnologik amaliyotlarni oʻtkazishga moslashtirilgan qoʻshma boʻlim tashkil qilish.

1. Turkiyaning Pamukkale universiteti klinikasi bilan institut klinikasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasini imzolash.

2. Institut klinikasida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazishga moslashgan boʻlim tashkil qilish.

3. Boʻlim faoliyatiga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2025/2026 oʻquv yili

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

17.

Turkiyaning Inyonyu (Malatya) universiteti klinikasi aʼzolar transplantatsiyasi markazi bilan Institut jarrohlik kafedralari aloqalarini oʻrnatish, ularning tajribalarini amalga joriy qilish hamda xodimlar malakasini oshirish, stajirovka oʻtash, tajriba almashish hamda mahorat darslarini amalga oshirish.

1. Turkiyaning Inyonyu (Malatya) universiteti klinikasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash.

2. Universitetning aʼzolar transplantatsiyasi markaziga Institut klinikasi shifokorlari va professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

2025/2026 oʻquv yili

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

V. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

18.

Rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy tibbiy taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli taʼlim tashkilotlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Turkiyaning Xajettepe va Bursa Uludag universitetlari bilan hamkorlik memorandumini imzolash, ushbu universitetlarda institut professor-oʻqituvchilarining malaka oshirish, tajriba almashish hamda stajirovka oʻtash dasturlarini amalga oshirish.

2. Institut professor-oʻqituvchilari uchun nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida, xususan, Xitoyning Shinjon, Turkiyaning Ege, Pamukkale, Inyonyu, Balikesir, Kirikkale, shuningdek, Rossiyaning Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Astraxan davlat tibbiyot universiteti va Qozon Federal universitetlarida malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda tajriba almashish dasturlarini tashkil qilish.

3. Institut talabalari, klinik ordinatorlari hamda magistrlari uchun nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida, xususan, Xitoy, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Hindiston va Pokiston davlatlarining nufuzli universitet va klinikalarida yozgi malakaviy amaliyot oʻtashlarini tashkil qilish.

4. Nufuzli xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan kollaborativ ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish.

5. Turkiyaning Ege va Pamukkale universitetlari bilan Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlikda dolzarb hududiy muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy grant loyihalarda ishtirok qilish.

2025/2026 oʻquv yili

Oʻzaro hamkorlik shartnoma mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

19.

Institutda taʼlim oluvchi chet ellik talabalar ulushini oshirish.

1. Chet el fuqarolarini Institutga jalb qilish boʻyicha xalqaro agentliklar (tashkilotlar) bilan “Ochiq eshiklar” tadbirini oʻtkazish.

Har yili avgust oyi

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlariga xizmat safarlarini amalga oshirish va ushbu davlatlarda xalqaro taʼlim agentliklari bilan Institutga talabalarni jalb etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

Doimiy

3. Chet el fuqarolarini Institutning magistratura va klinik ordinatura hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga jalb qilish choralarini koʻrish.

Doimiy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-oktabrdagi 621-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch davlat tibbiyot institutini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkich (indikator) nomi

Oʻlchov birligi

Amaldagi koʻrsatkich

2025-y.

2026-y.

2027-y.

2028-y.

I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish

1.

Xorijiy hamkor universitetlar bilan onlayn darslar tashkil qilish.

onlayn darslar soni

10

25

30

35

45

2.

IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar sonini oshirish.

talabalar soni

28

70

90

120

150

3.

Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar sonini oshirish.

foizda

10

25

40

60

80

4.

Hamkor tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish.

kafedralar filiallari soni

5

20

25

30

35

5.

Institut huzuridagi akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishi.

foizda

(bitiruvchi oʻquvchilar soniga nisbatan)

73

80

82

85

87

6.

Institutning taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Dasturlar soni

1

1

2

3

4

II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish

7.

Institutning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi).

foizda

(jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

37,6

65

70

72

76

8.

Oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash (PhD, DSc).

ilmiy-pedagogik kadrlar soni

4

15

20

25

30

9.

Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish.

xoʻjalik shartnomalari soni

2

7

10

15

20

10.

Professor-oʻqituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, Web of Science, Scopus va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalarini chop etish.

indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni

65

70

80

85

95

11.

Google Scholar, Scopus va Web of Science bazalari boʻyicha N (Xirsh) indeksi 3 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini tizimli ravishda oshirib borish.

ilmiy-pedagogik kadrlar soni

15

25

35

50

55

12.

Monografiyalarni nashr etish.

monografiyalar soni

7

15

20

25

35

13.

Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish.

maqolalar soni

82

100

110

120

130

14.

Ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish.

konferensiyalar soni

2

5

7

9

12

III. Institutning kadrlar salohiyatini oshirish

15.

Pedagog kadrlarning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini tashkillashtirish.

pedagog kadrlar soni

63

70

73

75

78

16.

Turdosh taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida onlayn video maʼruzalar tashkil etish.

video maʼruzalar soni

4

20

25

30

40

17.

Pedagog va rahbar kadrlarni hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga imzolangan shartnomalar asosida malaka oshirishga yuborish.

kadrlar soni

4

15

20

25

35

18.

IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini oshirish.

professor-oʻqituvchilar soni

8

20

25

30

40

IV. Institutning moddiy-texnika bazasini yaxshilash

19.

Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash.

foizda

(umumiy auditoriya fondiga nisbatan)

40

90

100

100

100

20.

Oʻquv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi Internet (Wi-Fi) tarmogʻi bilan taʼminlash.

foizda

(oʻquv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan)

70

90

100

100

100

V. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish

21.

Institutda tahsil oladigan chet ellik talabalar salmogʻini oshirish.

chet ellik talabalar soni

1181

1400

1500

1700

2000

22.

Chet ellik oliy taʼlim tashkilotlarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini taʼlim jarayoniga jalb etish.

chet ellik professor-oʻqituvchilar soni

10

25

30

35

40

23.

Yosh olim va pedagoglarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga amaliyot oʻtash va malakasini oshirish uchun yuborish.

stajirovka va malaka oshirishga yuboriladigan yosh olim va pedagoglar soni

40

50

60

70

80

24.

Xalqaro almashinuv dasturlari, yozgi maktab, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar salmogʻini oshirish.

ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar soni

50

60

70

80

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 09/25/621/0903-son)