Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.07.1994 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 20.05.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KARTOShKA YETIShTIRIShNING GOLLANDIYA TEXNOLOGIYASINI JORIy ETISh MASALALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, kartoshkachilikni rivojlantirishning ahvoli respublika aholisini oziq-ovqat bilan taʼminlash vazifalariga javob bermaydi. Har yili respublika tashqarisidan koʻp miqdorda oziq-ovqat kartoshkasi va urugʻlik kartoshka xarid qilish uchun koʻp miqdorda moliyaviy, shu jumladan, valyuta mablagʻlarini sarflash davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga ilgʻor jamoalarda va fermer xoʻjaliklarda kartoshka yetishtirish tajribasi shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston Respublikasi aholisini oʻzimizda yetishtirilgan kartoshka bilan taʼminlash uchun barcha shart-sharoitlar mavjuddir. Bu Gollandiya seleksiyasining navli urugʻlaridan va Gollandiya texnologiyasi boʻyicha kartoshka yetishtirishning kompleks modullaridan foydalanish boʻyicha eksperiment natijalari bilan tasdiqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon qilinganlarga muvofiq va kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bir oy muddatda respublikaning oʻzimizda yetishtirilgan oziq-ovqat kartoshkasi va urugʻlik kartoshkaga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlash uchun 2000-yilgacha boʻlgan davrda kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsinlar hamda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar va bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartoshka ekish uchun ajratiladigan yer maydonlarining mahsuldorligini oshirish, urugʻlik materialni, shu jumladan, Gollandiyadan xarid qilinadigan urugʻlik materialni koʻpaytirish va undan maqsadli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartoshka yetishtirish, uni yigʻishtirib olish, navlarga ajratish va kalibrovka qilishni kompleks mexanizatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat kartoshkasini va urugʻlik kartoshkani saqlash bazasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarni himoya qilishning biologik va kimyoviy vositalarini, mineral oʻgʻitlarni qoʻllashni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning oʻzining elita navli kartoshkasini yetishtirish maqsadida seleksiya-urugʻchilik bazasini yaratish, ixtisoslashtirilgan urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1992-1993-yillarda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni tomonidan kartoshka yetishtirishni kompleks texnologiyasining 16 moduli sotib olinganligi hamda ular Andijon (4), Namangan (3), Samarqand (2), Toshkent (4), Fargʻona (3) viloyatlari xoʻjaliklarida joylashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni 16 ta yangi kompleks modullar sotib olsin va 1994-yilda ilgari xarid qilingan 16 modulni ekish materiali, kimyoviy preparatlar va ehtiyot qismlar bilan butlasin, 1-ilovaga* muvofiq ularning respublika xoʻjaliklariga oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi grafiklar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartoshka yetishtirish kompleks texnologiyasining 16 ta yangi moduli olinishi va ilgari xarid qilingan 16 modulning ekish materiali, kimyoviy preparatlar va ehtiyot qismlar bilan butlanishi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartoshkaning navli urugʻlarini olish va ekish 3-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “AYES” firmasining koʻrsatib oʻtilgan modullarni xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlashga oid quyidagi takliflariga rozilik bildirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 2091 ming AQSh dollari miqdoridagi 10 foizi avans tariqasida Respublika valyuta jamgʻarmasidan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 18823 ming AQSh dollari miqdoridagi 90 foizi bankning 1543,4 ming AQSh dollari miqdoridagi yillik foydasi 8,2 foiz boʻlgan kredit stavkasi undirilgan holda 1995-yil oxirigacha qaytarib berish sharti bilan “AYES” firmasi krediti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi. Kontrakt qiymatining 9411 ming AQSh dollari miqdoridagi 45 foiziga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining birinchi klassli Yevropa banki tomonidan tasdiqlangan kafolati beriladi. 9412 ming AQSh dollari miqdoridagi qolgan 45 foizga va 1543,4 ming AQSh dollari miqdoridagi bankning kredit stavkasini qoplashga (hammasi boʻlib 10955,4 ming AQSh dollari) Hukumat kafolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 kun muddatda “AYES” firmasi bilan kredit bitimi tuzsin va koʻrsatib oʻtilgan kreditga respublika viloyatlari xoʻjaliklari ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasini sotishdan olingan valyuta tushumi hisobidan xizmat koʻrsatishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni “Oʻzmevasabzavotim-peks” tashqi savdo firmasining “AYES” firmasi bilan kompleks modullar xarid qilishga tuzgan kontraktini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni bilan kelishgan holda kreditga xizmat koʻrsatish va uni toʻlash uchun 4-ilovaga* muvofiq modullar yuboriladigan viloyatlar xoʻjaliklari ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi hisobidan paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilish prognoziga 1994-yilda — 2,04 ming tonna paxta tolasini, 1995-yil prognoziga — 1994-yil hosilidan 14,74 ming tonna va 1995-yil hosilidan 4,34 ming tonna paxta tolasini qoʻshimcha ravishda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni “AYES” (Gollandiya) firmasi kreditiga xizmat koʻrsatish va uni toʻlash uchun ajratiladigan paxta tolasi hajmlari milliy valyutada toʻlanishini hamda avans toʻlovi miqdoridagi summani Respublika valyuta jamgʻarmasiga qaytarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent viloyati hokimligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni 5 kun muddatda kartoshkaning navli urugʻligini yetishtirish boʻyicha Gollandiya fermasini tashkil etish uchun 300 ga yerni uzoq muddatli ijaraga olishga “AYES” firmasi bilan Ohangaron tumanidagi “Oʻzbekiston” jamoa xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirsinlar. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni Gollandiya firmasi tomonidan yetishtirilgan kartoshkaning navli urugʻini 5-ilovaga* muvofiq har yili sotib olishga “AYES” firmasi bilan kontrakt tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kartoshkaning xarid qilingan urugʻligi Gollandiya texnologiyasi boʻyicha kartoshka yetishtirishning kompleks modulini joriy etayotgan xoʻjaliklarga keyinchalik koʻpaytirish uchun berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “EAS” firmasi bilan birgalikda shu yil iyul oyida qishloq xoʻjaligi organlari va korxonalarning rahbarlarini, olimlarni taklif etgan holda kartoshka va sabzavot ekinlari yetishtirishning Gollandiya texnologiyasini joriy etish masalalari boʻyicha seminar oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi Gollandiyadan xarid qilinadigan kartoshkaning Navli urugʻlari va kompleks modullar saqlanishi, ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ommaviy axborot vositalari ilgʻor xoʻjaliklarning Gollandiya texnologiyasi boʻyicha kartoshka yetishtirishga doir yutuqlarini keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gollandiyadan kartoshkaning navli urugʻligini va kompleks modullarni keltirish natijalari toʻgʻrisida 1994-yil 25-iyulgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilgan kartoshka hosili natijalari toʻgʻrisida — 1994-yil 1-dekabrgacha axborot bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-son