Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1961-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-avgust,
283-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 283-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 11-maydagi 54-son “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1961, 2009-yil 1-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 265-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 28-sentabrdagi 75-son “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1961-1, 2016-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 482-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1961-2/0871-son)