Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3632-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 9-iyundagi 7-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3632, 2025-yil 19-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/3632/0535-son) bilan tasdiqlangan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-sentabr,
10-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2025-yil 8-sentabr
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Z. ERMATOV
2025-yil 21-avgust
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2025-yil 20-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 12-sentabrdagi 10-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. 20-bob quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“ | |||||
Oʻtkir osti sklerozlanuvchi panensefalit | |||||
Kasallikning yengil va oʻrta darajasi | 0.1 | A81.1 | + | - | + |
Kasallikning ogʻir darajasi | 0.2 | - | + | - | |
”. | |||||
2. Izoh qismining 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) tuman (shahar) darajasidagi markaziy shifoxonalarda ushbu roʻyxatga kiritilmagan, shuningdek, yetarli moddiy texnika baza va (yoki) mutaxassislar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu roʻyxatga kiritilgan barcha kasalliklarni qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/3632-1/0847-son)