26.08.2025 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 26.08.2025 yildagi 26-son
Кучга кириш санаси
03.01.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan korxonalarga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0104-25-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 371]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan korxonalarga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0104-25-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 1999-yil 12-oktabrda tasdiqlangan “Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan korxonalar uchun sanitariya qoidalari” 0090-99-son SanQvaM oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. YUSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari O. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-iyul

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 26-avgustdagi 26-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan korxonalarga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0104-25-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan korxonalarning (bundan buyon matnda korxonalar deb yuritiladi) joylashuvi va hududiga, korxona hududidagi atmosfera havosiga, mineral oʻgʻitlarning saqlanishi va tashilishiga, shuningdek xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punkti — huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻit — tayyorlangan yoki qazib olingan, tarkibida mineral shakldagi oziqlantiruvchi moddalar boʻlgan oʻgʻitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seliteb hudud — aholi punktidagi aholining yashashi, dam olishi, ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan hudud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Korxonalarning joylashuvi va hududiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalarni aholi punkti joylashgan tomonga doimiy yoki mavsumiy esadigan shamol yoʻnalishi boʻyicha joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonalarni joylashtirish SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun) hamda SanQvaN 0350-17-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya normalari va qoidalari”ga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonalarni quyidagi hududlarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti manbalari va suv quvurlari inshootlari joylashgan sanitariya-muhofaza zonasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi dam olish joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik chiqindilari saqlanadigan va atrof-muhit hamda aholi uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan hududlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organik va radioaktiv chiqindilar bilan ifloslangan hududlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻon yoki damba buzilishi natijasida suv bosishi roʻy berishi mumkin boʻlgan hududlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaligi hududlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va tibbiyot tashkilotlari joylashgan hududlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Atmosfera havosini ifloslantirish xavfi I va II sinfga kiruvchi manbalari mavjud boʻlgan korxonalarni shamol tezligi 1 m/s dan oshmaydigan hamda uzoq muddatli tumanlar kuzatiladigan hududlarda (yil davomida kunlarning 30 — 40 foizida, qish mavsumida esa kunlarning 50 — 60 foizidan ortigʻida tuman hodisalari qayd etiladigan hududlar) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxonaning bino va inshootlarini Sh-P-N shakllarda loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxona sanitariya-muhofaza zonasining kengligini belgilashda sanitariya tasnifi, atmosfera havosining kutilayotgan ifloslanish darajasi va fizik taʼsirlari, shuningdek mazkur korxona joylashtirilgan hududdagi boshqa turdagi korxonalar uchun mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan korxonaning sanitariya-gigiyena jihatdan taʼsirini oʻrganish va baholash ishlari natijalari hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sanitariya-muhofaza zonasini quyidagi maqsadlarda tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona faoliyati natijasida yuzaga keladigan taʼsir omillari (atmosfera havosining ifloslanishi, shovqin, tebranish, nurlanish) darajalarini sanitariya-muhofaza zonasi chegarasidan tashqarida amal qiluvchi gigiyenik meʼyorlargacha kamaytirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona hududi va aholi turar-joylari oʻrtasida sanitariya-muhofaza va estetik toʻsiqni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni assimilyatsiyalash va filtrlashni, shuningdek mikroiqlimning qulayligini oshirishni taʼminlovchi koʻkalamzorlashtirishni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sanitariya-muhofaza zonalarining masofalari quyidagicha boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punkti bilan sigʻimi 50 t dan kam boʻlgan mineral oʻgʻitlarni saqlash ombori orasida 100 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punkti bilan sigʻimi 50 t dan 500 t gacha boʻlgan mineral oʻgʻitlarni saqlash ombori orasida kamida 300 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punkti bilan sigʻimi 500 t dan ortiq mineral oʻgʻitlarni saqlash ombori orasida kamida 500 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punkti bilan korxona orasida 1000 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona bilan mineral oʻgʻitlardan foydalanuvchi issiqxona xoʻjaliklari orasida kamida 100 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlariga kimyoviy moddalar (fungitsidlar, insektitsidlar) bilan ishlov beriladigan hududlar orasida kamida 300 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona bilan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi orasida kamida 300 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona bilan uning atrofida joylashgan boshqa turdagi korxonalar orasida kamida 1000 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona bilan xoʻjalik-ichimlik, madaniy-maishiy suvdan foydalanish manbalari va baliqchilik xoʻjaligi havzalari orasida kamida 2 km.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sanitariya-muhofaza zonasi korxona hududini kengaytirish uchun zaxira maydon boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sanitariya-muhofaza zonasi hududini quyidagi hollarda kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona joylashgan hududdagi havo muhiti ifloslanishining holati yuzasidan kamida bir yillik laboratoriya kuzatuvlarining tahlil natijalariga koʻra yashash muhiti va havo muhiti tarkibidagi zararli moddalar konsentratsiyasi SanQvaN 0350-17-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya normalari va qoidalari”ga muvofiq boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning faoliyati hajmi yoki turi oʻzgarganda (xavfli kimyoviy modda ishlab chiqarishdan kamroq xavfli mahsulot ishlab chiqarishga oʻtilganda), shunga mos ravishda xavflilik sinfi yuqori sinfdan pastroq sinfga oʻtganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada shovqin SanQvaN 0325-16-son “Ish joylarida shovqinning ruxsat etilgan darajalari boʻyicha sanitariya meʼyorlari”, tebranish SanQvaN 0326-16-son “Ish joylaridagi umumiy va mahalliy tebranishlar uchun sanitariya meʼyorlari” va elektromagnit nurlanish darajalari SanQvaN 0060-23-son “Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalari”ga (hisob raqami 227, 2023-yil 30-dekabr) muvofiq boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sanitariya-muhofaza zonasini quyidagi hollarda 5 — 10 barobargacha kengaytirishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosi ifloslanishi mumkin boʻlgan hududda aholi punktlarini korxonaga nisbatan shamol yoʻnalishiga teskari tomonda joylashtirishning imkoni boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonadagi shovqin SanQvaN 0325-16-son “Ish joylarida shovqinning ruxsat etilgan darajalari boʻyicha sanitariya meʼyorlari”, tebranish SanQvaN 0326-16-son “Ish joylaridagi umumiy va mahalliy tebranishlar uchun sanitariya meʼyorlari” va elektromagnit nurlanish darajalari SanQvaN 0060-23-son “Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalari”da (hisob raqami 227, 2023-yil 30-dekabr) belgilangan gigiyenik meʼyorlardan oshib ketgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada yangi turdagi, aholi salomatligiga xavfi yetarlicha oʻrganilmagan mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish boshlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona hududida shamollar guli (rumblar boʻyicha shamol qaytalanishining grafik ifodasi) orqali ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga tezda tarqatib yuboradigan sharoit (tumanli ob-havo) mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosiga chiqariladigan turli xil zararli moddalarni tozalash usullari mavjud boʻlmaganda yoki samarasiz boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Korxona hududi mustaqil, yopiq, yaxlit boʻlishi, uning ichidan umumiy foydalanishdagi transport yoki suv yoʻllari oʻtmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Korxona hududidagi umumiy xususiyatlari oʻxshash boʻlgan binolar va inshootlarni bir-biriga yaqin joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Korxona hududi funksional xususiyatlarga koʻra quyidagi hududlarga ajratilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy-xoʻjalik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu hududlar oʻlchamlari korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona hududida shamollar guli hisobga olinishi va sanoat chiqindilari uchun joylar shamol esmaydigan tomonda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlab chiqarish hududini joylashtirishda foydalaniladigan moddalarning toksiklik va fizik-kimyoviy xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maʼmuriy-xoʻjalik hududi seliteb hududdan keluvchi xodimlarning asosiy qismi korxonaga oʻtuvchi yoʻlga yaqin joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Korxona hududida joylashgan binolar gaz, chang, shovqindan izolyatsiyalanishi, kimyoviy zararli taʼsirdan himoya qilinishi va koʻkalamzorlashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Korxona hududida ishlab chiqarishning zararli taʼsiri kam boʻlgan hamda xodimlar dam olishi uchun koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar tashkil qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Korxonani seliteb hududga nisbatan joylashtirishda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning atmosfera havosiga ajratib chiqaradigan gazlar, aerozollar tarkibi va sanitariya-gigiyenik tasnifiga koʻra xavflilik sinfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonadan ifloslangan havoni ajratib chiqaradigan quvurning balandligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosini ifloslantiruvchi har bir manbaning atmosfera havosiga taʼsirining umumiy zarar darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havoga eng koʻp va xavfli taʼsir koʻrsatuvchi moddalar (dominant moddalar) ajratib olinib, ularni xavfsiz miqdorgacha kamaytirish uchun zarur boʻlgan toza havo hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Korxonaning ochiq maydonlarida joylashtiriladigan uskunalarni shamol oqimi natijasida havoda chang, gaz yoki boshqa zararli moddalar toʻplanishiga sabab boʻladigan hududlarda joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Korxona hududidagi atmosfera havosiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Korxona hududidagi atmosfera havosida zararli moddalar miqdori SanQvaN 0294-11-son “Ish oʻrni havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalarining gigiyenik normativlari”da belgilangan ruxsat etilgan konsentratsiyaning 30 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Korxona hududidan tashqaridagi atmosfera havosida zararli moddalar miqdori SanQvaN 0294-11-son “Ish oʻrni havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalarining gigiyenik normativlari”da belgilangan ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Korxonaning tashlamalari atmosfera havosiga chiqarilishidan oldin chang, bugʻ va gazlardan tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishlab chiqarish hududidagi havoning ifloslanish darajasini pasaytirish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quriladigan binoning enini kamida 8 — 10 qavatli binoning balandligiga teng qilib loyihalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar hamda ochiq maydonlarda qator qilib joylashtirilgan uskunalarning asosiy uzun tomonini (uzun oʻqi) hududda eng koʻp esadigan shamol yoʻnalishiga parallel qilib joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dudboʻrondan chiqadigan tashlamalar binolar yoki uskunalar atrofida hosil boʻladigan aylanma havo oqimlariga tushib qolmasligini va dudboʻron balandligi u joylashgan bino balandligidan yoki yonida turgan uskunalar balandligidan kamida 1,8 barobar balandroq boʻlishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Korxonalar hududidagi havoda zararli moddalar miqdori SanQvaN 0294-11-son “Ish oʻrni havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalarining gigiyenik normativlari”da belgilangan ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketsa, oʻzi ogohlantirish beradigan jihozlar (gaz analizatorlar yoki detektorlar) oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Korxonalarning suv taʼminoti va oqova suv tarmogʻiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Korxonalarni suv bilan taʼminlashda SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Korxonalardagi ichimlik suvining sifati OʻzMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” hamda OʻzMSt 134:2024 “Markazlashtirilgan xoʻjalik-ichimlik suvi bilan taʼminlash manbalari. Gigiyenik, texnikaviy talablar va tanlash qoidalari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Korxonaga ichimlik suvi faqat ichimlik suvi uchun foydalaniladigan quvurlar orqali yetkazib berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Texnologik ehtiyojlar uchun foydalanilgan sanoat suvlari kimyoviy jarayonlarning barqarorligi va oqova suvlarning xavfsizligini taʼminlaydigan darajada tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishlab chiqarishda hosil boʻlgan oqova va texnologik suvlar tarkibidagi zaharli moddalar toʻliq yoʻq qilinguniga qadar tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Korxonalardan chiqayotgan oqova suvlarning ifloslanish darajalari SanQvaN 0083-24-son “Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da (hisob raqami 321, 2024-yil 13-dekabr) keltirilgan darajalardan oshgan taqdirda, oqova suvlarni zararsizlantirmasdan yer osti va yer usti suv obyektlariga oqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Korxonaning oqova suvlarini chiqarib yuborishda QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”ga rioya qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Korxonalarning ventilyatsiyasi, isitilishi, yoritilishiga va shovqin darajasiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Korxonada ishlab chiqarish hududidagi havoni tashqi havo bilan almashtirib, uning sifatini taʼminlash uchun ventilyatsiya tizimi oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ventilyatsiya tizimi korxonalarda zararli gazlar va bugʻlar, chang, shuningdek ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, umumiy ventilyatsiya tizimiga qoʻshimcha ravishda mahalliy ventilyatsiya tizimi alohida shamollatish tizimi sifatida loyihalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Chang hosil boʻlishiga qarshi kurashish uchun mahalliy ventilyatsiya tizimidan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Changlangan havoni olib ketuvchi aspiratsiya quvurlari imkon qadar qisqa boʻlishi va quyoshga nisbatan kamida 45° qiyalik burchagida oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qiyalik burchagi 45° dan pastroq boʻlgan quvurlardan foydalanish zarur boʻlsa, quvurlar undagi havo tezligi chang tushishining oldini olishini hisobga olgan holda tanlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Chang-havo aralashmasini olib ketuvchi quvurlar ularni choʻkayotgan changdan tozalash uchun zich yopilgan tuynuklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Chang va havo oqimida suyuqlikka aylanib tomchi boʻlib tushadigan bugʻlarni olib ketuvchi quvurlarni umumiy ventilyatsiya tizimiga ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mahalliy ventilyatsiya tizimini ammiak va karbamid uchun moʻljallangan nasoslarga hamda ammiak namunalarini olish joylariga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mahalliy ventilyatsiya tizimini loyihalashda zararli tashlamalarni toʻliq yopiq qoplama bilan ushlab qolish imkoni boʻlmasa, zonali ventilyatsiyadan (faqat xavfli moddalar ajraladigan joyni alohida shamollatadigan ventilyatsiya) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Himoya qoplamalari orqali soʻrilgan havo hajmi ochiq joylardagi havoning harakat tezligidan kelib chiqib quyidagicha boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq himoyali qoplamalarda — 0,6 — 1,0 m/s;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zonali ventilyatsiya nasoslarining zichligini taʼminlovchi qismlarda (salnik) — 2,0 — 1,5 m/s.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mahalliy ventilyatsiya tizimi ishlamay qolsa, u bilan bogʻliq texnologik uskunalar ham toʻxtatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ventilyatsiya tizimida havo chiqarish joyini tanlashda undagi chang va gazlar miqdori ish joyi uchun SanQvaN 0294-11-son “Ish oʻrni havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalarining gigiyenik normativlari”da belgilangan ruxsat etilgan konsentratsiyaning 30 foizidan oshmasligi inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ventilyatorlar va havo olib ketuvchi quvurlar yemirilishga qarshi himoya qoplamalar (zanglamaydigan poʻlat, maxsus emal, plastmassa qoplama, rezina) bilan qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Korxonalarni isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 287, 2024-yil 11-sentabr) muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Korxonalarni umumiy yoritish uchun svetodiodli, galogenli lampalardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Umumiy yoritish uchun quyidagi holatlarda choʻgʻlanma lampalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlik talab qilmaydigan ishlab chiqarish jarayonlari uchun yorugʻlikni taʼminlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiroq qoʻyib boʻlmaydigan joylarni (oʻtish yoʻlaklari, maydonchalar, katta uskuna yonlari) yoritishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ish joyidagi shovqin darajasi SanQvaN 0325-16 “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha sanitariya normalari”, tebranish darajasi esa SanQvaN 0326-16 “Ishchi joylarda umumiy va lokal tebranishlarni sanitariya normalari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Korxonalarning texnologik jarayonlariga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanishiga hamda ishga tushirilishiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Texnologik jarayonlar va jihozlar xodimlarning mehnat sharoitini yaxshilash va ishlab chiqarishdagi zararli taʼsirlarni kamaytirishga xizmat qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mineral oʻgʻit ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini taʼminlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayonlarni avtomatik va mexanik uskunalar yordamida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlda ishlov berishni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maydonda oʻrnatilgan uskunalarda yomgʻir, qor, chang yigʻilib qolmasligi uchun ularni muntazam tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi eritma yoki aralashmalarning kislotalilik yoki ishqoriylik darajasini muntazam ravishda oʻlchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor yoki yarim tayyor mahsulotdan namunalarni olib, laboratoriyada tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Texnologik jihozlar va kommunikatsiyalarni joylashtirish, koʻtarish hamda tashish maxsus texnik vositalar (kranlar, liftlar, avtogidropodyomniklar, yuk koʻtaruvchi mexanizmlar yoki maxsus aravachalar) yordamida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Korxonada hosil boʻlgan chiqindi suvlar (yomgʻir suvlari, texnologik eritmalar yoki ishlatilgan suvlar) maxsus mexanizmlar yordamida tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Texnologik jihozlar joylashtirilgan maydonlardagi pollarda yomgʻirlar va chiqindi suvlarning yigʻilib qolishining oldini olish maqsadida pollar qiyaliklarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Korxona hududidagi chang ajratadigan ish joylarini tozalash oson boʻlishi uchun devor va pollar silliq, toʻsiq elementlari yumaloq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sintez va distillash boʻlimlari, nasoslar, qayta ishlash va qadoqlash amalga oshiriladigan xonalarning devorlari va shiftlarining ichki yuzasi kimyoviy moddalarning taʼsiridan himoya qilish uchun turgʻun laklar va boʻyoqlar bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ishlab chiqarish hududidagi xonalarning pollari oson yuvilishi uchun qalin keramik plitalardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ochiq maydonda oʻrnatilgan texnologik jihozlarga xizmat koʻrsatish masofadan boshqariladigan statsionar pultlar orqali amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, pultlar tabiiy yorugʻlik, mexanik shamollatish va dudboʻron ventilyatsiya tizimi mavjud boʻlgan xonalarda joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Zararli gazlar va bugʻlarni ajratish manbai boʻlgan barcha qurilmalar germetiklangan yoki ustki qismi himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Nasosning ulanuvchi (birlashtiriluvchi) qismlari, gardishlari soz holatda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Bosim va haroratdan qatʼi nazar, ammiakni va tarkibida 25 foizdan ortiq ammiakni tutuvchi vositalarni tashishda quvurlardagi ulangan qismlar yuzasi bir-biriga zich birikkan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tayyor mahsulotning haroratini pasaytirish va gazlardagi desorbsiya jarayonlarining intensivligini kamaytirish uchun texnologik sxemada keltirib oʻtilgan sovutgichlardan foydalanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Yemirilishga uchrashi mumkin boʻlgan texnologik jihozlar austenit (yuqori yemirilishga chidamli) sinfiga mansub poʻlatlardan tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, poʻlatlar tarkibida ferrit miqdori sintez tuguni uchun 3 foizdan, birinchi bosqich distillash tuguni uchun 5 foizdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Distillashning birinchi bosqichi uskunalari va ularning kimyoviy reaksiyalar sodir boʻladigan tugunlari yiliga kamida ikki marta tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Changlanishning oldini olish uchun tashuvchi lentalarning (materialni bir joydan ikkinchi joyga tashish uchun ishlatiladigan harakatlanuvchi transport vositasi) tezligi 0,6 m/s dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Tashuvchi lentalarning orqa tomoniga mahsulot yopishib qolmasligi va yerga toʻkilmasligi uchun maxsus qirgʻichlar yoki choʻtkalar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tayyor mahsulotning bunkerlarda qolib ketishining oldini olish uchun bunkerning konus qismi devorlarining burchaklariga vibratorlar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan taqsimlash mahalliy ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan oʻzi taqsimlaydigan uskunalar orqali amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tayyor mahsulotning tashuvchi lentalardan tushish balandligi 0,5 m dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Changni tozalash bilan bogʻliq texnologik jihozlar toʻliq germetiklangan yoki yarim germetik boʻlgan va ish joyiga chang tushishining oldini olish uchun mahalliy ventilyatsiya tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ishlab chiqarish hududida joylashgan tashuvchi lentalar butun uzunligi boʻylab himoya qoplami bilan qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mahsulotning lentadan bunkerlarga tushadigan joylari qoplama bilan jihozlanishi va aspiratsiya tizimi (zararli chang yoki gazlarni havo orqali yigʻib olib, xavfsiz tarzda chiqarish) orqali chang chiqishining oldi olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Tayyor mahsulotning sifatini pasaytirmasligi uchun mahsulotning namligi 0,7 — 1,0 foiz oraligʻida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Texnologik jihozlar, gaz tashlamalari va quvurlarning yuqori haroratga ega boʻlgan yuzalari issiqlikdan himoya qiluvchi qoplama bilan qoplanishi va bunda yuzaning harorati 45°C dan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Texnologik jihozlarga tashqi muhit taʼsirini kamaytirish maqsadida jihozlar himoya qoplamalari bilan qoplanishi, texnologik jarayonni avtomatik boshqaruvchi tizimlar oʻrnatilishi va issiqlik izolyatsiyasi taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Turli xil mehnat sharoitlariga ega boʻlgan texnologik jarayonlarni imkon qadar bir-biridan ajratish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qavatlar orasida ochiq tirqishlar va panjarali qoplamalar boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirqishlarni oson olinadigan (suriladigan, aylanadigan) tavaqalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshni xonalarga oʻtish uchun barcha oʻtish joylariga oʻz-oʻzidan yopiladigan eshiklarni oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlar va boshqa jihozlarning oraliq qavatlar orqali oʻtadigan joylardagi boʻshliqlarni yopish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Boshqaruv pultlari xavfsiz xonaga yoki alohida binoga joylashtirilishi, ular ishlab chiqarishning zararli taʼsirlaridan himoya qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Granulyatsion minoradan (jarayonni amalga oshiradigan uskuna yoki bino) tushiriladigan joyda xodimlar jarayonni qulay va xavfsiz kuzata oladigan, havosi toza va isitiladigan xona boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Maʼmuriy-xoʻjalik hududidagi binolarda maxsus ish kiyimlari va poyafzallarni quritish uchun kameralar, shuningdek chilangarlar uchun isitish tizimiga ega xonalar ajratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xonalarni nurlanish darajasi 280 — 350 W/m2 (0,4-0,5 kal/sm2/min) boʻlgan statsionar nurli issiqlik manbalari bilan jihozlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Texnologik jihozlarni taʼmirlash u tozalangandan va zararsizlantirilgandan keyin amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Oʻzidan issiqlik chiqaradigan texnologik jihozlar ish joyi uchun optimal havo harorati chegaralaridan 2°C dan yuqori boʻlmagan haroratgacha sovutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Taʼmirlash va tozalash uchun texnologik jihozlarni ochishdan oldin ularni inert gaz bilan, keyin toza havo bilan tozalash va suv bilan yuvish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, taʼmirlash va tozalash ishlari dudboʻron qurilmasi ishchi holatda boʻlgandagina amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Yilning sovuq mavsumida ochiq maydonlarda taʼmirlash ishlarini olib borish uchun koʻchma himoyalovchi toʻsiqlar (himoya qutilari, shirma), xodimlar isinib olishlari uchun qurilmalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ochiq maydonlarda rejali-profilaktik taʼmirlash ishlari yilning issiq davriga rejalashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Mineral oʻgʻitlarni saqlash va tashish jarayonlariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Qadoqlanmagan mineral oʻgʻitlarni saqlash uchun maxsus yopiq binolar (omborxonalar) yoki sigʻimlardan (siloslar) foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Sanitariya-muhofaza zonasida mineral oʻgʻitlarga moʻljallangan omborxonalarni (bundan buyon matnda omborxonalar deb yuritiladi) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Omborxonalar aholi punktlari, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi korxonalari hamda odamlar gavjum hududlardan shamol yoʻnalishiga teskari tomonda joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Omborxonalarning bino va inshootlari avtomobil va temir yoʻllardan (kirish yoʻllaridan tashqari) kamida 60 m uzoqlikda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Quruq mineral oʻgʻitlar saqlanadigan omborxona binolarining yongʻinga qarshi devorlar bilan oʻralgan qavat yuzasining ruxsat etilgan oʻlchamlari SHNQ 2.09.11-22 “Quruq maʼdanli oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari omborlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 272, 2024-yil 14-avgust) muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Mineral oʻgʻitlarning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini saqlash uchun ularning sutkalik zaxirasini vaqtincha maydonchalarda (dalada) saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Mineral oʻgʻitlarni saqlashda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning butligini (miqdori va isteʼmol xususiyatlarining oʻzgarmasligini) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson organizmiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan saqlanayotgan moddalar bilan xodimlarning aloqasini bartaraf etish yoki uni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining manbai boʻlgan chiqindilarni oʻz vaqtida utilizatsiya qilish, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin-portlash xavfi mavjud boʻlgan oʻgʻitlarni SHNQ 2.09.11-22 “Quruq maʼdanli oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari omborlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 272, 2024-yil 14-avgust) muvofiq saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Mineral oʻgʻitlarni yassi tagliklar (paddonlar) ustiga qoplarda besh qator qilib uch qavatda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Qoplanmagan mineral oʻgʻitlarni uyib qoʻyilgan uyumlar holida saqlashga va omborlarda quyidagicha joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻgʻitlar sifatining buzilishiga olib keladigan taʼsirning oldini olish uchun — azotli, kaliyli, fosforli oʻgʻitlarni bir joyda yonma-yon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karbamidni namlanib qolishining oldini olish uchun superfosfat va boshqa murakkab mineral oʻgʻitlar bilan birga bir joyda yonma-yon boʻlmagan holatda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Ombor devori bilan mineral oʻgʻitlar taxlami orasidagi masofa 60 — 100 m atrofida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Omborxonalarda mineral oʻgʻitlar bilan bogʻliq ishlar individual himoya vositalarini qoʻllagan holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Suyuq mineral oʻgʻitlar (ammiakli suv, ugleammiakat, suyuq kompleks mineral oʻgʻitlar) suyuq holda, konteyner va idishlarda temir yoʻl va avtomobil transportida tashilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Qadoqlangan suyuq kompleks mineral oʻgʻitlar transport oʻramlarida taglikda, konteynerlar yoki idishlarda temir yoʻl va avtomobil transportida tashilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Suyuq mineral oʻgʻitlarni tashish uchun sigʻimlarni toʻldirishda yoʻl davomida haroratning ehtimoliy oʻzgarishi natijasida mahsulot hajmining kengayishi inobatga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Qattiq mineral oʻgʻitlar yopiq va yarim ochiq temir yoʻl vagonlarida va avtomobil transportida tashilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Qattiq mineral oʻgʻitlarni oʻtish joylari, tor yoʻlaklarda, elektr tarmogʻi, tok oʻtkazuvchi simlar yaqiniga, ombor eshiklari va derazalari orqasiga taxlab qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Polimer qoplamali yumshoq konteynerlarga qadoqlangan qattiq mineral oʻgʻitlarni yarim ochiq vagonlarda va avtomobil transportida bortini yopmagan holda tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Qadoqlanmagan qattiq mineral oʻgʻitlarni faqat sanoatda qayta ishlaydigan va ishlab chiqarish jarayonida reagent (material) sifatida foydalanadigan korxonalarga maxsus sochiluvchan moddalarni tashishga moʻljallangan vagonlar va avtomobil transportida tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Polimer qoplarga qadoqlangan qattiq mineral oʻgʻitlarni avtomobil transporti bortini yopmagan holda tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Mineral oʻgʻitlar bilan ishlovchi xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Mineral oʻgʻitlar bilan ishlovchi xodimlar zaharlanishining oldini olish uchun texnologik jihozlarni polimerlardan tozalash va reaktorlarni taʼmirlashda qoʻl mehnatidan foydalanishga va xodimning qurilma ichida boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Agressiv va oʻyuvchi suyuqliklar (akril, metakril, sulfat kislotalari, izotsianatlar, stirol, fenol) oqadigan quvurlardagi zichlagichlarni almashtirish jarayonida xodimlarning ifloslangan zichlagichlar bilan bevosita aloqada boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Shaxsiy himoya vositalari toʻgʻri qoʻllanilishi, shuningdek har bir foydalanishdan soʻng tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Mineral oʻgʻitlar bilan ishlovchi xodimlar tomonidan quyidagi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllar va tananing ochiq qismlarini zararsizlantiruvchi eritmalar bilan yaxshilab yuvish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy moddalar bilan ishlagandan keyin dush qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Ish jarayonida chekish va ovqatlanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Mineral oʻgʻitlar bilan ishlovchi xodimlar koʻz va yuzni himoyalashda quyidagi vositalardan foydalanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yon tomondan himoyalangan himoya koʻzoynaklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya yuz qalqonlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Mineral oʻgʻit aerozoli havoda uzoq vaqt saqlanib qolinishini inobatga olgan holda zaharlanishdan saqlanish maqsadida respirator yoki maxsus yarim niqoblardan foydalanilishi lozim.