24.07.2025 yildagi 465-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchilarga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlarning maqbul sonini aniqlash uchun mehnat normalarini ishlab chiqishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlarning namunaviy mehnat normalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
465-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 465-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tashkilotlarda mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibini hamda ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlarning namunaviy mehnat normalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlari — tashkilotlarda oʻz tuzilmasidagi boʻlinmalarga va xodimlarga rahbarlik qiluvchi, boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, 'zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va mutaxassislarga boʻlinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xodimlari — tashkilot faoliyatidan kelib chiqib, asosiy faoliyat bilan bogʻlik ishlab chiqarish va/yoki xizmat koʻrsatish funksiyalarini amalga oshiruvchi, yordamchi xodimlarni boshqaruvchi, tashkilot faoliyati jarayonida farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda tartibga soluvchi, ijodiy va ilmiy faoliyatni, shu jumladan, oʻziga xos boshqa vazifalarni bajaruvchi xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat normalari (mehnatni normalashtirish) — muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida aniq ishni yoki vazifani bajarish uchun eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan vaqt miqdorini aniqlash, shuningdek, xodimlarning turli toifalari (guruhlari) soni va asbob-uskunalar soni oʻrtasidagi maqbul oʻzaro nisbatni aniqlash imkonini beradigan, mehnat natijalari va mehnatga haq toʻlash oʻlchovi oʻrtasidagi tenglashtirilgan oʻzaro nisbatlarni belgilash hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xodimlar — funksiyasiga boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat koʻrsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni taʼminlash ishlarini bajarish (nashr etish, koʻpaytirish va arxiv ishlarini bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni yetkazib berish, kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — funksiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xoʻjalik xizmati koʻrsatish, ularni qoʻriqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmati koʻrsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish kiradigan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi xodimlar — texnik xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat normalarini ishlab chiqishdan avval, uni samarali joriy etish maqsadida tashkilotda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylarining yangi normalar boʻyicha ishga tashkiliy-texnik tayyorgarligini tekshirish (ishlarni bajarish uchun tashkiliy-texnik shartlar yangi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan shartlarga qanchalik mos kelishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni tashkil etishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat normalarini ishlab chiqishda tahliliy usul hamda yigʻish va xronometraj usullaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tahliliy usulda mehnat jarayoni elementlari tahlil qilinadi va amaldagi standartlar asosida hisoblash yoki tajriba hamda kuzatishlarga asoslangan tadqiqotlar natijalariga koʻra mehnat normalari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yigʻish usulida mehnat normalarini belgilash mumkin boʻlgan va maqsadga muvofiq hisoblanadigan ish turlari mehnatni normalashtirish obyekti sifatida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat normalarini ishlab chiqishda shunga oʻxshash ishlarni bajarish boʻyicha statistik maʼlumotlar yoki mehnat normalarini bajaruvchi mutaxassisning tajribasi qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yigʻish usuli qiyosiy, eksperimental va statistik usullarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiyosiy usul oʻrganilayotgan va mavjud boʻlgan ishni oʻxshash ish bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperimental usulda mehnat normalarini belgilashda normalashtiruvchining tajribasi hisobga olinadi va normalashtirilayotgan ishdagi xodimlar bilan oʻzaro aloqada boʻladi, buning natijasida ishning mehnat zichligi va uning mazmuni hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistik usulda xodimlarning haqiqiy mehnat unumdorligini aks ettiruvchi statistik hisobot maʼlumotlariga asoslaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xronometraj usuli mehnat jarayonining muayyan takrorlanuvchi elementlarini bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqtini oʻlchash usuli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xronometraj usuli yalpi xronometraj va tanlanma xronometraj turlariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yalpi xronometrajda uzluksiz vaqt rejimida bitta ish harakati bilan bogʻliq har bir element oʻlchanadi va oʻrtacha koʻrsatkich hisoblanadi. Ushbu turdagi xronometrajni qoʻllashda jarayonning barcha elementlari xodim tomonidan ketma-ket bajarilishi muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlanma xronometrajda jarayonning alohida komponentlari oʻlchanadi. Ushbu turdagi xronometrajni qoʻllashda jarayon elementlarini bajarishda ketma-ketlikni kuzatish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnat normalarini ishlab chiqishda xodimlarning bajargan ishlari (vazifalari) kuzatuvlaridan va oʻlchovlar orqali ish vaqti sarfini oʻrganish natijalaridan (ish kunining fotosuratlari, jihozlardan foydalanish vaqti, fotoxronometraj va boshqalar) foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir turdagi ishlar uchun tarmoq, tarmoqlararo, kasbiy va boshqa namunaviy mehnat normalari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu kiritilgan namunaviy mehnat normalari bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlarning namunaviy mehnat normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kasb va lavozimlarning boshqaruv, ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar toifalariga mansubligini aniqlashda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatoridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xodimlarning umumiy soniga boshqaruv xodimlari, ishlab chiqarish xodimlari va yordamchi xodimlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar qonunchilik hujjatlarida ayrim tashkilotlar uchun xodimlar soni normasi belgilangan boʻlsa, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalarga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining namunaviy normalari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlariga nisbatan yordamchi xodimlar sonining mutanosibligini hisoblash meʼyorlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq boshqaruv xodimlari va ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni yigʻindisiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar toifasiga mansub shtat birliklarini belgilashda avval ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining namunaviy normalariga, keyin boshqaruv xodimlariga nisbatan yordamchi xodimlar sonining mutanosibligini hisoblash meʼyorlariga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy sonidagi yordamchi xodimlarning ushbu nizomga 2-ilovada keltirilgan chegaraviy meʼyorlari ishlab chiqilgan mehnat normalaridan kelib chiqib, 10 foizgacha oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilangan mehnat normalari va talablar davlat tashkilotlari uchun majburiy, boshqa tashkilotlar uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining namunaviy normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimi yoki kasb nomi

Shtat birligini kiritish normalari va shartlari*

Yengil avtomobil haydovchisi

Avtomobil saqlash limiti mavjud boʻlganda:

2 shtat birligi (2 smenada) — tashkilot rahbari uchun;

1,5 shtat birligi (1,5 smenada) — tashkilot rahbarining har bir oʻrinbosari uchun;

navbatchi avtomobillar uchun 1,5 shtat birligi (1,5 smenada) — har 100 shtat birligidagi boshqaruv xodimlari uchun.

Hovli supuruvchi

2,5 ming kv metr tozalanadigan maydon uchun 1 shtat birligi.

Ruxsatnomalar byurosi navbatchisi**

Bir smenali ish uchun bitta tashkilotga 1 shtat birligi (respublika va hududiy (viloyat) tashkilotlarda kiritish mumkin).

Xizmat xonalari farroshi**

800 kv metr supuriladigan va tozalanadigan maydon uchun 1 shtat birligi.

Elektromontyor**

Jami shtat birligi 100 tadan kam boʻlgan tashkilot uchun 0,5 shtat birligi.

Jami shtat birligi 100 tadan ortiq boʻlgan tashkilot uchun 1 shtat birligi (binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishchi yoʻq boʻlganda kiritiladi).

Chilangar-santexnik**

1 shtat birligi (binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishchi yoʻq boʻlganda kiritiladi).

Qorovul**

Bir kecha-kunduz ishlayotganida — har bir tashkilot uchun 4,5 shtat birligi.

Bir smenali ish uchun (tungi navbatchilik) — har bir tashkilot uchun 3 shtat birligi.

Qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqlanmagan taqdirda joriy etiladi.

Lift boʻyicha texnik**

1 shtat birligi — agar lift boʻlsa.

Bogʻbon

Bogʻ, manzarali daraxtlar, yashil oʻtloq va gulzor 0,5 gektardan 2 gektargacha boʻlgan maydonda 1 shtat birligi, keyin har 2 gektar maydon uchun 1 shtat birligi joriy etiladi.

Binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishchi**

Boshqaruv xodimlari soni 100 shtat birligidan kam boʻlgan tashkilot uchun 1 shtat birligi.

Boshqaruv xodimlari soni 100 shtat birligidan ortiq boʻlgan tashkilot uchun 2 shtat birligi (elektromontyor va chilangar-santexnikni almashtirish uchun joriy etiladi).

Arxivarius

1 shtat birligi, har biri 250 varaqdan 6000 ta ish jildi uchun (ixtisoslashgan arxiv tashkilotlaridan tashqari).

Kutubxonachi

Agar kutubxona mavjud boʻlsa va hisobida kamida 2 000 ta adabiyot mavjud boʻlganda 1 shtat birligi (ixtisoslashgan kutubxona tashkilotlaridan tashqari).

Ish yurituvchi***

Boshqaruv xodimlarining har 50 nafar xodimiga 1 shtat birligi.

Rahbar kotibi (referent-kotib)

Har bir tashkilot rahbari va uning oʻrinbosarlari uchun 1 shtat birligi (respublika va hududiy (viloyat) tashkilotlarda kiritish mumkin).

Gʻaznachi (kassir)

Har bir tashkilot uchun 1 shtat birligi (ehtiyoj boʻlganda).

Xoʻjalik mudiri

Har bir tashkilot uchun 1 shtat birligi.

Kompyuter texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish texnigi (muhandis)

Har 50 ta kompyuter va orgtexnika uchun 1 shtat birligi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu jadvalda koʻrsatilmagan yordamchi xodimlar toifasiga mansub lavozim va kasblarning shtat birliklari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yordamchi xodimlarning lavozim va kasblarini joriy qilish tegishli ish sharoitlari mavjud boʻlgan taqdirda, ish vaqtidagi toʻliq yuklanganlikni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Binoni (xonani) ijaraga olayotganda, ushbu lavozimlar iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda (ijara shartnomasini koʻrsatgan holda) kiritiladi. Alohida binoga joylashtirilganida iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda, belgilangan chegaradan oshib ketgan qorovul shtatini 2 ta shtat birligiga oshirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Ish yuritish uchun masʼul boʻlgan boshqa lavozimdagi xodim boʻlmasa, iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlariga nisbatan yordamchi xodimlar sonining mutanosibligini hisoblash meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshqaruv xodimlari soni

50 tagacha shtat birligi

51 — 100 tagacha shtat birligi

101 — 200 tagacha shtat birligi

201 — 300 tagacha shtat birligi

301 va yuqori shtat birligi

1

2

3

4

5

Respublika darajasidagi tashkilotlar

1:0,27:0,16

1:0,18:0,12

1:0,16:0,08

1:0.12:0,08

1:0,12:0,08

Hududiy (viloyat) darajadagi tashkilotlar

1:0,28:0,12

1:0,19:0,09

1:0,12:0,07

Tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlar

1:0,22:0.11

1:0,15:0,07

1:0,09:0,06

Hududiy (viloyat) hokimliklar

1:0,38:0,22

1:0,34:0,2

Tuman va shahar hokimliklari

1:0,2:0,13

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqaruv xodimlarini hisoblashda ishlab chiqarish xodimlari ham inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1 — 5 ustunlardagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-raqam — 1 ta boshqaruv xodimi shtat birligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-raqam — ushbu 1 ta boshqaruv xodimi shtat birligiga nisbatan texnik xodim shtat birligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-raqam — ushbu 1 ta boshqaruv xodimi shtat birligiga nisbatan xizmat koʻrsatuvchi xodim shtat birligini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari soni boshqaruv xodimlari soniga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boshqaruv xodimlarining soni 50 ta shtat birligidan ortiq boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51 — 100 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda, 1 va 2-ustun boʻyicha meʼyorlar alohida hisoblanadi hamda jamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101 — 200 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda, 1 — 3-ustunlar boʻyicha meʼyorlar alohida hisoblanadi hamda jamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201 va undan koʻp boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda, 1 — 4 va keyingi ustunlar boʻyicha meʼyorlar alohida hisoblanadi hamda jamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol. Oʻrnatilgan boshqaruv xodimlarining soni respublika darajasidagi tashkilotlarida 123 ta boshqaruv xodimi shtat birligidan iborat boʻlganda, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni quyidagicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xodimlar: 50 * 0,27 = 13,5 shtat birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar: 50 * 0,16 = 8 shtat birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51 — 100 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda (50 shtat birligi uchun):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xodimlar: 50 * 0,18 = 9 shtat birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar: 50 * 0,12 = 6 shtat birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101 — 200 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda (23 shtat birligi uchun, 123 — 50 — 50);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xodimlar: 23 * 0,16 = 3,7 shtat birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar: 23 * 0,08 = 1,9 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra tashkilotda 123 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi mavjud boʻlganda, texnik xodimlar 26,2 shtat birligini (13,5 + 9 + 3,7), xizmat koʻrsatuvchi xodimlar 15,9 shtat birligini (8 + 6 + 1,9), jami 42 shtat birligini (26,2 + 15,9) tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shtat jadvaliga kasb va lavozimlar boʻyicha shtat birliklari quyidagi yaxlitlash orqali kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat birligi 0,125 dan kam boʻlganda inobatga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat birligi 0,125 dan 0,375 gacha boʻlganda 0,25 ta shtat birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat birligi 0,375 dan 0,625 gacha boʻlganda 0,5 ta shtat birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat birligi 0,625 dan 0,875 gacha boʻlganda 0,75 ta shtat birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat birligi 0,875 dan yuqori boʻlganda 1 ta shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2025-y., 09/25/465/0649-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)