27.09.2025 yildagi 606-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot hamda Yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-son qaroriga muvofiq teatr sanʼatida ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, dramaturglar va yosh rejissorlarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti va sanʼat arbobi Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot (keyingi oʻrinlarda — mukofotlar) taʼsis etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu mukofotlar boʻyicha tanlovlar har ikki yilda oʻtkazilib, ularning gʻoliblarini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlash belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 2026-yildan boshlab mukofotlar boʻyicha tanlovlar gʻoliblarini pul mukofoti, diplom va statuetkalar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy hamda yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofotlarga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofotlar oʻzbek dramaturgiyasi va rejissurasi sohasida faol ijod qilayotgan mohir dramaturglar va yosh rejissorlarga teatr sanʼatini rivojlantirish va teatrlar repertuarini dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitishga qoʻshgan munosib hissasi uchun beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofotlarning diplom va statuetkalarini tayyorlash hamda gʻoliblarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mukofotlarning diplom va statuetkalari namunasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Badiiy akademiya bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
606-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-sentabrdagi 606-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy hamda yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofotlarga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri, komissiya raisi

2.

A. Tadjixanov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

3.

B. Axmedov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

4.

Sh. Rizayev

Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori v.b

5.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

6.

O. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

7.

Yo. Axmedov

Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi

8.

N. Sayfullayev

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori

9.

M. Tulyaxodjayeva

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori

10.

O. Salimov

Oʻzbekiston davlat drama teatri bosh rejissori

11.

Lavozimiga koʻra

Madaniyat vazirligi Teatr va sirk sanʼati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi, komissiya masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-sentabrdagi 606-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot (keyingi oʻrinlarda — mukofot)ga nomzodlarni koʻrib chiqish, gʻoliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mukofot bilan dramaturgiya sohasida faol ijod qilayotgan mohir dramaturglar teatr sanʼatini rivojlantirish va teatrlar repertuarini dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofot bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. Bir shaxs mukofot bilan bir marta mukofotlanadi.

3. Mukofot gʻoliblarini aniqlash uchun har ikki yilda bir marotaba ushbu Nizomga muvofiq tanlov oʻtkaziladi.

4. Mukofot gʻolibiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti hamda mukofotning diplom va statuetkalari beriladi.

2-bob. Mukofotga nomzodlarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi

5. Mukofotga nomzodlarni taqdim etish, koʻrib chiqish va taqdirlash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

6. Faol ijod qilayotgan dramaturglarni mukofot bilan taqdirlash boʻyicha takliflar vazirlik va idoralar, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan tanlov oʻtkaziladigan yilning 15-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nomzodlar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi hamda tanlov oʻtkaziladigan yilning 1-fevraliga qadar Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy hamda yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofotlarga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) taqdim etadi.

8. Komissiya tanlov oʻtkaziladigan yilning 1-martiga qadar nomzodlarning hujjatlarini oʻrganib chiqib, ularni quyidagi mezonlar asosida baholaydi hamda eng munosib bir nafar nomzod boʻyicha yakuniy qaror qabul qiladi:

oʻz asarlari bilan oʻzbek adabiyoti va teatr sanʼati rivojiga hissa qoʻshgani, uni jahonga tanitish orqali milliy qadriyatlarimiz, millatimizning ulugʻligini dunyoga tarannum etgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz asarlarida yoshlarning ajdodlarga munosib avlod boʻlib yetishishini, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini tarannum etgani, zamon qahramonlari timsolini aks ettirgani hamda milliy qahramonlar siymosini gavdalantirgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz asarlarida milliy gʻurur tushunchasi bilan hamohang tarzda umuminsoniy gʻoyalarni targʻib qilgani, teatrlar repertuarini mavzu va gʻoya jihatidan puxta boʻlgan dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitishga munosib hissa qoʻshgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya mukofotga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.

9. Komissiya qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining mukofot bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi tanlov oʻtkaziladigan yilning 10-martiga qadar qabul qilinadi.

10. Mukofot 27-mart — Xalqaro teatr kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri yoki uning tegishli oʻrinbosari tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

11. Bir martalik pul mukofoti hamda diplom va statuetkalarni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

3-bob. Yakunlovchi qoida

12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofotga nomzodlarni taqdim etish, koʻrib chiqish va taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vazirlik va idoralar, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari

Mukofot bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Madaniyat vazirligiga taqdim etadi.

Har ikki yilda bir marotaba 15-yanvarga qadar

2-bosqich

Madaniyat vazirligi

Mukofot bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofotga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga (Komissiya) taqdim etadi.

1-fevralga qadar

3-bosqich

Komissiya

Nomzodlar boʻyicha hujjatlarni oʻrganib chiqadi va eng munosib bir nafar nomzod boʻyicha yakuniy qaror qabul qiladi.

1-martga qadar

4-bosqich

Madaniyat vazirligi

1. Mukofot bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi qabul qilinadi.

10-martga qadar

2. Mukofot 27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirda topshiriladi.

27-mart

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-sentabrdagi 606-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot (keyingi oʻrinlarda — mukofot)ga nomzodlarni koʻrib chiqish, gʻoliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mukofot bilan rejissura sohasida faol ijod qilayotgan, ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan oʻttiz besh yoshdan oshmagan iqtidorli rejissorlar teatrlar repertuarini dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofot bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. Bir shaxs mukofot bilan bir marta mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mukofot gʻoliblarini aniqlash uchun har ikki yilda bir marotaba ushbu Nizomga muvofiq tanlov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mukofot gʻolibiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti hamda mukofotning diplom va statuetkalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mukofotga nomzodlarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mukofotga nomzodlarni taqdim etish, koʻrib chiqish va taqdirlash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Faol ijod qilayotgan yosh rejissorlarni mukofot bilan taqdirlash boʻyicha takliflar vazirlik va idoralar, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan tanlov oʻtkaziladigan yilning 15-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nomzodlar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi hamda tanlov oʻtkaziladigan yilning 1-fevraliga qadar Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy hamda yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofotlarga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya tanlov oʻtkaziladigan yilning 1-martiga qadar nomzodlarning hujjatlarini oʻrganib chiqib, ularni quyidagi mezonlar asosida baholaydi hamda eng munosib bir nafar nomzod boʻyicha yakuniy qaror qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh isteʼdod egalarining qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ijodiy faoliyati davomida yangi, zamonaviy mavzudagi milliy mumtoz hamda jahon klassik asarlarini sahnalashtirgani, shu bilan bir qatorda, yangi talqindagi eksperimental asarlarga qoʻl urgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va teatr sanʼati nufuzini jahon miqyosida oshirishda munosib hissa qoʻshgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli janr va yoʻnalishdagi spektakllarni sahnalashtirgani hamda respublika va xalqaro miqyosdagi davlat tadbirlari, festivallarni tashkil etish va oʻtkazishda rejissor sifatida ishtirok etgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya mukofotga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining mukofot bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi tanlov oʻtkaziladigan yilning 10-martiga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mukofot 27-mart — Xalqaro teatr kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri yoki uning tegishli oʻrinbosari tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir martalik pul mukofoti hamda diplom va statuetkalarni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh rejissorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofotga nomzodlarni taqdim etish, koʻrib chiqish va taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vazirlik va idoralar, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari

Mukofot bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Madaniyat vazirligiga taqdim etadi.

Har ikki yilda bir marta 15-yanvarga qadar

2-bosqich

Madaniyat vazirligi

Mukofot bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti va sanʼat arbobi Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofotga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga (Komissiya) taqdim etadi.

1-fevralga qadar

3-bosqich

Komissiya

Nomzodlar boʻyicha hujjatlarni oʻrganib chiqadi va eng munosib nomzod boʻyicha yakuniy qaror qabul qiladi.

1-martga qadar

4-bosqich

Madaniyat vazirligi

1. Mukofot bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi qabul qilinadi.

10-martga qadar

2. Mukofot 27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirda topshiriladi.

27-mart

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2025-y., 09/25/606/0893-son)