04.09.2025 yildagi 562-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xaridorgir davlat raqami belgilarini ochiq auksion orqali sotish tartibi joriy etilib, davlat budjetiga qoʻshimcha mablagʻ jalb qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishning amaldagi mexanizmida kamchiliklar mavjudligi kuzatilmoqda. Fuqarolar uchun auksion savdolarida ishtirok etish tartibi murakkab va koʻp vaqt talab etishi, ayrim toifadagi davlat raqami belgilari uchun boshlangʻich narxlar yuqoriligi keng aholi qatlami uchun bunday raqamlarni sotib olish imkoniyatini cheklamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini (keyingi oʻrinlarda — davlat raqami belgilari) olishda barchaga teng imkoniyat yaratish, maʼmuriy ovoragarchiliklar va aholiga ortiqcha moddiy yuklamaning oldini olish hamda davlat xizmatini raqamli transformatsiya qilish va uning shaffofligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda avtomototransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlmagan davlat raqami belgilarini berishning amaldagi tartibi saqlanib qolinishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab avtomototransport vositalari uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat raqami belgilari yagona oshirilgan toʻlov evaziga jismoniy va yuridik shaxslarning toʻgʻridan-toʻgʻri elektron murojaatiga asosan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy va yuridik shaxslar onlayn rejimda uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq maʼlumotlar bazasida boʻsh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat raqami belgilarini quyidagi axborot tizimlari orqali tanlab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlinmalarida (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazish boʻlinmalari) joylashgan infokiosklar;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda — YHXX) mobil ilovasi;

YHXXning rasmiy veb-sayti;

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) barcha davlat raqami belgilarini berish uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorlari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi. Bunda skuter, elektromototsikl va elektromobillar uchun davlat raqami belgilarining toʻlovlari qolganlarga nisbatan kamaytirilgan holda belgilanadi;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avtomototransport vositasi qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda barcha toifalardagi davlat raqami belgilari yagona oshirilgan toʻlovning 50 foizi miqdoridagi toʻlov evaziga uning egasining nomida qoldirilishi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaxs nomiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu kichik bandda nazarda tutilgan talab 2025-yil 1-noyabrga qadar berilgan yoki foydalanishda boʻlgan barcha toifalardagi davlat raqami belgilariga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab yagona ochiq maʼlumotlar bazasida hududlarning kod raqami doirasida barcha toifadagi davlat raqami belgilari (oldin berilgan yoki foydalanishda boʻlganlardan tashqari) joylashtiriladi. Bunda hududning keyingi kod raqamiga faqat oldingi kod raqami doirasidagi xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat raqami belgilarining 90 foizi band boʻlgan taqdirda oʻtiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ 2025-yil 1-oktabrdan boshlab davlat raqami belgilarining auksion savdolarini toʻxtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimiga auksionga qoʻyilib, sotilmagan, shuningdek, ishlab chiqarilib, sotilmagan xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat raqami belgilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 3-toifadagi davlat raqami belgilari — “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 — 6-toifadagi davlat raqami belgilari — xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlmagan davlat raqami belgilarini berishning amaldagi tartibida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan “noyob” davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini oʻtkazish orqali berish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va ahloqiy normalarga xilof maʼnoga ega boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish boʻlinmalarida I, IE, III, IIIE tipdagi davlat raqami belgilari ishlab chiqarilishini, shu jumladan, ular uchun zarur uskuna va jihozlar oʻrnatilishini, hom ashyo bilan taʼminlanishini hamda ishga tushirilishini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish boʻlinmalarida davlat raqami belgilari ishlab chiqarish maqsadida “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasining xodimlar shtat birliklarini koʻpaytirsin, ularni kasbga oʻqitish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat raqami belgilarini inson omilini istisno etadigan tanlab olish axborot tizimini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“noyob” davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolariga qoʻyish va oʻtkazish tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHXXning davlat raqam belgilariga doir ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish, ishga tushirish hamda uni zarur texnik va dasturiy taʼminot bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat raqami belgilari ishlab chiqariladigan roʻyxatdan oʻtkazish boʻlinmalarining oʻzaro hamda yagona ochiq maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda “OʻzMSt 274:2024 “Avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari uchun yorugʻlik qaytaruvchi qoplamali va himoya elementlari bilan davlat roʻyxatiga olish raqamlari. Texnik shartlar” milliy standartiga ushbu qarorga muvofiq joriy etilayotgan “noyob” davlat raqami belgilarining texnik koʻrsatkichlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
562-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2026-yil 1-yanvardan kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini yagona oshirilgan toʻlov evaziga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona oshirilgan toʻlov evaziga avtomototransport vositalari uchun ROʻDRB — istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan, ixtiyoriy tanlovga koʻra yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan ROʻDRB”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ROʻDRB Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Davlat raqami belgilari” modulida avtomatik tarzda tasodifiy tanlash orqali beriladi, yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan ROʻDRB bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun ROʻDRB jismoniy va yuridik shaxslarning toʻgʻridan-toʻgʻri elektron murojaatiga asosan taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ilgari foydalanishda boʻlgan barcha toifalardagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari avtomototransport vositasi qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda, ushbu transport vositasi egasining xohishiga koʻra hamda yagona oshirilgan toʻlovning 50 foizi miqdorida toʻlov amalga oshirilgan taqdirda uning egasining nomida qoldirilishi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaxs nomiga oʻtkazilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27. Berilgan ROʻDRB, shu jumladan, yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun ROʻDRB transport vositasi egasining mulki hisoblanmasdan, ulardan qatʼiyan maqsadli foydalanilishi uchun unga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. YHXXning onlayn rejimida uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq maʼlumotlar bazasida boʻsh turgan yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun ROʻDRB haqida toʻliq maʼlumot boʻlishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishda oldin berilgan (ilgari foydalanishda boʻlgan) barcha toifalardagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari transport vositasining avvalgi egasining arizasiga koʻra hududiy boshqarmalarga oʻn ikki oy muddatga saqlash uchun topshirilishi mumkin. ROʻDRBni oʻn ikki oy muddatga saqlaganlik uchun toʻlov undirilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda oldin berilgan (ilgari foydalanishda boʻlgan) barcha toifalardagi ROʻDRB almashtirishiga olib kelsa, transport vositasining avvalgi egasining xohishiga koʻra ushbu ROʻDRB saqlab qolinadi va yagona oshirilgan toʻlovning 50 foizi miqdorida toʻlov amalga oshirilgan taqdirda takroran beriladi:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“301. Avtomototransport vositasi qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda, egasining xohishiga koʻra uning nomida qoldiriladigan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaxs nomiga oʻtkaziladigan davlat raqami belgilarini DYHXXda qayta rasmiylashtirib berishdan kelib tushadigan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31. Oldin berilgan (ilgari foydalanishda boʻlgan) barcha toifadagi ROʻDRB transport vositalarining egalari tomonidan saqlanmaganda, belgilangan tartibda hududiy DYHXX organlari tomonidan olib qoʻyiladi va yoʻq qilinadi. Ushbu ROʻDRBning raqam va harflari kombinatsiyalari YHXXning onlayn rejimida uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq maʼlumotlar bazasida boʻsh turgan yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun ROʻDRB sifatida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ROʻDRB keyinchalik yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun ROʻDRBni berish tartibi asosida takroran ishlab chiqarilishi va berilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-banddagi “oshirilgan toʻlov stavkali avtotransport vositalari uchun ROʻDRB, avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRB” soʻzlari “yagona oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun ROʻDRB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini yagona oshirilgan toʻlov evaziga berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini (keyingi oʻrinlarda — ROʻDRB) yagona oshirilgan toʻlov evaziga berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRB beriladigan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRB jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda faqat elektron tarzda tanlanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlinmalarida (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazish boʻlinmalari) joylashgan infokiosklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda — YHXX) mobil ilovasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHXXning rasmiy veb-sayti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRB avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tanlanadi va band qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimi inson omilini toʻliq istisno etgan holda faoliyat koʻrsatadi hamda ROʻDRBni tanlashda subyektiv aralashuv yoki imtiyoz berish holatlari yuzaga kelishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday davlat xizmatchisi yoki boshqa shaxs tomonidan ROʻDRBni taqsimlash jarayoniga aralashuv qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRBni tanlash uchun YHXX tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimida ROʻDRBlarning yagona ochiq maʼlumotlar bazasi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq maʼlumotlar bazasi orqali fuqarolar uchun ROʻDRBni tanlash jarayonining shaffofligi va xolisligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRB uchun yagona oshirilgan toʻlov miqdori “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan “noyob” ROʻDRBni ochiq kimoshdi elektron savdolarini oʻtkazish orqali berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “noyob” ROʻDRB amaldagi ROʻDRBni takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof maʼnoga ega boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Noyob” ROʻDRBni berish boʻyicha ochiq kimoshdi elektron savdolari oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRBni tanlash va berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu tartib I, IE, III, IIIE, X, XI, XIE, XI1, XIE1, XI2, XI3 tipidagi ROʻDRBga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Avtomatlashtirilgan axborot tizimida tanlangan raqam kombinatsiyasi dastur tomonidan band qilinmagani tekshirilib, buyurtma beruvchi nomiga dastlabki band qilinadi va bu kombinatsiya boshqa shaxslar tomonidan tanlanmasligi uchun tizimda vaqtincha zaxiraga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi tanlangan ROʻDRB kombinatsiyasini olish uchun belgilangan tartibda yagona oshirilgan toʻlovni elektron shaklda toʻlaydi. Toʻlov YIDXP yoki YHXXning mobil ilovasi yoxud rasmiy veb-saytining integratsiyalashgan toʻlov tizimi orqali onlayn amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov qabul qilingach, avtomatlashtirilgan tizim tomonidan mazkur raqam kombinatsiyasi uchun ariza beruvchi nomiga rasmiy band qilinganligi tasdiqlanadi va ROʻDRB berish jarayonini yakunlash uchun maxsus tasdiqnoma (elektron shaklda) ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Zaxiraga olingan vaqt tanlangan xaridorgir ROʻDRB uchun belgilangan miqdordagi yagona oshirilgan toʻlov amalga oshirilgunga qadar amal qilib, jismoniy shaxslar uchun 24 soatdan va yuridik shaxslar uchun 72 soatdan iborat. Ushbu vaqt mobaynida yagona oshirilgan toʻlov amalga oshirilmagan tanlangan ROʻDRB kombinatsiyalari ochiq maʼlumotlar bazasiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. ROʻDRB belgilangan tartibda transport vositasiga biriktirish uchun beriladi. Bunda transport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida tanlangan va yagona oshirilgan toʻlovi toʻlangan ROʻDRB mazkur transport vositasiga biriktiriladi. YHXX hududiy boʻlinmalari ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan tasdiqnoma asosida belgilangan tartibda ROʻDRBni tayyorlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlangan va yagona oshirilgan toʻlov amalga oshirilgan ROʻDRB quyidagi muddatlarda ishlab chiqariladi va ariza beruvchining transport vositasi rasmiylashtiriladigan YHXX hududiy boʻlinmalariga yetkazib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I, IE, III, IIIE tipidagi davlat raqami belgilari — 30 daqiqada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X, XI, XIE, XI1, XIE1, XI2, XI3 tipidagi davlat raqami belgilari — 14 ish kuni mobaynida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqda ariza beruvchiga elektron xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yagona oshirilgan toʻlov evaziga olingan ROʻDRBni ariza beruvchining transport vositasiga biriktirish va rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan umumiy tartibda YHXX hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRBga egalik qilish va saqlab qolish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRB transport vositasi egasiga muayyan transport vositasiga biriktirish uchun beriladi, lekin mazkur ROʻDRB transport vositasi egasining mulki hisoblanmaydi. ROʻDRB belgilangan tartibda faqat belgilangan transport vositasiga tegishli huquqiy maqsadlarda foydalanish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transport vositasi boshqa shaxsga oʻtkazilganda (sotilganda) yoki belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda, transport vositasining avvalgi egasi istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan ROʻDRBni oʻzida saqlab qolish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda avvalgi egasi transport vositasini begonalashtirish (roʻyxatdan chiqarish) sanasidan eʼtiboran uch oy mobaynida YHXX hududiy boʻlinmasiga murojaat etib, ROʻDRBni saqlab qolish boʻyicha ariza taqdim etadi va yagona oshirilgan toʻlovning 50 foizi miqdorida toʻlovni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Avvalgi egasi tomonidan uch oy ichida tegishli tartibda ariza berilmaganda yoki yagona oshirilgan toʻlovning 50 foizi miqdorida toʻlov toʻlanmaganda, ROʻDRBni saqlab qolish huquqi bekor qilinadi. Bunda mazkur raqam kombinatsiyasi qaytadan umumiy ochiq bazaga qaytariladi va boshqa shaxslar tomonidan tanlash uchun mavjud boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. YHXX oshirilgan toʻlov evaziga beriladigan ROʻDRBni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron tartibda tanlanishini hamda tizimning uzluksiz va shaffof ishlashini taʼminlaydi, ochiq maʼlumotlar bazasining doimiy yangilanib borishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 29-martdagi 166-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “2025-yil 1-martdan” soʻzlari “2026-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hududlarni ulardagi atmosfera havosi bilan bogʻliq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilgʻor xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida ekologik zonalarga (keyingi oʻrinlarda — ekologik zonalar) ajratib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini ularning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ekologik sinfiga mansubligiga (“Yevro”) koʻra avtomatik baholash tizimi yordamida qalbakilashtirishdan himoyalangan hamda elektron belgiga ega boʻlgan ekologik stikerlar berish orqali transport vositalarini “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “oʻrta” va “zararli” ekologik toifalarga ajratib borish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) “Ekologik transport” tizimini quyidagi bosqichlarda joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda (2025 — 2027-yillarda) — Toshkent shahrida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda (2028 — 2030-yillarda) — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga koʻra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qoʻriqxonasi, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda (2031 — 2034-yillarda) — boshqa barcha hududlarda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik banddagi “2025-yil 1-martdan” soʻzlari “2026-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “2027” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “2029” raqami “2031” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “2031” raqami “2035” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan transport vositalariga ularning egalari tomonidan onlayn axborot tizimlari orqali yuborilgan murojaatlar asosida real vaqt rejimida “yashil” ekologik toifasiga mansub ekologik stikerlar mazkur xizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan diagnostika tekshiruvisiz beriladi va pochta orqali yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ekologik sinfga mansubligini (“Yevro”) aniqlash imkoni boʻlmagan transport vositalarining normativlarga mosligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan diagnostika tekshiruvidan oʻtkaziladi va aniqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)