29.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2939-1
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2939-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-443-son “Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 9-oktabrdagi 11-mh-son “Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2939, 2017-yil 23-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2939/0165-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 17-iyundagi 7-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini shakllantirish, yuritish, reyestrdan chiqarish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muqaddimadagi “Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Qonuniga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. “Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini shakllantirish, yuritish, reyestrdan chiqarish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizomning matni mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini shakllantirish, yuritish, reyestrdan chiqarish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) shakllantirish, yuritish, reyestrdan chiqarish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasi (uyushmasi) — bir yoki bir nechta sport turini (sport turining tarmogʻini) rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek sport tadbirlarini oʻtkazishni tashkil etish hamda sportchilarni — Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzolarini sportning tegishli turi boʻyicha tayyorlash uchun aʼzolik asosida tashkil etilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — maxsus vakolatli davlat organining “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sport federatsiyalari (uyushmalari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin Reyestrga kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Reyestrni yuritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan axborot tizimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reyestrni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyestrni shakllantirish sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sport federatsiyalari (uyushmalari) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritish haqida maxsus vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sport federatsiyalarini (uyushmalarini) Reyestrga kiritish uchun ular quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirilishi maqsad qilingan sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi) boʻyicha xalqaro sport tashkilotiga aʼzo ekanligi (milliy va adaptiv sport turlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirilishi maqsad qilingan sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi) boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalar, nizom (reglament) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilgan sportfederatsiyalarini (uyushmalarini) nomlaridan farqlanuvchi oʻzining nomiga ega boʻlishi hamda rivojlantirilishi maqsad qilingan sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi) boshqa sport turi yoki sport turlarining (sport turining tarmogʻi) elementlaridan farqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sport mashgʻulotlari va sport musobaqalarini oʻtkazish talablariga javob beradigan sport infratuzilmasining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reyestrga kiritish haqidagi arizaga (sport federatsiyasining (uyushmasining) nomi koʻrsatilgan holda) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasining (uyushmasining) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalari (uyushmalari) qaysi sport turini yoki sport turlarini (sport turining tarmogʻini) rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi) boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarning, nizomning (reglamentning) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalarining (uyushmalarining) xalqaro sport tashkilotlariga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (milliy va adaptiv sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi) boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sport federatsiyalari (uyushmalari) Reyestrga kirish toʻgʻrisidagi ariza maxsus vakolatli davlat organi rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan doimiy faoliyat yuritadigan Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini shakllantirish, yuritish va reyestrdan chiqarish boʻyicha ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda Ekspert komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqilib, sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Ekspert komissiyasining xulosasi maxsus vakolatli davlat organi Hayʼatining navbatdagi yigʻilishiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekspert komissiyasi 11 nafar kishidan kam boʻlmagan tarkibda tuziladi, unga maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari yoki mutaxassislari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasiga maxsus vakolatli davlat organi rahbarining tegishli oʻrinbosari raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus vakolatli davlat organi Hayʼatining navbatdagi yigʻilishida sport federatsiyalarini (uyushmalarini) Reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng mazkur Nizom talablariga asosan sport federatsiyalari (uyushmalari) Reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qarordan koʻchirma Hayʼat yigʻilishidan soʻng besh ish kuni ichida arizachiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Reyestrga istisno tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan sport turi yoki sport turlarini (sport turining tarmogʻini) rivojlantirish belgilangan sport federatsiyalari (uyushmalari) toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasini (uyushmasini) mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan talablarga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddam maxsus vakolatli davlat organi Hayʼati tomonidan qabul qilingan sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyasi (uyushmasi) maxsus vakolatli davlat organi Hayʼati qarorida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reyestrni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reyestr mazkur Nizomning ilovasida belgilangan shaklga muvofiq axborot tizimida elektron shaklda davlat tilida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport federatsiyalarining (uyushmalarining) nomlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) qaysi sport turini yoki sport turlarini (sport turining tarmogʻini) rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalarining (uyushmalarining) tegishli xalqaro sport tashkilotiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (milliy va adaptiv sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi) boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan ushbu oʻzgarishlar haqida oʻn ish kuni ichida maxsus vakolatli davlat organiga oʻzgarishlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar taqdim etilishi lozim. Bunday maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilganda, Ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Hayʼatining qarori bilan Reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sport federatsiyasining (uyushmasining) vakolatli (yuqori) organi tomonidan sport federatsiyasi (uyushmasi) faoliyatini tugatish haqida qaror (ixtiyoriy tugatish) qabul qilinganda, mazkur qaror qabul qilingandan soʻng besh ish kuni ichida maxsus vakolatli davlat organiga sport federatsiyasining (uyushmasining) faoliyatini tugatish haqidagi qaror nusxasi arizaga ilova qilingan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyasi (uyushmasi) sud tomonidan tugatilganda (majburiy tugatish), tugatuvchi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tugatish haqidagi qaror nusxasini maxsus vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilganda, sport federatsiyasi (uyushmasi) Ekspert komissiyasi tomonidan berilgan xulosa asosida maxsus vakolatli davlat organining Hayʼat qaroriga asosan Reyestrdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Reyestrni yuritish davomida toʻplangan barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi holatlar Ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus vakolatli davlat organi Hayʼati tomonidan sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrdan chiqarish boʻyicha qaror qabul qilinishiga uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalarining (uyushmalarining) Reyestrdan chiqarish yuzasidan berilgan arizalari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasining (uyushmasining) xalqaro sport tashkiloti aʼzoligidan chiqishi (chiqarilishi) (milliy va adaptiv sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi) boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasi (uyushmasi) Reyestrga kiritilganidan soʻng mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirilishi maqsad qilingan sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi) boʻyicha sportchilar, trenerlar va oʻtkazilayotgan sport musobaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot tizimiga bir yil davomida kiritilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasi (uyushmasi) Reyestrga kiritilganidan keyin bir yil davomida ushbu sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga taklif kiritilmaganligi yoki tasdiqlangan kalendar rejasi asosida sport tadbirlarining oʻtkazilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasi (uyushmasi) Reyestrga kiritilganidan keyin bir yil davomida ushbu sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularning zaxirasini shakllantirish va tasdiqlash uchun maxsus vakolatli davlat organiga taqdimnoma kiritilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasi (uyushmasi) Reyestrga kiritilganidan keyin bir yil davomida faoliyat yuritmaganligi yoki faoliyati tugatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida keltirilgan qoidalar Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha faoliyat olib borayotgan xalqaro sport tashkilotlari aʼzosi hisoblangan sport federatsiyalariga (uyushmalariga) nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus vakolatli davlat organi mazkur Nizomning 17-bandida koʻzda tutilgan holatlar yuzaga kelgan hollarda Ekspert komissiyasining xulosasiga koʻra maxsus vakolatli davlat organi Hayʼati qaroriga asosan sport federatsiyasiga (uyushmasiga) koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni olti oy muddat ichida bartaraf etish boʻyicha taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Taqdimnoma kiritilganidan keyin olti oy muddat ichida maxsus vakolatli davlat organi Hayʼati qarorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilgan hollarda, sport federatsiyasi (uyushmasi) Ekspert komissiyasi xulosasi asosida maxsus vakolatli davlat organi Hayʼati qarori bilan Reyestrdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Reyestrdan maʼlumotlar taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Barcha maʼlumotlar, ular Reyestrga kiritilgandan soʻng, besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Reyestrda koʻrsatilgan maʼlumotlar ochiq boʻladi va ulardan hamma foydalanishi mumkin, bundan tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu maʼlumotlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq boʻlmasa va undan hamma foydalanishi mumkin boʻlmasa, mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Reyestrdan maʼlumotlar manfaatdor shaxslarning murojaatlariga asosan ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus vakolatli davlat organi mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sport federatsiyalarining (uyushmalarining) ushbu Nizomda belgilangan tartibda Reyestrga kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbarlari Reyestrga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning maxsus vakolatli davlat organiga toʻgʻri va toʻliq taqdim etilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maxsus vakolatli davlat organi maʼlumotlarning Reyestrga toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi hamda undan doimiy ravishda maʼlumotlar olish imkoniyatining yaratilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini shakllantirish, yuritish, reyestrdan chiqarish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REYESTRI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sport federatsiyasining (uyushmasining) nomi

Sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan rivojlantirishni maqsad qilgan sport turi yoki sport turlari (sport turining tarmogʻi)

Sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar *

Sport federatsiyasining (uyushmasining) xalqaro sport tashkilotlariga aʼzoligi **

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu maʼlumotlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq boʻlmasa va undan hamma foydalanishi mumkin boʻlmasa ushbu grafa toʻldirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** sport federatsiyasi (uyushmasi) xalqaro sport tashkilotlariga aʼzo boʻlsa, toʻldiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 10/25/2939-1/0666-son)