Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2004 27.01.1995 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN IShLARI BOʻYIChA QOʻMITANING NIZOMI HAMDA UNING TIZIMIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi 196-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Nizomi hamda uning tizimi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar bilan 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-yanvardagi
23-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari boʻyicha qoʻmita tashkil qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-martdagi Farmoniga asosan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita fuqarolarning dinga munosabatlaridan qatʼi nazar, ularning vijdon erkinligi huquqlarini, barcha dinlar, diniy mazhab va eʼtiqodlarning tengligini taʼminlovchi konstitutsiyaviy kafolatlarini va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablarini bajarishga, shuningdek, davlat organlari bilan diniy markazlar va tashkilotlarning aloqalarini mustahkamlash, ularning xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Din ishlari boʻyicha qoʻmita din ishlari boʻyicha muvofiqlashtiruv, axborot, maʼlumot olishsa berish, ekspertlik hamda nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Din ishlari boʻyicha qoʻmita, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Din ishlari boʻyicha qoʻmita oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi vakolatlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi diniy tashkilotlar, diniy jamoalar va markazlar, diniy oʻquv yurtlari, diniy adabiyotlarni chop etuvchi nashriyotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplashni tashkil etish hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish. Shu maqsadlar uchun diniy tashkilotlarning rahbarlaridan kerak boʻlgan axborotlarni talab qilib olish, shuningdek, ularning faoliyatlari bilan bogʻliq oʻtkaziladigan tadbirlarda qatnashishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy jamoalar, tashkilotlar, markazlar, diniy oʻquv yurtlari, diniy adabiyotlarni chop etuvchi nashriyotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan kafolatlangan fuqarolarning dinga boʻlgan oʻz munosabatlarini belgilash, ifodalash va hech qanday toʻsiqlarsiz dinga eʼtiqod qilish va diniy marosimlarni oʻtkazishda, shuningdek, dinga munosabatlaridan qatʼi nazar, ularning manfaatlarini himoya qilish huquqlariga kafolat beruvchi talablarining bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʻiga koʻra vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatiga daxldor normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda rasmiy ekspert xulosasini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, normativ hujjatlar hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar va farmoyishlarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobot berib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda, shuningdek, chet mamlakatlarning diniy vazirliklari, idoralari bilan dinga bogʻliq masalalar yuzasidan ish olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlarning iltimosiga koʻra davlat organlari bilan kelishuvlarga erishishda koʻmak berish va ularning hal qilinishi talab etiladigan masalalari boʻyicha zarur yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining respublika hududida joylashgan va faoliyat koʻrsatayotgan barcha turdagi diniy mazhab va tashkilotlar bilan uzviy hamjihatlik va hamkorlik oʻrnatishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikamizdagi diniy tashkilotlar, jamoalar, markazlar va ularning aʼzolari oʻrtasida oʻzaro bahamjihatlik siyosatini olib borish, bu ishda tashkilotchilik vazifasini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siyosatida respublikamizda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan barcha turdagi diniy tashkilotlarning manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikamiz vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari va tashkilotlaridan, shuningdek, davlat boshqaruvining mahalliy organlaridan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning va boshqa dinga oid qarorlarning bajarilishi masalalariga oid maʼlumotlar, axborotlar hamda hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikamiz viloyatlari, shaharlari va tumanlarining hokimliklari bilan birgalikda barcha diniy masalalarni hal qilishda Oʻzbekiston davlatining yagona siyosatini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy oʻquv yurtlarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga tegishli vazirliklar va tashkilotlar bilan hamkorlikda ruxsatnomalar olishga koʻmaklashish; bu oʻquv yurtlarining ish faoliyatini, oʻquv jarayoni va dasturlarini, taʼlim-tarbiya ishlarini, oʻqitiladigan fanlar rejasini nazorat qilish va uslubiy yordam koʻrsatish, diniy mazmundagi ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻzaro muvofiqlashtirish; bu ishlarni olib borishda tashkiliy, huquqiy, uslubiy yordam berishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning raisi, uning birinchi oʻrinbosari hamda oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi boshchiligida yuqori boshqaruv organi — Hayʼat tuziladi. Uning shaxsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat oʻz majlislarida diniy tashkilotlar va jamoalarga tegishli muhim masalalarni, Hukumatning dinga oid hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqadi va qoʻmitaga tegishli boshqa masalalarni hal qiladi, ular tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosini taʼminlashga yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Din ishlari boʻyicha qoʻmita diniy tashkilotlar, jamoalar va markazlarning respublikamiz hududidagi va chet ellardagi aloqalarini uyushtiradi hamda ularning amaldagi qonun va qoidalarga muvofiqligini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Diniy masalalar va muammolarni amaldagi qonun talablariga mos holda oqilona hal etish maqsadida Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida jamoatchilik kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining tarkibi barcha mazhablardagi diniy tashkilotlar vakillaridan, dinshunoslardan, huquqshunoslardan va boshqa yoʻnalishlardagi yirik mutaxassislardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi va uning haqidagi nizom Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilish, shu jumladan, Haj va Umra ibodatlari, diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish, malaka oshirish, oʻzaro tajriba almashish uchun fuqarolarni chet ellarga yuborish, ajnabiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish, xalqaro anjumanlar oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xorijiy mamlakatlardagi xalqaro diniy xayriya jamgʻarmalari murojaatlariga binoan qoʻmita turli xayriya jamgʻarmalarining respublikamizdagi boʻlinmalarini Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Din ishlari boʻyicha qoʻmita barcha konfessiyalardagi diniy boshqarmalar, markaz rahbariyati bilan hamkorlikda diniy tashkilotlarga taalluqli masalalarning qonun asosida hal etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Din ishlari boʻyicha qoʻmita diniy mazmunda chop etilishi lozim boʻlgan adabiyotlarga ekspert xulosalarini beradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri aks ettirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bosma ish qogʻozlariga, Davlat bankida oʻz joriy hisobiga, milliy bankda esa valyuta hisob raqamiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-yanvardagi
23-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbariyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshta boʻlim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Diniy tashkilotlar bilan ishlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Diniy taʼlim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro aloqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buxgalteriya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yozishmalar bilan shugʻullanuvchi boʻlim.