1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Masʼullar |
1. | Xavfli ishlab chiqarish obyekti sifatida roʻyxatga olinmagan zaharli va portlash xavfini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan obyektlarni nazorat qilish. | 1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari roʻyxatiga aniqliklar kiritib borish, yangi aniqlangan obyektlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish. 2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritish. | Doimiy | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi |
2. | Litsenziyalanishi belgilangan zaharli moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilish talablarini nazarda tutuvchi xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash. | 1. Litsenziyalanishi belgilangan zaharli moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yoʻq qilish talablarini nazarda tutuvchi xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish. 2. Xavfsizlik qoidalarini belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, |
3. | Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarning (mahsulotlarning) respublika hududiga olib kirilishi, ishlab chiqarilishi, tashilishi, saqlanishi, foydalanilishi va yoʻq qilinishini tartibga solish amaliyoti boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) respublika hududiga olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, foydalanish va yoʻq qilishni tartibga solish amaliyoti boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish. Bunda yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish amaliyotini oʻrganish yuzasidan xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil etish. 3. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida respublikada yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarning (mahsulotlarning) xavfsizligini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2025-yil davomida | Vazirlar Mahkamasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish. | 1. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz zararsizlantirganlik hamda transportda yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzganlik, shuningdek, portlovchi va zaharli moddalarga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
5. | Portlovchi va zaharli moddalar bilan bogʻliq faoliyat uchun litsenziya berish boʻyicha “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish. | Portlovchi va zaharli moddalar bilan bogʻliq faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqib, “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. | 2025-yil avgust | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, |
6. | Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash va foydalanishda qonunchilik talablariga rioya etilishini doimiy monitoring qilib borish hamda ular bilan bogʻliq texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash va foydalanish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2025-yil iyul | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish. | Doimiy | |||
7. | Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning imzolangan rasmiy tildagi matni bilan bir qatorda rus tilidagi normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tiliga rasmiy tarjima qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu hujjatlardan xabardorligini oshirish. | 1. Portlovchi va zaharli moddalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Bosqichma-bosqich barcha hujjatlarning davlat tilidagi tarjimalarini qonunchilik hujjatlari milliy bazasida hamda tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib borish. | 2025-yil davomida | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, |
8. | Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatlarini alohida litsenziya turlari sifatida belgilash. | 1. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish uchun alohida litsenziya pasportlarini ishlab chiqish. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
2-ILOVA
“ | ||
10. | Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. |
”; |
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Kimyoviy moddalarni saqlovchi ombor hamda ishlab chiqarish bino va inshooti egalari | Kimyoviy moddalarni saqlash omborini tashkil etish hamda kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish bino va inshootida saqlash boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasiga talab etiladigan materiallar bilan birga ariza bilan yozma yoki vazirlik elektron manzili orqali murojaat qiladi. | Kimyoviy moddalar omborga joylashtirilgunga qadar | |||
2-bosqich | Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasi | 1. Qoʻmitaga arizada koʻrsatilgan omborxona hamda ishlab chiqarish bino va inshooti sanoat xavfsizligi talablariga javob berishi yuzasidan tegishli xulosa olish uchun zarur materiallarni yuboradi. | Bir ish kuni | |||
2. Omborxona hamda ishlab chiqarish bino va inshootining yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan joyiga chiqqan holda tegishli oʻrganishlar oʻtkazadi. | Uch ish kuni | |||||
3-bosqich | Qoʻmita | Arizani joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqib, omborning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli xulosani Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim qiladi. | Yetti ish kuni | |||
4-bosqich | Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasi | Qoʻmita xulosasi va omborning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligini oʻrganish natijalari asosida yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalarni saqlash omborxonasi hamda ishlab chiqarish bino va inshooti faoliyati uchun tegishli ruxsatnoma yoki omborxonaning hamda ishlab chiqarish bino va inshootining sanoat va/yoki yongin xavfsizligi qoidalariga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa beradi. | Oʻn ish kuni | |||
”; |