30.09.2025 yildagi 612-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratish orqali ularni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar (keyingi oʻrinlarda — kambagʻal oilalar) tomonidan arizalar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalarni koʻrib chiqish va skoring baholash hamda ular boʻyicha xulosa berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan kambagʻal oilalarga kredit ajratish va ularning monitoringini yuritish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noutbuk va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun garovsiz kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi — “Oilakredit.uz” orqali ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan kambagʻal oilalarga ajratiladigan kreditlar boʻyicha Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida foiz toʻlovlari hisoblanadi va ushbu foiz toʻlovlari Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan tijorat banklariga qoplab boriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalarga kreditlar ajratish uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning soʻndirilishi hisobidan 2025-yilda jami 250 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy bank Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda axborot tizimlari integratsiyasi va maʼlumot almashinuvini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida va aholi orasida keng yoritilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
612-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 612-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) doirasida AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi oʻrinlarda — tijorat banklari) tomonidan kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan rahbarlar — eng ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalarga biriktirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oila aʼzolari — “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxsning oila aʼzolari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, qarz oluvchi tomonidan tanlangan tovarlarni yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketpleys tizimi — platformada ajratiladigan kreditlar hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda qarz oluvchilar tomonidan mahsulot yetkazib beruvchilarni mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma — dastur doirasidagi kreditlarning toʻliq raqamlashgan holda ajratilishini taʼminlaydigan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining Yagona elektron platformasi (Oilakredit.uz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa — biriktirilgan rahbarlar qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, uning imkoniyatlari, sharoitlari hamda yetarli bilim va tajribasini oʻrganish orqali kredit ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali oʻzini oʻzi band qilish istagidagi jismoniy shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar uchun hisoblangan foizlar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dastur doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar faqat platforma orqali ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasidagi kreditlar yuzasidan arizalarni platforma orqali belgilangan tartibda koʻrib chiqmasdan kambagʻal oila aʼzosiga tovarlarni markazlashgan tartibda olib kelish va tarqatish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy maʼlumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Platforma orqali arizalarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” koʻmagi asosida platforma orqali taqdim etiladi. Bunda arizalar oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tijorat banklariga taqsimlangan mahallalar boʻyicha yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qarz oluvchining tegishliligi boʻyicha talablarga javob berishi (“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgani, individual reja tuzilgani) “Online-mahalla.uz” elektron platformasi orqali tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit ajratish toʻgʻrisidagi arizalar barcha bosqichlarda platformada onlayn koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida platforma orqali (telegram bot, SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) maʼlumot berib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarz oluvchiga dastur doirasida kredit hujjatlari rasmiylashtirilishida biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tijorat banklari tomonidan kredit qaytmaslik xatari sugʻurta polisi uchun toʻlanadigan mablagʻlar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mazkur kreditlar foizi uchun kelib tushadigan mablagʻlardan qoplab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sugʻurtalanganda, sugʻurta toʻlovi yillik 0,5 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dastur doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va oʻz vaqtida soʻndirilishi yuzasidan biriktirilgan rahbarlar “mahalla yettiligi” va tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Skoring baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Platforma orqali arizalar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga koʻra bir ish kunida avtomatlashtirilgan holda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi hollarda qarz oluvchining arizasi platforma tomonidan skoring maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilmagan fuqarolar tomonidan ariza berilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining platformada avval berilgan arizasi koʻrib chiqish jarayonida boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshga toʻlmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan yoxud mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining dastur doirasida toʻliq qaytarilmagan krediti mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bank yoki mikrokredit tashkilotlaridan olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalarga koʻmak choralari boʻyicha ijtimoiy shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarmayotgan fuqarolar tomonidan ariza berilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salbiy kredit tarixiga ega boʻlganda (oxirgi 2 yil davomidagi kredit tarixi inobatga olinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Skoring natijasiga koʻra qarz oluvchining ijobiy baholangan arizasi koʻrib chiqish uchun biriktirilgan rahbarlarga platforma orqali kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Skoring hisoblash metodikasi boʻyicha maʼlumotlar platformada eʼlon qilinadi hamda zaruratga koʻra kiritilgan oʻzgartirishlar asosida doimiy ravishda yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Biriktirilgan rahbar tomonidan xulosa berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Biriktirilgan rahbar qarz oluvchining arizasiga asosan besh ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda, uning faoliyat turi boʻyicha shart-sharoitlari, imkoniyati va yetarli koʻnikmasi mavjudligini oʻrganadi, oʻrganish natijasi boʻyicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani platformaga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Biriktirilgan rahbar xulosani berishdan avval amalga oshirilayotgan loyihaning oʻziga xos xususiyatlari va mavsumiyligini inobatga olgan holda qaror qabul qilish vakolatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi hollarda ijobiy xulosa berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilgani aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bandda koʻrsatilgan yoʻnalishlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid boʻlgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Biriktirilgan rahbar tomonidan kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosada uning sabablari koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan sabablardan tashqari boshqa asoslarga koʻra kredit ajratishni rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan rahbarning ijobiy xulosasi asosida qarz oluvchining arizasi koʻrib chiqish uchun platforma orqali tijorat bankiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tijorat bankida yetarli resurs mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda, biriktirilgan rahbar tomonidan arizalar avval berilgan kreditlarning soʻndirilishi hamda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi hisobidan resurs shakllantirilgunga qadar platformada elektron navbat asosida yuritiladi va bu borada qarz oluvchiga tegishli maʼlumotlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Biriktirilgan rahbar kambagʻal oila aʼzolariga ajratiladigan kredit mablagʻlari hisobidan noutbuk yoki asosiy vositalar olib berilishini taʼminlaydi hamda uning maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlash maqsadida ushbu rahbar yoki tashkilotning ishonchli vakili har chorakda loyiha amalga oshirilayotgan hududga borib oʻrganib, natijalari toʻgʻrisida platformada elektron dalolatnoma tuzib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq toʻlash sharti bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 million soʻmgacha boʻlgan qiymatdagi bir dona noutbuk sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 million soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisoblangan foizlar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar uchun oshirilgan va (yoki) qoʻshimcha foizlar hamda neustoyka (jarima, penya) hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchilar asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir. Bunda tijorat banki qarz oluvchidan kredit boʻyicha asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytargani uchun komissiya yoki neustoyka olishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tijorat banklariga kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizom talablari boʻyicha nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, kredit ajratilishi rad etiladi va bu toʻgʻrisida biriktirilgan rahbar hamda qarz oluvchi platforma orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qarz oluvchi 10 kun muddat ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ularni tijorat bankiga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar qarz oluvchi tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, tijorat bankiga taqdim qilinganda, hujjatlarni koʻrib chiqish qarz oluvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunidan kech boʻlmagan muddatda qabul qilinadi, hujjatlar elektron koʻrinishda shakllantiriladi va imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi, bank tomonidan imzolangan holda taqdim etilgan kredit shartnomasini 10 kun mobaynida imzolamasa, uning kredit olish toʻgʻrisidagi arizasi rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilganda, bu haqidagi qaror rad etilishi sabablari koʻrsatilgan holda platformaga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, qarz oluvchiga kredit hisobidan sotib olinadigan mahsulotlarni marketpleys tizimidan tanlash haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi imzolangandan soʻng kredit taʼminotchi hisobvaragʻiga pul koʻchirish orqali oʻtkazilganda, marketpleys tizimi bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchiga kredit naqd pulda yoki alohida ochilgan bank kartasi orqali ajratilganda, tijorat banklari ushbu Nizomda belgilangan tartib va dastur doirasida qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlardan kelib chiqqan holda platforma xizmatlari uchun ommaviy oferta talablari asosida haq toʻlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar va ularga hisoblangan foiz miqdori platformada onlayn shakllanib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kredit boʻyicha foizlar qarz oluvchi tomonidan mahsulot qabul qilinib, kredit shartnomasiga asosan haqiqatda toʻlab beriladigan mablagʻ uchun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Mahsulot yetkazib berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mahsulot yetkazib berilgandan soʻng ularni topshirish-qabul qilish maqsadida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan platformaning oʻzida elektron hisob-faktura rasmiylashtiriladi. Qarz oluvchi mahsulotni qabul qilib olib, undan qanoat hosil qilganidan soʻng elektron hisob-fakturani imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qarz oluvchiga tovarlar fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hisob-faktura imzolangani toʻgʻrisida biriktirilgan rahbarga platforma orqali xabar beriladi. Biriktirilgan rahbar uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tovarlar haqiqatan yetkazib berilgani yoki berilmagani toʻgʻrisida platformada fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tijorat banklariga toʻliq imzolangan elektron hisob-faktura hamda biriktirilgan rahbar tomonidan tasdiqlangan elektron dalolatnoma ushbu mahsulotlar uchun toʻlovni amalga oshirishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi talabiga koʻra sotib olinadigan mahsulot boʻyicha toʻlovlar mahsulot yetkazib berish shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yetkazib berilgan mahsulot uchun toʻlovlar bank tomonidan uch bank ish kunida mahsulot yetkazib beruvchiga pul oʻtkazish orqali bilan amalga oshiriladi. Shundan soʻng mahsulot yetkazib beruvchining zakalat summasidan marketpleys tizimining xizmati uchun belgilangan toʻlov ommaviy ofertaga asosan avtomatik tarzda undiriladi va zakalat summasining qoldiq qismi mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Biriktirilgan rahbar tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani toʻgʻrisida elektron dalolatnoma rasmiylashtirilganda, qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlari toʻliq bajarilishi yoki shartnoma bekor qilinishi boʻyicha zarur choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari toʻliq bajarilganda, biriktirilgan rahbar uch ish kunida joyiga chiqqan holda takroran oʻrganish oʻtkazadi va platformada fotohisobot shaklida takroran elektron dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmaganlik holati takrorlansa, biriktirilgan rahbar xulosani bekor qilish boʻyicha elektron dalolatnoma rasmiylashtiradi va platforma orqali kredit shartnomasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot yetkazib beruvchilarni marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish va Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga hisoblangan foizlarni qoplab berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qarz oluvchilarga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida ustama haq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Hisoblangan foiz boʻyicha ustama haqi miqdori har oyning yakuni bilan, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit va unga hisoblanadigan foizlar boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etilgan roʻyxat asosida 10-sanasiga qadar esa Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi (ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq muddati oʻtgan qarzdorliklar yuzasidan oshirilgan va (yoki) qoʻshimcha foizlar hamda neustoyka (jarima va penyalar) hisoblanmaydi, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan qoplab berilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Dastur doirasida ajratiladigan kreditlardan boshqa maqsadda foydalanilganlik holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banklari belgilangan tartibda kreditlarni muddatidan oldin undirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qarz oluvchi tomonidan tijorat bankidan olingan kredit qarzdorlikni qaytarish jadvaliga muvofiq 90 kundan ortiq muddat toʻlanmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qarz oluvchi

“Oilakredituz” Yagona elektron platformasi orqali ariza qoldiradi

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Platforma

Arizalar belgilangan tartibda avtomatik skoring baholashdan oʻtkaziladi

1 ish kunida

3-bosqich

Biriktirilgan rahbar

Joyiga chiqqan holda kreditni ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi

5 ish kunida

4-bosqich

Tijorat banki

Kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi

3 ish kunida

5-bosqich

Mahsulot yetkazib beruvchi va qarz oluvchi

Mahsulot sotib olish boʻyicha shartnoma tuzadi

15 ish kunida

6-bosqich

Mahsulot yetkazib beruvchi

Qarz oluvchiga mahsulot yetkazib beradi

10 kunda

7-bosqich

Biriktirilgan rahbar

Mahsulot yetkazilgani toʻgʻrisida elektron dalolatnoma tuzadi

3 ish kunida

8-bosqich

Tijorat banki

Yetkazib berilgan mahsulot uchun toʻlovni amalga oshiradi

3 ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.