Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-aprel roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3343-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-noyabrdagi 787-son “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish sohasidagi qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 10-noyabrdagi 01-02/8-51-son qarori (roʻyxat raqami 3343, 2021-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/3343/1205-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-ilovasi matnidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-aprel,
247-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 8-aprel
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2025-yil 8-aprel
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 10/25/3343-2/0632-son)