1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASI HUZURIDAGI TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA KORXONALARNI TARKIBIY OʻZGARTIRISh JAMGʻARMASI MABLAGʻLARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy nochor korxonalar qoʻmitasi huzuridagi Korxonalar sanatsiyasi jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Ijtimoiy rivojlanish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari qoldigʻi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda uning mablagʻlari hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish, toʻldirib borish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlardan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan mablagʻlar va jarimalar summasining 6 foizi;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar summasining 2 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar talablari qondirilgan taqdirda, bankrot korxonalar mol-mulkini sotishdan, mol-mulkni sotish va baholash qiymati oʻrtasidagi tafovut hisobiga tushadigan mablagʻlarning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlarining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi va yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash budjetdan tashqari maxsus hisob raqamidan, daromadlar va xarajatlarning tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlarining joriy yilda foydalanilmagan qoldigʻi kelgusi yilga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) monopolist korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish dasturlarini, shuningdek bozor istiqbollariga ega boʻlgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni, sarflangan mablagʻlar sanatsiya muddati tugagandan keyin qaytarilgan holda, moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) monopolist korxonalarni hamda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va ixchamlashtirish uchun jalb etilgan konsultantlar xizmatlariga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, sud boshqaruvchilari uchun normativ-huquqiy, maxsus adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish, shuningdek tadbirkorlarning bankrotlik, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oid huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida amaliy seminarlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) respublika mintaqalarida biznes-inkubatorlar, texnoparklar, biznes-taʼlim tuzilmalarini rivojlantirishga moliyaviy koʻmaklashish, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi bilan kelishgan holda tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari orqali tadbirkorlik subyektlarini mikrokreditlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kichik tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tugatish boshqaruvchilari buyurtmanomalari boʻyicha bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga, bankrot korxonalar mol-mulki sotilgandan keyin mablagʻlarni qaytarish sharti bilan haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) sud boshqaruvchilarini, shuningdek sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan respublika tanlovlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) monopoliyaga qarshi siyosat, raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirish maqsadida seminarlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash organlarini moddiy-texnik taʼminlash, ijtimoiy rivojlantirish, ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ularga moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) Monopoliyadan chiqarish raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan reklama xizmatlari va eʼlonlar uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlarini qoʻshimcha xodimlar taʼminotiga sarflash taqiqlanadi, Hukumatning ayrim qarorlarida ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Navbatdagi yil uchun daromadlarni aniqlashda Jamgʻarma mablagʻlarining yil boshidagi qoldigʻi hamda amaldagi qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar hisobga olingan holda keyingi 2 yildagi tushumlar miqdori oʻzgarishidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan yil mobaynidagi prognozlashtirilayotgan tushumlar hajmi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Smetaning xarajatlar qismi davlat budjeti xarajatlarining amaldagi klassifikatsiyasiga muvofiq moddalar boʻyicha xarajatlarning toʻliq izohi va ular yuzasidan hisob-kitoblar ilova qilingan holda xarajatlar guruhlari boʻyicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga koʻra Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha xodimlar soni taʼminlangan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan xodimlarga Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali smetaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yigʻma smetasi (shu jumladan yil mobaynida kiritiladigan oʻzgartirishlar) Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hayʼati tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlarning budjet smetasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda moddiy-texnika taʼminotiga, xodimlar mehnatiga haq toʻlashga, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishga, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi organlari joriy xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdori xoʻjalik yurituvchi subyektlarga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan solinadigan jarimalar, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olingan daromadlar hamda Jamgʻarmaga boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlarning 15 foizi miqdoridagi tushumlardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan mustaqil ravishda, tasdiqlangan smeta doirasida amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida budjet mablagʻlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Hisob, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma boʻyicha mablagʻlar tushumi va harakati hisobi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi markaziy apparatida hamda uning hududiy organlarida budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shu jumladan budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasidan alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ularning sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish hollari aniqlangan taqdirda ana shunday foydalanilgan barcha summa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar qoʻllangan holda, davlat budjeti daromadiga olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan hamda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda) 7-bandining toʻrtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova (Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 27-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 2-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2004-yil 19-yanvardagi 31-son qaroriga ilovadagi 1-bandning “g” va “j” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 2-ilovaning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Vazirliklar va idoralarning nomi
Shakllantirish manbai
Ajratmalar miqdori (foizlarda)
1
2
3
17
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun xoʻjalik subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi
6
Mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etmaganligi yoxud oʻz vaqtida taqdim etmaganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar summasi
100
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar
2
kreditorlar talablari qondirilgan taqdirda, bankrot korxonalar mulkining sotish va baholash qiymati oʻrtasidagi tafovut hisobiga, ushbu mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlar
100
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 235-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda, 25-son, 288-modda)