Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3525-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3525, 2024-yil 4-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3525/0477-son) bilan tasdiqlangan Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-iyun,
267-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 16-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 23-iyundagi 267-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
1. 2-bandning yettinchi xatboshisidagi “yigʻimlarning” degan soʻz “toʻlovlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona yigʻimlari va bojxona organlari tomonidan undirilishi nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar, shu jumladan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari uchun bojxona yigʻimini undirishda mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq soddalashtirilgan BKO shaklidan foydalaniladi.”.
3. 11-bandning 1-kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 260-moddasi “g” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda — “BK” koʻrsatiladi;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3525-1/0651-son)