OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2515-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2515, 2013-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 553-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-iyun,
268-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi B. XAMDAMOV
2025-yil 12-iyun
Auditorlar palatasi ijrochi direktori F. RASHIDOV
2025-yil 11-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 30-iyundagi 268-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:”.
2. 1-ilovada:
a) “Xalqaro auditorlik tarmogʻiga aʼzoligi” satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |
Xalqaro auditorlik tashkilotiga yoki xalqaro assotsiatsiyaga aʼzoligi | |
”; |
b) IV bobda:
quyidagi mazmundagi 221-satr bilan toʻldirilsin:
“ | |||
qishloq xoʻjaligi kooperativlari | 221 | ||
”; |
26 va 27-satrlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||
ustav fondida davlatga tegishli ulush boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar | 26 (20, 21, 22, 23, 27-satrlardan tashqari) | ||
birjalar | 27 | ||
”. |
3. Qoidalarda:
a) 3-bandning toʻrtinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Matnni kompyuter vositasida yozishda “Times New Roman” 12 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.”;
b) 4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro auditorlik tashkilotiga yoki xalqaro assotsiatsiyaga aʼzoligi” satrida xalqaro auditorlik tashkiloti yoki xalqaro assotsiatsiyaning nomi, aʼzolikka qabul qilingan sanasi koʻrsatiladi;”;
d) 15-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-ustunda hisobot yilida koʻrsatilgan auditorlik xizmatlarining umumiy summasi Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3567, 2024-yil 4-noyabr) bilan tasdiqlangan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot shaklga muvofiq koʻrsatiladi.”;
e) 24-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“221-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda qishloq xoʻjaligi kooperativlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;”;
oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshidan “va davlat unitar korxonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda birjalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 10/25/2515-5/0636-son)