18.08.2025 yildagi PQ-252-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni sifatli va arzon xomashyo bilan taʼminlash, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha respublika hududiga olib kiriladigan polietilen granulalari uchun aksiz soligʻini 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar nol stavkada qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2028-yil 1-yanvarga qadar ayrim etilen polimerlarining birlamchi shakllari (TIF TN kodi 3901 10 900 0, 3901 30, 3901 40) va propilen polimerlarining birlamchi shakllarini (TIF TN kodi 3902 10 000 0) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda mamlakatga sifatsiz kontrafakt egiluvchan qadoqlar (polietilen plyonkalar, polipropilen plyonkalar, notoʻqima materiallar, polietilen qoplar, big-beglar va boshqalar) importining oldini olish (eks-offitsio prinsipi asosida) choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur qarorning 1-bandidan kelib chiqadigan oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 1-oktabrga qadar polietilen granulalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar uchun aksiz soligʻi solinishida import bilan teng sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning ijrosini taʼminlash, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi hamda tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-252-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2025-y., 07/25/252/0744-son)