1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-76-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsad
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu qarorning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) faoliyatini samarali tashkil etish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik direktori (B. Yuldashev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikki hafta muddatda Agentlik shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bir oy muddatda Agentlikni zarur nazariy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Agentlikka yuklatilgan vazifalarning sifatli va belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov):
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Strategik islohotlar agentligi bilan birgalikda 2025-yilda Agentlik faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni Agentlikning asoslangan takliflariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish ishlarini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yildan har yili Davlat budjeti parametrlarida Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni ko‘zda tutsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki hafta muddatda Toshkent shahri Yunusobod tumani Chingiz Aytmatov ko‘chasi 1-A uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida Agentlikka o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda Agentlikka ajratilgan Toshkent shahri Yunusobod tumani Chingiz Aytmatov ko‘chasi 1A-uy manzilidagi binoni davlat-xususiy sheriklik asosida demontaj qilish (buzish) va uning o‘rnida Agentlikning zamon talablariga mos keladigan binosini qurish va topshirish ishlarini jadallashtirish choralarini ko‘rsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Agentlik uning bino-inshootlarida rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari yakunlanguniga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tegishli Toshkent shahri Olmazor tumani Universitet ko‘chasi 7-uy manzilidagi binoga har bir xodim uchun tasdiqlangan me’yorlar asosida tekin foydalanish huquqi bilan vaqtincha joylashtiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-275-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-275-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining markaziy apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya komissiyasi
Direktor
Maslahatchilar
Direktorning birinchi o‘rinbosari
Direktor o‘rinbosari
Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlik guruhi
3
Oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari sifatini baholash guruhi
12
Oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari reytingini yuritish guruhi
6
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish guruhi
2
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari sifatini baholash guruhi
6
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari reytingini yuritish guruhi
4
Bosh buxgalter
1
Kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tashkilotlari sifatini baholash guruhi
4
Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari guruhi
4
Yuridik xizmat guruhi
2
Birinchi bo‘lim
1
Metodologiya, ekspertlarni tayyorlash va reyestrlarni yuritish guruhi
3
Akkreditatsiya jarayonlarini rejalashtirish va natijalarini rasmiylashtirish guruhi
4
Matbuot kotibi
1
Tashkiliy masalalar bo‘yicha bosh inspektor
1
Post-akkreditatsiya monitoringini yuritish guruhi
3
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh inspektor
1
Ekspert va jamoatchilik kengashlari
Komplayens nazorat bo‘yicha bosh inspektor
1
Apellyatsiya va shikoyatlar komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 62 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik direktoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda, zarur hollarda, Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti direktori maqomiga ko‘ra Agentlik direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik guruh rahbari, matbuot kotibi, bosh buxgalter lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlari bo‘yicha Strategik islohotlar agentligining guruh rahbariga, bosh inspektorlar esa bosh inspektoriga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yordamchi xodimlarning soni Strategik islohotlar agentligi uchun belgilangan tartibga asosan aniqlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-275-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, vazifalari va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish, shuningdek, hisobdorlik masalalari tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda o‘zining baholash jarayonini mustaqil va xolis amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan amal oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sifatiga oid qabul qilgan qaror va buyruqlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik davlat muassasasi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga, mustaqil balansga, o‘z mulkiga, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlikning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi yoki TSTMA;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — Natsionalnoye agentstvo obespecheniya kachestva obrazovaniya pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Natsionalnoye agentstvo obespecheniya kachestva obrazovaniya yoki NAOKO;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — National Quality Assurance Agency for Education under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — National Quality Assurance Agency for Education yoki NQAAE.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Agentlik tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti direktori va direktor o‘rinbosarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) idoraviy mansubligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari)da tashqi baholashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ta’lim sifatini baholashning mezon va usullarini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ta’lim sifatini ta’minlash yo‘nalishida xalqaro aloqalarni kengaytirish, ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) ta’lim sifatini baholash bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida jamoatchilik va manfaatdor tomonlar ishtirokida yillik hisobotlarni e’lon qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) ta’lim sohasidagi davlat dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkich va natijalarga erishilishini tahlil qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ta’lim sohasi va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) idoraviy mansubligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi baholashni amalga oshirish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ta’lim tashkilotlarining belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar hamda me’yor va qoidalarga amal qilishini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) idoraviy mansubligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ta’lim tashkilotlarini maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari sifatini qiyosiy taqqoslash asosida ularning milliy reytingini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) ta’lim dasturlarining kasbiy standartlarga va belgilangan malakalarga muvofiqligini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ta’lim tashkilotlarida tenglik va inklyuzivlikni ta’minlash orqali barcha ta’lim oluvchilar uchun adolatli va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratilganini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) akkreditatsiyaga oid axborot tizimlarida ma’lumotlar almashish samaradorligini oshirish uchun davlat organlarining tegishli platformalari bilan integratsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash jarayonlariga “xavfni tahlil qilish” tizimini joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) sifat madaniyatini shakllantirish va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha ta’lim tashkilotlariga uslubiy jihatdan ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xalqaro tajribalar asosida ichki sifatni ta’minlashga oid mezonlar, indikator va qo‘llanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ta’lim va ilm-fanda korrupsiya holatlarining oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) ta’lim sifatini ta’minlashga oid seminarlar, konferensiyalar, kurslar tashkil etadi hamda maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasiga jalb qilingan ekspertlar malakasini oshirib, ular faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ta’lim sifatini baholashning mezon va usullarini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda ishlab chiqish hamda takomillashtirish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi va ular asosida milliy ta’lim sifatini baholashning mezon va usullarini ishlab chiqadi hamda takomillashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ta’lim sifatini baholash mezonlari va usullarini yangilab borish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) milliy malaka tizimiga mos ravishda akkreditatsiya mezonlarini takomillashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlari va dasturlari reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan sotsiologik va boshqa so‘rovnomalar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ta’lim sohasida islohotlarni sifatli amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga har tomonlama ko‘maklashish, xalqaro tashkilotlar, konsalting kompaniyalar va xorijiy mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, tashabbuslarning samarali implementatsiyasini ta’minlashga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ta’lim sifatini ta’minlash yo‘nalishida xalqaro aloqalarni kengaytirish, ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) respublikada tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi va ularning reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) respublika ta’lim tashkilotlariga ularning xalqaro darajada e’tirof etilishi uchun uslubiy va amaliy tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) ta’lim sifatini baholash bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida jamoatchilik va manfaatdor tomonlar ishtirokida yillik hisobotlarni e’lon qilib borish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ta’lim sifati va akkreditatsiya bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda ularning mehnat bozoriga integratsiyasini o‘rganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalarining ta’lim sifati bo‘yicha fikrlarini o‘rganishga qaratilgan Umummilliy talabalar so‘rovnomasini, shuningdek, jamoatchilikning ta’lim sifati bo‘yicha fikrlarini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda ta’lim tizimi faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ochiqlikni ta’minlash hamda korporativ boshqaruv usullarini qo‘llash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) ta’lim sohasidagi davlat dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkich va natijalarga erishilishini tahlil qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda jamoatchilik, yetakchi xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilarni keng jalb qilgan holda tizimdagi eng dolzarb masalalar va muammolarga yechim topish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalaridagi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘rganib, o‘z taklif va e’tirozlarini bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda ta’lim xizmatlari iste’molchilari, ilmiy-pedagogik jamoatchilik hamda davlat organlari va tashkilotlarining takliflari asosida ta’lim sohasiga oid istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ta’lim sohasi va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ta’lim va ilmiy sohada amaldagi qonunchilikni tizimli o‘rganadi, tahlil qiladi va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ta’lim sohasida ishlab chiqilgan qonunchilik hujjatlarini xalqaro tajriba va standartlar asosida tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Agentlikning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) o‘z vakolati doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) davlat organlari va tashkilotlaridan, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali zarur statistik, tahliliy hamda boshqa ma’lumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlaridan zarur ma’lumotlarni bepul, jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlaridan (NEMIS, EMIS) va oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimidan to‘siqsiz foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) davlat organlari va tashkilotlariga, jumladan, ta’lim tashkilotlariga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda xalqaro ta’lim makonidagi zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish talab va mezonlarini yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ta’lim sifatini ta’minlash, akkreditatsiya, reyting va boshqa masalalar yuzasidan xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati bilan bog‘liq o‘rganishlar, monitoring va so‘rovnomalar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) ta’lim tashkilotlarida “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida aniqlangan talab va shartlarning buzilishi holatlari yuzasidan Agentlik tomonidan ta’lim tashkilotiga taqdimnoma kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ta’lim tashkilotlariga choralar ko‘rish bo‘yicha muassis yoki yuqori turuvchi organiga taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini to‘lov asosida amalga oshirish hamda to‘langan mablag‘larni akkreditatsiyani o‘tkazish bilan bog‘liq (jumladan, jalb qilingan mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash) xarajatlarni qoplashga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(o) ta’lim sifatini ta’minlash bilan bog‘liq standartlar, mezonlar va indikatorlarni amaliyotga tatbiq qilishdan oldin ta’lim tashkilotlarida tajriba-sinovdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(p) mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim tashkilotlari va boshqa tashkilotlar vakillarini (asosiy ish joyidagi ish haqi saqlangan holda) jalb etish, ular ishtirokida ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(r) ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar tomonidan ta’lim sohasidagi joriy holatni chuqur tahlil qilish, baholash va taklif ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqlarni shakllantirish hamda konsalting kompaniyalarni jalb etgan holda tegishli ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) jalb qilingan xorijiy va mahalliy ekspertlarga ish haqini tegishli shartnomaga muvofiq milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan, mablag‘larni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(t) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan pulli xizmatlar ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(u) Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida Agentlik xodimlarini, shuningdek, ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar a’zolarini hamda shartnoma asosida jalb etilgan boshqa shaxslarni xorijiy xizmat safarlariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha konsalting va ekspert-tahliliy xizmatlar ko‘rsatish, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy tuzilmalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(x) tegishli davlat organlari bilan birgalikda ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish va ta’lim jarayonlarini yaxshilashga taalluqli masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan choralarni qo‘llash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlariga asosan Agentlik boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat akkreditatsiyasini qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) akkreditatsiya jarayonlarida va ularning natijalarini ochiq holda e’lon qilish orqali shaffoflikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) akkreditatsiya qarorlaridan norozi bo‘lganlar uchun shikoyat va apellyatsiya berish jarayonlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ijro intizomini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik direktori ikki nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Direktor o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlik direktori o‘rinbosarlari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti direktori maqomiga ko‘ra Agentlik direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi hamda unga Agentlik direktori o‘rinbosarlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shart-sharoitlari qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agentlikning boshqaruv xodimlari Agentlik direktori tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlikka xorijiy mutaxassis, ekspert, konsultant va maslahatchilarni jalb qilish va ishga qabul qilish shartnoma asosida Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik faoliyatiga umumiy boshqaruvni amalga oshiradi hamda Agentlik tashkiliy-xo‘jalik faoliyati uchun javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) o‘z o‘rinbosarlari va Agentlik tizimidagi tashkilotlarning mansabdor shaxslari vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi, shuningdek, vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Agentlik nomidan ish ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Agentlik xodimlari va ta’lim tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Agentlikka yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun shaxsiy javobgar hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Agentlik xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Agentlikning ish rejalari, hisobotlari va uslubiyishlanmalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Agentlik xodimlari bilan mehnat shartnomalarini, shuningdek, xorijiy va mahalliy ekspertlar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzadi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) Agentlik xodimlarining lavozim (funksional) vazifalarini taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) ijro intizomiga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqish muddatlari va tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi va shakllarini, ularning lavozim maoshiga ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni belgilaydi, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha buyruqlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) Agentlik nomidan shartnoma va kelishuvlar tuzadi, Agentlik aktivlarini tasarruf etadi, mulkni boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, moliyaviy va boshqa turdagi hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(o) qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq o‘ziga yuklatilgan boshqa masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agentlik direktori o‘rinbosarlari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va vazifalar o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi hamda direktor topshirig‘iga ko‘ra uning alohida funksiyalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agentlik direktori bo‘lmagan yoki o‘z vazifalarini bajarishi mumkin bo‘lmagan hollarda direktor o‘rinbosarlaridan biri direktor vazifasini vaqtincha bajarib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar Agentlik faoliyatini, shu jumladan, Agentlik tomonidan tashkil etiladigan ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar, shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy mutaxassislarga to‘lovlarni amalga oshirish hamda Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agentlikning asoslangan takliflariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) akkreditatsiyadan o‘tkazishdan, shuningdek, shartnoma asosida boshqa pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida konsalting, ekspert-tahlil va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari hamda maqsadli mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) homiylik va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agentlik o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, xorijiy valyutadagi mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish va olingan daromadlarni tasarruf etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Agentlikning hisobdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agentlik o‘z faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agentlik har yil yakunida (zarur hollarda navbatdan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agentlik ta’lim sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan salbiy omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Agentlikning mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari hamda faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari, ta’lim tashkilotlari, ilmiy muassasalar, tadqiqot, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqindan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xalqaro hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda Agentlik vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xorijiy davlatlarning ta’lim sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va ular bilan shartnomalar (bitim, memorandum va boshqalar) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ta’lim sohasida xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yoki ularga a’zo bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Agentlik xodimlarini xorijiy mamlakatlarga stajirovka, amaliyot o‘tash, konferensiya va treninglarda ishtirok etish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) o‘z vakolati doirasida boshqa xorijiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari Agentlikka har tomonlama ko‘maklashadi, shu jumladan, uning so‘roviga ko‘ra markaziy apparat va tizim tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni saqlab qolgan holda ekspert sifatida yuborilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlik xodimlarining xizmat safarlari amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan masalalar tegishli qonunchilik hujjatlari, o‘rnatilgan tartibga muvofiq Agentlik buyruqlari hamda boshqa hujjatlar bilan tartibga solinadi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2025-y., 07/25/275/0825-son; 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)