Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
qarori
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2105-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 15-apreldagi 126-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2105, 2010-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 164-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3, 5, 6 va 7-bandlaridagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. RAFIQOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-avgust,
19-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2025-yil 14-iyul
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2105-3/0729-son)