28.07.2025 yildagi PQ-232-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi an’analarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zining betakror iste’dodi va ko‘p yillik samarali ijodiy izlanishlari orqali o‘zbek milliy qo‘shiqchiligi sohasida ulkan maktab yaratgan mashhur hofiz va bastakor, O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayevning xotirasini abadiylashtirish hamda uning ijodiy an’analarini munosib davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oliy maktab Madaniyat vazirligi tizimiga kiradi hamda unda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oliy maktabga Madaniyat vazirligi tomonidan shakllantiriladigan har yilgi qabul kvotalari doirasida boshlang‘ich musiqiy bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilar ijodiy sinov asosida 9-sinfdan qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Oliy maktabda o‘quv jarayoni davlat grantiga asoslangan 3 yillik o‘quv dasturi bo‘yicha tashkil etiladi hamda uning bitiruvchilariga o‘rta maxsus kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Oliy maktabning o‘quv dasturlari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim dasturlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari belgilangan tartibda o‘z o‘qishini tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi bosqichidan davom ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabining asosiy vazifalari hamda uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) respublikaning boshqa hududlarida faoliyat olib borayotgan sohaning yetakchi professor-o‘qituvchi va mutaxassislarini Oliy maktabda o‘quv jarayoniga jalb etish, seminar, ochiq dars, mahorat darslari hamda maxsus kurslar tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tasarrufidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan Oliy maktabda o‘quv dasturlariga muvofiq seminar, ochiq dars, mahorat darslari hamda maxsus kurslar tashkil etish hamda ularni qo‘shimcha rag‘batlantirib borish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har yili milliy qo‘shiqchilik va ijro san’ati bo‘yicha Sherali Jo‘rayev nomidagi televizion tanlovni o‘tkazib borsin, shuningdek, tanlov g‘oliblarini qonunchilikka muvofiq oliy ta’lim tashkilotlariga imtiyozli qabul qilish tartibini joriy etish yuzasidan Hukumatga taklif kiritsin hamda ularning ijodiy faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda har yili milliy qo‘shiqchilik va ijro san’ati, shu jumladan, Sherali Jo‘rayev ijodiy yo‘nalishi va faoliyati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda shakllantirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Oliy maktabda Sherali Jo‘rayev ijodiy yo‘nalishi va faoliyati bo‘yicha ilmiy-ijodiy laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Andijon viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2025-yilda Oliy maktab uchun qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binosi va zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin, 300 o‘rinli o‘quvchilar turarjoyi binosini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2026-2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda Oliy maktab uchun qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binosi qurish hamda zarur infratuzilma obyektlari bilan ta’minlash ishlarini inobatga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Badiiy akademiya bilan birgalikda Oliy maktab hududida Sherali Jo‘rayev byustini o‘rnatish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) har yili aprel oyida Sherali Jo‘rayev tavalludi sanasini keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2026-yil yakuniga qadar Oliy maktabda zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasini tashkil etsin va undan iqtidorli yosh ijodkorlar imtiyozli asosda foydalanishini yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy maktabga 1 ta yengil avtomobil va 1 ta gastrol safarlariga mo‘ljallangan maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-232-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi PQ-232-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) madaniyat va san’at sohasi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida milliy musiqa san’ati va badiiy ijodni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalangan holda ta’lim sifatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) o‘quvchilarni egallagan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan, sifatli bilim olish va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan ta’lim dasturi asosida o‘qitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) milliy qo‘shiqchilik va ijrochilik san’ati hamda ijro an’analarini o‘rganish, tadqiq etish va munosib davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) mahalliy va xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi PQ-232-son qaroriga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabining faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabining faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Andijon viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) pulli xizmatlar, shu jumladan, ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan hamda boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi PQ-232-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

1.

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) ustavini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlash.

1. Oliy maktab ustavi loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustavni belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2025-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov)

2.

Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari o‘qishni Oliy maktabda davom ettirishini ta’minlash.

Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilarini Oliy maktabga qabul qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.

2025-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

3.

Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabining malakali xodimlarini belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida Oliy maktabga qabul qilish.

1. Madaniyat vazirligi tomonidan respublika komissiyasini tuzish.

2. Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida xodimlarni ishga qabul qilish.

2025-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

4.

Oliy maktabga o‘quvchilarni qabul qilish, ularning bilimini baholab borish hamda bitiruvchilarning o‘qishini keyingi ta’lim bosqichida davom ettirish tartibini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Qaror loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil sentabr

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil oktabr

5.

Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlashning uzviyligi va uzluksizligini, ijodiy jarayonlar bilan integratsiyasini ta’minlash, malaka oshirish tizimini isloh qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Qaror loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil noyabr-dekabr

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 10-yanvar

6.

Oliy maktab uchun qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binosi, 300 o‘rinli o‘quvchilar turarjoyi binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish.

1. Oliy maktab uchun qo‘shimcha 200 o‘rinli o‘quv binosi, 300 o‘rinli o‘quvchilar turarjoyi binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

2. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 200 o‘rinli o‘quv binosi, 300 o‘rinli o‘quvchilar turarjoyi binosini qurish hamda zarur infratuzilma obyektlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2026-2027-yillar

2026-2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

7.

Oliy maktab moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Oliy maktab uchun zarur anjomlar ro‘yxatini shakllantirish hamda texnik parametrlarini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Zarur anjomlarni belgilangan tartibda xarid qilish.

2026-yil may

8.

Oliy maktab hududida Sherali Jo‘rayev byustini o‘rnatish.

1. Byustni o‘rnatish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

Badiiy akademiya uchun ajratilgan budjet mablag‘lari

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov)

2. Byustni loyiha hujjatlari asosida o‘rnatish.

2027-yil mart

9.

Har yili aprel oyida Sherali Jo‘rayev tavalludi sanasini keng nishonlash.

1. Sherali Jo‘rayev tavalludi sanasini keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Chora-tadbirlar rejasi asosida tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

2026-yildan boshlab har yili aprel oyida

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov)

10.

Yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy qo‘shiqchilik va ijro san’ati bo‘yicha Sherali Jo‘rayev nomidagi televizion tanlovni tashkil etish va uni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib borish.

1. Televizion tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov),

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev)

2. Nizom asosida televizion tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirish.

3. Televizion tanlovni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

2026-yildan boshlab har yili mart-aprel oylarida

11.

Oliy maktabda Sherali Jo‘rayev ijrosidagi qo‘shiqlarning “oltin fondi”ni yaratish.

1. Sherali Jo‘rayev ijrosidagi qo‘shiqlarning ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil sentabr

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov)

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida Sherali Jo‘rayev ijrosidagi qo‘shiqlarning “oltin fondi”ni yaratish.

2026-yil yanvar

12.

Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarini karaoke yordamida ijro qilishni ommalashtirish.

1. Sherali Jo‘rayev ijrosidagi qo‘shiqlarning ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil sentabr

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarini karaoke yordamida ijro qilishga moslashtirish.

2025-yil oktabr

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 07/25/232/0686-son)