29.03.2024 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni hamda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda transport vositalarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini, shu jumladan, atmosfera havosiga zararli tashlamalar hajmini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi), Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari) ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan normativlarga (keyingi oʻrinlarda — normativlar) mosligini nazorat qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish:
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hududlarni ulardagi atmosfera havosi bilan bogʻliq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilgʻor xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida ekologik zonalarga (keyingi oʻrinlarda — ekologik zonalar) ajratib borish;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini ularning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ekologik sinfiga mansubligiga (“Yevro”) koʻra avtomatik baholash tizimi yordamida qalbakilashtirishdan himoyalangan hamda elektron belgiga ega boʻlgan ekologik stikerlar berish orqali transport vositalarini “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “oʻrta” va “zararli” ekologik toifalarga ajratib borish;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya toʻlovlarini joriy etish yoxud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Ekologik transport” tizimini quyidagi bosqichlarda joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda (2025 — 2027-yillarda) — Toshkent shahrida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda (2028 — 2030-yillarda) — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga koʻra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qoʻriqxonasi, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda (2031 — 2034-yillarda) — boshqa barcha hududlarda;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash hamda jarima mablagʻlarini mamlakatning ekologik holatini yaxshilashga va atrof-muhitni muhofaza qilishga maqsadli yoʻnaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari boʻyicha ekologik stikerlar berish mazkur xizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan transport vositalarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarida roʻyxatga olish va qayta roʻyxatga olish jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur bandning “a” kichik bandidan boshqa holatlarda ekologik stikerlarga ega boʻlmagan transport vositalari ularning normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari boʻyicha ekologik stikerlar berish tartibotlaridan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarida mazkur xizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan quyidagi muddatlarda oʻtkazilishi zarur:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2028-yil 1-yanvarga qadar — Toshkent shahrida;
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2031-yil 1-yanvarga qadar — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda ekologik zonalarga ajratilgan alohida ekologik zonalarda;
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2035-yil 1-yanvarga qadar — boshqa barcha hududlarda;
(2-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ekologik stikerlarga ega boʻlgan transport vositalari ixtiyoriy ravishda ularning normativlarga mosligi darajasini qayta aniqlash va natijalari boʻyicha yangi ekologik stikerlar berish tartibotlaridan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarida bir yilda bir marta ushbu xizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan oʻtkazilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan transport vositalariga ularning egalari tomonidan onlayn axborot tizimlari orqali yuborilgan murojaatlar asosida real vaqt rejimida “yashil” ekologik toifasiga mansub ekologik stikerlar mazkur xizmatlar uchun alohida toʻlov undirilmasdan diagnostika tekshiruvisiz beriladi va pochta orqali yuboriladi;
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shoshilinch va tezkor xizmat transport vositalaridan hamda jamoat transportidan (taksi va yoʻnalishli taksidan tashqari) barcha ekologik zonalar hududida hech qanday cheklov va taqiqlarsiz foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan ayrim turdagi transport vositalaridan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ekologik kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish orqali tegishli ekologik zonalar hududida vaqtinchalik foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi ekologik zonalar chegaralarini belgilash hamda ularni oʻzgartirish tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan Ekologiya vazirligi taklifiga asosan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik sinfga mansubligini (“Yevro”) aniqlash imkoni boʻlmagan transport vositalarining normativlarga mosligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan diagnostika tekshiruvidan oʻtkaziladi va aniqlanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diagnostika oʻlchov vositalarini muvofiqlik tekshiruvidan oʻtkazish Ekologiya vazirligi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ekologik transport” tizimini samarali joriy etish doirasida quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ekologiya vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyalarini “Atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyalari. Umumiy texnik shartlar” Oʻzbekiston milliy standartiga muvofiq Ekologiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan texnik talablar asosida xarid qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat koʻrsatish. Bunda, atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilishda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ustuvorlik beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb etish hamda innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish orqali oʻzida barcha ekologik zonalar haqidagi umumlashgan maʼlumotlardan iborat mamlakatning atmosfera havosi boʻyicha dinamik elektron ekologik xaritasini shakllantirish hamda yuritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlashga qaratilgan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalarini hamda ularning dasturiy taʼminotini xarid qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tashkiliy tuzilmasida atmosfera havosini nazorat qilish monitoring markazini hamda transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish boʻyicha maʼmuriy amaliyot boʻlimini tashkil etish, shuningdek, ularni barcha zarur moddiy-texnika va dasturiy vositalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yoʻl harakati xizmati roʻyxatlash boʻlinmalarining bino va inshootlarini zamon talablariga mos ravishda yangidan qurish, qayta qurish va kapital taʼmirlash, ularning huzurida diagnostika markazlarini barpo etish, shuningdek, ularni zarur moddiy-texnika va dasturiy vositalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tuzilmasida transport vositalarini ekologik diagnostika tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha servis xizmati koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi ekologiya operatorlar shtat birliklarini kiritish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini avtomatik baholash tizimiga asoslangan diagnostika tekshiruvi vositalarini xarid qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik stikerlar blanklarini va ularga ishlov berish boʻyicha maxsus chop etish uskunalarini xarid qilish hamda stikerlarni transport vositasi egasiga pochta orqali yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologiya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-aprelga qadar mazkur qaror ijrosi doirasida joriy etiladigan va amalda mavjud elektron axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/381/0474-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun xususiy sektor va investitsiya mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin:
(2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/381/0474-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ulardagi atmosfera havosi bilan bogʻliq real ekologik holatdan kelib chiqib, ekologik zonalarga ajratib borish hamda ularning atmosfera havosi boʻyicha dinamik elektron ekologik xaritasini shakllantirish va yuritish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik zonalar hududida va ularga kirish joylarida aholini qulay tarzda xabardor qiluvchi belgilarni oʻrnatish hamda elektron platformalarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash, natijasi boʻyicha ularni ekologik toifalarga ajratib borish, ekologik stikerlarning namunalari va himoya elementlarini belgilash hamda ekologik stikerlarni berish, shuningdek, transport vositalaridan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taqiqlash mexanizmlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik kompensatsiya toʻlovlari asosida ekologik zonalar hududida vaqtinchalik foydalanish mumkin boʻlgan transport vositalari turlari roʻyxatini hamda ekologik kompensatsiya toʻlovlari miqdori va ularni undirish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtirish, undirilgan jarima mablagʻlarini maqsadli yoʻnaltirish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2024-yil 1-dekabrga qadar ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha qonun loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda aholiga “zararli” toifadagi transport vositalarini “toza” toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimini joriy etish hamda atmosfera havosini muhofaza qilish va uning ifloslanishining oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvga asoslangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat yoʻl harakati xizmati roʻyxatlash boʻlinmalarini takomillashtirish, shu jumladan ularning quvvatlarini oshirish uchun boʻsh turgan yer uchastkalarini ajratish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan idoraviy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2024-y., 09/24/166/0254-son; 05.07.2024-y., 09/24/381/0474-son; 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)