20.08.2025 yildagi 527-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda vaucher asosida kasb va xorijiy tillarga o‘qitish tizimini joriy qilish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-son hamda “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz aholini, shu jumladan, kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilishi hamda keyinchalik ushbu tizimning barcha hududlarda joriy qilinishi belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga kasb va xorijiy tillarga o‘qitadigan ta’lim tashkilotlarini mustaqil tanlash huquqi berilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik)ning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher tizimi bo‘yicha bozor talabidan kelib chiqib, ta’lim yo‘nalishlarini hamda mazkur yo‘nalishlar uchun eng yuqori narxni belgilash, bunda eng yuqori narxni o‘quv soati, guruhdagi tinglovchilarning soni, o‘qituvchilarning ish haqi va ta’lim tashkilotini saqlash xarajatlaridan kelib chiqib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotida malaka talablarini belgilagan holda, o‘quv va imtihon jarayonlarini masofaviy monitoring qilish imkoniyatini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ish beruvchi (tijorat banklari mijozi), ta’lim tashkiloti hamda vazirlikning tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tuziladigan uch taraflama shartnomaga muvofiq manzilli o‘qitish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikka ish beruvchilarning talabidan kelib chiqib, kasbiy ko‘nikmalar markazlarining namunaviy o‘quv dasturi mavzulari, soatlari va dars shakllarini mustaqil belgilashga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkilotlarida o‘quv va imtihon jarayonlarini nazorat qilish tizimini to‘liq joriy etish, shuningdek, ish beruvchilar tomonidan tinglovchilarni xodim sifatida tanlab olish maqsadida ularga imtihon jarayonini kuzatish imkonini yaratib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini vaucher tizimi asosida qoplab berish tartibi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher tizimi asosida o‘qitadigan ta’lim tashkilotlari reyestrini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher berish va undan foydalanish, shuningdek, vaucher tizimi asosida davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vazirlik tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotida vaucher tizimi asosida ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni o‘qitadigan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) yuritiladi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz aholini, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni vaucher tizimi asosida o‘qitmoqchi bo‘lgan ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar belgilanadi hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida va ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotida ochiq e’lon qilinadi;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan talablarga javob beradigan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari reyestrga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichma-bosqich vazirlik tizimidagi kasbiy ko‘nikmalar markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar) o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkaziladi (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida tashkil etilgan kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar daromadlarining kamida 25 foizi bino va inshootlarni saqlash, moddiy-texnik ta’minot, shuningdek, kommunal va boshqa xarajatlarga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar va ta’lim tashkilotlariga kasbiy ta’lim, xorijiy tillar hamda dual ta’lim kurslarini tashkil etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida, birinchi navbatda, o‘zini o‘zi moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan markazlarning bino va inshootlarini ish beruvchilar va ta’lim tashkilotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish yoki uzoq muddatli ijaraga berishda o‘zini o‘zi moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan markazlar tanlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) markazlar xodimlarining shtat jadvali vazirlik bilan kelishgan holda ushbu markazlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda o‘zlarining dasturiy ta’minotlarini vazirlikning ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotiga integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
527-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 527-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini vaucher tizimi asosida qoplab berish hamda mazkur jarayonda ishtirok etuvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestrini shakllantirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida tashkil etilgan kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher — ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan shaxslarning kasb va xorijiy tillarga o‘qish xarajatlarini qoplab berish imkonini beruvchi hujjat;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ta’lim tashkilotlari — vazirlik tizimidagi kasbiy ko‘nikmalar markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar), O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi texnikumlar, kasb va xorijiy tillarga o‘qitadigan boshqa davlat ta’lim tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz — tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) bo‘limlari) tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestr — har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha daromadi minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kam bo‘lgan “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidagi va minimal iste’mol xarajatlari miqdorining bir yarim baravaridan kam bo‘lgan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasidagi oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladigan reyestr.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat ta’lim tashkilotlari — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxs — ishga joylashishda ko‘mak olish uchun tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilgan va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan va yakuniy malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga ushbu Nizomga 1-ilovadagi namuna asosida taqdim etiladigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — vaucher olish istagida tuman (shahar) bo‘limlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mahallalardagi hokim yordamchilari orqali, shuningdek, ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minoti orqali onlayn murojaat qiluvchi ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslar;
(3-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkilotlari — davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarma — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — elektron reyestr) — kasb va xorijiy tillarga o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan elektron axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv dasturi — o‘quv yuklamasi asosida Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda vazirlik bilan kelishilgan kasb va xorijiy tillar bo‘yicha fanning mazmuni va o‘qitish tartibi, tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarning hajmini belgilab beradigan darslar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv kursi tinglovchilari (bitiruvchilari) — o‘quv dasturi asosida kasb va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida tahsil olayotgan (bitirgan) fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vaucher tizimi asosida o‘qitadigan ta’lim tashkilotlari reyestrini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotida vaucher tizimi asosida ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni o‘qitadigan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri yuritiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni vaucher tizimi asosida o‘qitmoqchi bo‘lgan ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar belgilanadi hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida va ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotida ochiq e’lon qilinadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vaucher tizimidan foydalanish uchun ta’lim tashkilotlari elektron reyestr orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ta’lim tashkilotlari elektron reyestrga kirishlari uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan hujjatlarni ilova qilgan holda elektron ariza bilan vazirlikka murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ta’lim tashkiloti elektron reyestrga kirish uchun vazirlik tomonidan elektron reyestrda shakllantirilgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlaydi va belgilangan narx chegarasiga rozilik bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik tomonidan belgilab beriladigan eng yuqori narxlar o‘quv kurslarining jamiyatdagi ustuvorlik darajasi, me’yor bo‘yicha o‘quv soati, guruhdagi tinglovchilar soni, o‘qituvchiga mazkur kurslar tinglovchilariga lozim darajada ta’lim berish maqsadida oshirilgan miqdorda ish haqi qo‘llanishi, o‘qituvchiga beriladigan ish haqidan tashqari ta’lim tashkilotining saqlash xarajatlari va boshqa holatlarni nazarda tutgan holda vazirlikning tegishli ishchi guruhi tomonidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti tomonidan taklif qilingan ta’lim yo‘nalishi narxi vazirlik tomonidan belgilangan eng yuqori narxdan kam bo‘lgan hollarda, ta’lim tashkiloti tomonidan taklif qilingan narx elektron reyestrda mazkur ta’lim tashkiloti uchun joriy taqvim yili yakuniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron reyestrga kiritish bo‘yicha arizalar hududiy boshqarma mas’ullari tomonidan 15 ish kunigacha o‘rganib chiqiladi, talabga javob bergan ta’lim tashkilotlari elektron reyestrga kiritiladi va vazirlik tomonidan bir ish kunida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarga javob bermagan ta’lim tashkilotlari elektron reyestrga kiritilmaydi va kamchiliklarini ko‘rsatgan holda arizasi rad etiladi. Ta’lim tashkilotlari kamchiliklarni bartaraf etganidan so‘ng takroran ariza berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ta’lim tashkiloti quyidagi hollarda elektron reyestrdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti tomonidan ta’lim xizmatlari sifatsiz ko‘rsatilganda yoki umuman ko‘rsatilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti belgilangan o‘quv dasturlariga rioya qilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti ushbu Nizomda belgilangan talablar va shartlarga rioya etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkilotiga berilgan litsenziya belgilangan tartibda bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti faoliyati to‘xtatilganda yoki tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vaucher berish va undan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor vaucher olish uchun tuman (shahar) bo‘limlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mahallalardagi hokim yordamchilari orqali, shuningdek, ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minoti orqali elektron ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor vaucher berishni so‘rab murojaat qilganda, birinchi navbatda, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan bir kun muddatda talabgorga uning mutaxassisligidan kelib chiqib, mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari taklif qilinadi. Fuqaroning mutaxassisligi bo‘lmaganda yoki taklif etilgan ish o‘rni ma’qul kelmaganda, unga kasb yoki xorijiy tilga o‘qitish bo‘yicha vaucher taqdim etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaucher taqdim etish masalasini ko‘rib chiqishda talabgor ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotida real vaqt rejimida skoringdan o‘tkaziladi. Talabgorning skoring natijasida ishsiz, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosi yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxs ekanligi aniqlansa, u vaucher olish huquqiga ega bo‘ladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vaucher talabgorning yashash hududidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida beriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor rasmiy yashash manzili bo‘lmagan hududdagi tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilganda, mazkur tuman (shahar) bo‘limi talabgorning rasmiy yashash manzilidagi tuman (shahar) bo‘limiga elektron tarzda so‘rov jo‘natadi va so‘rov jo‘natilgan tuman (shahar) bo‘limining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratilgan smeta mablag‘lari doirasida vaucher shakllantirib beriladi hamda vaucher qiymatida bo‘lgan mablag‘ xarajatlar smetasida band qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor murojaat etgan tuman (shahar) bo‘limining o‘qitish rejasi bajarilishi ko‘rsatkichi sifatida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vaucher QR-kod bilan tasdiqlanadi. QR-kodni skaner qilish orqali talabgor elektron reyestrga kiritilgan ta’lim tashkilotlarining manzilini, ularda o‘qitiladigan kasblar va xorijiy tillarni aniqlash imkoniga ega bo‘ladi hamda manzili va sharoiti bo‘yicha o‘ziga ma’qul keladigan ta’lim tashkilotlarini tanlashi mumkin bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabgor vaucherdan u berilgan sanadan boshlab 3 oy muddatda foydalanishi (faollashtirilishi) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muddatda foydalanilmagan (faollashtirilmagan) vaucherlar o‘z kuchini yo‘qotadi va bekor qilingan vaucherlar ro‘yxatiga kiritiladi. Bunda fuqarolar yangi vaucher olish uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda qaytadan murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaucher ta’lim tashkiloti tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan boshlab (o‘quv guruhi shakllantirilgan yoki shakllantirilmaganidan qat’i nazar) faollashgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaucher asosida kasb va xorijiy tillarni o‘rganish istagini bildirgan talabgor bir marotaba bepul o‘qish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgorda vaucherda ko‘rsatilgan kasb yoki xorijiy tilni o‘zgartirish istagi paydo bo‘lganda, vaucher olingan hududdagi tuman (shahar) bo‘limlariga vaucherning faollashtirish muddati tugagunga qadar qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dastlabki berilgan vaucher ta’lim tashkilotlari tomonidan faollashtirilmagan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgor vaucherni ta’lim tashkilotida faollashtirish jarayonida ta’lim tashkiloti ta’lim turi an’anaviy yoki qisman onlaynligi haqida fuqaroni hamda tuman (shahar) bo‘limlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlikning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ish beruvchi tomonidan kiritilgan bo‘sh ish o‘rinlari uchun zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ish qidirayotgan fuqarolar mavjud bo‘lmagan hollarda ish beruvchining talabiga muvofiq vaucher tizimi bo‘yicha ishsiz fuqaro (guruh) o‘qitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuman (shahar) bo‘limi, ish beruvchi va ishsiz fuqaro tomonidan uch tomonlama shartnoma tuziladi va ish beruvchi bitiruvchilarni kamida 6 oy davomida uzluksiz mehnat bilan ta’minlash majburiyatini oladi. Shartnomaning boshqa shartlari va majburiyatlari tomonlar kelishuvi asosida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ta’lim tashkilotlari mehnat bozori talablari, sohada kuzatilayotgan tendensiyalar va o‘zgarishlar, ta’lim oluvchilarning xohishi yoki ish beruvchilarning talabidan kelib chiqib, vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi mavzulari, soatlari va dars shakllariga tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vazirlikka takliflarni istalgan vaqtda taqdim qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kelib tushgan takliflar vazirlik tomonidan 15 kun muddatda ko‘rib chiqiladi hamda ta’lim sifatining pasayishiga va xarajatlarning oshib ketishiga ta’sir qiluvchi omillar mavjud bo‘lmaganda, ta’lim tashkilotlariga o‘zgartirilgan o‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vaucher tizimi asosida davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlik tomonidan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslarining eng yuqori narx chegarasini belgilash maqsadida vazirlikning buyrug‘i bilan talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar uchun maqbul narxlarni belgilash bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘quv kursining nazariy qismini o‘qitishda videodarslardan foydalanilganda, o‘quv kursi narxi tegishli soatlar bo‘yicha 50 foizga kamaytirilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ta’lim tashkiloti videodarslardan foydalangani to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) bo‘limlarini ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minoti orqali xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘quv kurslari ta’lim tashkiloti tomonidan to‘liq masofaviy (onlayn) tarzda o‘qitiladigan bo‘lsa, ushbu onlayn shaklda o‘qitilgan dars soatlari uchun vaucher 50 foiz miqdorida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ta’lim tashkiloti o‘quv kurslari masofaviy (onlayn) tarzda o‘qitilayotgani to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) bo‘limlarini ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minoti orqali xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgorlarni vaucher tizimi asosida kasb va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vaucher tizimi doirasida o‘qitish xarajatlarining 50 foizi o‘qish boshlanishidan oldin, qolgan qismi o‘qish yakuni bo‘yicha talabgor tomonidan yakuniy imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vaucher tizimi doirasida o‘qitish xarajatlarining 50 foizi quyidagi tartibda oldindan to‘lanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti tomonidan talabgor taqdim qilgan vaucher ro‘yxatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkilotida har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kursini boshlash uchun guruh shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti guruh shakllantirilgandan so‘ng o‘quv kursini boshlashdan bir kun avval bu haqda vaucher taqdim qilgan tuman (shahar) bo‘limlariga ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minoti orqali elektron shartnoma hamda guruhdagi tinglovchilar to‘g‘risida ma’lumotni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti tomonidan elektron shartnoma moliyaviy majburiyat sifatida shakllantiriladi hamda to‘lovlar shartnomaviy xususiyatga ega bo‘lmagan holda, tuman (shahar) bo‘limiga kelib tushgandan so‘ng 5 (besh) ish kunida o‘quv xarajatining 50 foizi to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘quv kurslari yakuni bilan ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotida joylashtirilgan test topshiriqlari asosida yakuniy imtihonlar o‘tkaziladi va ta’lim tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan test topshiriqlaridan kamida 71 ball olgan bitiruvchi yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va unga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ta’lim tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv va imtihon jarayonlarini ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minoti orqali nazorat qilish tizimi to‘liq joriy etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv kurslarida qatnashayotgan tinglovchilarni keyinchalik xodim sifatida tanlab olish uchun ish beruvchilarga o‘quv va imtihon jarayonlarini kuzatish imkonini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ta’lim tashkilotlari o‘quv kurslari yakunlangandan so‘ng tegishli tuman (shahar) bo‘limlariga ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minoti orqali elektron so‘rovnomalar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) bo‘limlari ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan vaucherlarning qolgan 50 foizini 5 ish kunida to‘lab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. O‘quv kursi yakuniy imtihonini muvaffaqiyatli topshira olmagan tinglovchilar uchun avvaldan to‘langan 50 foiz mablag‘lar qaytarib olinmasdan ta’lim tashkilotida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tinglovchilar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrli sabablarsiz me’yor bo‘yicha o‘quv soati 50 foizdan ortiq qoldirganda. Bunda tinglovchi avtomatik tarzda o‘qishdan chetlashtiriladi hamda tinglovchi uchun avvaldan to‘langan 50 foiz mablag‘ ta’lim tashkilotidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olinadi, shuningdek, ushbu tinglovchi uchun berilgan vaucherning amal qilish holati bekor bo‘lib, bir yil davomida unga vaucher qayta berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilarning davomati CRM (Customer Relationship Management — mijozlar bilan munosabatni boshqarish) dasturi orqali avtomatik nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tinglovchi uzrli sabablarga ko‘ra (baxtsiz hodisa va og‘ir kasalligi) o‘quv kurslarida qatnasha olmasa, tinglovchining arizasi va o‘quv kursiga qatnasha olmasligini asoslovchi hujjatga muvofiq tinglovchi 1 yil davomida o‘qishini davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida tinglovchi uchun qo‘shimcha dars soatlari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan to‘langan 50 foiz mablag‘ ta’lim tashkilotida saqlanib qoladi va tinglovchi o‘quv kursini davom ettirib, yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa, qolgan to‘lovlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda ta’lim tashkilotiga to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ta’lim tashkiloti tinglovchini sababsiz o‘quv kursida ishtirok etmagan yoki boshqa sabab bilan o‘qishdan chetlashtirgani haqida 3 kunlik muddatda tuman (shahar) bo‘limiga bu haqda tegishli ma’lumotni ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minoti orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Quyidagi hollarda ta’lim tashkilotiga vaucher tizimi to‘lovining qolgan 50 foiz qismi to‘lab berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi o‘qishni yakunlasa, biroq yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshira olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi ozodlikdan mahrum etilsa, xorijga chiqib ketsa yoki vafot etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Quyidagi hollarda ta’lim tashkilotiga ushbu Nizom talablari asosida tahsil olayotgan tinglovchi uchun vaucher to‘lovining qolgan qismi to‘lab berilmaydi va dastlabki to‘langan 50 foiz mablag‘ ham qaytarib olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti tomonidan tinglovchilar haqida ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotiga soxta ma’lumotlar kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti tomonidan dars jarayonlari tashkil etilmagani yoki o‘quv kurslari belgilangan o‘quv dasturlariga rioya qilinmagan holda tashkil etilgani aniqlanganda (ta’lim tashkilotlari mehnat bozori talablari, sohada kuzatilayotgan tendensiyalar va o‘zgarishlar, ta’lim oluvchilarning xohishi yoki ish beruvchilarning talabidan kelib chiqib, vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi mavzulari, soatlari va dars shakllariga vazirlikning ruxsati bilan tegishli o‘zgartirish kiritgan holda o‘quv dasturlarini o‘qitish holatlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi ta’lim tashkilotining tashabbusi bilan asossiz ravishda o‘qishdan chetlatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkilotining litsenziyasi yoki tasdiqnomasi yoxud ma’lum bir yo‘nalishni o‘qitish uchun ruxsatnomasi mazkur o‘quv kursi bo‘lib o‘tgan davrda mavjud bo‘lmaganda yoki amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mablag‘lar ta’lim tashkiloti tomonidan ixtiyoriy ravishda qaytarilmagan taqdirda, ular tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan vaucher tizimi xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali hududiy boshqarmalar so‘rovlariga asosan mahalliy darajada ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga mablag‘lar moliyalashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan vaucher tizimi xarajatlari uchun moliyalashtirilgan mablag‘lar joriy yil yakunida foydalanilmagan taqdirda, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytariladi hamda yil yakuni bilan o‘tuvchi qarzdorliklar hisob-kitob qilingan holda kelgusi yilda ajratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tuman (shahar) bo‘limi tomonidan vaucher tizimi uchun ajratilgan xarajatlar smetasida tasdiqlangan mablag‘lar doirasida aynan vaucher tizimi xarajatlari uchun mablag‘lar yetarli bo‘lganda, vaucher shakllantirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Vazirlik tizimidagi markazlar tomonidan vaucher tizimi bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa pulli xizmatlardan kelib tushgan mablag‘lardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Markazlar tomonidan vaucher tizimi bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa pulli xizmat mablag‘lari ularning budjetdan tashqari jamg‘armasiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Markazlarning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi hamda xarajatlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar markazlarning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) ishlab chiqarish va sotishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan markazlarga homiylik (beg‘araz) yordami berilishidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayonlari davomida tayyorlangan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Markazlar budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun ketma-ketlik ustuvorligi bo‘yicha foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv kurslarini bevosita tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash (o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ish haqi to‘lovlari hamda o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘ladigan xomashyolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv kurslarini bevosita tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qoplangandan so‘ng qolgan mablag‘larning ko‘pi bilan 75 foizi markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish hamda kamida 25 foizi markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq maqsadlar uchun kelib tushgan homiylik yoki boshqa mablag‘lar aynan ushbu maqsadlar uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Markazning xo‘jalik faoliyati natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’lim ustalari va boshqa xodimlarga ish haqi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Markazlarning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yil boshiga qoldiq mablag‘laridan tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda har chorakda foydalanilgan mablag‘lar bo‘yicha vazirlikka hisobot taqdim etiladi. Mazkur mablag‘lar xarajat qilinmagan taqdirda, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kasbiy ko‘nikmalar markazlari vaucher tizimi va xo‘jalik faoliyati natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan o‘zining saqlash xarajatlarini qoplay olmagan taqdirda, binolarini (inshootlarni) yoki ularning bir qismini jihozlari bilan birga belgilangan tartibda ijaraga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari hamda hokim yordamchilari talabgorlarga vaucher berishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini, o‘quv jarayonining tashkil etilgani hamda davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestrga kiritilishini ushbu Nizom talablari asosida o‘z vakolatlari doirasida doimiy nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Vazirlikning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ish beruvchi tashkilotning bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlariga asosan tuman (shahar) bo‘limlari orqali vaucher tizimida ta’lim olib, sertifikatga ega bo‘lgan fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilib boriladi yoki ish beruvchining buyurtmasi asosida reyestrga kiritilgan ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rnini zaxirada saqlaydi va bu haqda ish beruvchiga ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Vazirlik hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar, ularning hududiy bo‘linmalari ushbu Nizom bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tizimi tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlik to‘g‘risidagi ta’lim tashkilotlari tomonidan beriladigan sertifikat namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(titul varag‘i)

LOGOTIP O‘RNI

_________________________________________________________________

(ta’lim tashkiloti nomi)

SERTIFIKAT

KASB VA XORIJIY TILLARGA O‘QITISH DASTURI BO‘YICHA

O‘QUV KURSLARINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLAGANLIK

TO‘G‘RISIDA

SERTIFIKAT

№ 000000

_________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

“________________________________________________________________________________________

_____________” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatdi.

____________________________

___________

(direktor yoki vakolatli shaxs F.I.O)

muhr o‘rni

(imzo)

20___-yil “__”-________

(berilgan sana)

______________ viloyati ___________ tumani/shahri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim tashkilotlarining elektron reyestriga kiritish uchun davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan zarur ma’lumotlar va hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat kadastri reyestridan ko‘chmas mulki yoki ijarada turishi to‘g‘risida ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilingani to‘g‘risidagi tasdiqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘quv kurslarining yo‘nalishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘quv kurslarini olib boradigan o‘qituvchi, usta va murabbiylar to‘g‘risidagi ma’lumot (sohalar kesimida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘quv va dars jarayonlarini tashkil etish uchun sinf xonalari, mashg‘ulot xonalari va boshqa zarur ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (fotosuratlar bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘quv kurslarining bir vaqtda qamrab olish quvvati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moddiy-texnik bazasi, o‘quv jihozlari va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot (fotosuratlar bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mavjud filiallari (mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘yicha ma’lumotlari va ularning manzillari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan sertifikatlar (mavjud bo‘lsa).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/527/0761-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)