08.09.2025 yildagi PQ-279-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish, oʻquv jarayonlariga eng soʻnggi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga koʻtarish, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu qarorning asosiy maqsadi etib Toshkent viloyati iqtisodiyot tarmoq va sohalarida, jumladan, muhandislik, metallurgiya, ishlab chiqarish, konchilik sohalarida zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Toshkent viloyatida muhandislik sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Olmaliq davlat texnika instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Olmaliq davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bajariladigan amaliy tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Institut davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi hamda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Institut Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Institut faoliyatini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Taʼlim va ilmiy tadqiqot jarayonlarini amaliyotga integratsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Olmaliq KMK” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kombinat) Institutga asosiy sanoat hamkori sifatida biriktirilsin. Kombinat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-yanvarga qadar Institutning mutaxassislik kafedralari filiallarining faoliyatini Kombinat tarkibidagi korxonalarda samarali tashkil etishga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Institut talabalari, professor-oʻqituvchilari va ilmiy izlanuvchilari uchun oʻquv va tadqiqot jarayonlarini Kombinatning Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish markazi hamda uning tarkibidagi Tajriba-boyitish fabrikasi laboratoriyalarida tashkil etish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har oʻquv yilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Institutning yuqori kurs talabalarini haq toʻlanadigan amaliyotga jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Kombinatning texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarida vujudga keladigan muammolarini Institut bilan hamkorlikda yechishga qaratilgan ilmiy loyihalarni tanlov asosida moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilgʻor muhandislik maktabi (keyingi oʻrinlarda — “GeoMetTex” ilgʻor muhandislik maktabi) Kombinat mablagʻlari hisobiga tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “GeoMetTex” ilgʻor muhandislik maktabi Institut va Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” Olmaliq filialiga xizmat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “GeoMetTex” ilgʻor muhandislik maktabida taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “GeoMetTex” ilgʻor muhandislik maktabi yoʻnalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularni texnik va texnologik jihatdan taʼminlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) “GeoMetTex” ilgʻor muhandislik maktabida sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) “GeoMetTex” ilgʻor muhandislik maktabida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion loyihalarni sanoat hamkorlari va Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari hisobidan birgalikda moliyalashtirish tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) “GeoMetTex” ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati Institut va Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” Olmaliq filialining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi “GeoMetTex” ilgʻor muhandislik maktabi uchun sanoat hamkorlarini belgilashda mahalliy yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan qoʻyidagi yoʻnalishlarda samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻysin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sanoat hamkorlarining muammolari asosida qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) iqtidorli talabalar va yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Olmaliq davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3153-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-279-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-279-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmaliq davlat texnika instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muhandislik, sanoat ishlab chiqarish, metallurgiya sohalari va hududning kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) taʼlim jarayoniga yetakchi xorijiy universitetlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan va ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan taʼlim dasturlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha yangi ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish, ularni respublikaning geologiya va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq qilish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-279-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmaliq davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bajariladigan amaliy tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Olmaliq davlat texnika instituti faoliyatini boshlash uchun quyidagi amaliy tadbirlar bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uch oy muddatda Institut professor-oʻqituvchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) baholash tizimini ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tanlov asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va grantlar hisobidan professor-oʻqituvchilar va doktorantlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga stajirovka va malaka oshirishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) oʻzaro kelishuv asosida yetakchi mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari (filiallari) bilan akademik mobillik dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) kadrlar isteʼmolchilarining real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun darslarni ingliz tilida oʻqitadigan alohida guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) soha tashkilotlarida professor-oʻqituvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulot olib borishlari, talabalar malakaviy amaliyotlarini oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlarga ega Institut mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) Institut professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, talabalari tomonidan amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish hamda sotish maqsadida “spin-off” korxonasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-279-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmaliq davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Olmaliq davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish

1.

Olmaliq davlat texnika instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini tashkil etish.

1. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Institutning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2025-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Institut

2.

Institutni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.

1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda saralab olish hamda taʼlim jarayoniga jalb qilish.

2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2025-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Institut

3.

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Institutga oʻtkazish.

Olmaliq shahri M. Ulugʻbek koʻchasi 55 va 60-uy manzillarida hamda Ohangaron shahri A. Navoiy koʻchasi 4-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish.

2025-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Institut

II. Oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

4.

Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlashga yoʻnaltirilgan, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.

2025-yil oktabr

5.

Talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish.

1. Mustaqil taʼlimni tashkil etish boʻyicha xorijiy pedagog xodimlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish.

2. Talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish.

2025/2026 oʻquv yili

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

3. Oʻquv jarayoniga kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish.

2026/2027 oʻquv yili

6.

Hamkor tashkilotlarda Institutning mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etish.

1. Tashkilot va korxonalarda Institutning mutaxassislik kafedralarining filiallarini tashkil etish.

2025-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Institut

2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Institut tomonidan soatbay ish haqi toʻlash amaliyotini joriy etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

7.

Institutni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.

1. Institutning xalqaro reytingini oshirish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Institut

2. Tahlil natijalariga qarab, xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar tomonidan eʼlon qilingan reytinglarda ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga yoʻnaltirish.

2025-yil dekabr

8.

Professor-oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirib borish.

1. Institut professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash rejasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va grantlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Har yili Institutning kamida 10 nafar professor-oʻqituvchisini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

2025 — 2027-yillar

9.

Taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2026-yil mart

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan 2 ta taʼlim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2026/2027 oʻquv yili

10.

Biriktirilgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy va taʼlim sifatini oshirishda koʻmaklashish hamda moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

1. Biriktirilgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv-uslubiy taʼminoti, taʼlim sifati hamda moddiy-texnika bazasini oʻrganish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari,

mahalliy budjet mablagʻlari, grantlar

Institut,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari

2. Oʻrganish natijalarini oliy taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashida muhokama qilish va tegishli qarorni qabul qilish.

3. Kuzatuv kengashi qarori asosida biriktirilgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik yordam koʻrsatish.

2026-yil davomida

III. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash

11.

Institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish.

1. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga koʻmaklashish.

Doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Institut

2. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil dekabr

3. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabr

12.

Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Institut professor-oʻqituvchilari uchun “Web of Science”, “Scopus”, “Google Scholar” tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etish.

2. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.

3. Xirsh indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

4. Institutning ilmiy jurnallarini “Scopus”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Institut

13.

Institutning professor-oʻqituvchilari tomonidan “Scopus” va “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari salmogʻini oshirish.

1. Professor-oʻqituvchilar ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlari uchun seminar-treninglar tashkil etish, konsultatsiya va mahorat darslari oʻtkazish.

2025-yil noyabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Institut

2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini patentlashtirish salmogʻini oshirish, tajribali professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan ularga zarur maslahatlar berib borilishini taʼminlash.

Doimiy

14.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

1. Institut kafedralarida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish va tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha shartnomalarni bajarishni tashkil etish.

2. Hududdagi korxonalarning muammolari boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish va loyihalarni bajarish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Hududdagi tarmoq korxonalarining mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Institut

15.

Xalqaro ilmiy tadqiqot grant loyihalarini amalga oshirish.

1. Xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma konferensiya va seminarlar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Institut

2. Xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilmiy ishlar boʻyicha takliflar tayyorlash va dasturni tasdiqlash hamda faoliyat yoʻnalishida ishlarni tashkil etish.

2025-yil noyabr

3. Sohaga ilgʻor ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida ixtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlik qilish hamda ushbu ishlarga nufuzli xalqaro oliy taʼlim tashkilotlarini jalb qilish.

2025-yil dekabr

16.

Institutda davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va tadqiqotlarning natijadorligini oshirish.

1. Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish.

2025-yil noyabr

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Institut,

Innovatsion rivojlanish agentligi

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

2026-yildan boshlab

IV. Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

17.

Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona, jihozlar ajratish.

2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

18.

“Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.

1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibini (nizomini) ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

2026-yil mart

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 07/25/279/0838-son)