20.08.2025 yildagi 527-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini jalb qilgan holda vaucher asosida kasb va xorijiy tillarga oʻqitish tizimini joriy qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son hamda “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz aholini, shu jumladan, kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkazilishi hamda keyinchalik ushbu tizimning barcha hududlarda joriy qilinishi belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga kasb va xorijiy tillarga oʻqitadigan taʼlim tashkilotlarini mustaqil tanlash huquqi berilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik)ning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher tizimi boʻyicha bozor talabidan kelib chiqib, taʼlim yoʻnalishlarini hamda mazkur yoʻnalishlar uchun eng yuqori narxni belgilash, bunda eng yuqori narxni oʻquv soati, guruhdagi tinglovchilarning soni, oʻqituvchilarning ish haqi va taʼlim tashkilotini saqlash xarajatlaridan kelib chiqib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotida malaka talablarini belgilagan holda, oʻquv va imtihon jarayonlarini masofaviy monitoring qilish imkoniyatini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ish beruvchi (tijorat banklari mijozi), taʼlim tashkiloti hamda vazirlikning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tuziladigan uch taraflama shartnomaga muvofiq manzilli oʻqitish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikka ish beruvchilarning talabidan kelib chiqib, kasbiy koʻnikmalar markazlarining namunaviy oʻquv dasturi mavzulari, soatlari va dars shakllarini mustaqil belgilashga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlarida oʻquv va imtihon jarayonlarini nazorat qilish tizimini toʻliq joriy etish, shuningdek, ish beruvchilar tomonidan tinglovchilarni xodim sifatida tanlab olish maqsadida ularga imtihon jarayonini kuzatish imkonini yaratib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslarni kasb va xorijiy tillarga oʻqitish xarajatlarini vaucher tizimi asosida qoplab berish tartibi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher tizimi asosida oʻqitadigan taʼlim tashkilotlari reyestrini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher berish va undan foydalanish, shuningdek, vaucher tizimi asosida davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vazirlik tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotida vaucher tizimi asosida ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslarni oʻqitadigan taʼlim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritiladi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz aholini, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslarni vaucher tizimi asosida oʻqitmoqchi boʻlgan taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar belgilanadi hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida va ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotida ochiq eʼlon qilinadi;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan talablarga javob beradigan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari reyestrga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichma-bosqich vazirlik tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkaziladi (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida tashkil etilgan kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar daromadlarining kamida 25 foizi bino va inshootlarni saqlash, moddiy-texnik taʼminot, shuningdek, kommunal va boshqa xarajatlarga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar va taʼlim tashkilotlariga kasbiy taʼlim, xorijiy tillar hamda dual taʼlim kurslarini tashkil etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, birinchi navbatda, oʻzini oʻzi moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻlmagan markazlarning bino va inshootlarini ish beruvchilar va taʼlim tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanish yoki uzoq muddatli ijaraga berishda oʻzini oʻzi moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻlmagan markazlar tanlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) markazlar xodimlarining shtat jadvali vazirlik bilan kelishgan holda ushbu markazlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda oʻzlarining dasturiy taʼminotlarini vazirlikning ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotiga integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
527-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 527-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslarni kasb va xorijiy tillarga oʻqitish xarajatlarini vaucher tizimi asosida qoplab berish hamda mazkur jarayonda ishtirok etuvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida tashkil etilgan kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher — ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan shaxslarning kasb va xorijiy tillarga oʻqish xarajatlarini qoplab berish imkonini beruvchi hujjat;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim tashkilotlari — vazirlik tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi texnikumlar, kasb va xorijiy tillarga oʻqitadigan boshqa davlat taʼlim tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz — tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) boʻlimlari) tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestr — har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kam boʻlgan “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidagi va minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining bir yarim baravaridan kam boʻlgan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasidagi oilalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladigan reyestr.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat taʼlim tashkilotlari — davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlariga muvofiq taʼlim xizmatlari koʻrsatish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxs — ishga joylashishda koʻmak olish uchun tuman (shahar) boʻlimlariga murojaat qilgan va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan va yakuniy malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga ushbu Nizomga 1-ilovadagi namuna asosida taqdim etiladigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — vaucher olish istagida tuman (shahar) boʻlimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki mahallalardagi hokim yordamchilari orqali, shuningdek, ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminoti orqali onlayn murojaat qiluvchi ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslar;
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlari — davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarma — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — elektron reyestr) — kasb va xorijiy tillarga oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi toʻliq va aniq maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan elektron axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturi — oʻquv yuklamasi asosida Respublika kasbiy koʻnikmalar markazi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda vazirlik bilan kelishilgan kasb va xorijiy tillar boʻyicha fanning mazmuni va oʻqitish tartibi, tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim va koʻnikmalarning hajmini belgilab beradigan darslar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kursi tinglovchilari (bitiruvchilari) — oʻquv dasturi asosida kasb va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida tahsil olayotgan (bitirgan) fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vaucher tizimi asosida oʻqitadigan taʼlim tashkilotlari reyestrini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotida vaucher tizimi asosida ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslarni oʻqitadigan taʼlim tashkilotlarining elektron reyestri yuritiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslarni vaucher tizimi asosida oʻqitmoqchi boʻlgan taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar belgilanadi hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida va ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotida ochiq eʼlon qilinadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vaucher tizimidan foydalanish uchun taʼlim tashkilotlari elektron reyestr orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim tashkilotlari elektron reyestrga kirishlari uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan hujjatlarni ilova qilgan holda elektron ariza bilan vazirlikka murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼlim tashkiloti elektron reyestrga kirish uchun vazirlik tomonidan elektron reyestrda shakllantirilgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlaydi va belgilangan narx chegarasiga rozilik bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik tomonidan belgilab beriladigan eng yuqori narxlar oʻquv kurslarining jamiyatdagi ustuvorlik darajasi, meʼyor boʻyicha oʻquv soati, guruhdagi tinglovchilar soni, oʻqituvchiga mazkur kurslar tinglovchilariga lozim darajada taʼlim berish maqsadida oshirilgan miqdorda ish haqi qoʻllanishi, oʻqituvchiga beriladigan ish haqidan tashqari taʼlim tashkilotining saqlash xarajatlari va boshqa holatlarni nazarda tutgan holda vazirlikning tegishli ishchi guruhi tomonidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti tomonidan taklif qilingan taʼlim yoʻnalishi narxi vazirlik tomonidan belgilangan eng yuqori narxdan kam boʻlgan hollarda, taʼlim tashkiloti tomonidan taklif qilingan narx elektron reyestrda mazkur taʼlim tashkiloti uchun joriy taqvim yili yakuniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron reyestrga kiritish boʻyicha arizalar hududiy boshqarma masʼullari tomonidan 15 ish kunigacha oʻrganib chiqiladi, talabga javob bergan taʼlim tashkilotlari elektron reyestrga kiritiladi va vazirlik tomonidan bir ish kunida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarga javob bermagan taʼlim tashkilotlari elektron reyestrga kiritilmaydi va kamchiliklarini koʻrsatgan holda arizasi rad etiladi. Taʼlim tashkilotlari kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng takroran ariza berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taʼlim tashkiloti quyidagi hollarda elektron reyestrdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim xizmatlari sifatsiz koʻrsatilganda yoki umuman koʻrsatilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti belgilangan oʻquv dasturlariga rioya qilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti ushbu Nizomda belgilangan talablar va shartlarga rioya etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotiga berilgan litsenziya belgilangan tartibda bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti faoliyati toʻxtatilganda yoki tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vaucher berish va undan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor vaucher olish uchun tuman (shahar) boʻlimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki mahallalardagi hokim yordamchilari orqali, shuningdek, ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminoti orqali elektron ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor vaucher berishni soʻrab murojaat qilganda, birinchi navbatda, tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan bir kun muddatda talabgorga uning mutaxassisligidan kelib chiqib, mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari taklif qilinadi. Fuqaroning mutaxassisligi boʻlmaganda yoki taklif etilgan ish oʻrni maʼqul kelmaganda, unga kasb yoki xorijiy tilga oʻqitish boʻyicha vaucher taqdim etish masalasi koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaucher taqdim etish masalasini koʻrib chiqishda talabgor ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotida real vaqt rejimida skoringdan oʻtkaziladi. Talabgorning skoring natijasida ishsiz, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxs ekanligi aniqlansa, u vaucher olish huquqiga ega boʻladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vaucher talabgorning yashash hududidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida beriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor rasmiy yashash manzili boʻlmagan hududdagi tuman (shahar) boʻlimlariga murojaat qilganda, mazkur tuman (shahar) boʻlimi talabgorning rasmiy yashash manzilidagi tuman (shahar) boʻlimiga elektron tarzda soʻrov joʻnatadi va soʻrov joʻnatilgan tuman (shahar) boʻlimining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratilgan smeta mablagʻlari doirasida vaucher shakllantirib beriladi hamda vaucher qiymatida boʻlgan mablagʻ xarajatlar smetasida band qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor murojaat etgan tuman (shahar) boʻlimining oʻqitish rejasi bajarilishi koʻrsatkichi sifatida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vaucher QR-kod bilan tasdiqlanadi. QR-kodni skaner qilish orqali talabgor elektron reyestrga kiritilgan taʼlim tashkilotlarining manzilini, ularda oʻqitiladigan kasblar va xorijiy tillarni aniqlash imkoniga ega boʻladi hamda manzili va sharoiti boʻyicha oʻziga maʼqul keladigan taʼlim tashkilotlarini tanlashi mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabgor vaucherdan u berilgan sanadan boshlab 3 oy muddatda foydalanishi (faollashtirilishi) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muddatda foydalanilmagan (faollashtirilmagan) vaucherlar oʻz kuchini yoʻqotadi va bekor qilingan vaucherlar roʻyxatiga kiritiladi. Bunda fuqarolar yangi vaucher olish uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda qaytadan murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaucher taʼlim tashkiloti tomonidan roʻyxatga olingan paytdan boshlab (oʻquv guruhi shakllantirilgan yoki shakllantirilmaganidan qatʼi nazar) faollashgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaucher asosida kasb va xorijiy tillarni oʻrganish istagini bildirgan talabgor bir marotaba bepul oʻqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgorda vaucherda koʻrsatilgan kasb yoki xorijiy tilni oʻzgartirish istagi paydo boʻlganda, vaucher olingan hududdagi tuman (shahar) boʻlimlariga vaucherning faollashtirish muddati tugagunga qadar qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dastlabki berilgan vaucher taʼlim tashkilotlari tomonidan faollashtirilmagan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgor vaucherni taʼlim tashkilotida faollashtirish jarayonida taʼlim tashkiloti taʼlim turi anʼanaviy yoki qisman onlaynligi haqida fuqaroni hamda tuman (shahar) boʻlimlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlikning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ish beruvchi tomonidan kiritilgan boʻsh ish oʻrinlari uchun zaruriy koʻnikmalarga ega boʻlgan ish qidirayotgan fuqarolar mavjud boʻlmagan hollarda ish beruvchining talabiga muvofiq vaucher tizimi boʻyicha ishsiz fuqaro (guruh) oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuman (shahar) boʻlimi, ish beruvchi va ishsiz fuqaro tomonidan uch tomonlama shartnoma tuziladi va ish beruvchi bitiruvchilarni kamida 6 oy davomida uzluksiz mehnat bilan taʼminlash majburiyatini oladi. Shartnomaning boshqa shartlari va majburiyatlari tomonlar kelishuvi asosida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taʼlim tashkilotlari mehnat bozori talablari, sohada kuzatilayotgan tendensiyalar va oʻzgarishlar, taʼlim oluvchilarning xohishi yoki ish beruvchilarning talabidan kelib chiqib, vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv dasturi mavzulari, soatlari va dars shakllariga tegishli oʻzgartirish kiritish boʻyicha vazirlikka takliflarni istalgan vaqtda taqdim qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kelib tushgan takliflar vazirlik tomonidan 15 kun muddatda koʻrib chiqiladi hamda taʼlim sifatining pasayishiga va xarajatlarning oshib ketishiga taʼsir qiluvchi omillar mavjud boʻlmaganda, taʼlim tashkilotlariga oʻzgartirilgan oʻquv dasturi boʻyicha taʼlim xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vaucher tizimi asosida davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlik tomonidan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv kurslarining eng yuqori narx chegarasini belgilash maqsadida vazirlikning buyrugʻi bilan talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar uchun maqbul narxlarni belgilash boʻyicha ishchi guruh tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻquv kursining nazariy qismini oʻqitishda videodarslardan foydalanilganda, oʻquv kursi narxi tegishli soatlar boʻyicha 50 foizga kamaytirilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taʼlim tashkiloti videodarslardan foydalangani toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) boʻlimlarini ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminoti orqali xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻquv kurslari taʼlim tashkiloti tomonidan toʻliq masofaviy (onlayn) tarzda oʻqitiladigan boʻlsa, ushbu onlayn shaklda oʻqitilgan dars soatlari uchun vaucher 50 foiz miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taʼlim tashkiloti oʻquv kurslari masofaviy (onlayn) tarzda oʻqitilayotgani toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) boʻlimlarini ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminoti orqali xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgorlarni vaucher tizimi asosida kasb va xorijiy tillarga oʻqitish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vaucher tizimi doirasida oʻqitish xarajatlarining 50 foizi oʻqish boshlanishidan oldin, qolgan qismi oʻqish yakuni boʻyicha talabgor tomonidan yakuniy imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vaucher tizimi doirasida oʻqitish xarajatlarining 50 foizi quyidagi tartibda oldindan toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti tomonidan talabgor taqdim qilgan vaucher roʻyxatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotida har bir yoʻnalish boʻyicha oʻquv kursini boshlash uchun guruh shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti guruh shakllantirilgandan soʻng oʻquv kursini boshlashdan bir kun avval bu haqda vaucher taqdim qilgan tuman (shahar) boʻlimlariga ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminoti orqali elektron shartnoma hamda guruhdagi tinglovchilar toʻgʻrisida maʼlumotni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti tomonidan elektron shartnoma moliyaviy majburiyat sifatida shakllantiriladi hamda toʻlovlar shartnomaviy xususiyatga ega boʻlmagan holda, tuman (shahar) boʻlimiga kelib tushgandan soʻng 5 (besh) ish kunida oʻquv xarajatining 50 foizi toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻquv kurslari yakuni bilan ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotida joylashtirilgan test topshiriqlari asosida yakuniy imtihonlar oʻtkaziladi va taʼlim tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan test topshiriqlaridan kamida 71 ball olgan bitiruvchi yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va unga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taʼlim tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va imtihon jarayonlarini ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminoti orqali nazorat qilish tizimi toʻliq joriy etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarida qatnashayotgan tinglovchilarni keyinchalik xodim sifatida tanlab olish uchun ish beruvchilarga oʻquv va imtihon jarayonlarini kuzatish imkonini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Taʼlim tashkilotlari oʻquv kurslari yakunlangandan soʻng tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminoti orqali elektron soʻrovnomalar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) boʻlimlari taʼlim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan vaucherlarning qolgan 50 foizini 5 ish kunida toʻlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻquv kursi yakuniy imtihonini muvaffaqiyatli topshira olmagan tinglovchilar uchun avvaldan toʻlangan 50 foiz mablagʻlar qaytarib olinmasdan taʼlim tashkilotida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tinglovchilar quyidagi holatlarda oʻqishdan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrli sabablarsiz meʼyor boʻyicha oʻquv soati 50 foizdan ortiq qoldirganda. Bunda tinglovchi avtomatik tarzda oʻqishdan chetlashtiriladi hamda tinglovchi uchun avvaldan toʻlangan 50 foiz mablagʻ taʼlim tashkilotidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olinadi, shuningdek, ushbu tinglovchi uchun berilgan vaucherning amal qilish holati bekor boʻlib, bir yil davomida unga vaucher qayta berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilarning davomati CRM (Customer Relationship Management — mijozlar bilan munosabatni boshqarish) dasturi orqali avtomatik nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tinglovchi uzrli sabablarga koʻra (baxtsiz hodisa va ogʻir kasalligi) oʻquv kurslarida qatnasha olmasa, tinglovchining arizasi va oʻquv kursiga qatnasha olmasligini asoslovchi hujjatga muvofiq tinglovchi 1 yil davomida oʻqishini davom ettirishi mumkin boʻladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv asosida tinglovchi uchun qoʻshimcha dars soatlari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan toʻlangan 50 foiz mablagʻ taʼlim tashkilotida saqlanib qoladi va tinglovchi oʻquv kursini davom ettirib, yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa, qolgan toʻlovlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda taʼlim tashkilotiga toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Taʼlim tashkiloti tinglovchini sababsiz oʻquv kursida ishtirok etmagan yoki boshqa sabab bilan oʻqishdan chetlashtirgani haqida 3 kunlik muddatda tuman (shahar) boʻlimiga bu haqda tegishli maʼlumotni ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminoti orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Quyidagi hollarda taʼlim tashkilotiga vaucher tizimi toʻlovining qolgan 50 foiz qismi toʻlab berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi oʻqishni yakunlasa, biroq yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshira olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi ozodlikdan mahrum etilsa, xorijga chiqib ketsa yoki vafot etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Quyidagi hollarda taʼlim tashkilotiga ushbu Nizom talablari asosida tahsil olayotgan tinglovchi uchun vaucher toʻlovining qolgan qismi toʻlab berilmaydi va dastlabki toʻlangan 50 foiz mablagʻ ham qaytarib olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti tomonidan tinglovchilar haqida ecosys.mehnat.uz dasturiy taʼminotiga soxta maʼlumotlar kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti tomonidan dars jarayonlari tashkil etilmagani yoki oʻquv kurslari belgilangan oʻquv dasturlariga rioya qilinmagan holda tashkil etilgani aniqlanganda (taʼlim tashkilotlari mehnat bozori talablari, sohada kuzatilayotgan tendensiyalar va oʻzgarishlar, taʼlim oluvchilarning xohishi yoki ish beruvchilarning talabidan kelib chiqib, vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv dasturi mavzulari, soatlari va dars shakllariga vazirlikning ruxsati bilan tegishli oʻzgartirish kiritgan holda oʻquv dasturlarini oʻqitish holatlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi taʼlim tashkilotining tashabbusi bilan asossiz ravishda oʻqishdan chetlatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotining litsenziyasi yoki tasdiqnomasi yoxud maʼlum bir yoʻnalishni oʻqitish uchun ruxsatnomasi mazkur oʻquv kursi boʻlib oʻtgan davrda mavjud boʻlmaganda yoki amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mablagʻlar taʼlim tashkiloti tomonidan ixtiyoriy ravishda qaytarilmagan taqdirda, ular tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan vaucher tizimi xarajatlarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali hududiy boshqarmalar soʻrovlariga asosan mahalliy darajada ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga mablagʻlar moliyalashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan vaucher tizimi xarajatlari uchun moliyalashtirilgan mablagʻlar joriy yil yakunida foydalanilmagan taqdirda, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga qaytariladi hamda yil yakuni bilan oʻtuvchi qarzdorliklar hisob-kitob qilingan holda kelgusi yilda ajratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tuman (shahar) boʻlimi tomonidan vaucher tizimi uchun ajratilgan xarajatlar smetasida tasdiqlangan mablagʻlar doirasida aynan vaucher tizimi xarajatlari uchun mablagʻlar yetarli boʻlganda, vaucher shakllantirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Vazirlik tizimidagi markazlar tomonidan vaucher tizimi boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hamda boshqa pulli xizmatlardan kelib tushgan mablagʻlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Markazlar tomonidan vaucher tizimi boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hamda boshqa pulli xizmat mablagʻlari ularning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Markazlarning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi hamda xarajatlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar markazlarning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) ishlab chiqarish va sotishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan markazlarga homiylik (begʻaraz) yordami berilishidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonlari davomida tayyorlangan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Markazlar budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun ketma-ketlik ustuvorligi boʻyicha foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarini bevosita tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash (oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ish haqi toʻlovlari hamda oʻquv jarayoni uchun zarur boʻladigan xomashyolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarini bevosita tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar qoplangandan soʻng qolgan mablagʻlarning koʻpi bilan 75 foizi markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish hamda kamida 25 foizi markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq maqsadlar uchun kelib tushgan homiylik yoki boshqa mablagʻlar aynan ushbu maqsadlar uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Markazning xoʻjalik faoliyati natijasida tushgan mablagʻlar hisobidan oʻqituvchilar, ishlab chiqarish taʼlim ustalari va boshqa xodimlarga ish haqi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Markazlarning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yil boshiga qoldiq mablagʻlaridan tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda har chorakda foydalanilgan mablagʻlar boʻyicha vazirlikka hisobot taqdim etiladi. Mazkur mablagʻlar xarajat qilinmagan taqdirda, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kasbiy koʻnikmalar markazlari vaucher tizimi va xoʻjalik faoliyati natijasida tushgan mablagʻlar hisobidan oʻzining saqlash xarajatlarini qoplay olmagan taqdirda, binolarini (inshootlarni) yoki ularning bir qismini jihozlari bilan birga belgilangan tartibda ijaraga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) boʻlimlari hamda hokim yordamchilari talabgorlarga vaucher berishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganini, oʻquv jarayonining tashkil etilgani hamda davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestrga kiritilishini ushbu Nizom talablari asosida oʻz vakolatlari doirasida doimiy nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Vazirlikning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ish beruvchi tashkilotning boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlariga asosan tuman (shahar) boʻlimlari orqali vaucher tizimida taʼlim olib, sertifikatga ega boʻlgan fuqarolarga mavjud boʻsh ish oʻrinlari taklif qilib boriladi yoki ish beruvchining buyurtmasi asosida reyestrga kiritilgan taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan fuqarolar uchun boʻsh ish oʻrnini zaxirada saqlaydi va bu haqda ish beruvchiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Vazirlik hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar, ularning hududiy boʻlinmalari ushbu Nizom boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tizimi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlik toʻgʻrisidagi taʼlim tashkilotlari tomonidan beriladigan sertifikat namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(titul varagʻi)

LOGOTIP OʻRNI

_________________________________________________________________

(taʼlim tashkiloti nomi)

SERTIFIKAT

KASB VA XORIJIY TILLARGA OʻQITISH DASTURI BOʻYICHA

OʻQUV KURSLARINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLAGANLIK

TOʻGʻRISIDA

SERTIFIKAT

№ 000000

_________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

“________________________________________________________________________________________

_____________” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatdi.

____________________________

___________

(direktor yoki vakolatli shaxs F.I.O)

muhr oʻrni

(imzo)

20___-yil “__”-________

(berilgan sana)

______________ viloyati ___________ tumani/shahri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkilotlarining elektron reyestriga kiritish uchun davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan zarur maʼlumotlar va hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat kadastri reyestridan koʻchmas mulki yoki ijarada turishi toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati boʻyicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻquv kurslarining yoʻnalishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻquv kurslarini olib boradigan oʻqituvchi, usta va murabbiylar toʻgʻrisidagi maʼlumot (sohalar kesimida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻquv va dars jarayonlarini tashkil etish uchun sinf xonalari, mashgʻulot xonalari va boshqa zarur ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot (fotosuratlar bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquv kurslarining bir vaqtda qamrab olish quvvati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moddiy-texnik bazasi, oʻquv jihozlari va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlangani toʻgʻrisida maʼlumot (fotosuratlar bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mavjud filiallari (mavjud boʻlgan taqdirda) boʻyicha maʼlumotlari va ularning manzillari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan sertifikatlar (mavjud boʻlsa).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/527/0761-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)