Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
qarori
“Kasb-hunar kollejlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2427-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2013-yil 29-yanvardagi 19, 12 va 02/QQ-2-son “Kasb-hunar kollejlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2427, 2013-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 98-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I. NORQULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-iyul,
274 son
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-iyul,
01/62-4/1-6285 son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 9-iyul
Sport vaziri A. IKRAMOV
2025-yil 30-iyun
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2025-yil 30-iyun
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
2025-yil 27-iyun
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 26-iyun
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2025-yil 25-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 24-iyuldagi 274-son hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 01/62-4/1-6285-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Kasb-hunar kollejlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Kasb-hunar kollejlarini” degan soʻzlar “Davlat professional taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
1) nomidagi “Kasb-hunar kollejlarini” degan soʻzlar “Davlat professional taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom davlat professional taʼlim tashkilotlarini (bundan buyon matnda professional taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.”;
3) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq Davlat professional taʼlim tashkilotlarini oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan taʼminlash meʼyorlari (bundan buyon matnda Meʼyorlar deb yuritiladi) asosida tegishli xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish xarajatlari uchun mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida rejalashtiriladi.”;
4) 2-banddagi “kasb-hunar kollejlari” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3 — 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Professional taʼlim tashkilotlari tomonidan Meʼyorlar asosida zaruriy xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun har yili 1-iyunga qadar kelgusi moliya yili uchun talabnoma ishlab chiqiladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) taqdim etiladi. Bunda har bir kasbdagi oʻquvchilar kontingenti, mavjud moddiy-texnik baza (sharoitlar) hamda oʻtgan moliya yilida ishlatilmay qolgan xom ashyo va materiallar hisobga olinadi.
4. Zaruriy xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha talabnomalar hududiy boshqarmalar tomonidan umumlashtiriladi va har yili 15-iyunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) taqdim etiladi. Vazirlik tomonidan hududiy boshqarmalar talabnomalari umumlashtirilib, joriy yilning 1-iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
5. Vazirlik tomonidan taqdim etilgan zaruriy xom ashyo va materiallar, shu jumladan, yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha umumlashtirilgan talabnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻrganib chiqilib, mazkur tadbirlarga kelgusi moliya yili uchun mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida rejalashtiriladi hamda mahalliy budjetlarga taqsimlanadi.”;
6) 6-banddagi “kasb-hunar kollejlarining” va “OʻMKHT boshqarmalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “professional taʼlim tashkilotlarining” hamda “hududiy boshqarmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 7-banddagi “Kasb-hunar kollejlari” degan soʻzlar “Professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 8-banddagi “kasb-hunar kolleji” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar kolleji” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “kasb-hunar kollejining” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 10-banddagi “kasb-hunar kollejining” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 11-banddagi “kasb-hunar kollejida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Professional taʼlim tashkiloti direktori tomonidan Ishchi guruh xulosasiga asosan, chiqindilar va ishlatilgan xom ashyo va materiallarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi. Hisobdan chiqarilgan chiqindilar hamda xom ashyo va materiallarning metall qismi belgilangan tartibda rangli metallolomi va chiqindilari xarid qilish korxonalariga topshiriladi va ulardan tushgan mablagʻlar professional taʼlim tashkilotining gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarma hisobvaragʻiga kirim qilinadi.”;
13) 15-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar kollejining” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar kolleji” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 16-banddagi “kasb-hunar kollejining” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 17-banddagi “Kasb-hunar kollejlarida” degan soʻzlar “Professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 18-banddagi “Kasb-hunar kollejlari” va “OʻMKHT boshqarmalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Professional taʼlim tashkilotlari” hamda “hududiy boshqarmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Mazkur hisobotlar hududiy boshqarmalar tomonidan besh kun ichida oʻrganib chiqilib, umumlashtirilgan holda Vazirlikka maʼlumot uchun taqdim etiladi.”;
18) 20-banddagi “kasb-hunar kollejlari” va “kasb-hunar kollejlariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “professional taʼlim tashkilotlari” hamda “professional taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 21-banddagi “kasb-hunar kolleji” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 1-ilovada:
ilova belgisi va nomidagi “Kasb-hunar kollejlarini” degan soʻzlar “Davlat professional taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izoh qismidagi “KHKlaridagi”, “Kasb-hunar kollejida” va “kasb-hunar kollejlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Professional taʼlim tashkilotlaridagi”, “Professional taʼlim tashkilotida” hamda “professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 2-ilovada:
ilova belgisi va nomidagi “Kasb-hunar kollejlarini” degan soʻzlar “Davlat professional taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izoh qismidagi “KHKlaridagi”, “Kasb-hunar kollejida” va “kasb-hunar kollejlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Professional taʼlim tashkilotlaridagi”, “Professional taʼlim tashkilotida” hamda “professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2427-1/0751-son)