13.08.2025 yildagi 513-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududiga kirib kelgan va bir qismi yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni bojxona va boshqa vakolatli organlar tomonidan yoʻq qilish tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni bojxona va boshqa vakolatli organlar tomonidan yoʻq qilish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlar “yoʻq qilish”, shuningdek, tovarlar “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilganda umidsiz qarzdorlik deb eʼtirof etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo shartnomalari boʻyicha umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartib-taomillarini elektron shaklda amalga oshirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlarni yoʻq qilish yuzasidan xulosani berishning yagona tartibini ishlab chiqish hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali raqamlashtirilgan holda taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimi ishlab chiqilgani hamda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimi orqali davom ettirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Markaziy bank bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan boshlab tashqi savdo shartnomalari boʻyicha umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartib-taomillarini “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshirish amaliyotini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uch oy muddatda Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlarni yoʻq qilish yuzasidan xulosa berish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xulosa shakli, xulosani olish uchun taqdim etiladigan ariza shakli, arizani koʻrib chiqish muddati, tovarlarni yoʻq qilish usullari va joyi nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlarni yoʻq qilish yuzasidan xulosani “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali raqamlashtirilgan holda taqdim etishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni bojxona va boshqa vakolatli organlar tomonidan yoʻq qilish tartib-taomillarini soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tomonlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida yaroqsiz boʻlib qolishi natijasida “yoʻq qilish” va “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umidsiz qarzdorlik — TSOYAEATda shakllangan, biroq tashqi savdo shartnomalari tomonlarining majburiyatlari sud qaroriga asosan bekor qilinishi tufayli yoki bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki daʼvo muddati tugashi sababli toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarzdorlik, shuningdek, TSOYAEATda shakllangan, biroq tashqi savdo shartnomalari tomonlari oʻrtasida haqiqatda mavjud boʻlmagan, tomonlarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida yaroqsiz boʻlib qolgan, “yoʻq qilish” va “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan yoxud davlat organi tomonidan musodara yoki yoʻq qilingan, shu jumladan, kredit-nota asosida taqdim etilgan chegirma natijasida yuzaga kelgan qarzdorlik”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshidan “va boshqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshi “yaroqsiz boʻlib qolgan hamda” soʻzlaridan keyin “yoʻq qilish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tovarlar “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi natijasida yuzaga kelganligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshidan “va boshqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “shartnoma” soʻzi “yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi xatboshi “yaroqsiz boʻlib qolganligini” soʻzlaridan keyin “, “yoʻq qilish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilganligini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tovarlarning davlat foydasiga voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Adliya vazirligi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bankrotligi yoki tugatilishi natijasida reyestrdan chiqarilganligi haqidagi maʼlumotlar onlayn rejimda TSOYAEATga taqdim etib boriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)