OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI NOREZIDENTLAR TOMONIDAN RADIOALOQANI TAShKIL ETISh UChUN RUXSATNOMA HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 21-iyulda 1388-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–3358-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan radioaloqani tashkil etish uchun ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab amalda boʻlgan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining 1999-yil 28-avgustdagi 319-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 6-avgustda 796-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan radioaloqa tashkil qilish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi haqidagi yoʻriqnoma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari A.J. Xadjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-iyun,
180-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 340-modda; 2009-y., 29-son, 339-modda)