1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora- tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
1. | Futbol akademiyalari, futbol maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari futbolchilarining tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilishda sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish. | 1. Tajriba-sinov loyihasining loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni to‘plash. 3. Tajriba-sinov loyihasini sinov tariqasida amalga oshirish va natijasi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda taklif kiritish. | 2026-yil noyabr | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. | Futbol uchrashuvlarida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish. | 1. Futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda VAR tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun Milliy futbol markazi tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “VAR” markazini tashkil etish. 2. Futbol maydonlari zamonaviy talablarga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanganligini o‘rganish. 3. O‘rganish natijalari bo‘yicha Superliga, Proliga va O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkaziladigan stadionlarni O‘zbekiston futbol hakamlari markazi bilan bog‘laydigan optik tolali aloqa liniyalari (asosiy va zaxira) va zarur qurilmalar bilan ta’minlash. | 2026-yil mart | 2025-yilda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qo‘shimcha ajratiladigan 15 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
3. | Milliy futbol markazi tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Raqamli futbol situatsion markazini va “DATA futbol” markazini tashkil etish. | 1. Raqamlashtirish ishlarini onlayn kuzatish, monitoring qilish, statistik va operativ ma’lumotlarni nazorat qilish bo‘yicha Raqamli futbol situatsion markazini tashkil etish. | 2026-yil yanvar | 2025-yilda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qo‘shimcha ajratiladigan 15 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda raqamlashtirish ishlarini onlayn kuzatish, monitoring qilish, statistik va operativ ma’lumotlarni nazorat qilish kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish. | 2026-yil aprel | ||||
3. “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimidagi ma’lumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazini tashkil etish. 4. “DATA futbol” markazining texnik infratuzilmasi va ma’lumotlarni uzatish tizimini yaratish. 5. Ma’lumotlarni yagona bazada yig‘ish va integratsiya qilish imkoniyatini yaratish. | 2026-yil sentabr | ||||
4. | Mahallalar va ta’lim muassasalarida futbol musobaqalarini o‘tkazib borish tizimini takomillashtirish. | 1. “Mahalla ligasi” musobaqalarini o‘tkazib borish tartibini tasdiqlash. 2. “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” musobaqalarini o‘tkazib borish tartibini tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | - | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova), Sport vazirligi (A. Ikramov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov) |
3. “Maktablar futbol ligasi” yangi formatda “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” musobaqasi sifatida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 1 — 4 va 5 — 8-sinflari jamoalari o‘rtasida uch bosqichda (tuman (shahar) — viloyat — respublika) o‘tkazib borishni yo‘lga qo‘yish. | 2026-yildan boshlab har yili | ||||
4. “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga zarur sport jihozlari va anjomlari yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish. | doimiy | Davlat budjetidan birlamchi sport jihozlari uchun har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lari | |||
5. “Mahalla ligasi” va “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 40 foizgacha har oylik ustama to‘lash tartibini tasdiqlash. | 2026-yil may | - | |||
5. | Futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilishda shaxslarni identifikatsiyalash va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro‘yxatga olish tizimini joriy etish. | 1. Axborot tizimining texnik hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
2. Axborot tizimini ishlab chiqish va zarur resurslar bilan integratsiya qilish. | 2026-yil fevral | ||||
6. | Futbol musobaqalarini o‘tkazishda optik tolali aloqa liniyalari va zarur tezlikdagi VPN (Virtual Private Network) kanallarini tashkil etish. | 1. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq belgilangan tartibda shartnoma asosida Milliy futbol markazi hamda respublikadagi professional futbol klublariga tegishli stadionlarda 150 Mb/s tezlikdagi VPN (Virtual Private Network) kanallarini (asosiy va zaxira) tashkil etish. 2. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murojaatiga asosan: mazkur obyektlarda o‘tkaziladigan musobaqalar va boshqa tadbirlardan bir kun avval hamda musobaqa yakuniga qadar VPN kanallari ulanishi; futbol akademiyalari, futbol maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari stadionlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni onlayn nazorat qilishda respublika miqyosida alohida tarmoq — VPN kanallari tashkil etilishini inobatga olish. | 2025-yil noyabr | 2025-yilda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat budjetidan qo‘shimcha ajratiladigan 15 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3. Superliga, Proliga va O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkaziladigan stadionlarni O‘zbekiston futbol hakamlari markazi bilan bog‘laydigan optik tolali aloqa liniyalari (asosiy va zaxira) va zarur qurilmalar bilan ta’minlash. | 2025-yil dekabr | ||||
4. Superliga, Proliga va O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkaziladigan stadionlar uchun VAR tizimi hamda qurilmalarni xarid qilish va o‘rnatish. | 2026-yil mart | Professional futbol klublari mablag‘lari | |||
7. | Futbol stadionlari va maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish. | 1. Davlat mulkidagi futbol stadionlari va maydonlarini xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil dekabr | - | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xatlov natijalari bo‘yicha futbol stadionlari va maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimiga kiritish. 3. Egasi noma’lum stadion va futbol maydonlarining yer uchastkalari va bino-inshootlarini xatlovdan o‘tkazish va ularga bo‘lgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash. | 2026-yil iyul | ||||
4. Kadastr agentligining axborot tizimlariga davlat mulkidagi futbol stadion va maydonlarining foydalanish maqsadlari o‘zgartirilishi hamda sotuvga chiqarilishi taqiqlanishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | doimiy | ||||
8. | “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi doirasida mahallalarda futbol infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Davlat mulki bo‘lgan futbol maydonlari va stadionlari bo‘lmagan mahallalarda bo‘sh turgan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish. 2. Xatlov natijalari bo‘yicha auksionga chiqariladigan davlat mulklari (yer uchastkalari) ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil noyabr | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranboyev), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
3. “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi doirasida mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash. | 2025-yil dekabr |