Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
qarori
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0020-22-son SanQvaN) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 26-avgustdagi hisobga olindi, hisob raqami 368]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 18-apreldagi PF-67-son “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0020-22-son SanQvaN) (hisob raqami 70, 2022-yil 4-mart) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-avgust,
23-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2025-yil 1-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 30-iyul
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 26-iyul
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 25-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 5-avgustdagi 23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0020-22-son SanQvaN) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Ilgari silga qarshi DPM joylashgan yer uchastkalaridan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilganidan soʻng foydalanishga ruxsat etiladi:
1) yer uchastkasini hamda unda joylashgan bino va inshootlarni bir yil davomida konservatsiya qilish;
2) bino va inshootlarni bir yil davomida konservatsiya qilinganidan soʻng, ularni buzib tashlash (bunda, buzilgan bino va inshootlardagi materiallardan qayta foydalanish taqiqlanadi);
3) yer uchastkasidagi tuproq qatlamining kamida 30 sm qalinlikdagi qismini koʻchirib olib tashlash;
4) dezinfeksiya va zararsizlantirish tadbirlarini oʻtkazish;
5) yer uchastkasida sil kasalligi qoʻzgʻatuvchilarni mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazish.”.
2. 10-jadvalda:
3-pozitsiyaning “Xonalarning nomi” ustunidagi “Kutish zali*” degan soʻzlar “Kutish zali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-pozitsiyaning “Xonalarning nomi” ustunidagi “(terapevt, allergolog, pediatr, gematolog, nevropatolog, endokrinolog, psixiatr, dermatolog, kardiolog, urolog, ginekolog, travmatolog, ortoped, onkolog, gelmintolog va b.)” degan soʻzlar “(terapevt, allergolog, pediatr, gematolog, nevropatolog, endokrinolog, psixiatr, dermatolog, kardiolog, urolog, ginekolog, travmatolog, ortoped, onkolog, gelmintolog va boshqalar)*” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh:
* Tor mutaxassislar xonalarida terapevtik yoʻnalishdagi ikki tibbiy ixtisoslikka ega (terapiya, pediatriya, nevrologiya, bolalar nevralogiyasi, kardiologiya, endokrinologiya, pulmanologiya va boshqalar) shifokorlar tasdiqlangan grafik asosida faoliyat yuritish uchun ruxsat etiladi.”.