02.09.2025 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonunida Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatining tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni bilan “Ishonchli uchinchi taraf” tamoyili asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida berilgan raqamli imzo bilan tasdiqlangan raqamli hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash imkonini beruvchi “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasini yuritishga doir normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmatining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmatining elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari, axborot tizimlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning ishonchli uchinchi taraf xizmatlari bilan oʻzaro ishlash tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan elektron raqamli imzolarni tan olish, shuningdek, “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasini yuritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati elektron hamkorlik qilish jarayonida elektron hujjatlarning daxlsizligi hamda ishonchliligini saqlash kafolatlarini vaqtning muayyan paytida taʼminlash boʻyicha axborot vositachisi sifatida ish yuritadi, shuningdek, ularning yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy elektron hujjat almashishda xorijiy davlatlar elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari haqiqiyligini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasida elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi — Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etadigan Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar hamda Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilib borish Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Ishonchli uchinchi taraf xizmatini tayinlasin hamda Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini samarali tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati uchun axborot tizimlarini ishlab chiqish, takomillashtirish, uni zarur bino va infratuzilma bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur kichik bandda koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarida elektron raqamli imzo kalitlari ishlatiladigan axborot tizimlari va elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish markazlari roʻyxatini shakllantirsin hamda Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmatining axborot tizimlari va “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kichik band talablari oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga, davlat xavfsizligiga, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan davlat sirlari va konfidensial axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni qayta ishlaydigan axborot tizimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 551-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati — elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadigan, Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyati — belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish markazlari tomonidan amalga oshiriladigan, axborot va elektron hujjatlarni almashish chogʻida ishonchni taʼminlash maqsadida elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini hamda unga imzo qoʻygan shaxsga tegishliligini tekshirish va tasdiqlashga doir faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati — elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadigan va tashkil etiladigan, transchegaraviy elektron hujjat almashish tizimini tashkil qilish va yuritish hamda “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish uchun masʼul boʻlgan Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy elektron hujjat almashish — elektron hujjat aylanishi tizimlari yordamida transchegaraviy maʼlumot almashish orqali Oʻzbekiston Respublikasidagi foydalanuvchilar va xorijiy davlatdagi foydalanuvchilar oʻrtasida elektron shakldagi hujjatlarni yaratish, koʻrib chiqish, tahrir qilish va imzolash kabi funksiyalarni amalga oshirish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi — Ishonchli uchinchi taraf xizmatidan shartnomaviy-huquqiy munosabatlar asosida foydalanish boʻyicha Ishonchli uchinchi taraf xizmatiga murojaat qilgan hamda uning xizmatidan foydalangan jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek, davlat organi va tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron kvitansiya — foydalanuvchining soʻrovi asosida Ishonchli uchinchi taraf xizmatining tekshiruv natijasi boʻyicha elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasi — elektron hujjatlarni shakllantirish va qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlashni taʼminlovchi axborot resursi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorijiy davlatlarda berilgan elektron raqamli imzoning haqiqiyligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda yoki Ishonchli uchinchi taraf xizmati yordamida haqiqiyligini tasdiqlash orqali tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmatining xorijiy davlatlar ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari bilan oʻzaro munosabatlari davlatlararo va (yoki) oʻzaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro kelishuvga koʻra xorijiy davlatlarning ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari tomonidan haqiqiyligi tasdiqlangan elektron hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasida yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlashda, agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib keltirilgan boʻlsa, xalqaro shartnomaga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmatining xorijiy davlatlar Ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari bilan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaviy sxema asosida hamkorlik qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyati bilan belgilangan tartibda tashkil etilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish markazi (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish markazi) shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda roʻyxatga olish markazi Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini amalga oshirish uchun axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalarga ega hamda foydalaniladigan axborot tizimi va resurslari kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishonchli uchinchi taraf xizmati oʻz faoliyatini vakolatli davlat organining Ishonchli uchinchi taraf xizmatini tayinlash haqidagi buyrugʻiga, qonunchilik hujjatlariga hamda elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga asosan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishonchli uchinchi taraf xizmati bilan roʻyxatga olish markazlari, elektron raqamli imzo kalitlarini ishlatadigan axborot tizimlari (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimlari) hamda foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ishonchli uchinchi taraf xizmatining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishonchli uchinchi taraf xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini, unga imzo qoʻygan shaxsga tegishliligini tekshirish va elektron hujjatlar yuridik kuchga egaligini elektron kvitansiya berish orqali tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron hamkorlik qilish jarayonida elektron hujjatlarning daxlsizligi hamda ishonchliligini saqlash kafolatlarini vaqtning muayyan paytida taʼminlash boʻyicha axborot vositachisi sifatida ish yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro kelishuvga koʻra xorijiy davlatlarning ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari tomonidan haqiqiyligi tasdiqlangan elektron hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasida yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ishonchli uchinchi taraf xizmatining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishonchli uchinchi taraf xizmati quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan roʻyxatga olish markazlari va axborot tizimlariga oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan soʻrovlarni yuborish va bunday soʻrovlarga muvofiq ulardan maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro tuzilgan shartnoma shartlarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, xizmat koʻrsatishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun tariflarni ishlab chiqish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati qonunchilik hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishonchli uchinchi taraf xizmati quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalari talablariga javob beruvchi axborotni himoya qilish darajasini taʼminlaydigan axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va qonunchilik hujjatlarida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz faoliyati davomida amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning yaxlitligi va ishonchliligini tekshirish imkonini beradigan shaklda besh yil muddat davomida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarning qonuniyligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xat-xabarlar va maʼlumotlar, xabarlar va elektron raqamli imzolar hamda ularni uchinchi shaxslarga rasmiylashtirish bilan bogʻliq hujjatlarning konfidensialligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatning elektron raqamli imzosini tekshirish natijalarini imzolash uchun foydalaniladigan elektron raqamli imzo yopiq kalitining konfidensialligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfsizlikni taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatning elektron raqamli imzosini tekshirish natijalariga doir maʼlumotlarni Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan yuritiladigan “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasiga integratsiya orqali real vaqt rejimida taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hujjatlarni yuritish va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shakllarga muvofiq belgilangan muddatlarda taqdim etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati zimmasiga qonunchilik hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ishonchli uchinchi taraf xizmatining roʻyxatga olish markazlari va axborot tizimlari bilan oʻzaro ishlash tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishonchli uchinchi taraf xizmati oʻzaro imzolanadigan shartnomaga muvofiq roʻyxatga olish markazlaridan elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari sertifikatlari holati (amalda, muddati oʻtgan, muddati uzaytirilgan, toʻxtatilgan, bekor qilingan va boshqa) haqidagi maʼlumotlarni hamda boshqa axborot tizimlari bilan elektron axborot almashishni real vaqt rejimida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron axborot almashishga va taqdim etiladigan maʼlumotlar atributlariga qoʻyiladigan talablar oʻzaro imzolanadigan shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishonchli uchinchi taraf xizmati axborot tizimlariga oʻzaro elektron axborot almashishni yoʻlga qoʻyish uchun zarur dasturiy modullarni taqdim etadi hamda mazkur modulni axborot tizimlarida ishlatishning texnik imkoniyatlarini yaratish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishonchli uchinchi taraf xizmati quyidagi yoʻnalishlarda oʻz faoliyatini yuritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ikki tomonlama Ishonchli uchinchi taraf xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Ishonchli uchinchi taraf xizmati Oʻzbekiston Respublikasidagi foydalanuvchilar oʻrtasidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi va xorijiy davlatdagi foydalanuvchilar oʻrtasidagi hujjat almashish jarayonida xorijiy davlatlarning ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari bilan hamkorlikda elektron raqamli imzolarning haqiqiyligini hamda unga imzo qoʻygan shaxsga tegishliligini tekshiradi, tasdiqlaydi, elektron kvitansiyani shakllantiradi hamda tegishli tizimlarga maʼlumotlarni uzatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bir tomonlama Ishonchli uchinchi taraf xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Ishonchli uchinchi taraf xizmati Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va/yoki xorijiy davlatdagi foydalanuvchi soʻroviga muvofiq taqdim etilgan hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini hamda unga imzo qoʻygan shaxsga tegishliligini tekshiradi, tasdiqlaydi, elektron kvitansiyani shakllantiradi hamda tegishli tizimlarga maʼlumotlarni uzatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Roʻyxatga olish markazlari elektron raqamli imzolarini oʻzaro tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Ishonchli uchinchi taraf xizmati foydalanuvchilar maʼlum bir roʻyxatga olish markazidan olingan elektron raqamli imzo kaliti yordamida boshqa roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanish zarur boʻlgan tizimlarga (elektron axborot almashish orqali) kirishi uchun foydalanuvchilarning elektron raqamli imzoning haqiqiyligini hamda unga imzo qoʻygan shaxsga tegishliligini tekshiradi, tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati elektron raqamli imzodan foydalanish sohasining qonunchilikda taʼqiqlanmagan yoʻnalishlarda oʻz faoliyatini yuritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ishonchli uchinchi taraf xizmatining xorijiy davlatlar ishonchli uchinchi taraf xizmatlari bilan ishlash tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishonchli uchinchi taraf xizmatining xorijiy davlatlar ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari bilan ishlash tartibi va shartlari oʻzaro imzolanadigan hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijiy davlat elektron raqamli imzosining haqiqiyligi oʻzaro talab etiladigan hujjatlarni imzolagan va elektron axborot almashishni yoʻlga qoʻygan xorijiy davlatlarning ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari oʻrtasida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishonchli uchinchi taraf xizmati bilan oʻzaro elektron axborot almashishni yoʻlga qoʻygan xorijiy davlatlarning ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari roʻyxati va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ishonchli uchinchi taraf xizmati hamda vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan elektron raqamli imzolarni tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzolarning haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlash ushbu elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini bergan roʻyxatga olish markazlari yoki xorijiy davlat (ishonchli uchinchi taraf xizmatlari yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslar) bilan elektron hamkorlik mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan elektron raqamli imzolar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Foydalanuvchi axborot tizimlaridagi elektron hujjatlarning yoki xorijiy davlatning elektron raqamli imzosining haqiqiyligini tekshirish uchun Ishonchli uchinchi taraf xizmati bilan integratsiyalashgan axborot tizimi orqali ushbu elektron soʻrovlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishonchli uchinchi taraf xizmati qabul qilingan elektron soʻrovlarni tekshirish uchun roʻyxatga olish markazlariga yoki xorijiy davlatning tegishli Ishonchli uchinchi taraf xizmatiga (ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxsiga) yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tekshirish natijalariga koʻra Ishonchli uchinchi taraf xizmati quyidagi javoblarni elektron kvitansiya koʻrinishida shakllantiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektron raqamli imzoni tekshirishda ijobiy natija chiqqan taqdirda, “Tasdiqlangan” holatiga ega elektron kvitansiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektron raqamli imzoni tekshirishda salbiy natija chiqqan taqdirda, “Tasdiqlanmagan” holatiga ega elektron kvitansiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektron soʻrovdagi maʼlumotlarni tekshirish imkoniyati boʻlmasa, “Tekshirish imkoniyati mavjud emas” (imzolanmagan, xato, rad etish) holatiga ega boʻlgan elektron kvitansiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzo Ishonchli uchinchi taraf xizmatidan “Tasdiqlangan” maqomiga ega boʻlgan elektron kvitansiyalar mavjud boʻlsa, haqiqiyligi tasdiqlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishonchli uchinchi taraf xizmati qabul qilingan soʻrovlar haqidagi maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida boshqacha muddatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, besh yil davomida maʼlumotlar bazasida saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Saqlash muddati tugagandan soʻng qabul qilingan soʻrovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ishonchli uchinchi taraf xizmatining arxiviga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati mazkur Nizomning 7-bandidagi vazifalardan tashqari “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasini yuritish hamda transchegaraviy elektron hujjat almashish tizimi faoliyatini tashkil etish vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati mazkur Nizomning 8-bandidagi huquqlardan tashqari barcha roʻyxatga olish markazlari hamda axborot tizimlari bilan axborot almashish va oʻz vazifalarini bajarish uchun tegishli soʻrovlarni yuborish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati mazkur Nizomning 9-bandidagi majburiyatlardan tashqari quyidagilarga majbur hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun tariflarni ishlab chiqish va vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda bepul va imtiyozli xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy elektron hujjat almashish tizimi faoliyatini tashkil qilishda elektron hujjatlar va xabarlarning tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanishning oldini olish, axborotni yoʻq qilish, undan nusxa olishga doir ruxsatsiz harakatlardan himoyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasida saqlash uchun berilgan hujjatlarning daxlsizligini, butligini hamda undan foydalanishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Transchegaraviy elektron hujjat almashish tizimi Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu tizim orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari uchun xorijiy davlatlarning tegishli davlat organlari va tashkilotlariga elektron hujjatlarni yuborish, qabul qilish, undagi elektron raqamli imzoni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar uchun xorijiy davlatlarning transchegaraviy elektron hujjat almashish tizimlariga elektron hujjatlarni yuborish, qabul qilish, undagi elektron raqamli imzoni tekshirish imkoniyati joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati roʻyxatga olish markazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablari oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga, davlat xavfsizligiga, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan davlat sirlari va konfidensial axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni qayta ishlaydigan axborot tizimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Roʻyxatga olish markazlari oʻzi bergan har bir elektron raqamli imzo kaliti sertifikati muddatlariga koʻra oʻzaro tuziladigan shartnomaga muvofiq Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmatiga bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda haq toʻlaydi va Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan foydalanuvchilarga elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tekin tekshirilishini (transchegaraviy hujjat almashishdagi elektron raqamli imzolarning haqiqiyligini tekshirish xizmatlari bundan mustasno) taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlar roʻyxatga olish markazlari tomonidan belgilangan tariflar doirasida hamda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarining imtiyozli va tekin berilishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-oktabrga qadar berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlari uchun haq toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasi Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda axborot tizimlarida mavjud elektron hujjatlar, shu jumladan, arxiv hujjatlaridagi elektron raqamli imzolar haqiqiyligi Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan tekshirish yoʻli bilan tasdiqlanadi hamda zaruratga koʻra ular “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasiga saqlashga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasiga kiritilgan elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini (haqiqiy emasligini) tekshiradi hamda tegishli elektron kvitansiya berish orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi davlat boshqaruvi organi soʻroviga asosan Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati axborot tizimini “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi bilan integratsiya qiladi va zarur maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Axborot tizimlarining “Yagona raqamli hujjatlar” maʼlumotlar bazasi bilan elektron axborot almashishga talablar va shartlar oʻzaro imzolanadigan shartnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish markazi sifatidagi faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq tugatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati vakolatli davlat organiga oʻz faoliyatini yakunlash boʻyicha murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyati tugatilgan taqdirda, uning faoliyati bilan bogʻliq barcha axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari xatlovdan oʻtkaziladi hamda mazkur axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati ixtiyoriga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmatining xorijiy davlatlarning ishonchli uchinchi taraf xizmati yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslar bilan ishlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ishonchli uchinchi taraf xizmati

1. Xorijiy davlatlarning ishonchli uchinchi taraf xizmati yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxslari bilan davlatlararo kelishuvlar boʻlmagan taqdirda, oʻzaro kelishuvni imzolaydi.

Zaruratga koʻra

2. Ishonchli uchinchi taraf xizmatlari axborot tizimlari oʻrtasida milliy va xalqaro (mintaqaviy) standartlar talablariga muvofiq xavfsiz aloqa (integratsiya) oʻrnatiladi.

Oʻzaro tuzilgan kelishuvga muvofiq

3. Foydalanuvchilardan kelib tushgan soʻrovlarga asosan davlatlararo yuborilgan va (yoki) qabul qilingan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoni tekshirish uchun soʻrovni yuboradi va (yoki) qabul qiladi.

Avtomatik tarzda

4. Elektron raqamli imzoni tekshirish uchun soʻrov yuboradi yoki qabul qilingan soʻrovga elektron raqamli imzo haqiqiyligini (haqiqiy emasligini) tasdiqlashga doir dalillarni oʻz ichiga olgan javobni yuboradi.

Avtomatik tarzda

2-bosqich

Xorijiy davlatning ishonchli uchinchi taraf xizmati yoki ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxsi

1. Foydalanuvchilardan kelib tushgan soʻrovlarga asosan davlatlararo yuborilgan va (yoki) qabul qilingan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoni tekshirish uchun soʻrovni yuboradi va (yoki) qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2. Elektron raqamli imzoni tekshirish uchun soʻrov yuboradi yoki qabul qilingan soʻrovga elektron raqamli imzo haqiqiyligini (haqiqiy emasligini) tasdiqlashga doir dalillarni oʻz ichiga olgan javobni yuboradi.

Avtomatik tarzda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan elektron raqamli imzolarning tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Foydalanuvchi

Axborot tizimlardagi elektron hujjatlarning yoki xorijiy davlatning elektron raqamli imzosining haqiqiyligini tekshirish uchun ishonchli uchinchi taraf xizmati bilan integratsiyalashgan axborot tizimi orqali ushbu elektron soʻrovlarni yuboradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Ishonchli uchinchi taraf xizmati

Qabul qilingan elektron soʻrovlarni tekshirish uchun roʻyxatga olish markazlariga yoki xorijiy davlatning tegishli ishonchli uchinchi taraf xizmatiga (ushbu xizmat funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxsiga) yoʻnaltiradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Ishonchli uchinchi taraf xizmati

Tekshirish natijalariga koʻra ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan “Tasdiqlangan”, “Tasdiqlanmagan” yoki “Tekshirish imkoniyati mavjud emas” holatlaridan biriga ega elektron kvitansiyani shakllantiradi.

Elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzo ishonchli uchinchi taraf xizmatidan “Tasdiqlangan” maqomiga ega boʻlgan elektron kvitansiyalar mavjud boʻlsa, haqiqiyligi tasdiqlangan hisoblanadi.

Avtomatik tarzda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2025-y., 09/25/551/0798-son)