Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2050-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 13-oktabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2050, 2009-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 14-bandidagi “Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
378-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 10/25/2050-4/0664-son)