Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2011 13.06.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 350
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi
ilmiy-metodik
kengashi tomonidan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-YILDA TEST OʻTKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartiblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 13-iyunda 350-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 12-dekabrdagi 265-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2291, 12.12.2011-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻQUV YuRTLARI KOMISSIYALARINING VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlar oʻrtasida kasb tanlash boʻyicha axborot berish va ularni oʻquv yurtlariga targʻibot maqsadida oʻquv yurtlari qoshida qabul komissiyalari tashkil etiladi. Qabul komissiyalari oʻz ish faoliyatini “Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga 1997-98 va keyingi yillarda talabalar qabul qilish haqida nizom” asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu komissiya faoliyatini taʼminlash uchun rektorning buyrugʻi bilan oʻquv yurtining oʻqituvchilari, muhandis-texnik ishchilari va oʻquv-koʻmakchi xodimlari orasida ish yurituvchi texnik xodimlar tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi yillarda qabul komissiyalari tarkibida ishlab, qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻygan (abituriyentlarning hujjatlarini notoʻgʻri toʻldirgan, Davlat komissiyasiga, Davlat test markaziga va vazirliklarga taqdim etiladigan shakllarda xato maʼlumot bergan) va test texnologiyasi va qoidalarini yaxshi bilmagan shaxslar masʼul kotib yoki komissiya aʼzosi etib tayinlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yurti qabul komissiyasining test sinovlari bilan bogʻliq asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat test markazining test oʻtkazishga oid rahbariy va meʼyoriy hujjatlari va yoʻriqnomalari asosida puxta bilimli, iqtidorli yoshlarning oʻquv yurtiga kirishini taʼminlash va testning adolatli, tartibli oʻtishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarni test asosida oʻquv yurtiga qabul qilish qoidalari bilan tanishtirish va ularni test materiallari bilan ishlashga oʻrgatish maqsadida konsultatsiya punktini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarni kerakli yoʻriqnoma va hujjatlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test oʻtkazish uchun kerakli sharoitlarni yaratish (bino, auditoriya, oʻtirish oʻrinlari va boshqalarni tanlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
testni tashkil qilish va oʻtkazilishiga sharoit yaratish uchun texnik xodimlarning axborot berish, tibbiy va maishiy xizmat faoliyatlarini uyushtirish va nazorat qilish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditoriyalarning binolar boʻyicha joylashish chizmasini (sxemasini) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarning ariza va hujjatlarini qabul qilish, shaxsiy hujjatlar yigʻmasini rasmiylashtirish, hujjatlarni qabul qilib olganlik haqidagi tilxat, titul varaqasi, ruxsatnomalarni talabga muvofiq tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassisliklar, taʼlim tili hamda alohida imtiyozlar boʻyicha kodlarning toʻgʻri belgilanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
titul varaqasi va ruxsatnomalarni bexato toʻldirish (bunda asosiy javobgarlik masʼul kotib zimmasiga yuklanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar varaqasidagi kerakli yozuvlar va doirachalarni (titul varaqasidan koʻchiriladi) faqat koʻk (havorang) pastali sharikli ruchka vositasida boʻyash zarurligini abituriyentlarga tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslik boʻyicha ijodiy imtihon oʻtkazib, natijalar qaydnomasini rasmiylashtirish va oʻz vaqtida Davlat test markaziga yetkazib berish (bu ishga qabul komissiyasi raisi va masʼul kotib javobgar hisoblanadi), ijodiy imtihon natijalarini titul varaqasining tegishli joylariga yozish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test oʻtkaziladigan kuni pasport, titul varaqasi va ruxsatnoma bilan binoga kiritish va nazoratchilar xizmatini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yurti qabul komissiyasining faoliyati haqidagi maʼlumotlarni Test Markaziga oʻz vaqtida va belgilangan tartibda taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yurtiga kirish masalalari boʻyicha fuqarolarni qabul qilishni uyushtirish. Qabul qilish toʻgʻrisida buyruqlar chiqarish va tegishli maʼlumotlarni eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning oʻzi haqidagi maʼlumotlarni oʻz dastxati bilan javoblar varaqasining (1-3) bloklariga toʻldirishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kod bilan viloyat, tuman, shahar, shahar tumani, maktab nomeri, oʻquv yurti va ixtisoslikni koʻrsatish — (4) blokda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblarni belgilash jarayonida (kitobchadan javoblar varaqasiga koʻchirish) savollar bloklarini (I — IX) chalkashtirib yubormaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QABUL KOMISSIYASI IShINI TAShKIL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi oʻz ishini tashkil qilishda quyidagilarga amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul komissiyasi tayyorgarlik davrida (20-iyungacha) yoshlarning kasb tanlashi boʻyicha targʻibot ishini tashkil qiladi, Davlat test markazidan olingan hujjatlar, bosma ish qogʻozlari (blanklar) va turli axborot materiallarini oldindan tayyorlab qoʻyadi, texnik xodimlar tarkibini belgilaydi. Oʻz ish grafigini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test oʻtkazilishini tashkil qilishga jalb qilingan har bir kishining bajaradigan vazifalarini aniqlab, tegishli hujjat bilan rasmiylashtiradi, ulardan kerakli hujjatlarni oʻrganib chiqishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul komissiyasi hujjatlar qabuli boshlanishiga qadar oʻquv yurtida auditoriyalar va ulardagi oʻrinlar sonini aniqlaydi, test oʻtkazish uchun yetarli shart-sharoitlarni hozirlaydi, auditoriya joylashuvi reja-chizmalarini (plan-sxema) tuzadi va belgilangan tartibda Test markaziga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni eʼlon qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Hujjat qabul qilish boshlanishi oldidan Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga 1997-98 va keyingi yillarda talabalar qabul qilish haqida nizom”ni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Ixtisosliklar boʻyicha tasdiqlangan qabul rejasini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Oʻqishning sirtqi turi boʻyicha mazkur oʻquv yurti ixtisosliklarining roʻyxatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Oʻquv yurtining mintaqaviy boʻlimlariga (filiallar, fakultetlar) kiruvchilardan arizalar qabul qilish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5 Test oʻtkaziladigan predmetlarning roʻyxati, dasturlari, baholash mezonlari, shuningdek, ixtisoslik boʻyicha ijodiy imtihon natijalari jadvalini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Test oʻtkazishda tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini olib borish uchun quyidagi hujjatlarni yetarli miqdorda tayyorlamoq kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) abituriyent arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hujjatlari qabul qilinganligi haqida tilxat (ilovaga qarang);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) arizalarni qayd etish daftari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ichki yoʻriqnomalar (abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilib olish tartibi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) auditoriyalarning joylashish reja-chizmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) guruhlar roʻyxati (14-shaklda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Ruxsatnoma” va “Titul varaqasi” (bu hujjatlar bilan DTM taʼminlaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hujjatlardan nusxa koʻchirish, vaqtida eʼlon qilish, DTMga yetkazib berish va ularni saqlash qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻquv yurtlari qabul komissiyalari abituriyentlar arizasini qabul qilish va barcha oʻquv shakllari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini 20-iyundan 20-iyulga qadar olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza va hujjatlarni qabul qilish belgilangan shakldagi daftarda qayd qilinadi. Qabul toʻgʻrisidagi arizaga oʻquv yurtiga kiruvchining oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi, 086/U-shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma, 3x4 sm oʻlchamli 6 ta fotosurat ilova qilinadi, pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqida hujjat koʻrsatiladi. Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi toʻgʻrisida tilxat beriladi (hujjatlarni qabul qilish tartibi DTM tomonidan nazorat qilib turiladi, hujjatlarni qabul qilish tartibini buzgan xodimlarga qatʼiy choralar koʻriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kiruvchilar uchun test dasturining mazmuni hamda test oʻtkazishni tashkil qilish, baholash mezonlari, abituriyentlarga qoʻyiladigan talablar, talabalar safiga oʻtkazish va boshqalar haqida axborot va tushuntirishlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Barcha abituriyentlar “Abituriyentlarga eslatma” bilan taʼminlanadi va “Test oʻtkazish qoidalari” bilan tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 1. iyulda DTMga qabul komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlangan test oʻtkaziladigan auditoriyalarning joylashish chizmasi topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test oʻtkazilishi uchun abituriyentlardan, hujjatlarining qayd etilishiga qarab, 30 yoki 60 kishidan iborat alohida-alohida guruhlar tuziladi. Guruh nomeri auditoriya nomeriga mos tushishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shuningdek, qabul komissiyasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) javoblar varaqasini toʻldirishda zarur boʻladigan karton qogʻozlarni (format 11) kerakli miqdorda tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) test oʻtkaziladigan kuni abituriyentlarning koʻk (havorang) pastali sharikli ruchkalarni olib kelishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sinov hujjatlari qutilari va paketlarini maxsus belgi bilan muhrlash uchun har bir auditoriyani yetarli miqdorda yelim bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) abituriyentlarning hujjat topshirishi va 10-, 13-, 15-, 16-shakllar boʻyicha maʼlumotlarni DTMga, boshqa shakllarni vazirliklarga yuborishni avtomatlashtirish maqsadida qabul komissiyalari kompyuterlari xotirasiga har bir abituriyent toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni kiritish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Attestat nomeri 2. Familiyasi 3. Ismi 4.Otasining ismi 5. Maktabni tugatgan yili 6. Viloyati 7. Shahri 8. Tumani 9. Maktab nomeri 10.Taʼlim tili 11. Taʼlim yoʻnalishi 12. Chet tili 13. Shartnoma borligi 14. Harbiy qismdan tavsiyanoma borligi (muddatli harbiy xizmatni tugatgan abituriyent uchun) 15. Bu yilgi Respublika olimpiadasi gʻolibimi, yoʻqmi?
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 21-iyulda qabul komissiyalari belgilangan tartibda, ixtisoslik, taʼlim turi va tili boʻyicha guruhlar soni, auditoriyalarning miqdori va nomerlari, oʻrinlar sonini koʻrsatgan holda, umumiy abituriyentlar soni haqidagi maʼlumotlarni (11-shakl) Test markaziga yetkazib berishlari lozim. Yuqoridagi maʼlumotlar 21-iyulda Test markaziga berilgandan keyin qabul komissiyasi tomonidan guruhlar, auditoriyalar nomeri va guruhlardagi abituriyentlar sonini oʻzgartirish man etiladi. Aks holda, oʻzgartirilgan maʼlumotlar DTM tomonidan eʼtiborga olinmaydi. Oʻquv yurti boʻyicha auditoriyalar nomeri guruhlar nomeri bilan bir xil boʻlishi va qaysi binoda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, takrorlanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 . Qabul komissiyasi ixtisoslik boʻyicha ijodiy imtihon natijalari qaydnomasini (10-shakl) test oʻtkazilgandan keyin bir kun ichida taʼlim tili va turi boʻyicha rasmiylashtiradi, barcha abituriyentlarning ijodiy imtihon bali va javoblar varaqasi nomerini koʻrsatib (bu nomer ruxsatnomadan olinadi), IBM tipidagi kompyuterda Test markazi tomonidan tuzilgan dastur boʻyicha quyidagi formatda teradi va 3.5 oʻlchovli disketda Test markaziga belgilangan tartibda aniq toʻldirilgan holda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: 0000001 1016 36.3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy imtihon natijalari qaydnomalarida javoblar varaqasi nomeri qoʻyilmagan abituriyentlarning ballari hisobga olinmaydi. Qaydnomaning toʻgʻri toʻldirilishi oʻquv yurti qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijodiy imtihonlar (ixtisoslik boʻyicha) natijalari oʻquv yurtida 27-iyulgacha kiruvchilarga maʼlumot sifatida ilib qoʻyiladi va Davlat komissiyasining abituriyentlarni talabalar safiga oʻtkazish haqidagi qarori chiqmaguncha olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Test oʻtkaziladigan binolarda test oʻtkazilishidan 5(10) kun ilgari xonalarning (auditoriya nomeri) joylashishi, abituriyentlarning bino boʻyicha harakat yoʻnalishi chizmasi ilib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Test oʻtkazilishidan 8 kun ilgari abituriyentlar umumiy roʻyxati tayyorlanadi (qayd daftari boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati, auditoriya koʻrsatilgan holda, test sinovlari oʻtkazilishidan 3 kun ilgari umumiy maʼlumot uchun eʼlonlar taxtasiga ilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyalari 1997-yilda maktabni bitirgan abituriyentlardan alohida va undan oldin bitirganlardan alohida guruhlar tashkil qiladi. Guruhlar DTM tavsiya etgan algoritm asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Test topshiruvchilarga belgilangan shakldagi ruxsatnoma, titul varaqasi test oʻtkazilishiga 3 kun qolganda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Abituriyentlarni tartibli ravishda auditoriyalarga kiritishni taʼminlash uchun nazoratchilik xizmati postlarini tashkil qilish kerak (ularning miqdori binolarning miqdoriga bogʻliq). Barcha binolarning qavatlarida texnik xodimlar navbatchiligi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Test oʻtkazilishidan ikki kun oldin barcha auditoriyalar test oʻtkazilishiga tayyorlanib, eshiklarga koʻchma koʻrsatkichlar ilib qoʻyiladi (auditoriya nomeri, nomi va oʻtirish uchun oʻrinlar soni).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Auditoriyalarda joylarning nomerlari koʻrsatilgan boʻlishi shart. Abituriyentlarni stol yoki partalarga oʻtqazish guruhdagi tartib raqamiga mos ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎

Ilova‎

‎‎(Oʻquv yurti nomi)
‎hujjatlarni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida
‎
‎TILXAT

‎‎Fuqaro _______________________________________________ dan _____________________
‎________________________________ixtisosligiga kirish uchun quyidagi hujjatlar
‎‎

‎‎QABUL QILINDI:‎


‎‎‎1. Ariza
‎
‎2. Fotosurat (3 x 4, 6 dona)

‎‎3. Tibbiy maʼlumotnoma (forma 086-U shaklda)

‎‎4. Maʼlumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi‎‎

‎Hujjatlarni qabul qilgan
‎masʼul xodim F.I.Sh. va imzosi‎
‎

_______________________________
‎(attestat, diplom)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEST VAQTIDA ABITURIYENTLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Test oʻtkaziladigan kuni abituriyentlar oʻquv yurti binosiga va auditoriyalarga ruxsatnoma, pasport, titul varaqasini koʻrsatganlaridan keyin qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent testga koʻk (havorang) pastali sharikli ruchka bilan kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Javoblar varaqasi, savollar kitobchasi, titul varaqasi va ruxsatnomadagi barcha yozuvlar va boʻyashlar koʻk (havorang) pastali sharikli ruchka bilan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Test boshlanishi oldidan abituriyent oʻz javoblar varaqasining nomerini titul varaqasiga va ruxsatnomasiga koʻchirib yozadi. Javoblar varaqasi nomerini titul varaqasiga va ruxsatnomasiga koʻchirmagan yoki notoʻgʻri koʻchirgan abituriyentlarning test natijalari bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Test paytida abituriyentning, qanday sabab boʻlishidan qatʼi nazar, auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan chiqqanlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Test boshlangandan keyin auditoriyada sinovni tashkil qiluvchi shaxslarga savol berish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Test davomida abituriyentlarning bir-birlari bilan gaplashishi, javoblarni bir-biriga koʻrsatishi, test materiallarini uzatishi, ortiqcha ruchka soʻrashi va boshqalar taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Test davomida hisoblash lineykasi, mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, yozuv kitobchalaridan va shpargalkalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Test hujjatlaridan nusxa koʻchirish va boshqalarga koʻmaklashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-,7-,8-bandlarga rioya qilmagan va sinovlar chogʻida intizomli boʻlmagan abituriyentlar uchun belgilangan namunada dalolatnoma toʻldiriladi, ulardan test materiallari olib qoʻyiladi va auditoriyadan chiqarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Abituriyent, avvalo, savollar kitobchasida toʻgʻri deb hisoblagan javoblarni belgilaydi va shundan keyin javoblar varaqasidagi mos doirachalarni boʻyaydi. Buning uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari yana 20 daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javoblar varaqasi abituriyent ballari yigʻindisini aniqlaydigan yagona hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Test savollariga javob tanlashni va javoblar varaqasida belgilashni belgilangan vaqtdan ilgari tugatgan abituriyentlar test materiallari uchun ajratilgan stolning yoniga kelib, savollar kitobchasini qutichaga, javoblar varaqasi va titul varaqasini uning yoniga qoʻyib, guruh qaydnomasidagi oʻz familiyasi toʻgʻrisiga topshirgan vaqtini yozib, imzo qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.Test uchun ajratilgan vaqt tugagach, auditoriya rahbari testning tugaganligini eʼlon qiladi, abituriyentlar bir vaqtning oʻzida oʻrinlaridan turib, tartib bilan keyingi partalardan boshlab test materiallari uchun ajratilgan stolning yoniga kelishadi, savollar kitobchasini qutichaga, javoblar varaqasi va titul varaqasini uning yoniga qoʻyib, guruh qaydnomasidagi oʻz familiyasi toʻgʻrisiga topshirgan vaqtlarini yozishib, imzo qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Auditoriyada test oʻtkazilish jarayonini nazorat qilish faqatgina auditoriya rahbari va kuzatuvchigagina emas, balki abituriyentga ham yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Test tugagandan soʻng abituriyent ruxsatnoma va pasportni olib, auditoriyadan chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT TEST MARKAZI VAKILINING OʻQUV YuRTI QABUL KOMISSIYASI BILAN BIRGALIKDA BAJARADIGAN IShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizomga muvofiq hujjatlarni rasmiylashtirish (roʻyxatdan oʻtkazish) qoidasi va tartibini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Abituriyentlardan tushgan arizalarni taʼlim tili (oʻzbek, rus va qoraqalpoq) va mutaxassisligiga qarab ajratilganligini hamda alohida guruhlar tuzilganligini tekshirish, ularning sonini aniqlash. Guruhlar 30 yoki 60 ta abituriyentdan tuzilgan boʻlishi va alohida mutaxassisliklar uchun faqat oxirgi guruh 30 tadan farq qilishi mumkin. Bir xil fan bloklari boʻyicha test oʻtkaziladigan mutaxassisliklarda guruhlarni birlashtirish mumkin. DTM tomonidan yuborilgan maxsus dastur asosida 10-11, 13-16 shakllarning tuzilganligi va ularni DTMga yuborilganligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir auditoriyaga kiradigan abituriyentlar roʻyxati (14-shakl boʻyicha) tayyorligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Qabul rejasini koʻrib chiqish. Shu jumladan, quyidagilarni aniqlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiada va xalqaro musobaqalar gʻoliblari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya boʻyicha kiradiganlarga ajratilgan oʻrinlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzi ojizlardan tushgan arizalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni tugatib, harbiy qismlarning tavsiyanomasi bilan kelganlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat granti va pulli-kontrakt asosida kiruvchilar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli-kontrakt asosida kiruvchilarning titul varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mutaxassisliklar, taʼlim tili hamda alohida imtiyozlar boʻyicha kodlarning toʻgʻri belgilanishini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ruxsatnoma va titul varaqasining toʻldirilishini (qayd daftari asosida) nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat, tuman, shahar, shahar tumani, oʻquv yurti kodlari va maktab nomerining toʻgʻri belgilanishini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Karton qogʻozlar va qurʼa tashlab abituriyentlarni oʻz joylariga oʻtqazish uchun nomerlar mavjudligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Abituriyentlarning “Eslatma” bilan taʼminlanganligini tekshirish. Ularga javoblar varaqasini toʻlgʻazish qoidalari va tartibini tushuntirish (ular bilan yigʻilish oʻtkazish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Test oʻgkaziladigan binolar va xonalarni aniqlash, ularning chizmasini olish, u erdagi stol (parta) va stullarning hamda test materiallarini topshirish uchun ajratilgan alohida stolning tayyorligini koʻzdan kechirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. DTM vakili va uning binolar boʻyicha yordamchilari uchun ajratilgan maxsus xonalarni koʻzdan kechirish. (Bu xonalarda temir sandiqlar-seyf boʻlishi kerak).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 1 va 11-avgust kunlari soat 6.30 da direktor, oʻquv yurtining 1 boʻlim yoki maxsus paket olish uchun masʼul xodimi (gerbli muhr bilan) ishtirokida maxsus aloqa xodimlaridan test materiallarini qabul qilib olishni rejalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning qaysi auditoriyada boʻlishini qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlash uchun joyni belgilab qoʻyish. Bu joy test oʻtkaziladigan xonaga yaqin boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Test materiallarini 1 va 11-avgust kunlari soat 7.30 dan 8.00 ga qadar roʻyxat asosida sinov binolari (DTM vakili yordamchilariga) va xonalariga (auditoriya rahbarlariga) tarqatishni rejalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Test kuni abituriyentlarni yigʻish joylari va xonalarga yoʻnaltiruvchi koʻrsatmalar tayyorligini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


‎Test materiallari va hujjatlari ‎‎
‎


‎soni‎

‎1. DTM vakili uchun muhrlangan quti (binolar birdan ortiq boʻlsa,
‎har bir binoga shunday alohida quti yuboriladi).
‎Qutida quyidagilar boʻladi:


‎
‎‎1

1) qayta mahrlash uchun emblema;‎

2‎

2) binolar boʻyicha test materiallarini tarqatish
‎qaydnomasi (1-shakl);‎


‎1‎

3)auditoriyalar boʻyicha test materiallarini tarqatish va qabul
‎qilib olish qaydnomasi (2 shakl);‎

‎1(har bir ‎binoga) ‎

4) ishlatilmay qolgan test materiallari qaydnomasi.‎

1 ‎(har bir ‎binoga) ‎

2. 1) Ishlatilagan javoblar varaqalari solish uchun muhrlangan
‎paketlar qutisi;‎

1(har bir ‎binoga) ‎

2) ishlatilmay qolgan test materiallari paketlari qutisi (1.4 punktdagi
‎5-shakl shu qutiga solib joʻnatiladi). ‎ ‎

1 (har bir ‎binoga) ‎

3. Savollar kitobi va javoblar varaqalari solingan muhrlangan quti.
‎Unda quyidagilar boʻladi:‎
‎
1) savollar kitobi va javoblar varaqalari (auditoriyalardagi abiturentlar
‎soniga teng miqdorda);‎
‎
2) qutining ochilganligi va yopilganligi haqida yagona dalolatnoma (3-shakl) va
‎ishlatilgan javob varaqalari paketini yopish haqida dalolatnoma (4-shakl);‎


‎‎2‎

3) ishlatilmay qolgan savollar kitoblari va javoblar
‎varaqalari uchun paket;‎

1‎

4) titul varaqalari uchun paket;‎

1‎

5) chiqarib yuborilgan abiturentlar haqida dalolatnoma (6-shakl);‎

2‎

6) ishlatilgan javoblar varaqalarini solish uchun paket;‎

1‎

7) qayta muhrlash uchun emblemalar:‎

4‎

a)ishlatilmay qolgan kitoblar va javoblar varaqasi paketini
‎muhrlashga ;‎
‎
b) titul varaqalari paketini muhrlashga;‎ ‎
v) ishlatilgan javoblar varaqasini paketini muhrlashga;‎ ‎
g) qutini qayta muhrlashga.‎‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. HOKIMIYAT BILAN HAMKORLIKDA QILINADIGAN IShLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kuzatuvchi sifatida jalb qilinadiganlar roʻyxatini olish va uning tarkibi bilan sinchiklab tanishish (familiyasi, ismi, mutaxassisligi, ish joyi, uy adresi va telefoni). Ular bilan yigʻilish oʻtkazish va ularning zimmasiga qoʻyiladigan ishlarni tushuntirish 1 va 11-avgust kunlari boʻladigan testga keladigan kuzatuvchilar sonini 27-iyul kuni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Test oʻtkazish jarayonida tartib va intizomni nazorat qiluvchi xodimlarni aniqlash (roʻyxatini tayyorlash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tibbiy xizmatni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy xavfsizlik xizmati va tartibni saqlash idoralari bilan birgalikda test oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlashni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Abituriyentlarning ota-onalari uchun oziq-ovqat rastalari va dam olish joylarini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuzatuvchilarni 1 va 11-avgust kunlari soat 7.00 dan 7.30 gacha sinov xonalariga yetib kelishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KUZATUVChILAR BILAN BAJARILADIGAN IShLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kuzatuvchilarga testning maqsadi, qoidalari, sinov jarayonining qanday amalga oshirilishi haqida tushuncha berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Javoblar varaqasini toʻldirish yoʻlini oʻrgatish (kodlar, bloklar haqida tushuncha berish). Javoblar varaqasini toʻldirish boʻyicha “Yoʻriqlar”ni ularga tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Abituriyentlarning ruxsatnomasi, titul varaqasi va pasportini (yoki harbiy hujjat) tekshirish asosida auditoriyaga kiritilishini tushuntirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DTM VAKILINING TEST OʻTKAZILADIGAN 1 VA 11 AVGUST KUNLARI BAJARADIGAN IShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№‎

Vaqti‎

Bajariladigan ishlar‎

1.‎

6.30-7.00‎

Test materiallarini (di)rektor, OʻYuning 1 boʻlim yoki maxsus paket olish uchun masʼul xodimi bilan bargalikda maxsus aloqa xodimlaridan qabul qilib olish.‎

2.‎

7.00-7.30‎

Binodagi har bir qavatning maxsus ajratilgan joylariga navbatchilarni joylashtirish (qabul komissiyasining masʼul kotibi va MXX xodimi yordamida).‎

3.‎

7.30-8.00‎

Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning qaysi auditoriyada boʻlishini qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlash. Abiturentlarni ularning ruxsatnomasi, titul varaqasi va pasporti (harbiy hujjati)ni tekshirib, binoga kiritish. Abiturentlarni binoga kiritish soat 8.00 da toʻxtatiladi.‎

4.‎

7.30-8.00‎

Test materiallarini DTM vakilining test oʻtkazish binolari boʻyicha oʻrinbosarlariga roʻyxat asosida tarqatish.
‎Test materiallarini auditoriya rahbarlariga tarqatish va nazorat qilish‎.
‎Kuzatuvchilar tomonidan auditoriyalarning tayyorligini tekshirish (karton qogʻozlar, yelim va test materiallarini topshirish uchun alohida stolning mavjudligi).

5.‎

8.00-8.30‎

Abiturentlarni roʻyxat boʻyicha ruxsatnoma, titul varaqasi va pasporti (harbiy hujjati) asosida auditoriyaga kiritish soat 8.30 da toʻxtatiladi.‎

6.‎

8.30-9.00‎

Abiturentlarga test ma�eriallarini tarqatish va javoblar varaqasini toʻlgʻazish boʻyicha yoʻriqnomalar berish.‎

7.‎

9.00-9.20‎

Ortib qolgan savollar kitoblari va javoblar varaqalarini roʻyxat shaklidagi qaydnoma asosida yigʻib olish (bino rahbari yigʻishtirib, DTM vakiliga topshiradi).

8.‎

9.00-11.00‎*
‎9.00-12.00

Test sinovlari tugaguncha nazorat qilish.‎

9.‎

11.00-11.20*
‎12.00-12.20‎

Abiturentlarning savollar kitobchalarida belgilangan javoblarini javob varaqasiga koʻchirishi.‎

10.‎

11.20-11.40*
‎12.20-12.40‎

Test materiallarini muhrlash.‎

11.‎

11.40-12.40*
‎12.40-13.40‎

Auditoriya rahbarining test sinovlari tugagan zahoti test materiallarini muhrlangan holda maxsus xonaga olib kelishlarini va qaydnoma (roʻyxat) asosida topshirishlarini qatʼiy nazorat qilish.
‎Kutilmagan voqea roʻy berganda, zudlik bilan 55-98-28, 33-55-89 telefonlari orqali DTM direktori bilan bogʻlanish.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEST JARAYoNIDA AUDITORIYA RAHBARINING BAJARADIGAN IShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. DTM vakilidan belgilangan vaqtda (soat 7.30-8.00 orasida) oʻziga biriktirilgan auditoriya uchun test materiallarini qabul qilib olish va qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlangan auditoriyaga darhol yetib borish. Test materiallari qutisi ichida quyidagilar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quti ichidagi materiallar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) guruhdagi abituriyentlar soniga teng boʻlgan miqdorda ichiga javoblar varaqasi solingan savollar kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 ta dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-shakl — savollar kitobi va javoblar varaqasi qutisini ochish va savollar kitobini qutiga joylab, qutini yopish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-shakl — ishlatilgan javoblar varaqalari paketini yopish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlatilmay qolgan javoblar varaqalari va savollar kitoblari uchun 1 ta paket;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishlatilgan javoblar varaqalari uchun 1 ta paket;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) titul varaqalari uchun 1 ta paket;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) chiqarib yuborilgan abituriyentlar haqida 2 ta dalolatnoma (6-shakl);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qayta muhrlash uchun 4 ta emblema:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilmay qolgan varaqalar va kitoblar paketini muhrlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan javoblar varaqalari paketini qayta muhrlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
titul varaqalari paketini muhrlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutini qayta muhrlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Auditoriyadagi abituriyentlardan ikki kishi taklif qilinadi. Auditoriya rahbari, kuzatuvchi va ana shu ikki abituriyent birgalikda quti muhrlanganligiga ishonch hosil qiladilar va qutini ochadilar. Savollar kitobi va uning ichiga solingan javoblar varaqasi birgalikda sanalib, ularning soni 3- va 4-shakllardagi dalolatnomalarning birinchi qismiga yoziladi, abituriyentlar vakillari bilan birgalikda imzo qoʻyiladi. Mazkur dalolatnomalarning ikkinchi qismlari test tugagach, eng keyin qolgan ikkita abituriyent ishtirokida toʻldiriladi va muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichiga javoblar varaqasi solingan savollar kitobi abituriyentlarga tartib bilan tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Abituriyentlarning eʼtibori javob varaqasining “Abituriyentlar diqqatiga” deb yozilgan qismiga jalb qilinib, “Yoʻriqlar” boʻyicha uni toʻldirish tartibi tushuntiriladi. Abituriyentlarga javob varaqalari bilan ishlashni tushuntirishda ularning diqqatini quyidagilarga alohida jalb etish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) javob varaqalarini bukmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) marker chiziqlariga qoʻshimcha chiziq va yozuvlar yozmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) javoblar varaqasining nomeri (raqami) kodlangan (6) blok tagidagi doirachalarga ruchka tegizmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Abituriyentlarga “Test oʻtkazish qoidalari va talablari” tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test boshlanishidan avval auditoriya rahbari va kuzatuvchi javoblar varaqasi nomeri titul varaqasi va ruxsatnomaga koʻchirib yozilganligini tasdiqlash maqsadida titul varaqasining va ruxsatnomaning maxsus joyiga imzo chekishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Test vaqtida abituriyentning kuzatuvchi, kuzatuvchining abituriyent bilan gaplashishi, savol- javob qilishi mumkin emasligini eslatish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuqoridagi ishlar amalga oshirilib boʻlgach, baland ovoz bilan “TEST BOShLANDI” deb eʼlon qilish hamda test boshlanishi va tugashi vaqtini doskaga yozib qoʻyish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Abituriyentlarning bir-birlari bilan gaplashmasligi, turli qogʻoz va boshqa narsalardan foydalanmasligini kuzatish lozim, eshik, derazalar orqali abituriyentlarning mustaqil ishlashiga xalaqit beradigan har qanday salbiy aralashuvlarning oldini oling.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bino boʻyicha masʼul xodim ortib qolgan savol kitoblari va uning ichiga solingan javob varaqalarini maxsus paketga solishi va uni muhrlab, DTM vakiliga topshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moʻljallangan vaqtdan oldin test topshiriqlarini bajarib boʻlgan abituriyentlarga test materiallari qoʻyilishi kerak boʻlgan stol oldiga kelishi, savollar kitobchasini qutiga, javoblar varaqasi hamda titul varaqasini quti yoniga alohida qoʻyishi, roʻyxatga vazifani topshirgan vaqtini yozishi va imzo qoʻyishi kerakligini aytish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Abituriyentlar tomonidan test oʻtkazish qoidalari buzilgan hollarda auditoriya kuzatuvchisi va ikki abituriyent ishtirokida b-shakldagi testdan chetlashtirish haqidagi dalolatnoma toʻldirilishi lozim. Bunda sana, oʻquv yurti nomi, guruh nomeri, qoidani buzgan abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi, javoblar varaqasi nomeri va qanday qoidani, talabni buzganligi va soat nechada chetlashtirilganligi yozilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Test vaqti tugagach, abituriyentlarga navbat bilan test materiallarini topshirish stoli yoniga kelishlari va test savollari kitobchasini qutiga va javob varaqasi hamda titul varaqasini stoldagi ajratilgan joyga alohida qoʻyishlari uqtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Javob varaqalari va savollar kitoblarini alohida sanang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlatilgan javob varaqalarining hammasini marker chizigʻini bir tomonga qilib taxlang, eng chetiga testdan chetlashtirilgan abituriyentning javoblar varaqasiga dalolatnomani yelimlab, tartib bilan unta ajratilgan paketga joylang (buklanmasligi va muhrlanganda yelim tegmasligi kerak).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-shakldagi dalolatnomani toʻldiring. Unga ham b) bandda aytilgan toʻrt kishi imzo cheksin. Dalolatnomani javoblar varaqalari paketiga joylang. Paketni ehtiyotlab, uning ichidagi javoblar varaqasiga yelim tegizmasdan emblema bilan muhrlang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) savollar kitoblarini qutiga soling, 3-shakldagi dalolatnomaning ikkinchi qismini toʻldiring va imzo qoʻying. Imzo qoʻyuvchilar: rahbar, kuzatuvchi va eng keyin qolgan ikki abituriyent. (Qutini ochganda ishtirok etgan abituriyentlarning boʻlishi shart emas);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) titul varaqalarini sanang va uni kerakli paketga soling. Kuzatuvchi bilan birgalikda guruh roʻyxatini yana bir marta koʻrib chiqing, kerak joylarini toʻldiring, imzo qoʻying va titul varaqalari paketiga soling. Titul varaqalari paketini emblema bilan muhrlang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qutiga 3-shakldagi dalolatnomani soling va emblema bilan muhrlang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng maxsus xonada javoblar varaqasi solingan paketni, kitoblar solingan qutini va titul varaqasi solingan paketni zudlik bilan DTM vakiliga topshirasiz va 2-shaklga imzo qoʻyasiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oxirida auditoriya rahbari va kuzatuvchi oʻz guvohnomalarini bosh rahbarga topshiradi va shu haqda imzo qoʻyadi.