OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRINING
BUYRUGʻI
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 2-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3097-10]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2025-yil 30-iyundagi 397-son “Yonish va portlash xavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, shuningdek, ayrim zaharli moddalar aylanmasini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“markaziy DYN organi — Favqulodda vaziyatlar vazirligining (bundan buyon matnda FVV deb yuritiladi) Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti tarkibiga kiruvchi Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Shaharsozlik faoliyati sohasida profilaktika boshqarmasi, Oʻta muhim va toifalangan obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish boshqarmasi hamda Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasining Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻlimi;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KUDRATXODJAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-avgust,
148-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2025-y., 10/25/3097-10/0794-son)