“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Musulmonlari
idorasi raisi, muftiy
A. Bahromov
2000-yil 16-oktabr
Oʻzbekiston Musulmonlari
idorasi raisi, muftiy
A. Bahromov
2000-yil 16-oktabr
“KELISHILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Din ishlari
boʻyicha qoʻmitasi raisi
F. Sobirov
2000-yil 16-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Din ishlari
boʻyicha qoʻmitasi raisi
F. Sobirov
2000-yil 16-oktabr
“KELISHILGAN”
Oʻzbekiston Xotin-qizlar
qoʻmitasi raisi D. Gʻulomova
2000-yil 16-oktabr
Oʻzbekiston Xotin-qizlar
qoʻmitasi raisi D. Gʻulomova
2000-yil 16-oktabr
“KELISHILGAN”
Respublika “Mahalla”
hayriya jamgʻarmasi raisi
Sh. Jalilov
2000-yil 16-oktabr
Respublika “Mahalla”
hayriya jamgʻarmasi raisi
Sh. Jalilov
2000-yil 16-oktabr
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN OTINOYILARGA MAXSUS LITSENZIYALAR BERISH
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 16-oktabrda 978-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2024-yil 2-oktabrdagi 2-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan otinoyilarga maxsus litsenziyalar berish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 978-1, 11.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-boʻlim
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur tartib bilan otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish belgilanadi.
1.2. Otinoyi — hayot tajribasiga ega boʻlgan, diniy va dunyoviy bilimlarni biladigan, milliy urf-odatlarni xanafiya mazhabiga muvofiq tushunadigan, oʻz jamoasi orasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan oqila ayol tushunchasini bildiradi.
Otinoyilar :
joylarda toʻy va marakalarni tartibli ravishda oʻtkazish, oʻzining maslahati va ishtiroki bilan xanafiya mazhabiga muvofiq ravishda diniy va milliy urf-odatlarni bajaradi;
Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan chiqarilgan barcha fatvolarni joylarga yetkazishda yaqindan koʻmak beradi;
milliy urf-odatlarimizdan hamda oilalarning iqtisodiy holatidan kelib chiqib, joylarda toʻy va marakalarni ixcham, kam xarj va risoladagidek oʻtkazishda oilalarga yaqindan maslahat beradi;
diniy ekstremizm va aqidaparastlik gʻoyalarining islom diniga mutlaqo zid ekanligini tushuntirish yoʻli bilan xotin-qizlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qiladi.
1.3. Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi ayollarni roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
1.4. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari hamda mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari vakillaridan iborat boʻlgan Hayʼat otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarni roʻyxatini olib boradi.
1.5. Ushbu Hayʼat otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlar shaxsini oʻrganish, diniy va dunyoviy bilim darajasini belgilash, axloqiy va maʼnaviy xislatlarini umumlashtirish ishlarini bajaradi.
1.6. Maxsus diniy maʼlumotlarga yoki dunyoviy bilimlarga ega boʻlgan, 25 yoshga toʻlgan, ijobiy xislatlarni oʻzida mujassamlashtirgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan xotin-qizlar Oʻzbekiston Musulmonlari idorasining joylardagi vakilliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari tomonidan birgalikda bergan tavsiyanomasi asosida viloyat, tumanlar boʻyicha roʻyxat tuziladi.
1.7. Ular maxsus litsenziya berish masalasini hal qilish uchun tegishli hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Musulmonlari idorasiga taqdim qilinadi.
2-boʻlim
Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani berish tartibi
Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani berish tartibi
2.1. Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanishga litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi :
ariza (birinchi ilova)
yashash joyidan maʼlumotnoma (oilaviy ahvoli koʻrsatilgan)
diniy yoki dunyoviy maʼlumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi
tavsiyanoma
3x4 hajmdagi 6 dona surat.
2.2. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi viloyatlardan roʻyxat asosida kelib tushgan arizalarni hisobga olib, otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirib ariza yozgan xotin-qizlarning maxsus dastur asosida 3 kunlik oʻqishini tashkil qiladi.
2.3. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan hisobga olinib, oʻqishda qatnashgan xotin-qizlarning arizalari ilova qilingan hujjatlari bilan birgalikda otinoyilik faoliyatiga maxsus litsenziya berish masalasini hal qilish uchun Malaka hayʼatiga taqdim qilinadi.
2.4. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi vakillaridan 7 aʼzodan iborat tarkibda Malaka hayʼati tuziladi.
2.5. Malaka hayʼati otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ariza bergan xotin-qizlar bilan suhbat oʻtkazib, natijasi boʻyicha xanafiya mazhabiga muvofiq otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanishga tegishli xulosa beradi.
2.6. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi Malaka hayʼatining xulosasiga asoslanib, otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun maxsus litsenziyani 3 yil muddatga beradi. (2-ilova litsenziya nusxasi)
2.7. Maxsus litsenziya Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanib, otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxsga tilxat orqali topshiriladi.
2.8. Maxsus litsenziyaga tegishli tartibdagi raqam berilib, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan otinoyilarga maxsus litsenziyalar berish reyestriga kiritiladi. Reyestrda otinoyining nasl nasabi, litsenziyaning raqami, manzili, reyestrga kiritilgan sana qoʻyiladi.
3-boʻlim
Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish tartibi
Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish tartibi
3.1. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan berilgan maxsus litsenziya otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradi.
3.2. Maxsus litsenziyaga ega boʻlgan otinoyilar oʻz faoliyatlarini yashash joylari boʻyicha tegishli tuman (shahar) hududida amalga oshiradi :
3.3. Otinoyilarga xotin-qizlar orasida xususiy tartibdagi diniy taʼlim berish man etiladi.
3.4. Otinoyilar oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, amalda boʻlgan qonunlarga, shuningdek, mazkur tartibga muvofiq holda olib boradilar.
3.5. Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga yuklanadi.
3.6. Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar qonun talablarini buzgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
4-boʻlim
Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilish tartibi
Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilish tartibi
4.1. Qonun talablarini buzgan, nojoʻya harakat sodir etgan otinoyilar aniqlangan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan ularga nisbatan Malaka hayʼati nomiga maxsus litsenziyani bekor qilish haqida taqdimnoma kiritiladi. Malaka hayʼati ushbu kiritilgan taqdimnomani koʻrib chiqib, tegishli xulosa beradi.
4.2. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi malaka hayʼatining xulosasiga asoslangan holda otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus litsenziyani bekor qiladi.
4.3. Otinoyilarning maxsus litsenziyasiz faoliyat koʻrsatishi tegishli javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi mumkin.
4.4. Otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus litsenziya bekor qilingach, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan otinoyilarga maxsus litsenziyalar berish reyestridan chiqariladi.
1-ILOVA
ariza
| |
Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisiga | |
| |
______________________________________________ | |
| |
(ariza beruvchining I.Sh.F | |
| |
______________________________________________ | |
| |
manzilgohi va telefoni) | |
|
| ||
| Men ____________________, | ___________________________________________ ni | |
|
(ismi-sharifi) |
(diniy yoki dunyoviy ilmgoh nomi) | |
| ____________ yilda bitirib, | _________________________ mutaxassislikka ega boʻlganman | |
| Yashash joyim hududida otinoyilik faoliyati olib borishim uchun litsenziya berishingizni soʻrayman. | ||
| Tegishli hujjatlar ilova qilinadi. | ||
| | | |
| “_____” ________200__ y. |
____________________________________________ | |
| |
(ismi-sharifi) | |
| | | |
2-ILOVA
LITSENZIYA №____
______________ga diniy va dunyoviy bilimlarini hamda ijobiy fazilatlarini inobatga olib, xanafiya mazhabiga muvofiq otinoyilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi 3 yil muddatga berildi.
Mazkur litsenziya “___”_________200_ gacha haqiqiy hisoblanadi.
“_____”______________ 200 y.
Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy A. Bahromov