26.11.2024 yildagi 787-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish sohasidagi qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarida ruxsat berish tartib-taomillari isloh qilinib, avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish jarayonlarini raqamlashtirish orqali byurokratik toʻsiqlarni qisqartish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari bojxona organlariga tegishli hujjatlarni qogʻoz nusxada taqdim etishi dolzarb muammo boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish jarayonlarini raqamlashtirish orqali soddalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha axborot tizimini joriy etish yoʻli bilan hujjatlarni qogʻoz nusxada talab qilishdan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma olish boʻyicha murojaatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) orqali koʻrib chiqish mexanizmini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi YIDXP va “Litsenziya” AT orqali guvohnoma olish boʻyicha texnik hujjatni bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kelishish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni YIDXP va “Litsenziya” AT orqali joriy etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlarning YIDXP va “Litsenziya” ATga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
787-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-noyabrdagi 787-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidan “tasdiqlansin” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” soʻzidan keyin “va “Litsenziya” axborot tizimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Konvensiya talablari asosida avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yoki konteynerlarda tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi lavhaning mavjudligini nazoratdan oʻtkazadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XYT daftarchasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi YAAAT) roʻyxatga olinadi va manzil bojxona organiga nazoratga qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-banddagi, 27-bandning beshinchi xatboshisidagi, 32-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi, 36-bandning uchinchi xatboshidagi, 54-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 58-bandning uchinchi xatboshisidagi, 59-bandning birinchi xatboshisidagi va 63-banddagi “DBQ” soʻzi “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Konvensiya talablari asosida avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda tegishli lavhalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda tegishli lavhalar mavjudligini”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-bandning birinchi xatboshisidagi “toʻrttadan” soʻzi “sakkiztadan” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “DBQga” soʻzi “bojxona organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda lavha mavjud boʻlmaganda yoki ularning muddati tugaganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Konvensiya talablari asosida kafolat uyushmasidan undirilgan bojxona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlar summasi besh yil muddatga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari hisob raqamlarida saqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bobning yigirma va yigirma birinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9-grafa. “Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va amal qilish muddati koʻrsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bobning yigirma beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalari) tomonidan ushbu Reglamentga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema va ruxsatnoma boʻyicha beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Ruxsatnoma olinayotgan avtotransport vositasining bojxona koʻzdan kechiruvi oʻtkazilganda bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Ariza YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi YAAAT) kelib tushadi. Ushbu ariza shu vaqtning oʻzida avtomatik tarzda Soliq qoʻmitasiga va kafolat uyushmasiga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “DBQ” soʻzi “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari uch ish kuni mobaynida DBQ” soʻzlari “Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari uch ish kuni mobaynida Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari uch ish kuni mobaynida DBQ” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari uch ish kuni mobaynida Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “DBQ, Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan ariza koʻrib chiqilgandan soʻng Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan ariza koʻrib chiqilgandan soʻng Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki “Litsenziya” AT” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-band va 25-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki “Litsenziya” AT” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasiga ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq DBQ” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasiga ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bandning birinchi xatboshisi, 19-bandning birinchi xatboshisi hamda 23-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Qayta roʻyxatdan oʻtkazish va (yoki) oʻzgarishlar toʻgʻrisida murojaat (tegishli hujjatlar ilova qilingan holda) kelib tushganda, Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasi tomonidan tekshiriladi, murojaat YIDXP yoki “Litsenziya” ATga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tasdiqlanadi yoki rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzgartirilgan maʼlumotlar tasdiqlangan taqdirda, Bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi ruxsatnoma maʼlumotlarini Bojxona qoʻmitasi YAAATda yangilaydi va Bojxona qoʻmitasiga kiritilgan tuzatishlar boʻyicha axborot beradi. Bojxona qoʻmitasi masʼul xodimi tegishli oʻzgartirishlarni XYT Xalqaro bank maʼlumotlari bazasiga kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma quyidagi hollarda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ikki kun ichida Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalari tomonidan bekor qilinadi:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki “Litsenziya” AT” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnomani bekor qilish haqidagi qaror Bojxona qoʻmitasi, ruxsatnoma egasi va kafolat uyushmasiga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“33. XYT daftarchasidan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda avtomatik ravishda Bojxona qoʻmitasi YAAAT tomonidan yaratiladi. Reyestr maʼlumotlarining shakllanishi Bojxona qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) orqali ushbu Reglamentga 3-ilovaga asosan XYT daftarchasidan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun ariza toʻldiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

YAIDPX yoki “Litsenziya” AT

Ariza YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali Bojxona qoʻmitasi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi YAAAT)ga kelib tushadi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Bojxona qoʻmitasi YAAAT

Bojxona qoʻmitasi YAAATga kelib tushgan ariza Soliq qoʻmitasining kafolat uyushmasiga bir vaqtda yuboriladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

1. Kafolat uyushmasi

1. Kafolat uyushmasi Reglamentning 5-bandi “a” — “v”, “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan shartlar va talablarga muvofiqlikni oʻrganadi va Bojxona qoʻmitasi YAAATga elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi yoki rad etadi.

Uch ish kuni

2. Soliq qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi

2. Bojxona qoʻmitasi YAAATga ariza beruvchining ruxsat olish uchun elektron arizasini olgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bartaraf etilmagan soliq qonunchilik hujjatlarini qoʻpol ravishda buzish holatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlaydi.

3. Bojxona qoʻmitasi tegishli hududiy boshqarmasi

3. Bojxona qoʻmitasi YAAATga ariza beruvchining ruxsat olish uchun elektron arizasini olgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bartaraf etilmagan bojxona qonunchilik hujjatlari buzilishi mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlaydi.

5-bosqich

Bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi

Kafolat uyushmasi va Soliq qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan ariza koʻrib chiqilgandan soʻng ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va arizachiga YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yuboradi.

Ikki ish kuni

6-bosqich

Bojxona qoʻmitasi YAAAT

Ruxsatnoma berilganligi yoki ariza rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror Bojxona qoʻmitasi YAAATdan YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Avtomatik ravishda

7-bosqich

Kafolat uyushmasi

XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olgandan soʻng ruxsatnoma olgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Bojxona qoʻmitasiga Reglamentga 5-ilovaga muvofiq Bojxona qoʻmitasi YAAAT orqali elektron shaklda yuboradi.

Uch ish kuni

8-bosqich

Bojxona qoʻmitasi maʼsul xodimi

Kafolat uyushmasidan kelib tushgan XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olgan shaxslar
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Konvensiyaga

9-ilovaning II qismi 4-bandiga muvofiq uch ish kuni ichida XYT Xalqaro bank maʼlumotlari bazasiga kiritadi.

Uch ish kuni

9-bosqich

Bojxona qoʻmitasi YAAAT

XYT daftarchasidan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar reyestri Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda Bojxona qoʻmitasi YAAATda avtomatik tarzda yaratiladi.

Kafolat uyushmasi tomonidan Reglamentga 5-ilovaga muvofiq Bojxona qoʻmitasi YAAAT orqali elektron shaklda maʼlumotlarni yuborgandan soʻng avtomatik ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur sxemada koʻrsatilgan 4 — 9-bosqichlar vakolatli organlar tomonidan avtomatlashtirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 va 12-pozitsiyalardagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 va 7-pozitsiyalar “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” soʻzlaridan keyin “yoki “Litsenziya” axborot tizimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-pozitsiyadagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaning 4.1.4-bandidagi “tasarrufida boʻlish muddati” soʻzlari “tasarrufiga oʻtgan sanasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilova matnidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilingan va bunday huquqi tiklangan tashuvchilarning ushbu Nizomga ilovada belgilangan shaklda reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning birinchi xatboshisi, 6-bandning birinchi xatboshisi hamda 8-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasiga” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya qoidalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish boʻyicha qaror (keyingi oʻrinlarda — huquqdan mahrum qilish boʻyicha qaror) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan holatlarda hududiy bojxona boshqarmalari Bojxona qoʻmitasiga kiritgan takliflar asosida Bojxona qoʻmitasi xatlariga muvofiq rasmiylashtirilib, hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchi, Xalqaro yoʻllarda tashish Ijroiya kengashi, Kafolat uyushmasi va tashuvchi tashkil etilgan yoki doimiy manzilgohi joylashgan davlatning vakolatli organi manzillariga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasiga” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova matnidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi mazmundagi 3a-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi — guvohnoma olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma — avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklarhar qanday ogʻir va katta hajmli, ogʻirligi, oʻlchami va xususiyatidan kelib chiqib, yopiladigan yoʻl avtotransport vositasida tashish imkoni boʻlmagan yuklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasi — bojxona nazorati ostidagi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi (tirkama, yarim tirkama, konteyner) yoki avtotransport vositasining qismi (yuk boʻlimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteyner — yuklarni joylashtirishga moʻljallangan yopiq yoki qisman yopiq idish, doimiy va yetarli darajada mustahkam, shuningdek, koʻp marotaba ishlatishga moʻljallangan, yuklarni oraliq masofada qayta yuklamasdan, bitta yoki bir nechta transport turlarida tashishga moʻljallangan, bir transport turidan ikkinchi transport turiga yuklashni yengillashtirish uchun jihozlangan, yuklarni yengil ortish va tushirish uchun tayyorlangan, kamida bir kub metr ichki hajmiga ega boʻlgan transport vositasi (sisterna yoki boshqa shunga oʻxshash moslama);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP — Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan tizim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Guvohnoma Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi (1975-yil, Jeneva) (keyingi oʻrinlarda — Konvensiya) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (keyingi oʻrinlarda — Kodeks) talablari va shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Guvohnoma har bir avtotransport vositasiga alohida beriladi, guvohnomani konstruksiyaning turi boʻyicha berish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Guvohnoma olish uchun avtotransport vositasi Kodeks va Konvensiyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtotransport vositasiga guvohnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi avtotransport vositasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlganda — yakka tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi ayni bir turdagi konstruksiyaga ega boʻlgan avtotransport vositalarini seriyali ishlab chiqaruvchi zavod boʻlganda — konstruksiyaning turi boʻyicha berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Guvohnoma Konvensiya talablari asosida xalqaro yoʻllarda tashish (keyingi oʻrinlarda — XYT) daftarchasidan foydalangan holda tovarlarni xalqaro tashish hamda boshqa qonunchilik bilan belgilangan maqsadlarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma bojxona organlari talablariga koʻra tovarning kuzatuv hujjatlari bilan birga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Guvohnoma mavjud boʻlmagan avtotransport vositalarida XYT daftarchalari asosida tovarlarni tashish taqiqlanadi, ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklar tashilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir vaznli yoki katta hajmli yuklarni XYT daftarchasi asosida tashish tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Avtotransport vositasi keyinchalik guvohnoma berish jarayonidagi texnik talablarga javob bermasa, XYT daftarchasidan foydalangan holda tashuvni amalga oshirish uchun ushbu avtotransport vositasi belgilangan texnik talablariga javob beradigan holga keltirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Guvohnoma amal qilish muddati ikki yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Guvohnoma mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema hamda 2-ilovada keltirilgan guvohnoma pasporti asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Arizachi guvohnomani olish uchun YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali quyidagi hujjatlarni elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarida — ERI) bilan tasdiqlagan holda bojxona organlariga joʻnatish yoʻli bilan murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yakka tartibda guvohnoma olish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentga 3-ilovada keltirilgan elektron ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Reglamentga 4-ilovada koʻrsatilgan namunaga muvofiq avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlar (bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi). Bunda fotosuratlar kunning yorugʻ vaqtida olingan JPEG formatda, har birining hajmi 5 Mbdan oshmagan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma olish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentga 5-ilovada keltirilgan elektron ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Reglamentga 4-ilovada koʻrsatilgan namunaga muvofiq avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek, plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan rangli fotosuratlar. Bunda fotosuratlar kunning yorugʻ vaqtida olingan JPEG formatda, har birining hajmi 5 Mbdan oshmagan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Arizachi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Arizachining YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali murojaati avtomatik tarzda bojxona organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda guvohnoma olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar arizachi tanlagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bojxona organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar arizachi qaysi Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) faoliyat koʻrsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan boʻlsa, oʻsha hududiy boshqarmaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakka tartibda guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali (keyingi oʻrinlarida — Bojxona qoʻmitasi YAAAT) bojxona organiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Masʼul xodim ikki ish kuni ichida kelib tushgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va Bojxona qoʻmitasi YAAAT orqali YIDXP yoki “Litsenziya” ATga guvohnoma soʻralayotgan avtotransport vositasini Konvensiya va Kodeks bilan belgilangan texnik talablarga rioya etilganligini oʻrganish uchun ushbu avtotransport vositasini koʻzdan kechirish uchun bojxona organiga taqdim etish boʻyicha arizachiga elektron xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Avtotransport vositani koʻzdan kechirish uchun bojxona organiga taqdim etishga xabarnoma berilganda arizachi yetti ish kuni ichida avtotransport vositasini arizada belgilagan bojxona organiga koʻzdan kechirish uchun taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasi belgilangan muddatda bojxona organiga taqdim etilmagan taqdirda, joʻnatilgan ariza avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Avtotransport vositasi arizada belgilangan bojxona organiga taqdim etilganda bojxona organi masʼul xodimi arizachi bilan birga avtotransport vositasini koʻzdan kechiradi hamda Konvensiya va Kodeksda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Koʻzdan kechiruv natijasi boʻyicha bojxona organi masʼul xodimi bir ish kunidan kechiktirmasdan Bojxona qoʻmitasi YAAAT orqali YIDXP yoki “Litsenziya” ATdan guvohnoma berilganligi (yuborilganligi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Guvohnoma QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan himoyalangan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ushbu Reglamentga 6-ilovadagi shaklga (konteynerlar uchun 7-ilovadagi shaklga) muvofiq elektron tarzda arizachiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi guvohnomani pdf formatida YIDXP yoki “Litsenziya” ATdan yuklab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi guvohnoma berish toʻgʻrisida xabarnoma olganidan keyin respublikaning istalgan bojxona organiga guvohnomani taqdim etadi. Bojxona organi bir ish kuni ichida guvohnoma maʼlumotlarini YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali tekshiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Reglamentga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma A4 formatidagi qogʻozda chop etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma A4 formatidagi bir varaqdan iborat (oldi va orqa tarafiga) qogʻozda chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma holatini tekshirish (guvohnoma egasi toʻgʻrisida maʼlumot, avtotransport vositasi rasmlari, guvohnoma holati va boshqa maʼlumotlar) guvohnomada mavjud QR-kodni skaner qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Konteynerga guvohnoma berilgan taqdirda, arizachi tomonidan ushbu Reglamentga 8-ilovada keltirilgan namunaga asosan konteynerning koʻrinadigan qismiga toʻrtburchak temir lavha oʻrnatilgandan soʻng ushbu konteynerda bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan lavhaga quyidagi maʼlumotlar oʻyib yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashishga ruxsat berildi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuyidagi tartibda guvohnoma raqami — UZ/00/0000 (“UZ” — Oʻzbekiston Respublikasining ikki xarfli belgisi, “01” — guvohnoma raqami, 2025 — guvohnoma berilgan yili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan konteyner raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Guvohnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning arizachi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining Kodeksning 227-moddasida belgilangan talablar va shartlarga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Reglamentning 24-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan faktlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, bojxona organi ularni bartaraf etish uchun arizachiga oʻttiz ish kunigacha boʻlgan muddat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bojxona organi tomonidan bir ish kuni ichida YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda arizachiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomada taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida arizachiga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlarni va dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek, guvohnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda koʻmaklashishi va zarur maslahatlar berishi kerak, arizachi taklif etilgan yordamni rad etgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda guvohnoma berishni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bojxona organi bir ish kunidan kechiktirmasdan YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali guvohnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarda rad etish sabablari va qonunchilikning normalari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi guvohnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar olingan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida rad etish sabablarini bartaraf qilishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli. Oʻn ish kunida kamchiliklar bartaraf etilmaganda arizachi mazkur Maʼmuriy reglament talablari asosida yangi ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda, arizachi YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali mazkur Reglamentga 3-ilovada keltirilgan arizani toʻldiradi va avvalgi rad etilgan ariza toʻgʻrisida maʼlumotlarni (ariza raqamini) koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bojxona organi masʼul xodimi kelib tushgan hujjatlar va guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf qilinganligini bir ish kuni ichida oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi masʼul xodimi guvohnoma soʻralayotgan avtotransport vositasining konstruksiyasi (avtotransport vositasining oʻrami, sim-arqon, tirkama va yarim tirkamadagi boshqa oʻzgarishlar) oʻzgartirish kiritish zarur boʻlgan hollarda takroran koʻzdan kechirish uchun bojxona organiga taqdim etishni soʻraydi va arizachi avtotransport vositasini bir ish kunida arizada koʻrsatilgan bojxona organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasi belgilangan muddatda bojxona organiga taqdim etilmagan taqdirda, joʻnatilgan ariza avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Avtotransport vositasi arizada belgilangan bojxona organiga taqdim etilganda bojxona organi masʼul xodimi arizachi bilan birgalikda avtotransport vositasini koʻzdan kechiradi hamda Konvensiya va Kodeksda belgilangan talablarga muvofiqligini takroran oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda, bojxona organi bir ish kunidan kechiktirmasdan Bojxona qoʻmitasi YAAAT orqali YIDXPga yoki “Litsenziya” ATdan guvohnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilmaganda, guvohnoma berish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda ilgari koʻrsatilmagan asoslarga koʻra guvohnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Arizachi bojxona organining guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, bojxona organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Avtotransport vositasiga konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bir turdagi avtotransport vositalari seriyali ishlab chiqarilsa, ishlab chiqaruvchi (yuridik shaxs) tomonidan bir turdagi avtotransport vositalariga guvohnoma olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Masʼul xodim oʻn ish kunida kelib tushgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va Bojxona qoʻmitasi YAAAT orqali YIDXPga yoki “Litsenziya” ATga guvohnoma soʻralayotgan avtotransport vositalar turini Konvensiya va Kodeks bilan belgilangan texnik talablarga rioya etilganligini oʻrganish maqsadida arizachiga ishlab chiqarish jarayonlarini oʻrganish hamda ushbu turdagi avtotransport vositasi (vositalari)ni koʻzdan kechirish uchun xabarnoma joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ishlab chiqarish jarayonini oʻrganish va bir turdagi avtotransport vositalarini koʻzdan kechirish boʻyicha xabarnoma kelib tushganda arizachi yetti ish kuni ichida bojxona organi masʼul xodimini ishlab chiqarish jarayonini va soʻralgan avtotransport vositalarini koʻzdan kechirish uchun taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi tomonidan belgilangan muddatda mazkur jarayonlar amalga oshirilmagan taqdirda ariza avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Hududiy boshqarma masʼul xodimi arizachi bilan birgalikda ishlab chiqarish jarayonlari va bir turdagi avtotransport vositasi(lari)ni koʻzdan kechiradi hamda ularning Konvensiya va Kodeksda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻrganish natijasi boʻyicha hududiy boshqarma bir ish kunidan kechiktirmasdan Bojxona qoʻmitasi YAAAT orqali YIDXP yoki “Litsenziya” ATdan guvohnoma berilganligi (yuborilganligi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan himoyalangan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ushbu Reglamentga 9-ilovadagi shaklga (konteynerlar uchun 7-ilovadagi shaklga) muvofiq elektron tarzda arizachiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi guvohnomani pdf formatida YIDXP yoki “Litsenziya” ATdan yuklab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi guvohnoma berish toʻgʻrisida xabarnoma olganidan keyin respublikaning istalgan bojxona organiga guvohnomani taqdim etadi. Bojxona organi bir ish kuni ichida guvohnoma maʼlumotlarini YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali tekshiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Reglamentga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma A4 formatidagi bir varaqdan iborat (oldi va orqa tarafiga) qogʻozda chop etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnoma A4 formatidagi qogʻozda chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Konstruksiya turi boʻyicha guvohnoma olgandan soʻng arizachiga Bojxona qoʻmitasi YAAATda guvohnoma shakllantirish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda yoki “Litsenziya” ATda arizachiga bir turdagi ishlab chiqarilgan avtotransport vositalariga (har biriga alohida) mazkur Reglamentga 9-ilovadagi shaklda (konteynerlar uchun 7-ilovadagi shaklda) pdf formatidagi QR-kodli guvohnomani yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Guvohnoma holatini tekshirish (guvohnoma egasi toʻgʻrisida maʼlumot, avtotransport vositasi rasmlari, guvohnoma holati va boshqa maʼlumotlar) guvohnomada mavjud QR-kodni skaner qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Konstruksiya turi boʻyicha konteynerga guvohnoma berilgan taqdirda, arizachi tomonidan mazkur Reglamentga 8-ilovada keltirilgan namunaga asosan konteynerning koʻrinadigan qismiga temir toʻrtburchak lavha oʻrnatilgandan soʻng ushbu konteynerda bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur lavhaga ushbu Reglamentning 23-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar hamda avtotransport vositasi turiga tegishli harf va raqamlar oʻyib yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Avtotransport vositasini seriyali ishlab chiqaruvchi tashkilotdan xarid qilgan shaxs respublikadagi istalgan bojxona organiga guvohnomani taqdim etadi. Bojxona organi bir ish kuni ichida guvohnoma maʼlumotlarini YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali tekshiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Konstruksiya turi boʻyicha guvohnoma berishni rad etish va rad etish asoslarini bartaraf qilgan holda qayta kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish mazkur Reglamentning 24 — 30-bandlarida belgilangan asoslar va tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Arizachi bojxona organining guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, bojxona organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Guvohnomaning amal qilishini tugatish uchun bojxona organlariga murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari almashganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Reglamentning 44-bandida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Guvohnomani bekor qilish uchun bojxona organlariga murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Guvohnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining konstruksiyasi oʻzgartirilganligi fakti (guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Guvohnoma mazkur Reglamentning 46-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hollarda bojxona organi tomonidan, mazkur Reglamentning 46-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Guvohnomani bekor qilish boʻyicha arizani joʻnatish guvohnoma egasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bojxona organi guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali kelib tushgan arizani ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bojxona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma bekor qilingan taqdirda, u ikki ish kuni ichida bojxona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Guvohnoma amal qilish muddatini uzaytirish uchun bojxona organlariga murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining arizasiga koʻra ikki yilga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza maʼlumotlariga amaldagi guvohnoma raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar grafasi qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Guvohnoma yoʻqotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda arizachining murojaatiga asosan guvohnomaning nusxasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Arizachi

Guvohnomani olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) roʻyxatdan oʻtish.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Arizachi

Guvohnoma turini tanlash hamda elektron shaklda ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni yuborish.

Oʻz xohishiga koʻra

3-bosqich

Bojxona qoʻmitasi

1. Murojaatni koʻrib chiqish va avtotransport vositasini koʻzdan kechirish uchun YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali bojxona organiga taqdim etish toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatish (yakka tartibdagi guvohnoma uchun).

Ikki ish kuni

2. Murojaatni koʻrib chiqish va ishlab chiqarish jarayonlarini oʻrganish hamda ushbu turdagi avtotransport vositalarini koʻzdan kechirish uchun yuborish (konstruksiya turi boʻyicha guvohnoma uchun).

Oʻn ish kuni

4-bosqich

Arizachi

Avtotransport vositasini koʻzdan kechirish uchun taqdim etish yoki ishlab chiqarish jarayonlarini oʻrganish hamda ushbu turdagi avtotransport vositalarini koʻzdan kechirish uchun bojxona organi xodimini taklif qilish.

Yetti ish kuni

5-bosqich

Bojxona qoʻmitasi

Avtotransport vositasini belgilangan texnik talablariga javob berilishini oʻrganishdan soʻng guvohnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

Bir ish kunida

6-bosqich

YIDXP yoki “Litsenziya” AT

Guvohnomani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligi yuzasidan arizachiga xabar yuborish.

Avtomatik ravishda

7-bosqich

YIDXP yoki “Litsenziya” AT

Guvohnomani shakllantirish va arizachiga yuborish.

Avtomatik ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtotransport vositasida tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashish

3. Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar*

4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Guvohnoma olish uchun qoʻyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

elektron ariza**;

avtotransport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi;

avtotransport vositasining oldidan, orqasidan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan rangli fotosuratlar (JPEG formatda, har biri hajmi 5 Mbdan oshmagan holda);

transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifi***.

6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.

7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

8. Arizani koʻrib chiqish muddati:

Arizani koʻrib chiqish muddati:

yakka tartibda 10 ish kuni;

konstruksiya turi boʻyicha 20 ish kuni.

9. Ruxsat etishga oid talab
va shartlar:

Bojxona muhrlari va plombalari ostida tovarlarni tashish uchun avtotransport vositalari quyidagi talablarga rioya etilgan holda konstruksiyalangan va jihozlangan boʻlishi kerak:

bojxona muhrlari va plombalarini bevosita avtotransport vositasiga oddiy va ishonchli usulda qoʻyish mumkinligi;

tashilayotgan tovarni avtotransport vositasining plombalangan qismidan koʻzga tashlanadigan izlar qoldirmasdan chiqarib olish yoki unga boshqa tovarni joylash yoxud bojxona tamgʻalariga yoki muhrlariga shikast yetkazish imkoniyati yoʻqligi;

avtotransport vositasi va uning yuk boʻlmalari ularning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan konstruksiyasiga doir texnik talablarga muvofiqligi va ularda tashilayotgan tovarlarni yashirish uchun moʻljallangan xufiya joylar mavjud boʻlmasligi;

avtotransport vositasining tovarlar turishi mumkin boʻlgan yuk boʻlmalarining tuzilishi bojxona koʻzdan kechiruvi uchun erkin kirib chiqishni taʼminlashi.

Quyidagi shartlarga rioya etilishi kerak:

bojxona organiga istalgan vaqtda mazkur konstruksiya turidagi avtotransport vositalarini (yuk avtomobillarini, tirkama va yarim tirkamalarni) ularni seriyalab ishlab chiqarish jarayonida koʻzdan kechirish imkoniyatini beruvchi sharoit yaratish;

konstruksiyaning chizmalari va tavsiflaridagi barcha oʻzgarishlar (qoʻshimchalar) toʻgʻrisida ushbu oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) ishlab chiqarishga joriy qilinishidan avval bojxona organini xabardor qilish;

avtotransport vositasining koʻrinadigan joyiga konstruksiya turining farqlash raqamlarini yoki harflarini, shuningdek, ushbu turda (seriyada) ishlab chiqarilayotgan har bir avtotransport vositasining farqlash yoki zavod raqamlarini qoʻyish;

ruxsat berilgan konstruksiya turiga (seriyasiga) muvofiq ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarining hisobini yuritish.

10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ikki yil.

12. Izoh:

* guvohnoma konstruksiya turi boʻyicha berilganda faqat yuridik shaxs;

** yakka tartibda va konstruksiya turi boʻyicha guvohnoma olinishiga qarab tegishli elektron ariza;

*** faqat konstruksiya turi boʻyicha guvohnoma soʻralganda.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga yakka tartibda ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot

1.1

Ariza beruvchi tashkilotning toʻliq nomi (jismoniy shaxs uchun toʻliq F.I.O.)

1.2

Pochta manzili

1.3

STIR (jismoniy shaxs uchun shaxsiy identifikatsiya raqami)

1.4

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami (faqat jismoniy shaxs uchun)

1.5

Telefon raqami

1.6

Elektron pochta manzili

II. Avtotransport vositasi toʻgʻrisida maʼlumot

2.1

Turi (tirkama, yarim tirkama, yuk tortgich va boshqa)

2.2

Rusumi (markasi)

2.3

Ishlab chiqarilgan yili

2.4

Davlat raqami belgisi

2.5

Identifikatsiya raqami (VIN)

2.6

Avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning (texnik pasport) seriya raqami

2.7

Avtotransport vositasi koʻzdan kechiriladigan bojxona postining kodi

III. Konteyner toʻgʻrisida maʼlumot*

3.1

Konteyner raqami

3.2

Konteyner turi

3.3

Tara vazni

3.4

Tashqi oʻlchamlari (sm)

3.5

Konstruksiyaning asosiy xususiyatlari (material tipi, konstruksiya turi va boshqa)

3.6

Konteyner koʻzdan kechiriladigan bojxona postining kodi

IV. Boshqa maʼlumotlar

4.**

Amaldagi guvohnoma yoki ariza raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Konteyner toʻgʻrisidagi maʼlumotlar faqat konteynerga guvohnoma olishda toʻldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu band, guvohnoma amal qilish muddatini uzaytirish yoki guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda bojxona organlariga murojaat qilishda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish uchun arizaga ilova qilinadigan fotosuratlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtotransport vositasining oʻng va chap tomonidan koʻrinishining fotosurati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtotransport vositasining orqa va oldi tomonidan koʻrinishining fotosurati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtotransport vositasining plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning fotosurati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Avtotransport vositasi turiga qarab bojxona muhrlari va plombalari qoʻyiladigan joyning fotosurati rakursi oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga konstruksiyaning turi boʻyicha ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot

1.1

Ariza beruvchi tashkilotning toʻliq nomi

1.2

Pochta manzili

1.3

STIR

1.4

Telefon raqami

1.5

Elektron pochta manzili

II. Avtotransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumot

2.1

Turi (tirkama, yarim tirkama, yuk tortgich va boshqa)

2.2

Rusumi (markasi)

2.3

Konstruksiya turiga biriktirilgan farqlash raqamlari yoki harflari

2.4

Avtotransport vositasini konstruksiyaning turi boʻyicha koʻzdan kechiradigan bojxona boshqarmasining kodi

III. Konteyner toʻgʻrisida maʼlumot*

3.1

Konteyner turi

3.2

Tara vazni

3.3

Tashqi oʻlchamlari (smda)

3.4

Konstruksiyaning asosiy hususiyatlari (material tipi, kontruksiya turi va boshqa)

3.5

Konstruksiya turining identifikatsiya xarf va raqamlari

3.6

Chizmalar idensifikatsiya raqamlari

3.7

Konstruksiya tarifining identifikatsiya raqami

3.8

Konteynerni konstruksiyaning turi boʻyicha koʻzdan kechiradigan bojxona boshqarmasining kodi

IV. Boshqa maʼlumotlar

4.**

Amaldagi guvohnoma yoki ariza raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Konteyner toʻgʻrisidagi maʼlumotlar faqat konteynerga guvohnoma olishda toʻldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu band, guvohnoma amal qilish muddatini uzaytirish yoki guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda bojxona organlariga murojaat qilishda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga

RUXSAT BERILGANLIGI TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA
 
SVIDETELSTVO O DOPUSHENII

dorojnogo transportnogo sredstva k perevozke gruzov pod tamojennimi pechatyami i plombami
 
APPROVAL CERTIFICATE

of a road vehicle for the transport of goods under Customs seal

Guvohnoma t/r

Svidetelstvo ……………………………………………………………………………………………

Certificate №

1975 yil 14 noyabrdagi XYT Konvensiyasi

Konvensiya MDP ot 14-noyabrya 1975 goda

TIR Convention of 14 November 1975

Kim tomonidan berilgan

Kem vidano..............................................................................................................................

Issued by

(vakolatli organning nomi, davlat)

(naimenovaniye kompetentnogo organa, strana)

(Competent Authority, country)

1-bet

Stranitsa 1

Page 1

IDENTIFIKATSIYA

IDENTIFIKATSIYA

IDENTIFICATION

Guvohnoma

Svidetelstvo

Certificate

1. Roʻyxatga olish raqami

Registratsionniy nomer…………………………………………………………………………….…………

Registration

2. Avtotransport vositasi turi

Tip transportnogo sredstva ……………………………………………………………..……………………

Type of vehicle

3. Shassi t/r

Shassi №……….………………………………………………………………………….…………….………

Chassis

4. Markasi (yoki ishlab chiqaruvchining nomi)

Marka (ili naimenovaniye izgotovitelya) .………………………………….……………………...…………

Trade mark (or name of manufacturer)

5. Boshqa maʼlumotlar

Prochiye dannie .………………………………….………………………………….……………….…………

Other particulars

6. Ilovalar soni

Kolichestvo prilojeniy.………………………………….…………………………………………..………

Number of annexes

7. RUXSATNOMA

DOPUSHENIYE

APPROVAL

Amal qilish muddati

Deystvitelno do

Valid until

 — Yakka tartibdagi ruxsatnoma*

individualnoye dopusheniye*

individual approval*

Muhr

Pechat

Stamp

 — konstruksiyaning turi boʻyicha ruxsatnoma*

dopusheniye po tipu konstruksii*

approval by design*

Ruxsatnoma raqami (tegishli hollarda)

Nomer razresheniya (v sootvetstvuyushix sluchayax)

Authorization (if applicable)

Joyi / Mesto / Rlase.…………….…………….…………….…………….…………….………

Sana / Data / Date.…………….…………….…………….…………….…………….…………..

Imzo / Podpis / Signature……………………………………………………………………......

8. Egalik qiluvchi (ishlab chiqaruvchi zavod, egasi yoki operator)

(faqat roʻyxatga olinmagan avtotransport vositalari uchun)

Vladelets (zavod-izgotovitel, sobstvennik ili operator)..............................................

(tolko dlya nezaregistrirovannix transportnix sredstv)

Holder (manufacturer, owner or operator)

for unregistered vehicles only)

Nomi va manzili

Naimenovaniye i adres ……………………………………………………………

Name and address

9. MUDDATINI UZAYTIRISH / PRODLENIYE / RENEWALS

Amal qilish muddati / Deystvitelno do / Valid until

Joyi / Mesto / Place

Sana / Data / Date

Imzo / Podpis / Signature

Muhr / Pechat / Stamp

* tegishli katakda “X” belgisi qoʻyilsin / v sootvetstvuyushey kletke postavit znak “X/ wark applicable alternative with an “X”

2-bet

Stranitsa 2

Page 2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

IZOHLAR (vakolatli organlar tomonidan toʻldiriladi)

PRIMECHANIYA (zapolnyayetsya kompetentnimi organami)

REMARKS (reserved for the use of Competent Authorities)

Guvohnoma №

Svidetelstvo №

Certificate

10. Aniqlangan nosozliklar

Zamechennie neyispravnosti

Defects noted

11. Nosozlikni bartaraf etish

Ustraneniye neyispravnostey

Rectifications of defects

Vakolatli organ

Kompetentniy organ

Authority

Muhr

Pechat

Stamp

Vakolatli organ Kompetentniy organ

Authority

Muhr

Pechat

Stamp

Imzo

Podpis

Signature

Imzo

Podpis

Signature

10. Aniqlangan nosozliklar

Zamechennie neyispravnosti

Defects noted

11. Nosozlikni bartaraf etish

Ustraneniye neyispravnostey

Rectifications of defects

Vakolatli organ

Kompetentniy organ

Authority

Muhr

Pechat

Stamp

Vakolatli organ Kompetentniy organ

Authority

Muhr

Pechat

Stamp

Imzo

Podpis

Signature

Imzo

Podpis

Signature

10. Aniqlangan nosozliklar

Zamechennie neyispravnosti

Defects noted

11. Nosozlikni bartaraf etish

Ustraneniye neyispravnostey

Rectifications of defects

Vakolatli organ

Kompetentniy organ

Authority

Muhr

Pechat

Stamp

Vakolatli organ

Kompetentniy organ

Authority

Muhr

Pechat

Stamp

Imzo

Podpis

Signature

Imzo

Podpis

Signature

12. Boshqa izohlar

Prochiye zamechaniya

Other remarks

3-bet

Stranitsa 3

Page 3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MUHIM KOʻRSATMALAR

1. Agar guvohnomani bergan vakolatli organ zarur deb hisoblasa, guvohnomaga ushbu organ tomonidan tasdiqlangan surat va chizmalar ilova qilinadi. Bunday holda mazkur hujjatlarning soni ushbu organ tomonidan guvohnomaning 6-katagida koʻrsatiladi.

2. Guvohnoma avtotransport vositasining bortida boʻlishi lozim. Bunda uning fotonusxasi emas, asl nusxasi boʻlishi talab etiladi.

3. Yoʻl avtotransport vositasi har ikki yilda tekshirish uchun, zarur hollarda guvohnomaning muddatini uzaytirish uchun avtotransport vositasi roʻyxatga olingan davlatning vakolatli organiga, avtotransport vositasi roʻyxatga olinmagan hollarda esa uning egasi yoki foydalanuvchisi yashaydigan davlatning vakolatli organiga taqdim qilib boriladi.

4. Agar yoʻl avtotransport vositasi ruxsat berish taomillarida koʻzda tutilgan texnik talablarga javob bermaydigan holga kelgan boʻlsa, undan XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni tashish uchun foydalanishdan oldin uni ruxsat olish uchun asos boʻlgan holga keltirish va u yana ushbu texnik talablarga javob beradigan boʻlishi lozim.

5. Agar yoʻl avtotransport vositasining konstruksiyasi va jihozlanishi oʻzgartirilgan boʻlsa, ushbu avtotransport vositasining ruxsati oʻz kuchini yoʻqotadi va uni XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni tashish uchun foydalanishdan oldin vakolatli organ tomonidan yangidan ruxsat berish tartib-taomilidan oʻtkazilishi lozim.

UKAZANIYE

1. Yesli kompetentniy organ, kotoriy vidal svidetelstvo o dopushenii, schitayet eto neobxodimim, k svidetelstvu prilagayutsya fotografii ili risunki, zaverennie etim organom. V takom sluchaye kolichestvo etix dokumentov ukazivayetsya etim organom v pozitsii № 6 svidetelstva.

2. Svidetelstvo doljno naxoditsya na bortu transportnogo sredstva. Ono doljno predstavlyat soboy original, a ne fotokopiyu.

3. Dorojnie transportnie sredstva predstavlyayutsya kajdie dva goda dlya proverki i, v sluchaye neobxodimosti, dlya prodleniya sroka deystviya svidetelstva kompetentnim organom strani, v kotoroy dannoye transportnoye sredstvo zaregistrirovano, ili, v sluchaye nezaregistrirovannix transportnix sredstv, — kompetentnim organom strani, v kotoroy projivayet vladelets ili polzovatel.

4. Yesli dorojnoye transportnoye sredstvo ne otvechayet bolshe texnicheskim trebovaniyam, predpisannim protseduroy dopusheniya, to prejde chem yego mojno budet ispolzovat dlya perevozki gruzov s primeneniyem knijki MDP, ono doljno bit privedeno v sostoyaniye, poslujivsheye osnovaniyem dlya yego dopusheniya, s tem chtobi ono vnov otvechalo etim texnicheskim trebovaniyam.

5. Yesli osnovnie xarakteristiki dorojnogo transportnogo sredstva izmeneni, to dopusheniye etogo transportnogo sredstva teryayet silu, i ono doljno proyti protseduru novogo dopusheniya kompetentnim organom, prejde chem yego mojno budet ispolzovat dlya perevozki gruzov s primeneniyem knijki MDP.

IMPORTANT NOTICE

1. When the authority which has granted the approval deems it necessary photographs or diagrams authenticated by the authority shall be attached to the approval certificate. The number of those documents shall than be inserted by the competent authority, under item № 6 of the certificate.

2. The certificate shall be kept on the road vehicle. This must be the original of the certificate, not however, a photocopy.

3. Road vehicles shall be produced every two years, for the purposes of inspection and of renewal of approval where appropriate, to the competent authorities of the country in which vehicle is registered or, in the case of unregistered vehicles, of the country in which the owner or user is resident.

4. If a road vehicle no longer complies with the technical conditions prescribed for its approval, it shall, before it can be used for the transport of goods under cover of TIR Carnets, be restored to the condition which had justified its approval so as to comply again with the said technical conditions.

5. If the essential characteristics of a road vehicle are changed, the vehicle shall cease to be covered by the approval and shall be re-approved by the competent authority before it can be used for the transport of goods under cover of TIR Carnets.

4-bet

Stranitsa 4

Page 4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1975 yil 14 noyabrdagi XYT Konvensiyasi

Konvensiya MDP ot 14-noyabrya 1975 goda

TIR Convention of 14 November 1975

Ishlab chiqarishdan keyin muayyan bir jarayonda berilgan ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

Svidetelstvo o dopushenii, vidannoye na kakom-libo etape posle izgotovleniya

Certificate of Approval granted at a stage subsequent to manufacture

1. Guvohnoma raqami*

Nomer svidetelstva*

Certificate №*

2. Qoʻyidagi koʻrsatilgan konteynerlar bojxona muhr va plombalar ostida tovarlarni tashishga ruxsat berilganligi tasdiqlanadi

Udostoveryayetsya, chto ukazanniy(ie) nije konteyner(i) dopushen(i) k perevozke gruzov pod tamojennimi pechatyami i plombami

This is to certify that the container (containers) specified below has(have) been approved for the transport of goods under Customs seal.

3. Konteyner(lar) turi

Rod konteynera(ov)................................................................................................................................

Kind of container(s)

4. Konteyner(lar)ga ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan tartib raqam(lari)

Poryadkoviy(ie) nomer(a), prisvoyenniy(ie) konteyneru zavodom — izgotovitelem

Serial number(s) assigned to the container(s) by the manufacturer

5. Tara vazni

Ves tari

Tare weight

6. Tashqi oʻlchamlari (sm)

Narujnie razmeri (sm)

External dimensions (cm)

7. Konstruksiyaning asosiy xususiyatlari (material tipi, konstruksiya turi va boshqalar)

Osnovnie xarakteristiki konstruksii (vid materialov, tip konstruksii i t.d.)

Essential characteristics of structure (nature of material, kind of construction, etc.)

8. Yuqorida keltirilgan konteyner(lar)ga lavhani oʻrnatish ruxsat etilgan (ishlab chiqaruvchi tashkilot nomi va manzili) berildi

Vidano (nazvaniye i adres zavoda-izgotovitelya), kotoromu razresheno prikreplyat tablichku o dopushenii na ukazannom(ix) vishe konteynere (ax).

Issued to (applicants name and address), who is authorized to affix an approval plate to each container of the approved design type manufactured by him,

.................................................................................

.....................................................................................

(joyi / mesto / place)

(sana / data / date)

..................................................................................................................................................................................

(guvohnoma beradigan muassasa yoki tashkilotning muhri va imzosi / podpis i pechat uchrejdeniya ili organizatsii, vidayushego(yey) svidetelstvo / signature and stamp of issuing service or organization)

__________________________

* ruxsat etilgani toʻgʻrisidagi lavhada koʻrsatilishi lozim boʻlgan harf va raqamlar koʻrsatilsin (XYT Konvensiyasi 7-ilova II qism 5b-bandi)

* ukazat bukvi i sifri, kotorie budut prostavlyatsya na tablichke o dopushenii (sm. podpunkt 5b chasti II prilojeniya 7 Konvensii MDP)

* insert the letters and figures, which are to be marked on the approval plate (see Annex 7, Part II, paragraph 5 (b) to the TIR Convention

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

orqa qismidagi ogohlantirishni qarang / sm. preduprejdeniye na oborote / Important notice overleaf

DIQQAT !

(1975-yilgi XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi 7-ilova II qismi 6 va 7-bandlari)

6. Agar konteyner ruxsat berish tartibi bilan qoʻyilgan texnik talablarga boshqa javob bermasa, u holda, bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishlar uchun qoʻllashdan avval, u ushbu texnik talablarga qayta javob berishi uchun shunday tarzda unga ruxsat berish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatga keltirilishi kerak boʻladi.

7. Agar konteynerning asosiy xarakteristikalari oʻzgartirilgan boʻlsa, ushbu konteynerga ruxsat berish oʻz kuchini yoʻqotadi, va u bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarni tashish uchun qoʻllashdan avval vakolatli organ tomonidan yangi ruxsat berish predmeti boʻlib qolishi kerak.

VNIMANIYE !

(Punkti 6 i 7 chasti II prilojeniya 7 k Tamojennoy konvensii o mejdunarodnoy perevozke gruzov s primeneniyem knijki MDP, 1975 g.)

6. Yesli konteyner ne otvechayet bolshe texnicheskim trebovaniyam, predpisannim protseduroy dopusheniya, to, prejde chem ispolzovatsya dlya perevozok pod tamojennimi pechatyami i plombami, on doljen bit priveden v sostoyaniye, poslujivshim osnovaniyem dlya yego dopusheniya, takim obrazom, chtobi vnov otvechat etim texnicheskim trebovaniyam.

7. Yesli osnovnie xarakteristiki konteynera izmeneni, dopusheniye etogo konteynera teryayet silu, i on doljen stat predmetom novogo dopusheniya kompetentnim organom, prejde chem ispolzovatsya dlya perevozki gruzov pod tamojennimi pechatyami i plombami.

IMPORTANT NOTICE

(Annex 7, Part II, paragraphs 6 and 7, to the Customs Convention on the International Transport of Goods under cover of TIR Carnets, 1975)

6. If a container no longer complies with the technical conditions prescribed for its approval, it shall, before it can be used for the transport of goods under Customs seal, be restored to the condition which had justified its approval, so as to comply again with the said technical conditions.

7. If the essential characteristics of a container are changed the container shall cease to be covered by the approval and shall be re-approved by the competent authority before it can be used for the transport of goods under Customs seal.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma olgan konteynerga oʻrnatiladigan toʻrtburchak temir lavha namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1975 yil 14 noyabrdagi XYT Konvensiyasi

Konvensiya MDP ot 14-noyabrya 1975 goda

TIR Convention of 14 November 1975

Konstruksiyaning turi boʻyicha ruxsat berilganligi toʻgʻrisida guvohnoma

Svidetelstvo o dopushenii po tipu konstruksii

Certificate of approval by design type

1. Guvohnoma raqami*

Nomer svidetelstva*...........................................................................................................................

Certificate №*

2. Qoʻyidagi koʻrsatilgan konteynerlar turi hamda ushbu konstruksiya boʻyicha ishlab chiqarilgan konteynerlarga bojxona muhri va plombalari ostida tovarlarni tashishga ruxsat berilganligi tasdiqlanmoqda

Udostoveryayetsya, chto opisanniy nije tip konteynera dopushen k perevozke i chto konteyneri, izgotovlennie soglasno etomu tipu, mogut bit dopusheni k perevozke gruzov pod tamojennimi pechatyami i plombami

This is to certify that the container design type described below has been approved and that containers manufactured to this type can be accepted for the transport of goods under Customs seal.

3. Konteyner(lar) turi

Rod konteynera(ov).................................................................................................................................

Kind of container(s)

4. Konstruksiya turining farqlash raqam yoki harflari

Opoznavatelnie sifri ili bukvi tipa konstruksii.....................................................................

Identification number of letters of the design type

5. Chizmalarning farqlash raqamlari

Opoznavatelniy nomer chertejey.......................................................................................................

Identification number of the working drawings

6. Konstruksiya tarifining farqlash raqami

Opoznavatelniy nomer opisaniy konstruksii................................................................................

Identification number of the design specifications

7. Tara vazni

Ves tari

Tare weight

8. Tashqi oʻlchamlari (sm)

Narujnie razmeri (sm)

External dimensions (cm)

9. Konstruksiyaning asosiy xususiyatlari (material turi, kontruksiya turi va boshqalar)

Osnovnie xarakteristiki konstruksii (vid materialov, tip konstruksii i t.d.)

Essential characteristics of structure (nature of material, kind of construction, etc.)

10. Mazkur guvohnoma yuqorida koʻrsatilgan chizma va tarif boʻyicha ishlab chiqarilgan barcha konteynerlar uchun amal qiladi.

Nastoyasheye svidetelstvo deystvitelno dlya vsex konteynerov, izgotovlennix v sootvetstvii s ukazannimi vishe chertejami i opisaniyami konstruksii.

This certificate is valid for all containers manufactured in conformity with the drawings and specifications referred to above.

11. Yuqorida keltirilgan konteyner (lar)ga lavhani oʻrnatish ruxsat etilgan (ishlab chiqaruvchi tashkilot nomi va manzili) berildi

Vidano (nazvaniye i adres zavoda-izgotovitelya), kotoromu razresheno prikreplyat tablichku o dopushenii na ukazannom(ix) vishe konteynere(ax).

Issued to (applicants name and address), who is authorized to affix an approval plate to each container of the approved design type manufactured by him,

..................................................................

.....................................................................................

(joyi / mesto / place)

(sana / data / date)

...................................................................................................................... ............. ........................................

(guvohnomani bergan muassasa yoki tashkilotning imzosi va muhri / podpis i pechat uchrejdeniya ili organizatsii, vidayushego(yey) svidetelstvo / signature and stamp of issuing service or organization)

__________________________

* ruxsat etilgani toʻgʻrisidagi lavhada koʻrsatilishi lozim boʻlgan harf va raqamlar koʻrsatilsin (XYT Konvensiyasiga 7-ilova II qism 5 b-bandi)

* ukazat bukvi i sifri, kotorie budut prostavlyatsya na tablichke o dopushenii (sm. podpunkt 5 b chasti II prilojeniya 7 Konvensii MDP)

* insert the letters and figures, which are to be marked on the approval plate (see Annex 7, Part II, paragraph 5 (b) to the TIR Convention

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

orqa qismidagi ogohlantirishni qarang / sm. preduprejdeniye na oborote / Important notice overleaf

DIQQAT !

(1975-yilgi XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi

Bojxona konvensiyasi 7-ilovaning II qismi 6 va 7-bandlari)

6. Agar konteyner ruxsat berish tartibi bilan qoʻyilgan texnik talablarga boshqa javob bermasa, u holda, bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishlar uchun qoʻllashdan avval, u ushbu texnik talablarga qayta javob berishi uchun shunday tarzda unga ruxsat berish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatga keltirilishi kerak boʻladi.

7. Agar konteynerning asosiy xarakteristikalari oʻzgartirilgan boʻlsa, ushbu konteynerga ruxsat berish oʻz kuchini yoʻqotadi va u bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarni tashish uchun qoʻllashdan avval vakolatli organ tomonidan yangi ruxsat berish predmeti boʻlib qolishi kerak.

VNIMANIYE !

(Punkti 6 i 7 chasti II prilojeniya 7 k Tamojennoy konvensii o mejdunarodnoy perevozke gruzov s primeneniyem knijki MDP, 1975 g.)

6. Yesli konteyner ne otvechayet bolshe texnicheskim trebovaniyam, predpisannim protseduroy dopusheniya, to, prejde chem ispolzovatsya dlya perevozok pod tamojennimi pechatyami i plombami, on doljen bit priveden v sostoyaniye, poslujivshim osnovaniyem dlya yego dopusheniya, takim obrazom, chtobi vnov otvechat etim texnicheskim trebovaniyam.

7. Yesli osnovnie xarakteristiki konteynera izmeneni, dopusheniye etogo konteynera teryayet silu, i on doljen stat predmetom novogo dopusheniya kompetentnim organom, prejde chem ispolzovatsya dlya perevozki gruzov pod tamojennimi pechatyami i plombami.

IMPORTANT NOTICE

(Annex 7, Part II, paragraphs 6 and 7, to the Customs Convention on the International Transport of Goods under cover of TIR Carnets, 1975)

6. If a container no longer complies with the technical conditions prescribed for its approval, it shall, before it can be used for the transport of goods under Customs seal, be restored to the condition which had justified its approval, so as to comply again with the said technical conditions.

7. If the essential characteristics of a container are changed the container shall cease to be covered by the approval and shall be re-approved by the competent authority before it can be used for the transport of goods under Customs seal.

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 09/24/787/0973-son)