Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
“Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1864-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 9-sentabrdagi 168-son “Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1864, 2008-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 419-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq v.v.b X. ESHQOʻZIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-iyul,
11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 28-iyuldagi 11-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-son “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:”;
2. Nizomda:
1) 1-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“isteʼmolchi — elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasidan foydalanuvchi, ruxsat etilgan quvvati 50 kVt va undan ortiqni tashkil etgan barcha isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilar bundan mustasno);”;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektr taʼminoti shartnomasi — isteʼmolchida kerakli uskunalar va elektr energiyasi isteʼmolini hisoblagichlar mavjud boʻlgan taqdirda, Hududiy elektr taʼminoti korxonalariga elektr tarmogʻi orqali elektr energiyasini yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan, isteʼmolchiga esa elektr energiyasi haqini toʻlash, shuningdek, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomada nazarda tutilgan rejimiga rioya qilish, oʻz tasarrufida boʻlgan elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, xavfsizligini hamda elektr energiyasi isteʼmoli bilan bogʻliq boʻlgan oʻzi foydalanadigan uskunalar va asboblarning soz holatda boʻlishini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan bitim.”;
2) 2-banddagi “20” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;
3) 11-banddagi “Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 16-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
5) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Elektr taʼminoti shartnomasiga qoʻshimcha tarzda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
yagona elektr energetika tizimi tarmogʻidan hisobot davri uchun isteʼmol qilinadigan reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati;
talab etiladigan quvvat koeffitsiyenti (cos φ);
yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamalarining nazorat soatlari (yilning har bir oyi boʻyicha boʻlib chiqish orqali);
elektr tarmogʻining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimining elektr tarmogʻiga bir oyda hosil qilinadigan va (yoki) bir oyda kichik yuklamali soatlarda majburiy isteʼmol qilinadigan reaktiv energiyaning chegaraviy qiymatlari.
19. Reaktiv quvvat boʻyicha hisob-kitob qiladigan isteʼmolchilar uchun reaktiv energiya va quvvatning iqtisodiy va texnik koʻrsatkichlari mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan formulalarga muvofiq aniqlanadi.”;
6) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Nazorat qilinadigan kattaliklarga kuyidagilar kiradi:
shartnomada koʻrsatilgan kompensatsiya qurilmalarining joyida haqiqatda oʻrnatilgan quvvati;
reaktiv energiyaning har bir hisobot davri uchun iqtisodiy qiymati.”;
7) 26-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Energiya tizimi tarmoqlaridan isteʼmolchining tarmoqlariga uzatiladigan va isteʼmolchi tomonidan hosil qilinadigan reaktiv energiyani nazorat qilish uchun elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan hisoblagichlardan foydalaniladi. Bunda, elektron hisoblagichlar quyidagi kattaliklarni hisobga olish imkoniga ega boʻlishlari kerak:”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2025-y., 10/25/1864-4/0728-son)