30.09.2025 yildagi 614-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda oʻrta boʻgʻin kadrlarini qoʻshma taʼlim dasturlari asosida texnikumlarda tayyorlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida texnikumlarda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qoʻshma taʼlim dasturlari (keyingi oʻrinlarda — qoʻshma taʼlim dasturlari) asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumlarda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumlarga qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻquvchilarni qabul qilish hamda taʼlim jarayonini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirishdagi hamkor xorijiy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda texnikum tomonidan belgilanadi va oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametrlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda texnikum tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha qabul jarayoniga oid zarur maʼlumotlar qabul jarayoni boshlanishidan kamida bir oy oldin texnikumning rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturlari asosida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga xorijiy taʼlim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan hujjat (diplom va/yoki sertifikat) hamda belgilangan tartibda texnikumning davlat namunasidagi diplomi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
614-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom texnikum va xorijiy taʼlim tashkilotlarining oʻzaro kelishuviga muvofiq joriy etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — xorijiy taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturini joriy qilishga talabgor texnikum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
memorandum — joriy etilishi rejalashtirilgan qoʻshma taʼlim dasturi ekspertizasiga qadar texnikum va xorijiy taʼlim tashkiloti tomonidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha imzolanadigan dastlabki kelishuv hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikum — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma — texnikum va xorijiy taʼlim tashkiloti hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha vakolatli organ tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan taʼlim dasturlarini amalga oshirishda tomonlarning vazifalari va majburiyatlarini ifodalovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taʼlim tashkiloti — boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy davlatda vakolatli organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan va tan olingan (litsenziya berilgan va/yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan) taʼlim tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturi — texnikum va xorijiy taʼlim tashkiloti tomonidan hamkorlikda kadrlar tayyorlash va bitiruvchilarga tegishli daraja(lar)da kasbiy maʼlumot olganligi toʻgʻrisidagi xorijiy davlatda va Oʻzbekistonda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom yoki sertifikat) berilishini nazarda tutuvchi taʼlim dasturi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar qoʻshma taʼlim dasturini joriy etishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida oʻrta boʻgʻin kadrlarini mahalliy va xalqaro mehnat bozori talablariga muvofiq tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozori ehtiyojlari asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan kasb va mutaxassisliklar taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchilarning amaliyotini mahalliy yoki xorijiy ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va/yoki hamkor xorijiy taʼlim tashkilotlarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikda seminarlar oʻtkazish, stajirovkalar tashkil etish hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Texnikumlarda qoʻshma taʼlim dasturini joriy etishda xorijiy taʼlim tashkiloti sifatida quyidagilar jalb qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) mavjud boʻlgan yoki qoʻshma taʼlim dasturi asosida faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taʼlim tashkilotlari joylashgan davlatda vakolatli organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan va tan olingan (litsenziya berilgan va/yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan) taʼlim tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish vakolatiga ega taʼlim tashkiloti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻshma taʼlim dasturlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijobiy ekspertiza xulosasi berilgan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim faoliyatini tashkil etishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturi bepul ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qoʻshma taʼlim dasturini joriy qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻshma taʼlim dasturi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema asosida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish uchun vakolatli organga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturi asosida taʼlim faoliyatini tashkil etish boʻyicha hamkor xorijiy taʼlim tashkilot bilan imzolangan memorandum nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taʼlim tashkilotining oʻzi joylashgan davlatda vakolatli organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganini va tan olinganini (litsenziya berilganligi va/yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturining maqsadi, kasbiy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklari, taʼlim davomiyligi, shakli va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturini ishlab chiqishga asos boʻlgan milliy malakalar ramkasi, kasbiy standartlar, taʼlim standartlari, oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarining tasdiqlangan nusxalari (tanlov fanlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonida foydalaniladigan moddiy-texnik taʼminot, shu jumladan, kompyuterlar, oʻquv ustaxonalari, oʻquv fanlari xonalari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, kreditlarni tan olish, taʼlim jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash va oʻqitish natijalarini tan olish bilan bogʻliq hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy hamkor taʼlim tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan taʼlim yakunida beriladigan hujjatlar (diplom yoki sertifikat)ning namuna nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan qoʻshimcha maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra vakolatli organ tomonidan belgilangan axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan talablar bajarilganda hamda Oʻzbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash sohasiga mos boʻlganda, qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha ijobiy xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish uchun taqdim etilgan ariza quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizaga ilova qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturini ochish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan arizani rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha xulosa vakolatli organ tomonidan 3 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha xulosa salbiy boʻlganda, vakolatli organ hujjatlar toʻplamini ariza beruvchiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 15 ish kun muddatda ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa hamda hujjatlar toʻliq taqdim qilinmasa, vakolatli organ tomonidan bir ish kunida ariza rad etiladi va bu haqda ariza beruvchi xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organning ijobiy xulosasiga asosan texnikum bilan xorijiy taʼlim tashkiloti oʻrtasida kelishilgan muddatlarda belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning maqsadi va predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va hamkor xorijiy taʼlim tashkilot(lar)i joylashgan davlatlarning milliy malaka ramkalari xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish tili, muddati, shakli va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturi asosida tashkil etilgan taʼlim jarayonini boshqarish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar bilimini baholash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikumda va hamkor xorijiy taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini monitoring qilish va taʼminlash chora-tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturini joriy etishda axborot bilan taʼminlash (qoʻllab-quvvatlash) va marketing boʻyicha chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish natijalarini (oʻqitish kredit-modul tizimi asosida tashkil etilganda — kreditlarni) oʻzaro tan olish, oʻqishni koʻchirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturini moliyalashtirishga oid masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturiga oid intellektual mulk huquqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar munosabatlariga nisbatan qoʻllanadigan huquq va nizolarni hal qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joyi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada tomonlar kelishuviga koʻra boshqa shartlar ham aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha shartnoma va unga qoʻshimcha kelishuvlarning oʻquvchilarga va taʼlim sifatini taʼminlashga taalluqli boʻlgan qismi texnikumning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ tomonidan qoʻshma taʼlim dasturi joriy etilgan texnikumlarning elektron reyestri yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻquvchilarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻquvchilar texnikum tomonidan hamkor xorijiy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati hamda uni toʻlash tartibi texnikum va hamkor xorijiy taʼlim tashkiloti tomonidan tegishli kasb va mutaxassisliklarning xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻzaro kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Har yili qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari vakolatli organ bilan kelishgan holda texnikum tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida hujjat topshirish vakolatli organ tomonidan belgilangan yoki ruxsat berilgan tegishli platforma orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi va imtihon natijalari imtihon oʻtkazilgan kunning keyingi kuni texnikumning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida xorijiy fuqarolar belgilangan tartibda oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻquv jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida texnikumlarda oʻquv jarayonini tashkil etish uchun kasb va mutaxassisliklarning ishchi oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari texnikum tomonidan xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻquv jarayoni grafigi kasb va mutaxassisliklarning taʼlim dasturlaridan kelib chiqib, texnikum direktori tomonidan hamkor xorijiy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejasida belgilangan mutaxassislik fanlarining kamida 25 foizi hamkor xorijiy taʼlim tashkiloti dasturlari asosida oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Texnikumlarda qoʻshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar xorijiy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda, taʼlim dasturining bir qismini hamkor xorijiy taʼlim tashkilotida davom ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy taʼlim tashkilotlariga oʻquvchilarni oʻqishini davom ettirish hamda amaliyotga yuborish bilan bogʻliq xarajatlari hamkor xorijiy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda xorijiy taʼlim tashkiloti, qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻqiyotgan oʻquvchilardan tushadigan toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan yoki oʻquvchi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda qoʻshma taʼlim dasturi doirasida mashgʻulotlar zamonaviy axborot texnologiyalari va masofaviy oʻqitish usullaridan foydalangan holda tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻquv jarayoniga jalb etiladigan mahalliy va xorijiy oʻqituvchilar yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mehnatiga haq toʻlash miqdori texnikum tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ish beruvchilar, xalqaro hamkorlar va xorijiy taʼlim tashkilotlari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha oylik ragʻbatlantirish ustamalari toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilimi texnikum tomonidan hamkor xorijiy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar texnikumning oʻquv intizomi, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻquv jarayonida texnikumning bino va inshootlari, tegishli oʻquv jihozlari, moddiy-texnik bazasi, kutubxonasi, mahalliy va xorijiy (shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturi oʻqitish tilidagi) oʻquv adabiyotlari, oʻqitish materiallari toʻplamlari, elektron resurslaridan bepul foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar vakolatli organning elektron axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Texnikumning qoʻshma taʼlim dasturi bitiruvchilariga xorijiy taʼlim tashkiloti joylashgan davlatda hamda Oʻzbekistonda tan olinadigan kvalifikatsiya (davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat) belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomga ilovaga qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoʻshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash, shuningdek, akademik taʼtil berish, ularni kursdan-kursga qoldirish taʼlim jarayoni tashkil etilgan yoki amalga oshirilayotgan davlatdagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vakolatli organ zarur hollarda qoʻshma taʼlim dasturining taʼlim sifatini, taʼlim jarayoni tashkil etilishini, pedagog xodimlarning mehnat faoliyatini, oʻquvchilarning oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish darajasini (bilimini), oʻquv jarayonini amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha texnikumga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, texnikumning ushbu Nizom talablariga rioya qilmasdan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlariga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini fanlar farqini topshirish sharti bilan mos taʼlim darajasidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kasbiy taʼlim tashkilotida davom ettirishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarda xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Texnikum

Qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish uchun vakolatli organ (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi)ga ariza bilan murojaat qiladi.

Oʻquv yili davomida

2-bosqich

Vakolatli organ

(Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi)

Arizani koʻrib chiqadi.

15 ish kuni ichida

Texnikumga qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha ijobiy yoki salbiy xulosa yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Texnikum

Salbiy xulosa berilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qiladi va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etadi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

Vakolatli organ

(Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi)

Koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa va yetishmayotgan hujjatlar taqdim qilinmasa, arizani rad etadi, bu haqda texnikumni xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Texnikum

Vakolatli organning ijobiy xulosasiga asosan xorijiy taʼlim tashkiloti bilan shartnoma rasmiylashtiradi.

Xorijiy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan muddatlarda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2025-y., 09/25/614/0887-son)