Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
qarori
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2858-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Mehnat vazirligining 2017-yil 17-yanvardagi 1-mb, 3-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 2858, 2017-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidan “unitar korxonalar,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. HAMRAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-avgust,
3-mb-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-avgust,
6497-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2025-y., 10/25/2858-2/0815-son)