OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
Jamoat foydalanish joylarida internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-iyulda 1393-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarorini bajarilishini taʼminlash hamda jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻi xizmatini taqdim etishni tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “Hamma erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan foydalanish punktlarida Internet tarmogʻidan foydalanishni taqdim etish tartibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 5-iyuldagi 186-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-iyul,
216-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 350-modda; 2010-y., 50-son, 477-modda)