29.08.2002 yildagi 397-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini (bundan buyon matnda sanoat mulki obyektlari deb yuritiladi), huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
(1-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi
(3-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik sanoat mulki obyektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni (bundan buyon matnda patent berish haqidagi talabnoma deb yuritiladi) koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha davlat ekspertizasini oʻtkazadi, ularni davlat roʻyxatiga oladi, sanoat mulki obyektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoʻllanilishiga doir tushuntirishlar beradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi OʻRQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari, patent bojlari, shuningdek Agentlik tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va taqdim etiladigan materiallar uchun toʻlanadigan haq Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi
(4-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qarorlar qabul qilishda mustaqildir va oʻz faoliyatida ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan;
(4-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashi oʻz vakolatlari doirasida apellyatsiyalarning boshqa turlarini ham koʻrib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli boʻladi va patent bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sanoat mulki obyektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan boʻlsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Agentlikka birinchi boʻlib topshirgan shaxsga tegishli boʻladi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif (hammualliflar), agar oʻzi (oʻzlari) yaratgan sanoat mulki obyektini boshqalar gʻayriqonuniy oʻzlashtirib olishi natijasida bu obyektga talabnoma topshirilgan yoki patent olingan boʻlsa, patent berilganligi yuzasidan nizolashish yoxud patent egasi sifatida oʻziga (oʻzlariga) patentning oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi OʻRQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektining patenti davlat ekspertizasi oʻtkazilganidan keyin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektining patenti sanoat mulki obyekti ustuvorligini, unga mualliflikni va patent egasining sanoat mulki obyektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
(5-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda oltinchi — sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki obyekti roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran amalda deb hisoblanadi.
(5-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti oʻn yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
(5-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro patentining amal qilishi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Agentlik tomonidan koʻpi bilan besh yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(5-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan Agentlik tomonidan tegishincha besh yilga hamda uch yilga uzaytirilishi mumkin.
(5-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro hamda foydali model patenti taʼminlaydigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti taʼminlaydigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyumning (maketning, rasmning) tasvirida aks ettirilgan muhim belgilari va (yoki) ularning kombinatsiyasi (bundan buyon matnda uning muhim belgilari majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patenti, shuningdek uni olish huquqi meros boʻlib oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi maʼlumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, u ixtirolik darajasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtironing yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtirodan sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʻlsa, u sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan olti oy ichida Agentlikka topshirilgan boʻlsa, ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan holat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
(6-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday sohada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli boʻlgan texnik yechim ixtiro sifatida eʼtirof etiladi.
(6-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ixtiro sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etish va boshqarish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, buyumlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integral mikrosxemalarning topologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar foydali model sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada koʻrsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin boʻlgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi Oʻzbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha maʼlumotlarni, shuningdek ularni qoʻllashga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model, agar undan amalda foydalanish mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan olti oy ichida Agentlikka topshirilgan boʻlsa, foydali modelning patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan holat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
(7-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday sohada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli boʻlgan texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etiladi.
(7-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 6-moddasining toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan obyektlar foydali modellar sifatida muhofaza qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sanoat namunasi sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi va original (oʻziga xos) boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan maʼlumotlardan ayon boʻlmasa, u yangi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bogʻliq boʻlsa, original deb eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan olti oy ichida Agentlikka topshirilgan boʻlsa, sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan holat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
(8-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyumning tashqi koʻrinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar sanoat namunalari deb eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbaa mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura obyektlari (kichik arxitektura shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga oʻxshash moddalardan iborat oʻzgaruvchan shakldagi obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning faqat texnik vazifasi bilan bogʻliq boʻlgan yechimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sanoat mulki obyektining huquq subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Sanoat mulki obyektining muallifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy mehnati bilan sanoat mulki obyektini yaratgan jismoniy shaxs shu obyektning muallifi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sanoat mulki obyekti bir nechta jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati asosida yaratilgan boʻlib, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ularning barchasi shu obyektning teng huquqli hammualliflari deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi boshqaga oʻtkazilmaydigan va topshirilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Patent egasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektining patenti quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mulki obyektining muallifiga (hammualliflariga) yoki uning (ularning) merosxoʻriga (merosxoʻrlariga);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallif yoki uning merosxoʻri tomonidan patent berish haqidagi talabnomada yoki sanoat mulki obyekti roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar Agentlikka topshirilgan talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi arizada koʻrsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga (ularning oʻzi rozi boʻlgan taqdirda);
(10-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim tomonidan oʻz xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obyektining patentiga boʻlgan huquq, agar bu hol ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchiga tegishli boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) oʻrtasidagi shartnomada ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va sanoat mulki obyektining patentini oʻz nomiga olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) oʻrtasidagi shartnomada ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari nazarda tutilgan boʻlsa va ish beruvchi yaratilgan sanoat mulki obyekti toʻgʻrisida muallif (hammualliflar) tomonidan yozma ravishda xabardor qilingan kundan eʼtiboran toʻrt oy ichida Agentlikka patent berish haqidagi talabnomani topshirmasa, patent berish haqidagi talabnomani topshirish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechmasa va tegishli obyektni sir saqlash toʻgʻrisida muallifga (hammualliflarga) maʼlum qilmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va oʻz nomiga patent olish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda ish beruvchi patent egasiga shartnomada belgilanadigan miqdorda tovon toʻlab, oʻz ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki obyektidan foydalanishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi sanoat mulki obyektini sir saqlagan taqdirda muallifga (hammualliflarga) mutanosib ravishda haq toʻlashi shart, haq miqdori shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi boʻlmagan, oʻz xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obyektining muallifi (hammualliflari) tegishli sanoat mulki obyektidan foydalanilganligi yoxud unga oid litsenziya sotilganligi uchun haq olish huquqiga ega. Sanoat mulki obyektidan foydalanilganlik yoki unga oid litsenziyani sotganlik uchun tushayotgan mablagʻlar hisobidan muallifga (hammualliflarga) toʻlanadigan haqning miqdori, uni toʻlash shartlari va tartibi muallif (hammualliflar) hamda ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
(10-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan uchinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Patent egasining sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sanoat mulki obyektidan oʻz xohishicha foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur obyektdan foydalanishini taqiqlab qoʻyish huquqini buzmasa, bunday foydalanish patent egasiga tegishlidir, shu zaylda foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish deb hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta patent egasiga qarashli boʻlgan sanoat mulki obyektidan foydalanish borasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektidan oʻz xohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz obyektga mutlaq litsenziya berishga yoki patentni oʻzga shaxsga topshirishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi patent bilan tasdiqlangan sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquqni patentdan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha yoki sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini litsenziya shartnomasi boʻyicha har qanday yuridik yoxud jismoniy shaxsga (shaxslarga) topshirishi mumkin. Patentdan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi shartnoma va litsenziya shartnomasi Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki obyektlari patentlanganligini koʻrsatuvchi ogohlantirish tamgʻasidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egalari patent roʻyxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida sanoat mulki obyektidan foydalanmasa yoki yetarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki obyektidan foydalanishni xohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent egasi litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, oʻziga majburiy nomutlaq litsenziya berishni soʻrab sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etilmaydigan harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollar patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatning transport vositasida mazkur vosita vaqtincha yoki tasodifan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda, basharti bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan boʻlsa, qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni, agar bu vositalar fuqarolik muomalasiga qonuniy yoʻl bilan kiritilgan boʻlsa, qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qoʻllash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorixonalarda shifokor retsepti boʻyicha dori vositalarini bir marotabalik tayyorlash.
(12-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan ushbu Qonunning 11 va 32-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanayotgan har qanday shaxs patent egasining mutlaq huquqini buzuvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq huquqining buzilishi deb eʼtirof etiladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektidan patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar patent egasining talabiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent egasining mutlaq huquqini buzuvchi harakatlarni toʻxtatishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplashlari shart.
(13-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Patent berish haqidagi talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan davlat axborot tizimlari orqali Agentlikka beriladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent berish haqidagi talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini yoki patent boji toʻlashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent berish haqidagi talabnoma hujjatlariga doir talablar Agentlik tomonidan belgilanadi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda ixtiro haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan ixtirolar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironing muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironing mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ixtironing mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro referatini oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda foydali model haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini (foydali model birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan foydali modellar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model haqidagi talabnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model referatini oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda sanoat namunasi haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga taalluqli boʻlishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabini) qamrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi haqidagi talabnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning tashqi koʻrinishi haqida toʻla-toʻkis, bor tafsiloti bilan tasavvur qilish imkonini beruvchi buyum aks ettirilgan tasvirlar turkumini, maket yoki rasmni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur boʻlsa, buyum umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining undagi muhim belgilar majmuini aks ettirgan tavsifini oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Sanoat mulki obyekti ustuvorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi patent berish haqidagi talabnoma Agentlikka topshirilgan sanaga koʻra belgilanadi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) topshirilgan birinchi talabnoma qayd etilgan sana boʻyicha, agar mazkur sanadan eʼtiboran ixtiro haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma oʻn ikki oy ichida, sanoat namunasi haqidagi talabnoma esa olti oy ichida Agentlikka kelib tushgan boʻlsa, belgilanishi mumkin. Agar konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma uni beruvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra belgilangan muddatda topshirib ulgurilmasa, bu muddat Agentlik tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi oʻzining ana shu istagini talabnomani topshirish chogʻida koʻrsatib oʻtishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan uch oy ichida Agentlikka taqdim etishi shart;
(18-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha materiallar topshirilgan sana boʻyicha, agar talabnomaga ilova qilingan qoʻshimcha materiallar talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyekti mohiyatini oʻzgartirib yuboradi deb topilishi munosabati bilan ularni qabul qilish mumkin emasligini Agentlik talabnoma beruvchiga bildirgan sanadan eʼtiboran uch oy muddat tugagunga qadar bu qoʻshimcha materiallar talabnoma beruvchi tomonidan mustaqil talabnoma sifatida rasmiylashtirilgan boʻlsa, belgilanishi mumkin;
(18-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu talabnoma beruvchining Agentlikka birmuncha oldin taqdim etgan, ushbu sanoat mulki obyektining mohiyatini ochib beruvchi talabnomasi topshirilgan sana boʻyicha, agar bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma birmuncha oldin berilgan ixtiro haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida va birmuncha oldin berilgan sanoat namunasi haqidagi talabnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran olti oy ichida topshirilgan boʻlsa, belgilanishi mumkin. Bunda birmuncha oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi oldin topshirilgan bir nechta talabnoma yoki ularga doir qoʻshimcha materiallar asosida bu talabnomalar va qoʻshimcha materiallarga nisbatan ushbu moddada belgilangan shartlarga rioya qilingan holda belgilanishi mumkin.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi oʻxshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent Agentlikka oldinroq sana bilan joʻnatilganligi isbotlangan talabnoma boʻyicha, basharti joʻnatilgan sanalari ham bir xil boʻlib chiqsa, qaysi birida Agentlikning roʻyxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan boʻlsa, shu talabnoma boʻyicha beriladi.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi birmuncha oldin ustuvorlik soʻralgan, chaqirib olingan patent berish haqidagi talabnoma kelib tushgan sanaga koʻra belgilanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent berish haqidagi ajratilgan alohida talabnoma boʻyicha sanoat mulki obyekti ustuvorligi Agentlikka topshirilgan dastlabki talabnoma sanasiga koʻra belgilanadi.
(18-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Talabnomalarni oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar ixtiro haqidagi talabnomani foydali model haqidagi talabnoma, foydali model haqidagi talabnomani esa ixtiro haqidagi talabnoma qilib oʻzgartirishga haqlidir. Bunday oʻzgartirishlar chogʻida birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomalarni oʻzgartirish tegishli patent boji toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Patent berish haqidagi talabnomani ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Patent berish haqidagi talabnomaning davlat ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasidan iborat boʻlgan davlat ekspertizasini oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent boji toʻlangan taqdirda, koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, lekin Agentlik patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrov yoʻllangan sanadan eʼtiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra shu muddat oʻtgan sanadan keyin koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli soʻrov unga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddat ichida ushbu obyektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda tegishincha talabnoma hujjatlariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa obyektlar alohida talabnomalarga ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu obyektlardan qaysi birini koʻrib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi qilib koʻrsatilgan obyekt davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasi soʻrovi boʻyicha materiallarni taqdim etishning talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji toʻlangan taqdirda, Agentlik tomonidan tiklanishi mumkin. Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab koʻpi bilan oʻn ikki oy ichida topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent berish haqidagi talabnoma materiallaridagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma materiallaridagi axborotni ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi yoki foydali model va sanoat namunasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy ravishda eʼlon qilingunga qadar oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro haqidagi talabnoma yoki foydali model haqidagi talabnoma materiallarida davlat sirlarini tashkil qilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa, bunday talabnoma boʻyicha ish yuritish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilib olingan patent berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Rasmiy ekspertiza
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy ekspertiza patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan keyin Agentlik tomonidan oʻtkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat oʻtmasidanoq boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma topshirilgan paytdan boshlab qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan talabnoma materiallariga oʻz tashabbusi bilan qoʻshimchalar, tuzatishlar va aniqliklar kiritish huquqidan mahrum boʻladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy ekspertiza mobaynida taqdim etilgan taklifning huquqiy muhofaza taʼminlanadigan sanoat mulki obyektlariga qay darajada muvofiqligi koʻrib chiqiladi. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha Agentlikning qarori talabnoma beruvchiga maʼlum qilinadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Agentlikning qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddat ichida Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida uni koʻrib chiqishi lozim.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-modda. Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtganidan keyin rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra Agentlik koʻrib chiqish uchun qabul qilingan ixtiro haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganidan keyin har qanday shaxs ushbu talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. Ixtiro haqidagi talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(211-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik patent boji toʻlangan taqdirda foydali model haqidagi talabnomani ekspertizadan oʻtkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza oʻtkazilayotganda talabnomada koʻrsatilgan obyektning ushbu Qonun 7-moddasida belgilangan patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ekspertiza natijasida talabnoma foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan obyektlarga taalluqli boʻlmagan taklif toʻgʻrisida ekanligi aniqlansa, Agentlik patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bundan xabardor qilinadi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabnoma ekspertizasi natijasida foydali model haqidagi talabnoma materiallari qoʻyilgan talablarga mos ekanligi aniqlansa, Agentlik foydali modelga patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bundan xabardor etiladi.
(22-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda Agentlik foydali modelga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bundan xabardor etiladi.
(22-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Agentlikning qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddat ichida Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida uni koʻrib chiqishi lozim.
(22-modda oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik patent boji toʻlangan taqdirda, talabnoma beruvchining yoki har qanday shaxsning iltimosnomasiga koʻra ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazadi. Iltimosnoma talabnoma topshirilayotganda yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchi kelib tushgan iltimosnomalar haqida Agentlik tomonidan xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani topshirish muddati bunday iltimosnoma bilan birgalikda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, talabnoma beruvchining talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil oʻtguniga qadar topshirilgan iltimosnomasiga koʻra Agentlik tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmagan taqdirda, ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik patent boji toʻlangan taqdirda, sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning patent berish haqidagi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddat ichida toʻlanishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat buzilgan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning yoki muhim belgilari majmui bilan ifodalangan sanoat namunasi sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Agentlik patent berish haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida talabnomada koʻrsatilgan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, Agentlik patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Agentlikning qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddat ichida Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya kelib tushgan sanadan eʼtiboran toʻrt oy ichida uni koʻrib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-modda. Ixtironing vaqtinchalik huquqiy muhofazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan sanadan ixtiro davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadigan sanaga qadar vaqtinchalik huquqiy muhofaza beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan boʻlsa yoki ushbu talabnoma boʻyicha Agentlik tomonidan patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat berish imkoniyati tugagan boʻlsa, vaqtinchalik huquqiy muhofaza yuz bermagan hisoblanadi.
(231-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtirodan uning vaqtinchalik huquqiy muhofazasi davrida foydalanayotgan shaxs ixtiroga patent olinganidan keyin patent egasining talabiga koʻra unga miqdori patent egasi bilan kelishuv asosida belgilanadigan pul tovoni toʻlashi shart.
(231-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuniga asosan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sanoat mulki obyektiga patent olish va bu patentning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Sanoat mulki obyektini davlat roʻyxatiga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganidan soʻng sanoat mulki obyektini tegishincha Davlat ixtirolar reyestrida, Davlat foydali modellar reyestrida yoki Davlat sanoat namunalari reyestrida davlat roʻyxatiga oladi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Sanoat mulki obyekti roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasman eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik sanoat mulki obyektlari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan rasmiy axborotnoma nashr etadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlarning toʻliq roʻyxati va tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Sanoat mulki obyektiga patent berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga patent berish obyekt roʻyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kun oʻtganidan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patenti Oʻzbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Agentlik rahbari tomonidan imzolanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patenti bir nechta kishi nomiga soʻralganda ularga bitta patent beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan sanoat mulki obyekti patentidagi koʻzga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolar patent egasining talabiga koʻra Agentlik tomonidan tuzatiladi.
(26-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Sanoat mulki obyekti patentini haqiqiy emas deb eʼtirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patenti Apellyatsiya kengashiga berilgan apellyatsiya boʻyicha istalgan vaqtda huquqiy muhofazaning toʻliq hajmida yoki uning faqat bir qismi boʻyicha quyidagi asoslarga koʻra haqiqiy emas deb eʼtirof etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyekti patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasining muhim belgilari majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilarning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentda patent egasi sifatida koʻrsatilgan shaxsning patent olish uchun qonuniy asosga ega emasligi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining toʻla hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb daʼvo qilayotgan taraf zimmasida boʻladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga patent berish Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya topshirilishi munosabati bilan toʻxtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nizo sudda koʻrib chiqiladigan boʻlsa, nizo hal etilguniga qadar sanoat mulki obyektiga doir ishni yuritish Agentlik tomonidan toʻxtatib turiladi.
(27-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi uning ushbu Qonunga muvofiq belgilangan amal qilish muddati oʻtganidan keyin tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda toʻlanmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent egasi Agentlikka topshirgan arizaga asosan muddatidan ilgari tugatiladi.
(28-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi muddatidan ilgari tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-modda. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Agentlikka topshirilishi mumkin.
(281-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasining iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan sana oraligʻidagi davrda sanoat mulki obyektidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik koʻrgan shaxs ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirmagan holda sanoat mulki obyektidan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
(281-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi yozma ariza berib, sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta patent egalaridan birining sanoat mulki obyekti patentidan voz kechishi patentning amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish Agentlik patent egasidan yozma ariza olgan sanadan eʼtiboran amal qila boshlaydi.
(29-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish niyati toʻgʻrisida muallifni xabardor qilishi shart. Muallif bunday holda patentga egalik qilishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sanoat mulki obyekti patenti litsenziya shartnomasining obyekti boʻlsa, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, patentdan litsenziya egasining roziligi bilangina voz kechish mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Sanoat mulki obyektlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotda (buyumda) ixtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil boʻlgan belgi qoʻllanilgan boʻlsa, bu mahsulot (buyum) patentlangan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro yoki foydali model patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qoʻllanilgan deb eʼtirof etiladi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga ham tatbiq etiladi. Bunda aksini isbotlovchi dalillar boʻlmasa, bu yangi mahsulot patentlangan usulda olingan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining muhim belgilari majmui boʻlsa, u patentlangan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Avval foydalanganlik huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi belgilangan sanaga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan oʻxshash boʻlgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, keyinchalik ham undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avval foydalanganlik huquqi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga faqat aynan oʻxshash yechimdan foydalanilgan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrilgan ishlab chiqarish bilan birgalikda topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi boʻlmagan har qanday shaxs patent bilan muhofaza qilingan sanoat mulki obyektidan faqat patent egasining ruxsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini har qanday shaxsga berish toʻgʻrisida (ochiq litsenziya) Agentlikka ariza topshirishi mumkin. Bu holda patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun undiriladigan patent boji shunday ariza toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan eʼlon qilinganidan keyingi yildan boshlab ellik foizga kamaytiriladi.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq litsenziyani olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan nomutlaq litsenziya berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma shartlari boʻyicha nizolar sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga nisbatan huquq berish haqidagi arizasi chaqirib olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektidan patent egasining roziligisiz mutanosib miqdorda unga tovon toʻlagan holda foydalanilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ruxsat berishi mumkin.
(32-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar patent egasi sanoat mulki obyektidan uning tarkibida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga qarashli muhofaza qilinayotgan oʻzga obyekt qoʻllanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan bu obyektdan shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida foydalanish uchun litsenziya berishni talab qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Sanoat mulki obyektlaridan foydalanishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflarga va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI1. Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-modda. Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasining arizasi asosida Agentlik sanoat mulki obyektlaridan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishuvga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-modda. Jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati va uni huquqbuzarga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu Qonun 331-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333-modda. Jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334-modda. Jarimani undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar Agentlikning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
(VI1 boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi OʻRQ-749-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son — 2022-yil 4-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Patent bojlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektlariga huquqiy muhofaza berish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlov miqdorlarini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bojlari talabnoma beruvchi, patent egasi va boshqa manfaatdor shaxs tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent bojini toʻlash maqsadida qoʻshimcha patent boji toʻlangan taqdirda, patent egasiga olti oylik imtiyozli muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji va qoʻshimcha patent boji imtiyozli muddat mobaynida toʻlanmasa, patentning amal qilishi belgilangan muddatda patent boji toʻlanmagan kundan eʼtiboran tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Patent vakillari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakili yuridik va jismoniy shaxslarning Agentlik oldidagi vakillik huquqini amalga oshiradi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston fuqarosi patent vakili boʻlishi mumkin. Patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar sanoat mulki obyektlarini patentlash boʻyicha ishlarni va ular bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni Agentlikda roʻyxatga olingan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, biroq vaqtincha uning hududidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar sanoat mulki obyektlarini patentlash boʻyicha ishlarni va ular bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi doirasida yozishmalar olib borish uchun manzilni koʻrsatgan holda, patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari sanoat mulki obyektlarini qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa davlatlarda patentlash huquqiga ega.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini oʻz ichiga olmaydigan ixtirolar va foydali modellarni boshqa davlatlarda patentlash tegishli talabnoma Agentlikka topshirilgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 294-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son; 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son; 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)