1-ILOVA
2-ILOVA
J.A. Qo‘chqorov | — | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Vasiylik kengashi raisi |
K.A. Sharipov | — | oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
J.T. Mirzamahmudov | — | energetika vaziri |
B.B. Raxmatov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori |
O.R. Fazilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
Kelishuvga ko‘ra | — | chet ellik malakali mutaxassislar (kelishuv asosida) |
Lavozimi bo‘yicha | — | Universitet rektori, Vasiylik kengashi kotibi |
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun mas’ullar |
I. Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari | |||||
1. | “ToshTech” texnika universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Universitetni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. 3. Universitet tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash. | 2025-yil oktabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Universitet |
2. | Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar bilan to‘ldirish. | 1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, boshqaruv jarayoniga mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda malakali mutaxassislarni jalb qilish. 2. Universitetga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish. | 2025-yil oktabr — dekabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
3. Universitet o‘quv va ilmiy jarayonlariga ilmiy darajali xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish. | 2025-2026-yillar | ||||
3. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Universitetga bir yillik tayyorlov kursiga talabalar qabulini tashkil etish. | 1. “Boston consulting group” konsalting kompaniyasi (AQSH) (keyingi o‘rinlarda — “BCG” kompaniyasi) bilan hamkorlikda tayyorlov (foundation) dasturini ishlab chiqish. 2. Tayyorlov kursiga qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish. 3. Nomzodlarni saralab olish va tinglovchilar qabulini tashkil etish. | 2025-yil oktabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
4. | “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitetni rivojlantirish strategiyasini qabul qilish. | 1. Universitetni rivojlantirish strategiyasi doirasida quyidagilarni belgilash: ish beruvchilar va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish asosida Universitetning kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini; Universitetning moliyaviy modelini; raqamlashtirish va boshqaruv modelini; ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishlarini; mahalliy va xalqaro hamkorlik istiqbollarini. | 2025-yil oktabr | - | Universitet vasiylik kengashi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Universitetni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | ||||
5. | Universitetda akademik faoliyatni boshqarish jarayonini xalqaro andozalarga mos darajada yo‘lga qo‘yish. | 1. Universitetga akademik faoliyatni tashkil etish bo‘yicha xalqaro nufuzga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha nomzodlarni saralash. | 2025-yil noyabr | - | Vasiylik kengashi, Universitet |
2. Shaffof tanlov asosida saralab olingan nomzodni Universitetning tegishli lavozimiga tayinlash. | 2026-yil yanvar | ||||
6. | “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitet faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish. | 1. Universitet faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini aniqlash. 2. Aniqlangan oliy ta’lim tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish. | 2026-2027-yillar | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Universitet |
7. | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitetning buyurtmalariga asosan Universitetga jalb qilinadigan chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislar hamda ularning oila a’zolari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish. | 1. Chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar hamda ularning oila a’zolari uchun ko‘p martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish. | Doimiy | - | Tashqi ishlar vazirligi |
2. Universitetga jalb etiladigan chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislar, ularning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida yashash manzillari bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatga olinishini ta’minlash. | Ichki ishlar vazirligi | ||||
3. Chet ellik mutaxassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berishni (uzaytirishni) ta’minlash. | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||||
II. Universitetning o‘quv jarayonini tashkil etish | |||||
8. | O‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini belgilash, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash. 2. Bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibini belgilash. | 2026-yil mart | - | Universitet Vasiylik kengashi |
9. | Universitetda 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarini belgilash. | 1. Muhandislik sohasi uchun iqtisodiyot tarmoqlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan istiqboldagi ehtiyojlarini tahlil qilish. | 2026-yil mart — iyun | - | Universitet vasiylik kengashi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Ish beruvchilar takliflari asosida muhandislik sohasi uchun ehtiyoj yuqori bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul parametrlarini shakllantirish. | 2026-yil iyul | ||||
10. | Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 1. Universitetda tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda akkreditatsiyadan o‘tkazish rejasini ishlab chiqish. | 2026-yil iyun | - | Universitet, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi |
2. Xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma tuzish va yo‘nalishlarni akkreditatsiya qilish reja-grafigini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | ||||
3. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 2027 — 2030-yillar | ||||
11. | Universitetda zamonaviy boshqaruv tizimi va ta’lim jarayonini joriy etish. | 1. Universitetda zamonaviy boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil oktabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “BCG” kompaniyasi |
2. Universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish, xususan: (a) muhandislik sohasida kadrlar tayyorlashda xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini joriy etish; (b) Universitet kutubxona fondini zamonaviy xorijiy o‘quv adabiyotlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan boyitish; (v) Universitet boshqaruvi va ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish hamda ta’limni boshqarish platformasini (LMS) yaratish. | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab | ||||
III. Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish | |||||
12. | Universitet huzurida “R&D” markazini tashkil etish. | 1. Universitet huzurida “R&D” markazini tashkil etish. 2. “R&D” markazining asosiy tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash. 3. Markazga yetakchi xorijiy va mahalliy olimlarni jalb etish. | 2025-yil noyabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet vasiylik kengashi, Innovatsion rivojlanish agentligi |
13. | Ilmiy izlanishlar o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish. | 1. Universitetning barcha xodim va talabalari tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy izlanishlarni ro‘yxatga olish, tasdiqlash, hisobot topshirish va natijalari bilan bo‘lishishni qamrab oluvchi yagona elektron platforma yaratish. | 2026-yil oktabr | - | Universitet, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Platformani ishga tushirish va ishtirokchilar foydalanishini yo‘lga qo‘yish. | 2026-yil dekabr | ||||
IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish | |||||
14. | Universitetga o‘z faoliyatini boshlashi uchun binolarni tekin foydalanish huquqi asosida ajratish. | 1. Universitetni birinchi bosqichda Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi binosining 1 — 3-qavatlariga joylashtirish. 2. Akademik litsey binosini “BCG” kompaniyasi tavsiyalari asosida ta’mirlash. 3. Akademik litseyni 2026/2027 o‘quv yilidan Toshkent davlat texnika universitetining boshqa binolariga joylashtirish choralarini ko‘rish. 4. Universitetni akademik litsey binosiga tekin foydalanish huquqi (kommunal va saqlash xarajatlarini qoplagan holda) asosida joylashtirish. 5. Universitetni 2026/2027 o‘quv yili boshlangunga qadar Toshkent davlat texnika universitetining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan Mashinasozlik fakulteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2025-yil oktabr | 2025-yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan o‘zlashtirilmagan mablag‘lar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
15. | Universitet kampusini tashkil etish. | 1 Universitet uchun Toshkent davlat texnika universitetidan o‘tkaziladigan bino va inshootlar ketma-ketligini belgilash. 2. Universitetga o‘tkaziladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich 2026 — 2029-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. 3. 2030-yilga qadar Toshkent davlat texnika universitetining tegishli kafedra va fakultetlarini bosqichma-bosqich Universitet tarkibiga kiritib borish orqali Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini tugatish. 4. Universitetni Toshkent davlat texnika universiteti binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2026 — 2029-yillar | O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
16. | Iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqib, Universitetda o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish. | 1. “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitet va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojidan kelib chiqib, zarur laboratoriyalar ro‘yxatini shakllantirish. | 2026-yil aprel | - | Universitet Vasiylik kengashi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi |
2. Universitetning bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mos laboratoriya majmualarini tashkil etish. | 2026-yil dekabr | ||||