Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
Buyrugʻi
Qora metallurgiya xomashyosini temir yoʻl transportida tashishda qoʻllaniladigan tabiiy yoʻqotish normasini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3678]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Qora metallurgiya xomashyosini temir yoʻl transportida tashishda qoʻllaniladigan tabiiy yoʻqotish normasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ISLAMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-sentabr,
98-son
Kelishildi:
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 26-avgust
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2025-yil 22-avgust
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining direktori A. JUMANAZAROV
2025-yil 11-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 8-avgust
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2025-yil 6-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2025-yil 5-sentabrdagi 98-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qora metallurgiya xomashyosini temir yoʻl transportida tashishda qoʻllaniladigan tabiiy yoʻqotish
NORMASI
Qora metallurgiya xomashyosining nomi | Qora metallurgiya xomashyosini tashish usullari | Tabiiy yoʻqotish normasi, (foizda) |
Temir va marganets maʼdani hamda konsentrati, issiq holda briketlangan temir, toʻgʻridan-toʻgʻri tiklangan temir, oksidlangan okatishlar | Yarim va yopiq vagonlarda, oʻz-oʻzini tushiradigan bunkerli yarim vagonlarda tashish | 1,0 |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3678/0869-son)