Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Geologiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2662-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-son “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 26-fevraldagi 18, 91-son “Geologiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2662, 2015-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 166-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-iyun,
264-son
Kelishildi:
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2025-yil 27-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2662-1/0638-son)